Yoshlаr sotsiologiyasi
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
1 YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI KIRISH Jamiyatning eng zehnli guruhi sifatida, yoshlar hayotning barcha sohalarida – iqtisod, siyosat va madaniyatda vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarni aks ettiradi. Shu bilan bir qatorda, yoshlar faoliyat subʼekti hisoblanadi va sharoitga qarab, ishlab chiqaruvchi va mehnat sohasida, ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohalarda va oilada turli darajadagi faollikni namoyon eta oladilar. Yoshlarni tushunish har doim kelajakni tushunish uchun kalit izlash bilan muvofiqlashib kelgan. Boshqa yoshdagi guruhlarga nisbatan yoshlar “vaqt idrokini” yaxshiroq tushunadilar. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev yoshlar haqida gapirganida qoʼyidagilarni taʼkidlaydi. “Oʼzlarining mynosib oʼrinlarini topishlari uchun yoshlarni qoʼllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biridir. Yoshlarning qonuniy huquqlarini va qiziqishlarini taʼminlash, ularning intilishlarini va umidlarini, qobiliyatlarini va imkoniyatlarini amalga oshirish ham asosiy yoʼnalishdir”. Oʼzbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining markazida yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning sogʼligʼini saqlash uchun, taʼlim olishlari uchun optimal sharoitlar yaratish, ularning ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilish turadi. Yoshlar ijtimoiy guruh sifatida har xil pozitsiya va qarashlarda koʼrib chiqiladi. Tarixan, yoshlar xaqidagi tushuncha ijtimoy muammolar majmui doirasida vujudga kelgan. Ijtimoiy jihatdan, yoshlarning rivojlanishiga jamiyatning taʼsiri ikki tomondan koʼrib chiqiladi. Hozirda yoshlar sotsiologiyasi mustaqil akademik va taʼlim statusini (huquqiy holatini) kasb etmoqda, lekin bir vaqtning oʼzida sotsiologik ilm-fanning boshqa sohalari bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy tadqiqotlar jabhasi boʼlib qolayapti. Ijtimoiy tadqiqotlarning alohida jabhasi sifatida yoshlar sotsiologiyasi har xil yoshdagi odamlardan iborat mustahkam toʼdaning demografik boʼlinishi asosida vujudga kelgan va rivojlanayapti, yoshlarni alohida ijtimoiy-demografik guruh sifatida oʼrganishga eʼtiborni yoʼnaltiradi. Sotsiologlarning fikricha, bir tomondan, makromuhitning oʼzgaruvchan obʼektiv va subʼektiv sharoitlari yoshlarni jamiyatning ijtimoiy strukturasiga mansub deyishni namoyon etadi. Pirovardida, buning barchasi ham yosh avlodning ijtimoiy qiyofasining shakllanishida, ham ijtimoiy tuzilmaning rivojlanishi va vujudga kelishida namoyon boʼladi. Boshqa tomondan, yoshlar ongida aks etgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar ularning ehtiyojlariga, qiziqishlariga, qadryatlardan xabardor boʼlishlariga taʼsir etadi. Yoshlar oʼzlarini mustaqil ijtimoiy-demografik guruh sifatida shakllantiradigan ijtimoiy munosabatlar va shakllari bilan ajralib turadi. Yoshlar obʼektiv mazmun-mohiyatdan kelib chiqadigan bir qator xususiyatlarga ega. Yoshlarning ijtimoiy xususyatlari ijtimoiy tuzilmaning tashkil topishi jarayonlarida oʼziga xos oʼrin egallaydi, shuningdek, qobiliyatni meros qilib olibgina qolmay, 2 balki vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarni ham oʼzgartira oladilar. Ushbu jarayonlarda vujudga kelgan qarama-qarshiliklar yoshlarning butun kompleks muammolari tagida yotadi. «Yoshlar sotsiologiyasi» oʼquv qoʼllanmasi ijtimoiy ishni, sotsiologiyani oʼrganuvchi talabalar, yoshlar markazining, Yoshlar ittifoqining amaliyotchi- xodimlar, toʼgaraklar rahbarlari, maktablarda yoshlar yetakchilari bilan shugʼullanuvchi oʼqituvchilar uchun tuzilgan. Oʼquv qoʼllanma yoshlar va ularning muammolari haqidagi tasavvurlarni bir xil shaklga keltiradi. Oʼquv qoʼllanmaning mazmuni rang-barangdir, u yoshlar bilan avval ishlamagan va yoshlar bilan uzoq vaqt ishlab kelayotgan mutaxassislar uchun ham qiziq. Yoshlar sotsiologiyasi ijtimoiy-demografik guruh, shaxs va sotsializatsiya, madaniyat, oila zaifligi va har xil yoshdagi avlodlar almashinuvi kabi tadqiqot segmentlari bilan uzviy bogʼliq. Ushbu oʼquv qoʼllanmada yoshlarni ijtimoiy jihatdan oʼrganish yoshlar sotsiologiyasi, ularning ijtimoiy statusidagi muammolari, yoshlar sotsializatsiyasi, oʼz mavqelarini va taqdirlarini oʼzlari belgilashga qaratilgan. Yoshlarning hayot yoʼli ularning hayot faoliyatidagi muhim jabhalarni tizimli va tahliliy koʼrib chiqish bilan ajralib turadi. Yoshlar ahloqidagi muammolar: taʼlim, alkogolizm va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish, jinoyatchilik, siyosatdagi ishtirok, moda, musiqa va hokazolar “yoshlar” degan kontseptsiyada uchrab turar edi. Аlohida mavzular qadriyatlarga, bandlik va mehnat sohasida koʼrsatmalar va yoshlarning xulq-atvori, taʼlim tizimiga, nikoh va oila, jinsiy munosabatlarga, jamiyatning siyosiy hayotiga, diniy sohaga bagʼishlangan. Kitobda yoshlar madaniyatining almashinuvi, ular oʼrtasida ogʼishgan xulq muammolar majmui muhim oʼrin egallagan. Yoshlarning maʼnaviy dunyosiga bagʼishlangan mavzu kitobni yakunlab bergan. Kitobning birinchi bobi “yoshlar” tushunchasi va umuman, “yoshlik” soʼzi nimani anglatishiga bagʼishlangan. Keyinroq esa yoshlar siyosati, ularning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, Oʼzbekiston Respublikasida yoshlar bilan ishlashning huquqiy asoslariga bagʼishlangan mavzular yoritilgan. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling