Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab


Download 414.79 Kb.
bet40/51
Sana26.12.2021
Hajmi414.79 Kb.
#182976
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Bog'liq
Adabiyot so'z san'ati uvchi! - ildan boshlab (1)

Mirtemir she'riyatidan namunalar

BULUT


I

Ko'k yuzida pag'a bulut - oq bulut,

Oq bulutdan sut yog'armi yoki qut?

Pag'a bulut - yaxshi ko'klam elchisi, Havolarda yomg'ir isi, sel isi...

Ko'k yuzida dam qaldiroq, dam sukut, Yog'may o'tma, pag'a bulut - oq bulut! Yog'ib o'tsang - tizza bo'yi o't bo'lur,

O't bo'lur, ham sut bo'lur, ham qut bo'lur.

11

Ko'k yuzida pag'a bulut - oq bulut...



Bir qarasang - osmon to'la oqquvlar, Bir qarasang - baland qorli cho'qqilar, Bir qarasang - ko'z ilg'amas oq barqut.

Ko'k yuzida - yorug', oydin bir ro'yo... U sta rassom chizmish ajib manzara ­Tepa-tepa paxta - beg'ubor, sara,

Kuzgi xirmonlarning akslari go'yo...

BALIQ ov!

Bizning qishloq tog' bag'rida, Tog' bag'rida - bog' bag'rida, Etagida chopqillar soy.

Y ozda tiniq,

- -- ~ 195 Lt­

Kuzda tiniq,

Suvda quyosh yuz bir siniq, Ko'klam chog'i soy butun loy. Qirg'og'ida jambil, yalpiz, Quchog'ida balig'i mo'l. O'ltiraman ba'zan yolg'iz, Suvga tushmay usti-bosh ho'l: Qarmog'imga ilinmaydi, Suzmoqdami yo chopmoqda, Suv tagidan ne topmoqda? Yuz tikilsang bilinmaydi...

Tashlay qolsam non ushog'in, Yugurishib kelar talay, Ulgurishib kelar talay.

Ilinsaydi ulkanrog'i,

Eltar edim jon buvimga.

- Hay, rostanmi, hay, baliqmi, Tangalikmi, chaqalikmi?

Balli, derdi, uquvimga... Ilinmaydi lekin hozir.

Bundan keyin to'r tashlayman, Tashlasam ham zo'r tashlayman, Qo'lga tushar bari oxir.

Yoz boshi, dalalar soz, O'z ko'rkini yoymish yoz, Chechaklarda hafi noz, Ko'llar to'la suqsur, g'oz, Oq bulutlar cho'g'lanib, Tong otar yallig'lanib, Ko'l osmoni bug'lanib, Ko'rinar go'yo sayoz.

Shu vaqt allaqaylardan, Qaydam, qanday joylardan,

TO 'RG 'AY

Dashtdanmi yo soylardan Yangrab ketar sho'x ovoz, Hech o'xshashi yo'q ovoz. Tut bargi kesganiardan, Suvga chim bosganlardan

Un chiqmas, tinglashar jim. Kim u o'zi, qani kim? Qushlar ham qilmas parvoz. Jonvorlar ham tinglardi. Bog'bon ham, paxtakor ham,

196 ­

Sholikor, chorvador ham, Butun odam "'finglardi,

Go'yo olam tinglardi,

Qandoq tinmagur ovoz!.. Men chopib cho'lga chiqdim, Hech kim ko'rinmas edi. Kattakon yo'lga chiqdim, Hech kim ko'rinmas edi. Keyin boqdim osmonga:

Kuy taratib jahonga,

Ko'k osmon cho'qqisida, Moviy rang ko'zgusida,

Bir nuqtada pirillab,

Bir nuqtada chirillab, Nuqtaday bir qush uchar, Go'yoki behush uchar...

- Hoy, - dedim, - o'zing kimsan, Bunchalar betinimsan, Javroqisan bunchalar,

O'ynoqisan bunchalar,

Tinmay tushib o'yinga,

Lol etasan kuyingga?

- Men-ku, men to'rg'ay, - dedi. ­Ko'k yuzi soz joy, - dedi, Dema, chala ko'rinar,

Butun dala ko'rinar.

Ko'k yuzida chirillab,

Yuz bir qo'shiq to'qisam,

Bir nuqtada pirillab,

Keng vodiyga o'qisam ­Yomonmi, hoy, sho'x o'g'lon? Hayotni maqtaganim,

T ongni ardoqlaganim ­Yomonmi, hoy, sho'x o'g'lon?

- Ha, tongni ardoqlagin, Hayotni ham maqtagin, Uchib-o'ynayver, - dedim, ~ Kuylab quvnayver, - dedim.

Tong belgi bergandanoq

O'tib osma ko'prikdan,

Jar ketiga chopardim ­

Jar keti o'zga olam.

To'ldirib chanoq-chanoq

Go 'yo sutdek ko 'pikdan,

Tutgandek g'oyib qo'llar ­

Jilvagar ko' zga olam.

G'o'za yaproqlarida,

Ko'katlarning bargida,

Chechaklarning bag'rida

Yaltirar lak-Iak inju.

Sho'x soy qirg'oqlarida,

Nihollar kurtagida,


Download 414.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling