Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
s.akhmad konf. tuplami 2
“Mana bugun yangi yil. Odamlar urush nasibasi – g‘aribgina dasturxon ustida
155 ko‘p umid qilgan va’da qilgan qirq ikkinchi yilni kutib Moskva radiosiga quloq solmoqdalar” [S.Ahmad.“Ufq”, 252]. Yozuvchi fikrni aytish bilan birga, ajratilgan bo‘laklar vositasida shu obrazni jonli holda o‘quvchining ko‘z o‘ngida gavdalantiradi: “U dala yo‘lllarida kezib qizning yo‘lini poylar, butun vujudidan yoshlik – balog‘at tarovati barq urib turgan qizni tinimsiz qo‘msardi” [(S.Ahmad. “Ufq”, 240]. Yozuvchi peyzaj chizishda, tasviriylikni kuchaytirishda ham ajratilgan bo‘laklardan foydalanadi. “Shu qog‘ozlar betiga surati tushirilgan o‘n minglab Azizxon butun vodiy tepasida, bulutlardan ham balandda, olmos cho‘qqilar, sap- sariq adirlar, sonsiz jilg‘lar ustida suzardi” [S.Ahmad. “Urq”, 234]. Ma’noni kuchaytirish, ta’sirni, tasviriylikni, ritm va ohangdorlikni yaratish maqsadida ham ajratiladi: “U chor terakka kun yoyilganda kirib bordi. Tom-toshlarni qor bosib yotibdi. Izg‘irin ko‘z ochirmaydi. Anhor bo‘yidagi qayrag‘och novdalarini bulduruq o‘rab tanasigacha oppoq qilib qo‘ygan. Ammo Nizomjon bu sovuq, noxush manzaraga parvo qilmasdi. U uyga, jigarining motamiga, shoshardi” [S.Ahmad. “Ufq”, 253]. Obrazni yoki hodisani o‘quvchiga yaxshi tushuntirish maqsadida uni ikkinchi biror narsa va hodisaga yoki holatga o‘xshatish orqali ifodalaydi, ya’ni obrazli gap bo‘laklarini, qurilmalarni qo‘llaydi: …do‘ngliklarda haykaldek qotgan sahro sultoni – cho‘l burgutlarining: bu mening maskanim, odam yo‘l yo‘q, degandek viqorli boqishi bu ikki yo‘lovchininyuragiga rahm sololmasdi [S.Ahmad. “Ufq”, 271]. Bu gapda yozuvchi ajratilgan bo‘lak ishlatmasa nima bo‘lardi. “…do‘ngliklarda haykaldek qotgan sahro sultoni: bu mening maskanim, odamga yo‘l yo‘q, degandek viqorli boqishi, bu ikki yo‘lovchining yuragigiga vahm sololmasdi”. Ko‘rinib turibdiki, ajratilgan bo‘lak izohlab kelgan birikma tasviriy ifoda bolib, hamma ham sahro sultoni burgut ekanligini bilmasligi, ko‘z oldiga keltirmasligi mumkin. Shuning uchun bu ifoda ajratilgan izoh bo‘lakka muhtoj. Agar izohlanayotgan bolak sahro sultoni tushib ajratilgan bo‘lakning o‘zi qolsa, bu nutqning personaj nutqidan farq qolmaydi. Chunki bu fikrlar muallif nutqi bo‘lib, unda badiiy asarning so‘zlashuv tilidan farqlovchi yoki adabiy tildan farqlovchi 156 xususiyati – badiiylikni vujudga keltiruvchi birlik – tasviriy ifoda qo‘llanmoqda. Qiyoslaylik: “…do‘ngliklarda haykaldek qotgan cho‘l burgutlarining: bu mening maskanim, odamga yo‘l yo‘q, degandek viqorli boqishi bu ikki yo‘lovchining yuragigiga vahm sololmasdi. …do‘ngliklarda haykaldek qotgan sahro sultoni – cho‘l… burgutlarining: bu mening maskanim, odamga yo‘l yo‘q, degandek viqorli boqishi bu ikki yo‘lovchining yuragiga vahm sololmasdi. Bundan tashqariajratilgan bo‘lakning qo‘llanilishima’noni kuchaytirishga xizmat qilishi mumkin: “Nizomjonning tanasiga elektr toki urgandek vujudi zirqirab ketdi. Opasi nima deyapti? Akangning xotiniga – kelin ayangga uylan, deyapti?” [S.Ahmad. “Ufq”, 258]. Ushbu gapda ajratilgan bo‘lak qayta aniqlash ma’nosida emas, akaning xotini kelin aya bo‘lishi o‘zbeklar uchun tushunarli so‘z. Biroq bu birlik ma’noni kuchaytirish uchun qo‘llanmoqda.Quyidagi misolda ham yozuvchi shu maqsadda ajratilgan bo‘lakdan foydalangan: “A’zamjon qo‘lini yuvib qo‘ltiqqa urgandi. U hozir alam otashida yonardi. O‘zini qishloqdan – tug‘ilib o‘sgan qishlog‘idan quvilgan hisoblardi” [S.Ahmad. “Ufq”, 502]. Ba’zan ajratilgan bo‘lak vazifasida kelgan so‘z izohlanayotgan so‘zning sinonimi bo‘lib, ma’noni kuchaytirishga, emotsional-ekspressivlikni orttirishga xizmat qiladi: “O‘lmasa, dardga chalinib qolmasa, bu saxovatli kishilarga bir yaxshilik qilsin, shunday yaxshilik qilsinki, bu nogiron-xasta kishi diliga o‘chmas alam solgan bolasining dog‘ini unutsin”[S.Ahmad. “Ufq”, 303]. Ba’zan tinglovchiga yoki kitobxonga noaniq, mavhum bo‘lgan narsani qayta nomlab aniqlaydi: “Tagida tutun buruqsayotgan bak oldida tunov kungi marshallarning kichigi – To‘pponcha polvon shalag‘i chiqib ketgan mototsiklning g‘ildiragiga yel berayotgan edi” [S.Ahmad. “Ufq”, 413]; “Butun ikki yuz yetmish kilometrlik kanal trassasida uch kishining: Do‘nan polvon, Aziz polvon, Esh polvonlarning nomi og‘izdan tushmasdi” [S.Ahmad. “Ufq”, 113]; “Bola- chaqasidan ko‘ngil uzolmagan onalargina dugonalari bilan xayr-ma’zur qilib, Izboskanning har tarafiga – o‘z qishloqlariga qaytib ketishgan edi” [S.Ahmad. “Ufq”, 201]. 157 Ayrim o‘rinlarda esa gapdagi ma’lum bir bo‘lakni, ko‘pinchi yozuvchining diqqat-e’tiboridagi bo‘lakni ta’kidlash uchun ajratilgan bo`lak qo‘llaniladi: “Olamga nur taratayotgan, kurtakalar bag‘rida bahor shabadasini quyayotgan bu tongda hamma narsa: jonli-jonsiz miriqib orom olardi-yu, faqat bir kishi – Ikromjongina alam, dahshat, iztirob olovida kuyib yonardi”[S.Ahmad. “Ufq”, 448]. Yozuvchi faqat bir kishi deb, faqat Ikromjonni qiynalayotganini ajratib ko‘rsatyapti. Urush payti. Hamma qiynalmoqda. Birov farzandini kutib, birov farzandining tirik-o‘likligini bilolmay, birov farzandining, yaqinining, otasining, sevgilisining o‘limiga chiday olmay qiynalmoqda. Odamlar urush keltirgan turli kulfatlardan qiynalmoqda. Biroq faqat bir kishi – Ikromjon boshqacha narsadan o‘g‘lining urushga bormay qochoqqa aylanganidan, el-yurt oldida sharmanda bo‘lganligidan qiynalmoqda. Yozuvchi aynan shu holatni ajratilgan bo‘lak orqali ifodalamoqda. Demak, bu yerda ajratilgan bo‘lak shaxsni ajratish, ta’kidlash vazifasini bajarmoqda. Quyidagi misolda kasb-hunarga, to‘g‘rirog‘i dehqonchilikka oid atamani, achitma so‘zini qayta izohlash uchun ajratilgan bo‘lakdan foydalanilgan: “Nizomjon Ikromjonga bildirmay har oqshom qoq yarim kechada ketmoni olib to‘qayga kirib ketardi-da, to tong yorishguncha ikki sotix yerni achitma-chopiq qilib qo‘yardi” [S.Ahmad. “Ufq”, 349]. Ayrim hollarda ajratilgan bo‘lak asarda maqsadsiz ishlatilgandek tuyuladi: “Katta o‘g‘li – to‘rt yashar Omonjon dadasining etagidan ushlab ergashib yuribdi. U dod deydi, chaqaloq chirillab yig‘laydi, pochchasi do‘rillab alla aytadi”[S.Ahmad. “Ufq”, 307]. Lekin nima sababdan to‘rt yashar so‘zi tilga olingani keyinchalik ayon bo‘ladi. Shu to‘rt yashar bola Tursunboy aka qochoq, hamma qochoq deydi, deb aytgani uchun dadasidan, To‘lanboydan dakki eshitadi, tayoq yeydi. Keyinchalik Zebi bilan Tursunboy munosabatini ham Nizomjon shu boladan eshitadi. Chunki u bola hali to‘rt yoshda. Fikrlash, bu gapni aytsa bo‘ladi, bu gapni aytmaslik kerak degan gapdan yiroq, hali eshitganlari haqida mulohaza yurita olmaydi. Shu sababdan ham hamma eshitganlarini kimgadir aytishni xohlaydi. 158 Demak, yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, S.Ahmadning “Ufq” asarida ham ajratilgan bo‘laklar ma’lum bir bo‘lak ma’nosini ta’kidlash, bo‘rttirish hamda ma’lum bir bo‘lakning umumiy ma’nosini izohlash, konkretlashtirish, tushunarsiz ma’nosini tushuntirish, ta’kidlash, gapdagi eng muhim, ahamiyatli, yangi axborot tashuvchi qismni ajratib ko‘rsatish, ma’noni kuchaytirish kabi vazifalarni bajargan. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling