Yomonlar bunchalar ko‘p bo‘lmasa bu dunyoda o‘yladi darsda o‘tirgancha Rizo,- yaxshilar qoldimi o‘zi bu g‘urbat olamda
Download 10.72 Kb.
|
Ilinj
Ilinj "Yomonlar bunchalar ko‘p bo‘lmasa bu dunyoda - o‘yladi darsda o‘tirgancha Rizo,- yaxshilar qoldimi o‘zi bu g‘urbat olamda? Nahot insonlar uchun mehr-oqibat,insoniylik,birodarlik kabi tushunchalar unut bo‘layotgani rost bo‘lsa?Televizorda har kun aytardilar bu gaplarni.Men hatto quloq solmasdim.U paytlar oilamizda tinchlik,qarindosh-u qadrdonlar orasidan qil ham o‘tmasdi go‘yo.Hammasi bobomning vafotidan so‘ng boshlandi.Oila qamishday egiluvchan,ildizsiz daraxtday mo‘rt,ari uyasidan notinch bo‘lib qoldi..." ********************** Rizoning onasi otasining o‘limidan keyin boshqa turmush qildi.Onasi Qo‘qonga ko‘chib ketdi.Rizo o‘z istagi bilan bobosi qo‘lida,Farg‘onada qoldi.Bobosi uni hech kimdan kam qilmay o‘stirdi.Asosiysi,uning o‘qishiga e'tibor berdi.Bobosi uni faqat o‘qishga undadi. Kitob o‘qiganini ko‘rsa: - Bizning oiladan ham bitta o‘qimishli odam chiqadigan bo‘ldi - deb qo‘yardi. To‘qqizinchi sinfdan boshlab qo‘shimcha pullik darslarga qatnay boshladi.Har safar nafaqa olganda uning o‘qishiga pul berib turdi.Qolgan qarindoshlar ham uni suyib,erkalatdi.Birovidan biron yomonlik ko‘rmadi,achchiq gap eshitmadi.Yayrab katta bo‘ldi. Ammo,shu yilning fevralida,bahor yaqinlab,kunlar asta isiy boshlaganda bobosi olamdan o‘tdi.Bobosi o‘ldi-yu,butun oila oila aravasini har yoqqa torta boshladi.U bir necha haftalab o‘ziga kela olmadi.Yig‘lamasdi,kulmasdi,o‘zi kamgap bo‘gan bola yanada kamgaplashib qolgandi. Oilani birlashtirishga katta amakisi ko‘p urindi.Biroq,o‘ziga o‘likdan qanday meros qolaridan o‘zgasiga qiziqmayotgan,ko‘ziga faqat pul ko‘rinadigan,marhum uchun faqat ko‘zidangina yosh to‘kadigan bo‘lib qolgan bu qarindoshlar gap uqmadi.Avvallari bobosidan qo‘rqqanidanmi,hurmat qilganidanmi uning biron buyumiga so‘roqsiz teginmaydiganlar butun mulkni bosqinchiday talab,tashmalab keta boshlashdi.(Balkim,ular avvaldan shunday bo‘lgandir...) - Bizni ulushni o‘zlashtirib olmoqchimisan deb ta'na qildilar. Bularga haykalday jim guvoh bo‘lib turar ekan bobosining oiladagi o‘rni qancha katta bo‘lganini yana chuqur his etdi. O‘qishga qaytib olgach endi pul tomondan qiyinchilikka duch keldi.Ish topib ishlay boshladi-yu,o‘tgan oylik to‘lovni ham to‘lashga puli yo‘qligini angladi.Har kimdan qarz so‘ray boshladi. Turgan gapki,hech kim unga "ma,ol senga pul"deb berib qo‘ymadi.Ishxonasidan o‘zi ikki kun ishlab,oylik so‘rolmasdi.Berganda ham yetmasdi.To‘ng‘ich amakisi bilan qo‘ng‘iroqlashdi.U Rossiyaga ketibdi.O‘sha yoqdan xabar jo‘natib,kimdandir pul topib, qarzga olib tur.Qaytiboq o‘zim to‘layman deb yuboribdi. Rizoning boshi qotdi.O‘ylay-o‘ylay noiloj onasiga qo‘ng‘iroq qildi.Lekin,telefonga o‘gay otasi javob berdi.U tadbirkor edi.Pul masalasida qiyinchiligi yo‘q. - Assalomu alaykum salom berdi Rizo bir yutinib olgach. - Va alaykum assalom.Kim bilan gaplashyapman? - dedi do‘rrillagan ovoz. - Bu men... Rizoman. - Ee,ha tanidim,tanidim.Tuzukmisan,o‘g‘lim? Marakadan keyin ko‘rishmadik.Ishlarim bilan bo‘lib,xabar olmadim.O‘zingga kelib qoldingmi? - Rahmat,shukur, ancha yaxshiman.Ayam bormilar? - Onang,bog‘chaga ketdi, - dedi otasi va ilova qildi, - Ukangni olishga. Qiziq,u ukasi necha yoshligini ham bilmasdi.Bobosining gapiga quloq solmay,ko‘rgani bormaganiga hozir afsuslandi.Uning jim bo‘lib qolganiga otasi yana o‘zi gapni davom ettirdi: - Kap-katta bola bo‘lib qoldi Azamatjon.Kelsang edi,tanishib olardinglar... Tinchlikmidi o‘zi?Biron muhim gaping bo‘lsa,aytaver.O‘zim,albatta, aytib qo‘yaman. - Men... Men qarz so‘rab telefon qilayotgandim. - Qarz deysanmi?Xo‘sh qancha kerak?Tortinmay aytaver,o‘g‘lim.... Go‘shakni qo‘yganida ham mushkuli oson bo‘lganidan yengil xursandlik,ham qandaydir qayg‘u uni iskanjaga oldi. Inson,odatda,nimani yo‘qotganini tushunganda yig‘lar ekan.Uning hatto bobosi o‘limida yoshlarini qizg‘ongan ko‘zlaridan billur tomchilar sizilib,yuzlarida dumalardi.Ayni vaqtda u o‘zining yaqin,bir vaqtlar erkalatgan,yaxshi ko‘rgan qarindoshlari turib,o‘zi biron marotaba yuzini ko‘rmagan,tanimagan va tanishishni iatamagan bir "begona" odam unga yordam qo‘lini cho‘zayotganidan yig‘lamoqdami yo rostan kimni yo‘qotganini tushunganidanmi buni umuman o‘ylay olmasdi... *************** Dars davom etar,o‘qituvchisi sintaksisga kirishni astoydil tushuntirar,u esa xayollardan o‘zini uzolmasdi.Nahot bu oxirgi dars bo‘lsa?Hozir dars tugaydi va Rizo otasi berib yuborgan pullarni topshirib qarzdan qutuladi.So‘ngra boshqa kela olmasligini,ishlab topayotgan arzimagan puli o‘zidan ortmayotganini aytadi. Yana qachon,sintaksisda-ya.Ona tilining yuragiga kelganda... Shu bilan imtihondan o‘tishi ham so‘roqda qoladigan bo‘ldi.Axir maktabda olingan bilim bilan universitet soyasida ham turishga uyalardi.Repetitorda o‘rgandi-ku hammasini.Bu ham chala qoladigan bo‘lib turibdi... Dars tugadi.Rizo hamma chiqishini kutdi.Pulni berdi.Ustozga boshqa o‘qishni davom ettira olmasligini,sharoitiga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.Ustoz bu gaplarni sukut saqlab eshitdi.Oxirida bir jilmayib qo‘ydi-yu,ehtimolki,Rizoning xotirasiga bir umrga muhrlanib qolgan ushbu so‘zlarni aytdi: - Qo‘ysangchi.O‘qishni pulsizlik tufayli to‘xtatmoqchimisan? Pul hamma narsani hal qilavermaydi.Agar pul shunchalik muhim bo‘lganda, onalar chaqalog‘iga mehr emas,pul tutqazardi.Otalar tarbiyani pul bilan berardi.Odamlar Allohga emas,pulga sig‘inardi.Hamma narsaga qiymat belgilaydigan rasvolar toifasidan farqimiz - biz hali insoniylikga narx qo‘ymaganimiz.... Bunaqa ahaaiyatsiz narsalarni o‘ylab o‘zingni bunchalik qiynama.Qisqasi,puling kerak emas.Sen eng yaxshi o‘quvchilarimdansan.Kelasan va o‘qiysan!Gap tamom.O‘qishga kirganingda birinchi stipendiyangdan bitta choyxona qilasan.Sharti shu! - deb odati bo‘yicha gapni hazil bilan tugatdi. - Xo‘p... Rizo boshqa so‘z ayta olmasdi.Ustoz uning yelkasiga qoqib,xayrlashgach xonadan chiqdi.Faqat o‘quv markazi zinalaridan tushar ekan pichirlagancha shu gapni aytdi: - Yaxshi odamlar bor ekan-ku.Demak,hali UMID bor... Bedorbaxt. 2020-yil. Download 10.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling