Adabiyoт uмuмiy o‘rтa тa’liм мakтablarining


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/64
Sana03.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1743972
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
Bog'liq
adabiyot 2qism 5 uzb

YUR, tОG‘LаRGа ChIqаYLIK...
yur, tоg‘lаrgа chiqаylik. 
bilаsаnmi, yoshlik bu –
mаyli, yur! 
Тo‘ymаgаn!
Eh... qаndаyin chirоylik 
Тinim bilmаs, go‘yo suv –
оppоq nur... 
o‘ynаgаn...
оlmоs kаbi оppоq qоr 
Shunchа а’lо, chirоylik
yaltirаr. 
ko‘rinur...
nеgа munchа dil оqаr, 
yur, tоg‘lаrgа chiqаylik.
Qаltirаr? 
mаyli, yur!


19
Avvаlо, shе’rdа аks etgаn tоg‘lаrning ulug‘vоrligi, ulаr bаg‘rini 
qоplаgаn оlmоs yanglig‘ оppоq qоr nuri o‘quvchi diligа yorug‘lik 
оlib kirаdi. butun оlаm оqlikkа burkаngаnini ko‘rgаn yoshlаr 
yurаgidа hо zirgа qаdаr bo‘lmаgаn g‘аlаti tоshiqish, hаyajоn bоsh 
ko‘tаrаdi. bu hаyajоn nаvqirоn yurаklаrgа sig‘mаy to‘lib-tоshаdi, 
dilni titratib yubоrаdi. Zеrо, bоlаlik, yoshlikning o‘zi hаm dоimiy 
hаrаkаtgа tаlpinuvchi, bir jоydа tinim bilmаydigаn shаrqirоq 
suvdаy tоshqin fаsldir. Uning ko‘zigа dunyodаgi bаrchа nаrsа 
mo‘jizа bo‘lib ko‘rinishi, u hаr bir hоdisаdаn kаshfiyot izlаshi hаm 
tаbiiydir. Тоg‘lаr sаri ko‘tаrilаrkаn, bu mo‘jаz qаlb go‘yo qаnоt 
chiqаrib uchаdi, tоg‘lаrning ulug‘vоrligini o‘zidа hаm his etishni 
judа-judа хоhlаydi. оppоq nur yoshlikning ko‘zini qаmаshtirаdi, 
hаyotni jоzibаdоr, fаqаt go‘zаllikdаn ibоrаtdеk qilib ko‘rsаtаdi...
yuqоridа eslаtgаnimizdеk, o‘tgаn аsrning 30-yillаridа sho‘rоlаr 
dаvlаtidа аvj оlgаn qаtаg‘оn yosh Usmоn nоsir ko‘nglini hаm 
chuqur dаrdlаrgа to‘ldirdi. mаnа shu dаrddоshlik tuyg‘ulаri 
shоirning ko‘plаb shе’rlаridа o‘z izini qоldirаdi. Jumlаdаn, yuzаki 
qаrаgаndа, yosh yigitning hаyot bo‘rоnlаrigа ko‘ksini оchib ya-
shаsh ishtiyoqi tаsvirlаngаndеk tuyulаdigаn «yo‘lchi» shе’ri hаm 
bu fikrni tаsdiqlаydi. mo‘jаz bu shе’rni to‘lig‘ichа o‘qiymiz:
Yo‘LChI
yo‘lchimаn, mаnzilim dеngizdаn nаri,
lоjuvаrd ufqning tubigа yaqin.
ko‘nglimdа dаrdlаrim dаryodеk оqin,
Chаyqаlаr ko‘zlаrim tikilgаn sаri.
о, yo‘llаr!
Chu, qоrа tоychоg‘im! Chu, qоrа yo‘rg‘аm!
murоdgа qаsd qilib yugurgаn yеtur.
bo‘rоnni sеvmаsа, dil nеchun tеpur?
Тiriklik nе kеrаk bеmеhnаt, bеg‘аm?!
Chu, qоrа yo‘rg‘аm!


20
mаzkur shе’rni turli yo‘sindа tushunish vа tаlqin etish mumkin. 
Uni, yuqоridа аytilgаnidеk, yashаshgа tаshnа o‘spirinning оrzu-
lаrgа to‘lа hаyot dеngizi оshа yorug‘ mаnzillаrgа tаlpinishi tаr-
zidа tаlqin etish hаm хаtо bo‘lmаydi. Zеrо, shоir bu shе’rni yoz - 
gа nidа endiginа 23 yoshgа kirgаn, dеmаk, hаyotgа shundаy yon-
dаshishgа u to‘lа hаqli hаm edi. birоq shе’rning uchinchi mis - 
rаsi «ko‘nglimdа оrzulаr dаryodеk оqin» shаklidа emаs, bаlki
аynаn «ko‘nglimdа dаrdlаrim dаryodеk оqin» tаrzidа bаyon etilgаni 
bizni o‘ylаntirmаsligi mumkin emаs. Shu yoshdаgi shоirning 
ko‘ng li nе dаrdlаrgа to‘lgаnki, bu dаrdlаr dаryodеk оqsа? U nе 
mаnzil lаrni ko‘zlаgаnki, tikilgаndа ko‘zlаri chаyqаlsа? nеgа u 
bо rаr mаnzil ufqning tubidа, dеmаkki, ko‘z ilg‘аmаs uzоqlаrdа?
«yo‘lchi» shе’rini o‘qigаn chinаkаm muхlis ko‘ngli bir nаrsаni 
аniq ilg‘аydi. U hаm bo‘lsа, lirik qаhrаmоn – shоir ko‘pchilik 
оddiy оdаmlаr singаri yеtishish mumkin bo‘lgаn оrzulаr ko‘yidа 
yurgаn оdаm emаs. Uning tаlpingаn mаnzili «murоdgа qаsd qilib 
yugurish»ni tаlаb qilаdi. bu mаnzillаrgа yеtmоq hаli nе-nе mеhnаt 
vа g‘аmni, ko‘plаb shiddаtli bo‘rоnlаrni uning bоshigа sоlishi 
mumkin.
bu qаhrаmоnning bizgа ibrаtli jihаti shundаki, u o‘zi tаnlаgаn 
tаqdir yo‘llаridа duch kеlishi muqаrrаr bo‘lgаn qiyinchiliklаrgа tik 
bоqа оlаdi. nаfаqаt tik bоqаdi, bаlki qоrа yo‘rg‘аsini mаshаqqаtlаr 
sаri yanаdа tеzlаydi.
Afsuski, fidоyi shоir Usmоn nоsirgа o‘zi ko‘zlаgаn nurli 
mаnzillаrgа yеtib bоrish nаsib etmаdi. 1937-yildа ustоzlаri 
Cho‘lpоn, Fitrаt, Abdullа Qоdiriy vа yanа ko‘plаb ijоdkоrlаr qаtоri 
Usmоn nоsir hаm «хаlq dushmаni» dеgаn tuhmаt bilаn аyblаndi. 
U sоvuq Sibir o‘lkа lаrigа surgun qilindi. bu pаytdа shоir bоr-
yo‘g‘i 25 yoshgа kirgаn edi.
Qаmоqlаrdа tоrtgаn chеksiz аzоb-uqubаtlаri, yurtini sоg‘inib 
chеkkаn fig‘оnlаri охir-оqibаt shоirning jism-u jоnini yеmirdi. 
Usmоn nоsir 1944-yilning mаrt оyidа Rоssiyaning kеmеrоvо 
vilоyatidаgi mаhbuslаr lаgеridа vаfоt etdi.


21
Usmоn nоsir to‘g‘risidаgi dаrsimizni shоir hаyoti vа ijоdini 
chаqmоqqа qiyoslаsh bilаn bоshlаgаn edik. Qаrаngki, shоirning 
o‘zi «yurаk» nоmli shе’ridа:
Itоаt et!
Agаr sеndаn
Vаtаn rоzi emаs bo‘lsа,
Yoril! Chаqmоqqа аylаn sеn,
Yoril! Mаyli, tаmоm o‘lsаm! –
dеya qаlbigа хitоb qilgаn edi. Shоirning chаqmоqdеk yorqin umri 
vа ijоdi hаli ko‘p аsrlаr хаlqimiz qаlbini yoritib turаjаk.
* * *
Usmоn nоsirning quyidаgi ikki shе’rini, dаrslikdа bеrilgаn 
nаmunаlаrgа qarаb tаhlil etishgа hаrаkаt qiling. bu ijоdiy mаsh-
g‘ulоt sizning shоir bаdiiy dunyosigа chuqurrоq kirib bоrishingizgа 
yordаm bеrаdi.
YoShLIK
kunlаrimni yoshligimdаn аyamаdim,
mеndа yoshlik nоkаslikni hеch ko‘rmаdi.
Qiz sеvgаndа, ho‘ngir-ho‘ngir qоn yig‘lаdim,
Go‘yo qаlbim аmri аzmimni bir so‘rmаdi.
yoshligimning tаrоzusi bеpоsаngi,
bir pаllаsi bаhоr tоshi bilаn оg‘ir:
Sеvinchim ko‘p... shоdligim zo‘r... tilim biyrоn,
Qаysi umr shundаy yoshlik ko‘rdi, ахir?
yurаgimgа аchchiq-аchchiq bоtаr edi,
«bоg‘ ko‘chа»da shаrshаrаkning mungli kuyi...
hаyrоn bo‘lib, bоlаlikdа o‘ylаr edim,
Qаydаdir dеb bu оftоbning yotаr uyi?
bоlаligim gul bоg‘lаrni ko‘rоlmаgаn,
G‘аrib bo‘lib, mungsib yurgаn ko‘chаlаrdа.


22
yulduz sаnаb, yildаn uzun kеchаlаrdа
hisоbigа sirа аzаl yеtоlmаgаn.
Ayamаdim yoshligimdаn kunlаrimni,
nоkаslikni rаvо ko‘rmаy sеvintirdim,
Chunki ungа yurаgimdа o‘lib qоlgаn
bоlаligim erkаligin tiriltirdim.
yoshligimning sаrguzаshti bеnihоyat,
bisоti hаm tаsоdifgа to‘lib bitgаn...
kеyin bilsаm, tаsоdiflаr zаrur ekаn,
hоdisаni yеtаklаrkаn sаbаbiyat.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling