5
Istiora (metafora)(ar. Omonatga olish, ya’ni biror narsani omonatga,
vaqtincha olish). So’zlarni o’xshashlik asosida ko’chma ma’noda qo’llash.
- Furqatingdin zafaron uzra to’karmen lolalar. (zafaron-asli sariq gulli
o’simlik, bu yerda “sarg’aygan yuz” ma’nosida, lola- qonli ko’z yoshi ma’nosida)
- Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil. (kishan – erksizlik, paranji)
- daryoning
yoqasida necha kunki borar jang
Ifrot (ifroq) ( Bulug’) – O’ta mubolag’a qo’llash san’ati.M:”Farhod va
Shirin” dostonida, Farhod Shirin tutgan may qadahni shunday berilib ichdiki, hatto
qadahning naqshini yutib yubordi:
Ichib jomi labolab tut ul dam,
Ki:”No’sh etgil mening ishqimda sen ham”.
Olib sipqardi ul ham bexudona,
Ki sog’ar naqshidin ketti nishona.
Itfoq (ar. mufofiqlashtirish) Bunda shoir o’z taxallusini shunday o’rinli
qo’llaydiki, kitobxon uni ham taxallus sifatida, ham asl lug’aviy ma’nosida
tushunadi:
- Necha muddatdan beri
Furqatda qolgan zormen. (Furqat- Zokirjon
Xolmuhammad o’g’lining taxallusi va firoq, ayriliq ma’nolarida)
- Suvga baliq, o’tga samandar kerak. (Muhib- shoir haydar Xorazmiyning
taxallusi va habib, do’st ma’nosida. Haydar- shoirning ismi vas her ma’nosida)
Do'stlaringiz bilan baham: