Yoshlаr sotsiologiyasi
Yoshlarning ijtimoiy rivojlanish kontseptsyasi
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karl Mangeymning
Yoshlarning ijtimoiy rivojlanish kontseptsyasi: I.S.Kon asari bilan bogʼliq
va bu asar yoshlarni oʼrganishdagi ijtimoiy va psixologik yondashuvlarni birlashtirgan. I.S.Kon tomonidan yoshlar qoʼyidagicha taʼriflangan: «yosh xarakteristikasining umumiyligi, ijtimoiy holatining xususiyatlari bilan ajralib turadigan, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni yuzaga keltirgan ijtimoiy-demografik guruhdir. Yoshlar hayotiy siklining aniq fazasidir (davridir), u biologik jihatdan universaldir, lekin uning ijtimoiy statusi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan bogʼliq boʼlgan konkret yosh doirasi ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega va ijtimoiy tuzum, madaniyat, shu jamiyatga tegishli sotsializatsiya qonuniyatlariga bogʼliq”. Nemis sotsiologi Karl Mangeymning taʼriflashicha yoshlar tez oʼzgaruvchi, yangi holatga koʼnikish kerak boʼlganida oldingi qatorda turuvchi rezervdir. Dinamik jamiyat ertami kechmi ularni (anʼanaviy jamiyatda safarbar etilmaydigan, integratsiya qilinmaydigan, aksincha bostirib yuboriladigan zaxiralarni) faollashtiradi va tashkillashtiradi. 7 K.Mangeymning fikricha, yoshlar ijtimoiy hayotning jonlantiruvchi vositachi funktsiyasini bajaradi; bu funkitsiya oʼzining muhim elementi bilan jamiyat statusiga toʼliq aralasha olmaydi. Bu parametr universaldir va makon, vaqt jihatdan chegaralanmagan. Jinsiy yetilganlikni bildiradigan hal qiluvchi omil shunda namoyon boʼladiki, unda yoshlar ijtimoiy hayotga qadam qoʼyadi va zamonaviy jamiyatda ular ilk bor murosasiz xaos (tartibsizlikka) duch keladi. N.I.Usinina oʼzining “Yoshlar tushunchasi mohiyatining tasnifi” maqolasida qoʼyidagi taʼriflarni keltirgan. Yoshlar asosan oʼrta maxsus va oliy maʼlumot olish faoliyatini olib boruvchi, ijtimoiy hayotga tayyorlanuvchi va qadam qoʼyuvchi odamlardir”. “Yoshlar” tushunchasi taʼrifi turli fan sohalarida tahlil qilingan. Xususan, sotsiologiyada yoshlar sotsiologiyasi alohida oʼrin egallagan ijtimoiy guruh deya taʼriflangan. Tadqiqotlarda esa yoshlar sotsializatsiyasi jarayoniga, yoshlar madaniyati almashinuvining xususiyatlariga, ularning ijtimoiy ahvoliga katta eʼtibor qaratilgan. Yoshlar sotsiologiyasining turli ilmiy yoʼnalishlari doirasida “yoshlar”, “yoshlik” fenomeni taʼrifiga oid qoʼyidagi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling