ADABIYOTGA E'TIBOR - MA'NAVIYATGA KELAJAKKA E’TIBOR
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi” –deya ta’kidlaganlari bejiz emas zero badiiy adabiyot inson tafakkurini charxlaydi, ruhini musaffo etib, hayot yo’lida to’g’ri qadam tashlashida unga beminnat dastyor bo’ladi. 2020 yilning 15 dekabr’ kuni Qurilish- texnologiya fakul’teti tasarrufidagi akademik guruxlarida Namunaviy rejasiga ko’ra, 2020/2021-o’quv yilining o’n oltinchi haftasida o’tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati” mashg’ulotlari materiallari ilovalariga muvofiq “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” mavzsusida axborot murabbiylik darslari o’tkazildi. Unda badiiy adabiyot mutolaasi inson uchun har tomonlama foydali ekani ta’kidlanib, adabiy asar qahramonlari bilan tanishgan o’quvchi undan o’z shaxsi takomili uchun zarur bo’ladigan ko’plab ijobiy fazilatlarni singdirishi ta’kidlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |