Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab


YURGANMISIZ BIRGA QY BILAN


Download 414.79 Kb.
bet35/51
Sana26.12.2021
Hajmi414.79 Kb.
#182976
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51
Bog'liq
Adabiyot so'z san'ati uvchi! - ildan boshlab (1)

YURGANMISIZ BIRGA QY BILAN

..

Yurganmisiz birga oy bilan Oqshom payti ko'm-ko'k o'rmonda? Maysalarga shabnam qo'nganda Shunday yaxshi, tinch bo'lar. ekan!



Shitir-shitir o'ynar shabada, Barglar musiqasi bir shirin...

Havo go'yo tiniq, sof boda, Ko'ngil sezar hayotning sirin.


Men mast bo'lib qoldim bir kecha, Sil o'pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa sayratdim.

She'rning birinchi misrasidanoq ko'kda go'yo jim turgandek tuyuladigan oy harakatga tushadi. U shoirga hamroh tutinib, ko'm-ko'k 0 'anon oralab birga kezinadi. Bu holat shoirga hozirga qadar izlab yurgani tanqis muhitni - sokinlik, tinchlikni hadya etadi.

Xo'sh, nega shoir ko'ngli tinchlikni bu qadar qo'msaydi, undan najot izlaydi?

Gap shundaki, ushbu she'r 1935-yilda, Usmon Nosir davolanish uchun shimolga - Boltiq va Oq dengiz bo 'ylariga safar qilgan davrda yozilgan. Bu paytda sobiq sho'ro davlatida mafkuraviy talvasalar tobora kuchayib, xalq orasidan yetishib chiqqan ko'plab ziyolilarni ta'qib etish kampaniyasi avj ola boshlagandi. Gazeta va jurnallar, tez-tez chaqirib turiladigan majlislarda, ayniqsa, shoir-yozuvchilar haqida ko'pdan ko'p tuhmat gaplar aytilardi. Usmon Nosir o'ziga ustoz deb bilgan Cho'lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlarga tinimsiz hujumlar uyushtirilar edi. Yurtidan uzoqda bo'lsa-da, shoirning navqiron ko'ngli bularning baridan ozor chekmasligi mumkin emas edi. Shu tufayli ham shoir o'zining ayni kunlardagi kayfiyatini ifodalab:

­

Men mast bo'lib qoldim bir kecha, Sil o'pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa sayratdim, ­



deydi. Bu yerda shoir «sil o'pkam» deya faqat o'zining jismoniy xasta­ligi to'g'risida gapirmayapti. Balki, yuqorida aytib o'tganimiz - biqiq, tuh­mat-u razolatga to'la muhitda siqilgan ko'nglini - ruhini nazarda tutadi. Bunday muhitda esa dilning sayrashi - emin-erkin ijod qilish to'g'risida gapirmasa ham bo'ladi. Zamondosh shoirimiz Xurshid Davron bir she'rida «Eng dahshatli sukunat - shoir jim yursa!» deydi. Shundan kelib chiqilsa, Usmon Nosirning o'ziga oy hamrohlik qilgan, yalang oyoqlarini shab­namlar chaygan kimsasiz kechada dilginasini rosa sayratganini - to

tong otguncha uxlamay erkin qo'shiqlar kuylaganini tushunsa bo'ladi!

Ko'ryapsizki, Usmon Nosir o'zidagi kuchli ijtimoiy dardlarni ham tabiat lirikasi qatlariga singdira oladi, qalb sirlarini shu orqali o'quvchisiga ~-' yetkaza biladi.

Shoirning xuddi shu yili yozilgan boshqa bir she'rida asl hayot '\fa yosh ko'ngilning undan olgan taassurotlari o'zaro muqoyasa qilinadi. Bu she'rda go'yo hali bolalik zavqidan voz kechishni istamagan shoir ko'ngli bilan real hayotning achchiq-chuchugini totib, sergak torta boshlagan shoir aqli o'zaro muloqotga kirishadi.

YUR, TOG'LARGA CHIQAYLIK...

Yur, tog'larga chiqaylik, Bilasanmi, yoshlik bu ­

Mayli, yur! To'ymagan!

Eh... qandayin chiroylik Tinim bilmas, go'yo suv ­

Oppoq nuL.. Q'ynagan...

Olmos kabi oppoq qor Shuncha a'lo, chiroylik

Yaltirar. Ko'rinur...

Nega muncha dil oqar, Yur, tog'larga chiqaylik.

Qaltirar? Mayli, yur!

Avvalo, she'rda aks etgan tog'larning ulug'vorligi, ular bag'rini

qoplagan olmos yanglig' oppoq qor nuri har qanday o'quvchi diliga yorug'lik olib kiradi. Butun olam oqlikka burkanganini ko'rgan yoshlar yuragida hozirga qadar bo'lmagan g'alati toshiqish, hayajon bosh ko'taradi. Bu hayajon navqiron yuraklarga sig'may to'lib-toshadi, dilni qaltiratib yuboradi. Zero, bolalik, yoshlikning o'zi ham doirniy harakatga talpinuvchi, bir joyda tinim bilmaydigan sharqiroq suvday toshqin fasldir. Uning ko'ziga dunyodagi barcha narsa mo'jiza bo'lib ko'rinishi, u har bir hodisadan kashfiyot izlashi ham tabiiydir. Tog'lar sari ko'tarilarkan,

bu mo'jaz qalb go~yo qanot chiqarib uchadi, tog'larning ulug'vorligini

, .

o'zida ham his etishnijuda-juda xohlaydi. Oppoq nur yoshlikning ko'zim qamashtiradi, hayotni jozibador, faqat go'zallikdan iboratdek qilib ko' rsatadi...



Biroq hayotda nur bor ekan, albatta soya ham, zulmat ham bo'ladi. Usmon Nosirni, o'zining samimiy she'rlari bilan buyuk hayotni kuylagan shoirni ham, afsuski, bu zulmat tez-tez o'z domiga tortadi. Hayotning shafqatsizligi, inson bolalarining mukammal emasligidan keladigan

174

og'riqlar shQ.iJ;. qalbini dardlarga to'ldiradi. Albatta, ijodkor bu dard­laming sabab va oqibatini aytib, ular to'g'risida batafsil gapirib o'tir­maydi. Shoir bu ishga majbur ham emas. Qolaversa, ijodkor odam dunyoda faqat o'z tashvishlari bilan yashamaydi. Uning qalbi o'zi mansub bo'lgan xalq tashvish-o'ylariga doimo ochiqdir. Yuqorida eslatganimizdek, o'tgan asrning 30-yillarida sho'rolar davlatida avj olgan qatag'on yosh Usmon Nosir ko'nglini ham chuqur dardlarga to'ldirmasligi mumkin emas edi. Mana shu darddoshlik tuyg'ulari shoirning ko'plab she'rlarida o'z izini qoldiradi. Jumladan, yuzaki qaraganda, yosh yigitning hayot bo'ronlariga ko'ksini ochib yashash ishtiyoqi tasvirlangandek tuyuladigan «Yo'lchi» she'ri ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mo'jaz bu she'rni to'lig'icha o'qiymiz:

YO'LCHI

Yo'lchiman, manzilim dengizdan nari,

Lojuvard ufqning tubiga yaqin. Ko'nglimda dardlarim daryodek oqin, Chayqalar ko' zlarim tikilgan sari.

0, yo'llar!

Chu, qora toychog'im! Chu, qora yo'rg'am! Murodga qasd qilib yugurgan yetur. Bo'ronni sevmasa, dil nechun tepur? Tiriklik ne kerak bemehnat, beg'am?! Chu, qora yo'rg'am!

Mazkur she'rni turli yo'sinda tushunish va talqin etish mumkin. Uni, yuqorida aytilganidek, yashashga tashna o'spirinning orzularga to'la hayot dengizi osha yorug' manzillarga talpinishi tarzida talqin etish ham xato bo'lmaydi. Zero, shoir bu she'rni yozganida endigina 23 yoshga kirgan, demak, hayotga shunday yondashishga u to'la haqli ham edi. Biroq, she'rning uchinchi misrasi «Ko'nglimda orzular daryodek oqin»

-shaklida emas, balki aynan «Ko'nglimda dardlarim daryodek oqin» tarzida bayon etilgani bizni o'ylantirmasligi mumkin emas. Shu yoshdagi shoiming ko'ngli ne dardlarga to'lganki, bu dardlar daryodek oqsa? U ne manzillarni ko'zlaganki, tikilganda ko'zlari chayqalsa? Nega u borar manzil ufqning tubida, demakki, ko'z ilg'amas uzoqlarda?

og'riqlar shQ.iJ;. qalbini dardlarga to'ldiradi. Albatta, ijodkor bu dard­laming sabab va oqibatini aytib, ular to'g'risida batafsil gapirib o'tir­maydi. Shoir bu ishga majbur ham emas. Qolaversa, ijodkor odam dunyoda faqat o'z tashvishlari bilan yashamaydi. Uning qalbi o'zi mansub bo'lgan xalq tashvish-o'ylariga doimo ochiqdir. Yuqorida eslatganimizdek, o'tgan asrning 30-yillarida sho'rolar davlatida avj olgan qatag'on yosh Usmon Nosir ko'nglini ham chuqur dardlarga to'ldirmasligi mumkin emas edi. Mana shu darddoshlik tuyg'ulari shoirning ko'plab she'rlarida o'z izini qoldiradi. Jumladan, yuzaki qaraganda, yosh yigitning hayot bo'ronlariga ko'ksini ochib yashash ishtiyoqi tasvirlangandek tuyuladigan «Yo'lchi» she'ri ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mo'jaz bu she'rni to'lig'icha o'qiymiz:



YO'LCHI

Yo'lchiman, manzilim dengizdan nari,

Lojuvard ufqning tubiga yaqin. Ko'nglimda dardlarim daryodek oqin, Chayqalar ko' zlarim tikilgan sari.

0, yo'llar!

Chu, qora toychog'im! Chu, qora yo'rg'am! Murodga qasd qilib yugurgan yetur. Bo'ronni sevmasa, dil nechun tepur? Tiriklik ne kerak bemehnat, beg'am?! Chu, qora yo'rg'am!

Mazkur she'rni turli yo'sinda tushunish va talqin etish mumkin. Uni, yuqorida aytilganidek, yashashga tashna o'spirinning orzularga to'la hayot dengizi osha yorug' manzillarga talpinishi tarzida talqin etish ham xato bo'lmaydi. Zero, shoir bu she'rni yozganida endigina 23 yoshga kirgan, demak, hayotga shunday yondashishga u to'la haqli ham edi. Biroq, she'rning uchinchi misrasi «Ko'nglimda orzular daryodek oqin»

-shaklida emas, balki aynan «Ko'nglimda dardlarim daryodek oqin» tarzida bayon etilgani bizni o'ylantirmasligi mumkin emas. Shu yoshdagi shoiming ko'ngli ne dardlarga to'lganki, bu dardlar daryodek oqsa? U ne manzillarni ko'zlaganki, tikilganda ko'zlari chayqalsa? Nega u borar manzil ufqning tubida, demakki, ko'z ilg'amas uzoqlarda?

«~V o'1chi» she'rini o'qirkan, chinakam muxlis ko'ngli bir narsani aniq ilg'aydi. U ham bo'lsa, lirik qahramon - shoir ko'pchilik oddiy odamlar singari yetishish mumkin bo'lgan orzular ko'yida yurgan odam emas. Uning talpingan manzili «murodga qasd qilib yugurish»ni talab qiladi. Bu manzillarga yetmoq hali ne-ne mehnat va g'amni, qanchalar shiddatli bo'ronlami uning boshiga solajak.

Bu qahramonning bizga ibrati shundaki, u 0' zi tanlagan taqdirning olis yo'lida duch kelishi muqarrar bo'lgan qiyinchiliklarga tik boqa oladi. Nafaqat tik boqadi, balki qora yo'rg'asini mashaqqatlar sari yanada tezlaydi.

Shu o'rinda bir masalani ham muhokama qilib ketaylik. Nima uchun lirik qahramonni mashaqqatli yo'llardan olib o'tib, manzillarga eltar

do'sti «qora toychoq», «qora yo'rg'a»?

Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin.

Siz 8-sinfga borganingizda Usmon Nosir mavzusiga yana qaytib, uning

tarixiy mavzuda yozgan «Nil va Rim» nomli yirik she'riy asari bilan tanishasiz. Shunda bir narsaga amin bo'lasizki, Usmon Nosir nafaqat qadimiy dunyo yoxud Sharq tarixini, balki, G'arb adabiyotini ham

chuqur bilgan ijodkor edi. Agar Siz ritsarlar to'g'risidagi afsonalar, multiplikatsion va badiiy filmlarga e'tibor bersangiz, aksariyat qahra­monlaming jang va sinovlarda qora ot minib qatnashganiga guvoh bo'lasiz. Bunday misolIarni qadimgi Sharq og'zaki ijodida ham ko'plab uchratish mumkin. Qahramonlar faqat bir holatdagina oq otga minadilar - g'alaba, zafar quchgan kezlari!

Afsuski, javonmard shoir Usmon Nosirga o'zi ko'zlagan nurli manzillarga yetib borish nasib etmadi. 1937-yilda ustozlari Cho'lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va yana ko'plab ijodkorlar qatori Usmon Nosir ham «xalq dushmani» degan tuhmat bilan ayblandi. U sovuq Sibir o'lka­lariga surgun qilindi. Bu paytda shoir bor-yo'g'i 24 yoshga kirgan edi.

Q;lmoqlarda tortgan cheksiz azob-uqubatlari, yurtini sog'inib chekkan tig'onlari oxir-oqibat shoiming navqironjismini yemirdi. Usmon Nosir 1944-yilning mart oyida Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi mahbuslar lagerida vafot etdi.

Shoir o'zining mashhur «Nil va Rim» nomli tarixiy asarida «Tun qancha qora bo'lsa, oy shuncha yorug'» degan misralami bitgandi. Darhaqiqat, sho'ro tuzumi har qancha qora, uning qilmishlari har qancha yovuz bo'lmasin, adabiyotimiz osmoni oysiz va yulduzsiz qolmadi.


Osmon Nosj.L.o'zining qisqa umri va ijodi davomida yozib ulgurgan beshta she'rlar to'plami, qator dostonlar, to'rt drama, jahon adabiyoti namoyandalaridan qilgan noyob tarjimalari (A. S. Pushkinning «Boq­chasaroy fontani», M. Y. Lermontovning «Iblis), N. A. Dobrolyubov­ning «Haqiqiy kun qachon keladi?) singari yirik asarlari, Geyne, Gyote, Bayron she'rlari) shoir umrining chin davomi bo'ldi.

Usmon Nosir to'g'risidagi darsimizni shoir hayoti va ijodini chaqmoqqa qiyoslash bilan boshlagan edik. Qarangki, shoiming o'zi «Yurak) nomli she'rida:

Itoat et!

Agar send an

Vatan rozi emas bo'lsa,

Y oril! Chaqmoqqa aylan sen, Yoril! Mayli tamom o'lsam! ­

deya qalbiga xitob qilgan edi. Shoirning chaqmoqdek yorqin umri va ijodi hali ko'p asrlar xalqimiz qalbini yoritib turajak.

* * *

Usmon Nosiming quyida berilayotgan ikki she'rini darslikda berilgan she'r namunalariga o'xshab tahlil etishga harakat qiling. Bu ijodiy mashg'ulot Sizni shoir badiiy dunyosiga chuqurroq kirib borishingizni ta'minlaydi.



YOSHLIK

Kunlarimni yoshligimdan ayamadim,

Menda yoshlik nokaslikni he ch ko'rmadi.

Qiz sevganda, ho'ngir-ho'ngir qon yig'ladim, Go'yo, qalbim amri - azmimni bir so'rmadi.

Y oshligimning tarozusi beposangi,

Bir pallasi bahor toshi bilan og'ir: Sevinchim ko'p... shodligim zo'r... tilim biyron, Qaysi umr shunday yoshlik ko'rdi, axir?

Yuragimga achchiq-achchiq botar edi,

«Bog' ko'chada) sharsharakning mungli kuyi...

Hayron bo'lib, bolalikda o'ylar edim,

Qaydadir deb bu oftobning yotar uyi?

;

Bolaligim gul bog'lami ko'rolmagan,



G'arib bo'lib, mungshib yurgan ko'chalarda. Yulduz sanab, yildan uzun kechalarda Hisobiga sira, azal yetolmagan.

Ayamadim yoshligimdan kunlarimni, Nokaslikni ravo ko'rmay sevintirdim, Chunki, unga yuragimda o'lib qolgan Bolaligim erkaligin tiriltirdim.

Y oshligimning sarguzashti benihoyat,

Bisoti ham tasodifga to'lib bitgan...

Keyin bilsam, tasodiflar zarur ekan, Hodisani yetaklarkan sababiyat.


Download 414.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling