Adabiyot nazariyasi
Navoiy) -nafas urmagin. ya'ni indamay qo'ya qol - xira
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyda aytadurki
Navoiy)
-nafas urmagin. ya'ni indamay qo'ya qol - xira Jinos (q. Tajnis) Jonlantirish- Insonga xos qobiliyat va xususiyatlarni: so’zlash,his qilish, fikrlash… hayvonlar, jonsiz narsalar va tabiat hodisalariga ko’chirish. Jonlantirishni 2 ga bo’lib o’rganiladi. 1. Tashxis- ( ar. Shaxslantirish ) jonsiz narsani shaxs (inson) holiga keltirish: -Figon aylar rubobi yod qilur, Urar ko’ksiga-yu faryod qilur. Uzatib bo’ynini bechora tanbur, Mening holimga yig’lar, nolishin ko’r. Agar kelsa ketar holim ko’ribon, Ajal jonimni olmasdin uyolib. (Furqat) She’rim, yana o’zing yaxshisan, Bog’ga kirsang gullar sharmanda. (Usmon Nosir) Holbuki, tun bunda, odatda, Butun borliq uxlardi sokin. (H.Olimjon) Yaralangan Yer shari yotar, Boshlarida yashil chambarak . (Rauf Parfi) 4 2. Intoq (ar. Nutq egasi qilib ko’rsatish). Bu san’at hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalar va tabiat hodisalarini insonga o’xshab so’zlatib, gapirtirish asosida yuzaga keladi: - Oyda aytadurki: “Qizil yonoqqa Uchradim tushimda ko’milgan oqqa” - Yig’lab aytur ko’zki: “Yo’q erdi manda ham ixtiyor” -Yaprog’iga bekinib olib, -Suqing kirar ko’p nazar solma! Qizil yuzlarimdan bir o’pkanning Armoni yo’q,- der, yoqut olma. Dedi Hudhud :” Ey g’ururi birla mast, Solsa soyangni, yetar, kuldirma, bas” Iyhom (ar. shubhaga solish, adashtirish) Bunda omonim yoki ko’p ma’noli so’z shunday o’rinliishlatiladiki, kitobxon uni ikki ma’noda tushuna oladi.Shoir aslida 2- ma’noni ko’zda tutsa ham, dastlab 1- ma’no e’tiborni tortadi, Ya’ni biri ochiq, ikkinchisi sirliroq: Ulus ichinda turur o’z begim qiyo ko’zlik, Xayoli to’qtamish andin ko’ngil saroyinda. “O’z begim” so’zi “O’zimning begim” ma’nosini anglatadi. Ammo uni “o’zbegim” tarzida o’qish va tushunish ham mumkin. - Falak yori nakard, ey do’ston, dushman muzaffar shud. (muzaffar- g’olib va Muzaffar Mirzo ma’nosida) - Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi, Nega holim yomon qildi- men andin bir so’rorim bor. - Seni ko’rgan o’zingdin yot bo’lur, Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling