Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab


Download 414.79 Kb.
bet34/51
Sana26.12.2021
Hajmi414.79 Kb.
#182976
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
Bog'liq
Adabiyot so'z san'ati uvchi! - ildan boshlab (1)

BOLALIGIMGA

Kapalakning gul emganin ko'rdim,

Eslab ketdim seni, malagim...

Sen berdingmi, shuncha shirin she'rni, Ey, barglari ko'm-ko'k palagim?

Badiiy obrazlarga to'la bu mo'jaz she'rda bolalik yashnoq «gu1»ga, «barglari ko'm-ko'k palak»ka, go'zal «malak»ka o'xshatilsa, shoir o'zini gul hidini emuvchi, dilbar malak boshi uzra parvona bo'luvchi kapa­lakka mengzaydi. (Bir narsaga albatta e'tibor bering: shoir o'zini gul nektari - shirasini yig'uvchi asalariga emas, balki aynan gul hidiga oshiq, shundan mast bo'lguvchi kapalakka o'xshatadi!)

Shoir tmjimayi holi to'g'risida gapirganimizda, uning bolalik davri


ancha qiyinchilikda o'tganini aytgandik. Shunisi qiziqki, har qancha og'ir, musibatli bo'lmasin, inson o'zining beg'ubor bolaligini bosh­qacha entikish bilan xotirlaydt Chunki bolalikning ozorlari, tashvishlari ham vaqt o'tgan sayin kishiga qadrli bo'lib, tansiq bo'lib boradi.

Usmon Nosir talqinidagi lirik qahramon tabiat bilan to'g'ridan to'g'ri muloqotga kirishadi, uni erkalaydi, unga erkalanadi, undan arazlaydi, undan kechirim so'raydi.

Mana qarang, Siz har kecha ko'radigan oy va uning nurlari, bahor chog'i gullagan bodomning oydin kechadagi suratini shoir oddiy so'zlar bilan qanday chizadi:

Oydin kecha - Taqib suv oqar,

Sutdek oppoq Jimirlab

Har yer Oy aksi yotar.

Har bir joy, Oy nurini

Doirayi kamondan Ko'zga solib

Boqar kumush oy. Ko'rdim yalangdan ­

Oy nurini Bodom gullab qolibdi

Deraza Och pushti rangda...

Endi bu tasvirning o'zidanoq usta musavvir qanday surat yaratishi mumkin ekanini o'ylab ko'ring. Shoir esa Siz bilan bizga oddiy tuyuladigan so'zlar rangini, ularning ohangini ilg'aydi, bo'yoq bilan emas, so'z bilan go'zal kartina chizadi.

Modomiki, suhbatimiz shoir tasvirida qayta jonlangan oy to'g'risida borar ekan, keling, uning shu mavzudagi bir she'rini o'qiylik.




Download 414.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling