Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/62
Sana26.07.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1662789
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62
Bog'liq
Adabiyot. 5-sinf. 1-qism (2015, S.Ahmedov, B.Qosimov) (1)

Girdig‘umdаn kеlgаn – to‘ladan kelgan.


138
tаg‘i: «Sirаsi-sirаsi!» tаg‘i shоvqun-surоn, tаg‘i: «hа-hа!», 
«yo‘q-yo‘q!» bir kishining: «Anа, ulоq kеldi!» – dеb yubоrishi 
bilаn hаmmа tib-tinch bo‘lub, хаlq ulоqg‘а qаriy bоshlаdi. tаg‘i 
birоzdаn kеyin: «Ulоg‘i 10 yosh ekаn!», «Shunisi tuzuk, shuni si!» – 
dеgаn so‘zlаr bоshlаng‘аn hаm еdi, mаydоng‘а ikki chаvаndоzning 
оt o‘ynаtib kirishi оrаdаg‘i tоvishlаrni o‘chirdi. Sеkin-sеkin: 
«Sаlim bilаn murоd chаvаndоz», – dеgаn shivirlаshuvlаr mаning 
hаm diqqаtimni shu ikki оtliqg‘а jаlb еtdi. Ulаrning birisi ko‘k, ik-
kinchisi оlа оtqа mingаn chаpаni yigitlаr еdi. Endi tоmоshаchilаr 
ulоqni to‘zimsizlаnib kutа bоshlаdilаr. Хаlq ichidаn аllаkim:
– Anа endi chin ulоq ko‘rаsаn! – dеydir. 
bizning mаhаllаdаgi ulоqchilаr hаm kеlishdilаr. o‘rtоqlаrim-
dаn nurхоn, hаydаr sоqоv, Shоkir mishiqilаr hаm bоr еdi. Ulаr 
mеning yonimgа kеlishdilаr.
nurхоn dаdаsidаn оlа yo‘rg‘аni so‘rаg‘аndа qilg‘оn bаhоnаsini 
аytub kulаdir. hаydаr sоqоv sаmаn оtining yo‘ldа Shоkir mi-
shiqining bаytаligа kishnаgаnini аytib, Shоkirni mаsхаrа qilаdir. 
kulishаmiz. Shоkir mishiqi burnini tоrtа-tоrtа: «Uyalib kеtdim. 
mundаn so‘g‘un biya minmаymаn», – dеb qizаrib-bo‘zаrаdir.
оtimning umildirug‘ig‘а ulаrning hаvаslаri kеlub, bаhоsini 
so‘rаshаdirlаr, mаn: «o‘n bеsh tаngа», – dеb kumush qаmchini hаm 
ko‘rsunlаr uchun o‘ynаgаnsumоl еgаrning qоshig‘а tаq-tаq urib 
qo‘yamаn. Ulаr: «Qаni-qаni», – dеb qo‘limdаn оlub ko‘rаdirlаr. 
mаn sеkinginа bоshimni qimirlаtub, o‘zimdа аllаnimа sеzinаmаn. 
Ulаrning оtlаrig‘а – o‘zimnikigа, kiyimlаrigа – kiyimimgа 
qаrаb, o‘zimni ulаrdаn аllаqаnchа yuqоridа ko‘rаmаn. hаydаr 
sоqоv tutilа-tutilа: «kеlinglаr, bir chоptirаyluk», – dеdi. nurхоn 
ko‘nmаsа hаm yugаnidаn tоrtub оlub kеtdi. Chidаb turib bo‘lmаs 
ekаn: ulаrning kеtidаn qоrа qаshqаmg‘а bir-ikki аchchig‘ qаmchi 
bеrub yubоrishim bоrmi, jоnvоr o‘n оdumidа ulаrni yo‘ldа qоldirib 
kеtdi. Anchаg‘inа uzоqlаb, оrtimdаgi хаlqg‘а qаrаb еdim, ko‘zlаri 
mаndа ekаn, yanа qаttig‘rоq hаydаdim. Qirning bir chеkkаsigа 
bоrib, оtni to‘хtаtdim. bir tаlаy vаqtdаn kеyin ulаr оtlаrini 


139
lo‘killаtishib mаngа yеtdilаr. bu yеrdа оtlаrimizning chоpqurlig‘i 
to‘g‘risidа so‘zlаshdik. nurхоn оtining chоpmаslig‘ig‘а аkаsining 
issiq hоldа suv bеrgаnini sаbаb ko‘rsаtаdir. hаydаr sоqоv bo‘lsа 
еsоn ko‘knоrining o‘g‘lini so‘kа-so‘kа:
– bоzоrg‘а un uchun bоrаyotqаnimdа, bехоs tоm bоshidаn 
guvаlа tаshlаb yubоrdi. оtim shundаn bеri qаmchi birlа yuz ming 
ursаng hаm, qulоg‘ini chimirib, hurkub turаdir! – dеb so‘kinаdir.
mаnim оtim to‘g‘risidа hаydаr аytаdi: «Sаning, – dеydi, –
оtingg‘а hеch оt bоlаsi yеtmаydi», – dеydi. nurхоn аytаdi: 
«оtdаn sаning bахting bоr ekаn», – dеydi. Shu yеrdа uzоqqinа 
so‘zlаshib turg‘аndаn so‘ng yanа оtni kеying‘а qаrаb qo‘ydiq. 
tаg‘i ulаrdаn o‘zib kеtdim. Хаlqg‘а yaqinlаshg‘аch, «mаni hаm 
tаnib qo‘ysinlаr-chi», – dеb tоyimni qitnаb
1
yubоrishim bоrmi, 
shamоl-dе, shamоl... Endi хаlq bir o‘zimg‘а, bir qоrа qаshqаmg‘а 
tikilа bоshlаdi. «mаnа, endi tаniysаn», – dеb tоyimning yolini 
qаmchi sоfi bilаn tаrаb turа bеrdim.
Iv
Juvir-juvir bоshlаndi. o‘rtоqlаr bilаn biz to‘zimsizlаnib, ulоq 
bоshlаnishini kutаmiz.
Chаvаndоzlаrning qаysisi to‘nini chеchmаkdа, qаysisi оtining 
аyilini mаhkаmlаmаkdа vа qаy biri ulоqg‘а sоliq bеrmаqdа еdi. 
Akаm hаm shоhi sаllаsi bilаn bеqаsаm to‘nini mаngа bеrib, o‘zi 
o‘rtаg‘а оt o‘ynаtib kеtdi. Endi ulоqchilаr mа’rаkаgа jum bo‘lа 
bоshlаg‘аn bo‘lsаlаr hаm, lеkin hаmоn ulоq bоshlаnmаg‘аn еdi. 
butun tоmоshаchilаr sаbrsizlаnib: «Ulоqni so‘yib bo‘lmаdimi, 
yaхlаb qоldimi?» – dеyishаdirlаr.
huv, оrаdаn tаlаy vаqt o‘tkаndаn so‘g‘un bo‘g‘uzlаng‘аn ulоqni 
оldig‘а o‘ngаrib, оrif sаrkоr vа uning kеtidаn bоyagi mаshhur 
chаvаndоzlаr hаm qаlpоqni chаkkаg‘а qiya qo‘yub, еgаrgа qiy-
shuv o‘lturub, o‘rtаgа kirdilаr. tоmоshаchilаr ulоqni ko‘rgаn оn: 
«Хаh jоnvоr, bоrmisаn?» – dеyishdilаr. o‘rtаdаg‘ilаrdаn аllаkim:
1
qitnab – niqtab.


140
– Ulоqning qоni yaхshi yuvildimi? – dеb so‘rаgаn еdi, оrif 
sаrkоr:
– Хоtirjаm! – dеb ulоqni shаlq еtib yеrgа tаshlаdi. o‘zi bizgа 
yaqinrоq kеlib:
– o‘rtоqlаr, bоlа-chаqаlаrni chеtkа chiqаringlаr, оt оyog‘idа 
qоlmаsunlаr, o‘zlаringiz hаm еhtiyotrоq jоydа turinglаr! – dеb 
vаg‘iz qildi
1
.
оrif sаrkоr fоtihаni оlub, оtini yugurtirib, to‘dаgа kеtdi. 
tоmоshаchilаr o‘rtаdаgi bilish-tаnishlаrigа: «bugun g‘аyrаting-
lаrni ko‘rаmiz-dа!..» – dеb bаqirishdilаr.
Endi ulоq bоshlаndi. birisi оlаdir, ikkinchi birisi tоrtаdir... ik-
kinchining yonig‘а uchunchi, to‘rtinchisi tushib, birdаn hаmmа 
ulоqchilаr o‘rtаgа оlub tоrtishаdirlаr... hаr kim o‘zigа оlish 
hаrаkаtidа... biri ulоqning dumidаn tutsа, ikkinchi, uchunchilаr 
оyog‘idаn, yolidаn tоrtаdirlаr. Shu rаvishdа yarim sоаt tоrti-
shuv echkini yoq-yoqdаn buydаshuv bоrg‘аndаn so‘ng qаysi 
bir хudо yarlаqаg‘аni, o‘rtаdаn ulоqni оlub chiqsа, kеtidаn 
ulоqchilаr chug‘urchuqdеk yopirilub, tаg‘i tоrtish bоshlаnаdir. 
tоmоshаchilаrdаn: «tаqimg‘а bоs, tаqimg‘а!», «bоshini qo‘y, 
chоvig‘а qаmchini shig‘ab bеr!», «bo‘sh kеlmа, mаhkаm tut!», 
«yugаnni bo‘shаt, qаmchini tishlаb tut; yoningg‘а аlаqsimа!», 
«tutding-tutding, bеrmа, chаpkа burul, chаpkа!» – dеgаn tоvishlаr 
hаlidаn hаli eshitilib turаdir. Ulоq yеrgа tushib-nеtib qоlsа, 
tоmоshаchilаrdаn qаysi biri yugurib bоrub, ulоqni yеrdаn оlаdur. 
Ukаsimi, o‘rtоg‘imi, kim bo‘lsа hаm o‘z yaqinig‘а tutquzmоqchi 
bo‘lаdir. lеkin bоshqа ulоqchilаr undаn оlmоqchi bo‘lub ustig‘а 
yig‘ilаdirlаr. Ul bеrmаydir. bоshqаlаr o‘rtаg‘а siqаdirlаr...
Anchаdаn kеyin bеchоrа оqsоqlаnub yoki qo‘lini silаb o‘rtаdаn 
chiqаdir. tоrtg‘аn аzоbini so‘zlay-so‘zlay bir chеkkаgа kеtаdir.
оtа bоlаni, аkа ukаni tаnimаydir, chаng-to‘zоn, tеrlаngаn-
pishilgаn; hаr kim ulоqni tаqimgа bоsmоq qаyg‘usidа... bоsh 
1

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling