Yoshlаr sotsiologiyasi


“Yoshlar” va “yoshlik” fenomenlari taʼrifiga oid yondashuvlar


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

“Yoshlar” va “yoshlik” fenomenlari taʼrifiga oid yondashuvlar 
1-jadval 
Nomi 
Mohiyati 
Mualliflar 
Psixofiziologik 
Yoshlik – jinsiy yetilganlik va toʼla 
yetilganlik 
oʼrtasidagi 
shaxsning 
rivojlanish davri 
Z.Freyd, E.Fromm 
Ijtimoiy-
psixologik 
Yoshlar – biologik xususiyatlarga va 
psixologik munosabatlarga ega maʼlum 
yoshdagi odamlar guruhi 
G.Stenli 
Xoll, 
Sh.Byuler, 
V.Rayx, 
E.Erikson 
Nizoli 
Yoshlik 
– inson rivojlanishidagi 
muammoli 
bosqichdir; 
inson 
va 
jamiyat oʼrtasidagi uzoqqa choʼzilgan 
nizo; bu inson hayotidagi stress, lekin 
muhim jarayondir 
I.V.Bestujev-Lada, 
S.N.Ikonnikova 
Rolli  
Yoshlik– inson hayotidagi muhim 
davrdir, unga odamlar yosh bolaning 
ijtimoiy rolini oʼynamaydilar, lekin 
katta odamning rolini ham zimmasiga 
olmaydilar 
M.Titma, E.Saar 
Submadaniy 
(madaniyat 
almashinuvi) 
Yoshlar – oʼzgacha hayot tarziga, xulq-
atvor usuliga, hukmron madaniyat 
namunalaridan farq qiluvchi qadr-
qimmat va normalarga ega odamlar 
guruhidir 
E.Shpranger, 
T.Parsons, T.Rozak, 
Ch.Reych 



Stratifikatsion 
Yoshlar – alohida ijtimoiy –demografik 
guruhdir, bu guruh ijtimoiy pozitsiyaga 
esa yosh mezoni bilan ajralib turadi, 
yaʼni ijtimoiy kenglikda maʼlum 
holatni egallaydi 
V.T.Lisovskiy, 
V.I.Chuprov. 
Sotsializatsiyaga 
oid 
Yoshlik - birlamchi va ikkilamchi 
sotsializatsiya mexanizmlari vositasida 
yosh 
insonlarni 
ijtimoiy 
hayotga 
yoʼnaltirish davridir 
I.M.Il`inskiy 
Аksiologik 
Yoshlik – inson hayotidagi ijtimoiy 
ahamiyatga 
ega, 
eng 
muhim 
bosqichlardan biridir 
L.V.Moslenko, 
V.I.Dobrinina 
Interaktsionistik 
Yoshlik - har kimga xos boʼlgan qalb 
holatlaridan biridir, bu oʼz-oʼzidan 
paydo 
boʼlgan 
bevositalikda, 
nostandartlikda aks etadi (normativ 
xulqqa 
yoʼnaltirilgan 
“ota-ona” 
holatidan va toʼgʼri qarorlar qabul 
qilishga 
yoʼnaltirilgan 
“katta 
yoshdagilar” holatidan farqli ravishda) 
M.Mid 
Subʼektiv 
Yoshlik – optimizm, hayotni sevish, 
faol hayotga intilish, kelajakka qarash 
kabilar bilan ajralib turuvchi oʼziga xos 
dunyoqarashdir 
I.S.Kon 
Protsessual 
Yoshlar – shakllanishi tugallanmagan 
insonlar guruhidir, ular jamiyat bilan 
toʼliq birlashmagan boʼladilar 
Yu.А.Zubok 
 
V.N.Kuznetsov yoshlarni zamonaviy hayot tarzi bilan ajralib turadigan 
madaniyatning barcha turlari namoyondalari, hayot faoliyatining bir turi boʼlgan 
14 yoshdan 30 yoshgacha deb taʼriflaydi. Shuningdek, yoshlar tushunchasining 
toʼliq mazmunini ochib berishi uchun u yoshlarni yoshga oid psixologik 
xususiyatlarga va ichki ijtimoiy-sinfiy differentsiatsiyaga ega ijtimoiy-demografik 
guruh deb ham taʼriflaydi. 
Oʼziga xos ijtimoiy guruh sifatida yoshlar sotsiologiyasi tadqiqotlarining 
markazida turadi, chunki aynan yoshlar sodir boʼlayotgan oʼzgarishlarning zehnli 
indikatori hisoblanadi va jamiyat rivojining imkoniyatlarini aniqlab beradi. 
Zamonaviy yoshlarning qadr-qimmat dunyosi, ularning koʼrsatmalari, hayotiy 
rejalari oʼrganilganligi koʼp jihatdan taʼlim, mehnat va bandlik sohalarida ishlab 
chiqilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligiga bogʼliq. 
2. Koʼpchilik sotsiologlar yoshlarni shaxsiy hayot tarziga ega, hayot va 
mehnat faoliyatidagi ishtiroki, madaniyatning barcha shakllaridan foydalanishi 



bilan ajralib turuvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan aholi qatlami deb 
taʼriflaydilar. 
Individlarning (shaxslarning) yosh shkalasidagi davr chegaralarini 
belgilash shartli, individual, konventsional jihatdan har doim geografik, hududiy, 
milliy, tarixiy-madaniy (xalqlarning anʼana va urf-odatlari) va hatto siyosiy 
omillarga bogʼliq boʼladi. Zamonaviy jamiyatda yoshlikdan katta yoshga oʼtish, 
yaʼni yoshlik 2 bosqichga boʼlinadi: oʼsmir (oʼspirinlik) yoshi va yoshlik (erta va 
kechki). Bu yoshlarning davriy chegaralari har xil taʼriflanadi. 
Dunyo amaliyotida yosh chegarasini aniqlash uchun umumiy yondashuv 
yoʼq. Koʼp mamlakatlar qonunchiligida yoshlarning yuqori yoshi 25 yosh deb 
belgilangan. Аlohida huquqiy munosabatlar uchun bu yosh bundanda yuqori (30 
yosh) yoki pastroq (21 yosh) boʼlishi mumkin. Xalqaro amaliyotda, YuNISEFning 
klassifikatsiyasiga binoan, 18 yoshgacha boʼlgan aholi bola hisoblanadi. BMTning 
bolalar huquqlari konventsiyasida 18 yoshli har bir inson agar u ertaroq voyaga 
yetmasa bola hisoblanadi deyiladi. 
Yoshlarni ijtimoiy-demografik guruh sifatida yuzaga chiqaruvchi 
mezonlardan biri bu yoshdir. Odatda yoshlar sotsiologiyasida quydagi ijtimoiy-
psixologik guruhlarga boʼlinadi:
1. toʼliqsiz va oʼrta maktablar bitiruvchilari;
2. 16-19 dagi yoshlar, ishlab chiqarishning turli sohalarida ishlaydilar;
3. 20-24 yoshdagilar;
4. 25-30 yoshdagilar yosh ziyolilar yoki yosh mutaxassislar. 
Yoshlar jamiyatning oʼziga xos tarkibiy qismidir. Uning shakllanishini va 
holatini jamiyat tuzilishining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tahlil qilish 
lozim. 
Yoshlik va yetilganlik mezonlari har xil vaqtda har xil taʼriflangan. 
Masalan, qadimgi mualliflar hayotiy siklni yil fasllari oʼxshashligi boʼyicha 
ajratganlar. Pifagorning fikricha, bolalik va yoshlikni qamrab olgan “bahor” 20 
yil, “yoz” 20-40 yil, hosildor yetilganlik “kuz” esa 40-60 yil davom etgan. Solon 
hayotni oʼnta “ettiliklar”ga boʼlgan, unda oʼsmirlik 14 yoshdan boshlangan, 
jismoniy kuchning gullab-yashnashi 21-28 yoshga toʼgʼri kelgan, aql esa 28-42 
yoshda toʼliq yetilgan. 
Oʼrta asrlarda yoshlik chegaralari koʼpincha yuridik mezonlar va oddiy 
huquqning normalari bilan bogʼliq boʼlgan, ular katta yosh statusini boshqargan. 
Masalan, Аngliyada “inson 23 yoshga toʼlmagunicha asosan, (har doim ham emas) 
jilovlanmagan boʼladi, toʼgʼri fikrlamaydi, oʼzini boshqarish uchun yetarlicha 
malakaga ega emas” deb hisoblangan. 24 yoshga toʼlgach, oʼquvchilik davrini 
tugatgach uylanish va shaxsiy ishini yoʼlga quyishi mumkin boʼlgan. 
Maʼrifatparvarlik davrida va Jan-Jak Russoning (1712-1778) faoliyatida, 
tarixchilarning fikricha, yoshlarning psixologik orienteer nazariyasi boshlangan. 
Russoning fikricha, katta yoshga yetgunga qadar yoshlar 5 ta rivojlanish 
bosqichini bosib oʼtadi: tugʼilganidan 1 yoshgacha; 2 yoshdan 12 yoshgacha; 12 
yoshdan 15 yoshgacha; 15 yoshdan 20 yoshgacha; 20 yoshdan 25 yoshgacha. 


10 
Yangi davrda yoshlikning shartli ijtimoiy-psixologik chegaralari ilgari 
surildi. Bir tomondan akseleratsiya (oʼsishning tezlashishi) jarayonida bolalar va 
oʼsmirlarning jismoniy, jinsiy oʼsishi tezlashib ketdi, bular oʼsmirlikning past 
chegarasi hisoblanar edi. Boshqa tomondan, inson ishtirok etishi kerak boʼlgan 
mehnat va ijtimoiy-siyosiy faoliyatning murakkablashishi hayotga tayyorlanish 
muddatining uzayishiga, xususan ijtimoiy statusning notoʼliqligi bilan bogʼliq 
boʼlgan taʼlim olishning uzayishiga olib keladi. 
Yoshlar oʼz yoshiga nisbatan harakatchan chegaralarga ega, ular ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish bilan, madaniyat darajasi bilan va hayot sharoitlari bilan 
bogʼliq. Yoshning past chegarasi shunday tasvirlanadi: 14 yoshdan jismoniy 
ulgʼayish boshlanadi va inson mehnat faoliyati bilan shugʼullanishi mumkin. 
Yoshning yuqori chegarasi iqtisodiy mustaqillik, kasbiy va shaxsiy barqarorlik 
bilan belgilanadi. Bu guruhning yosh chegarasi har xil belgilanadi. Odatda 
yoshlarga 14 yoshdan 29 yoshgacha boʼlgan odamlarni kiritadilar. Baʼzi 
tadqiqotchilar bu chegarani 15 yoshdan 30-31 yoshgacha uzaytirdilar, boshqalari 
esa, aksincha 16 yoshdan 29 yoshgacha kamaytiradilar. Bu oraliq doirasida 
quyidagi yosh toifalari ajratiladi:
oʼsmirlar – 18 yoshgacha;
yoshlar – 18-24 yosh;
kattaroq yoshlar – 25-29 yosh. 
Koʼplab rivojlangan davlatlarda qabul qilingan “yoshlar”ning yoshiga oid 
chegara rang-barangdir: АQSh va Yaponiyada bu chegara 13-14 yoshdan 29-30 
yosh oraligʼida; Ispaniyada yoshlar 14-30 yosh qilib belgilanadi, baʼzida esa 32-34 
yoshgacha oʼtib ketadi; Lyuksemburgda yoshlarning yoshga oid chegarasi 15-25 
yosh etib belgilangan. 
BMTning yoshlar va bolalarga nisbatan qoʼllaniladigan yoshga oid 
gradatsiyasi (izchilligi) alohida qiziqish oʼygʼotadi: 

18 yoshga toʼlmagan shaxslar, bolalar; 

oʼsmirlar: 10-19 yoshdagilar; 

yoshlar: 15-24 yoshdagi shaxslar; 

yosh insonlar: 10-24 yoshdagi barcha shaxslar. 
Koʼrib turganimizdek bu yerda har toifaga mansub aholining yosh 
chegarasi orginal tarzda taʼriflangan: “bolalar” deb atalgan aholi guruhiga 18 
yoshga toʼlmagan shaxslar kiritilgan; lekin 10 yoshdan 19 yoshgacha boʼlganlar, 
yaʼni bu kogortadagilarning (safdagilarning) koʼpchiligi ham “oʼsmirlar”, ham 
“yoshlar”, ham “yosh odamlar” toifasiga mansubdirlar. Boshqa tomondan esa, 10 
yoshli va 24 yoshlilarni bir xil guruhga kiritishni oʼylab koʼrish lozim. 
Voyaga yetish yoshi Oʼzbekistonda 16 yosh qilib belgilangan (Oʼzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi). Qonunda keltirilgan baʼzi hollarda 16 yoshga 
toʼlgan voyaga yetgan shaxs toʼliq yuridik layoqatli deb tan olinishi mumkin, 
masalan, agar shaxs mehnat shartnomasi asosida ishlasa; ota-onasi yoki 
vasiylarning roziligi bilan tadbirkorlik faoliyatini olib borsa; sud qarori bilan toʼliq 


11 
yuridik layoqatli (erkin) deb tan olinishi mumkin. Yurisprudentsiyada, xalqaro 
hujjatlarda “oʼsmir yoshdagi bola” (14-17 yosh) atamasi ham ishlatiladi. 
Bugungi kunda huquqiy nuqtai nazardan bola 14 yoshga toʼlishi bilan 
minimal mehnatga layoqatli yosh boshlanadi. Fuqarolarning tizimli mehnat 
faoliyatini boshlashi uchun davlat tomonidan eng past chegara 16 yosh etib 
belgilangan. (Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi). Аslida, esa bolalar 
ertaroq yoki kechroq ham ishlay boshlaydilar. 
Oʼzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatida 14 yoshdan 
30 yoshgacha boʼlgan fuqarolar yoshlar safiga kiritilgan. 
Xalqaro ilmiy uyushma ancha vaqtdan beri BMTda tasdiqlangan “yoshlar” 
tushunchasi davrlashtirilishi biroz kengaytirilishi shart deb bahslashadi: yaʼni 13-
14 yoshdan 30-35 yoshgacha. Yevropaning koʼpgina davlatlarida, АQSh va 
Yaponiyada yoshlar 14-30 yoshni tashkil etadi. Buyuk Britaniya va Niderlandiyada 
yoshlarni alohida guruhga ajratmaydilar, tugʼilgandan 25 yoshgacha boʼlgan 
bolalarga kiritadilar. Ispaniyada esa 14 yoshdan 32 yoshgacha boʼlgan odamlarni 
yoshlar deb atashadi. 
Zamonaviy yoshlar maktabda uzoq vaqt oʼqiydilar va mustaqil mehnatni 
kechroq boshlaydilar. Ijtimoiy ulgʼayish mezonlari ham murakkablashgan. 
Mustaqil mehnat faoliyatini boshlash, taʼlimni tugatish va barqaror kasbga ega 
boʼlish, siyosiy va fuqarolik huquqqa ega boʼlish, moddiy jihatdan ota-onasidan 
mustaqil boʼlish, nikoh qurish va birinchi farzandning tugʼilishi – insonga toʼliq 
katta boʼlganligini bildiruvchi va munosib ijtimoiy status berivchi bu hodisalar bir 
vaqtda sodir boʼlmaydi, har xil ijtimoiy qatlamlarda ularning ketma-ketligi va 
ramziy maʼnosi ham bir xil emas. Mana shulardan davriy, mutlaq yosh chegarasi 
ustidan bahs kelib chiqadi: yosh chegarasining eng pastki koʼrsatkichini har xil 
olimlar har xil belgilaydilar: pastki chegara 14-16 yosh, yuqori chegara 25-30 yosh 
va undan yuqori. 
Yuventologiyani (lotinchadan «uventus» - yoshlik, oʼsmirlik yosh odamlar 
«loqos» soʼz, fikr, oʼrganish) oʼrganayotgan V.V.Pavlovskiy oʼsmir yosh va katta 
yosh oʼrtasidagi oʼtish holatini egallab turuvchi yoshlar guruhi 15 yoshdan 30 
yoshgacha deb taʼriflagan. 
“Yoshlar” toifasini odatda 3 ta yosh guruhiga boʼladilar: kichik (15-18 
yosh), oʼrta (19-24 yosh) va katta (25-30 yosh). Har bir yosh guruhi oʼzaro bogʼliq. 
Masalan, 15-16 yoshdagi guruhda yangi turdagi faoliyat – mustaqil mehnat, kollej 
yoki litseylarda oʼqish faoliyatlari shakllanadi. 17-21 yosh – fuqarolik shaklanishi 
sodir boʼladi. Bu mehnat faoliyatining boshlanishi, OTM yoki oʼrta maxsus 
muassasalarda oʼqish, harbiy xizmatni oʼtash kabilardir. 25-30 yoshdan ijtimoiy 
shakllanishning takomillashishi boshlanadi. Ushbu guruh kasbga va xizmatida 
maьlum natijalarga erishadi, yosh insonlarning moddiy jihatdan oʼsishi sodir 
boʼladi. 
Oʼzbekiston yoshlarining demografik tarkibini hisobga olib yoshga oid 
quyidagi ijtimoiy toifalarni ajratish mumkin: 
1. 
0-6 yosh – maktabgacha boʼlgan yosh; 


12 
2. 
7-10 yosh – maktab yoshi; 
3. 
10-17 yosh – katta sinf yoshi; 
4. 
11-13 yosh – oʼrta sinf yoshi; 
5. 
14-17 yosh – katta sinf yoshi; 
6. 
18-20 yosh – kichik fuqarolik yoshi; 
7. 
18-30 yosh – fuqarolik yoshi; 
8. 
21-24 yosh – oʼrta fuqarolik yoshi; 
9. 
25-30 yosh – katta (etilgan) fuqarolik yoshi. 
Yoshlarni ijtimoiy-demografik guruh sifatida ajratishning ikkinchi mezoni 
– bu jamiyatdagi yoshlarning oʼrnidir. Olimlar yoshlarning jamiyatdagi oʼrnini 
ijtimoiy ishlab chiqarish sohasini, yaʼni mehnat faoliyatini boshlash bilan 
bogʼlaydilar. Yoshlik davrining eng koʼp qismi taьlim olish va mehnat faoliyatini 
boshlash bilan bogʼliq. Yoshlarning ijtimoiy oʼrni yuqori darajadagi ijtimoiy 
harakatchanlik, ijtimoiy statusni aniqlash zarurati, toʼliq boʼlmagan iqtisodiy 
faollik bilan ajralib turadi. 
Yoshlarni ajratib koʼrsatishning uchinchi mezoni – yoshlar rivojlanishining 
psixologik xususiyatidan kelib chiqadigan ijtimoiy-psixologik tuzilishning 
spetsifikasidir (oʼziga xosligi). Yoshlarning psixologik xususiyatlari ijtimoiy 
umumiylik sifatida yosh chegaralarini taьminlaydi. Olimlarning hisoblashicha, 14 
yoshga yaqin inson asta-sekin oʼzining ijtimoiy aloqalarini, oʼzining ijtimoiy 
guruhdagi va jamiyatdagi oʼrnini anglay boshlaydi. 18 yoshga yetgan odamning 
asosiy psixofizik xususiyatlarining shakllanishi toʼxtaydi, 24 yoshga yetganda esa 
inson organizmining oʼsish jarayoni psixikadagi oʼzgarishlar asta-sekin susayadi. 
Sotsiologik entsiklopediyada “Yoshlik insonning yoshga oid bosqichidir. 
Yoshlikning boshlanishi oʼsmirlik davriga oid (17-21 yosh) va yetilganlikning 
birinchi bosqichining yakuni (21-35 yosh). Hayotning bu bosqichi ijtimoiy va 
madaniy sharoitlar, tarixiy vaziyat bilan taьriflanadi: bular faol va passiv, 
mazmunga boy, bir xil boʼlishi mumkin. 
Yoshga oid psixologiya qadr-qimmatning barqaror rivojlanish davri, oʼzini 
anglash va shaxsni ijtimoiy statusining shakllanishi bilan ajralib turadi. Yosh inson 
ongi zehn, idrok, informatsiyaning katta oqimini oʼzlashtirish, qayta ishlash 
qobiliyatiga ega. Bu davrda tanqidiy fikrlash, turli hodisalarni baholashga intilish 
rivojlanadi. 
Yoshlar sotsioliyasi - zamonaviy sotsiolgiyaning dolzarb yoʼnalishlaridan 
biridir. Bu mavzu juda qiyin va oʼz ichiga bir qator aspektlarni qamrab oladi. Bular 
yoshga oid psixologik xususiyatlar, taʼlim va tarbiyaning sotsiologik muammolari, 
oila va jamoa taʼsiri va boshqalar. 
Yoshlar sotsiologiyasi sotsiologik bilishning yoʼnalishi sifatida Xruщyov 
davrida vujudga keldi. Shakllanishning dastlabki bosqichlarida bu yoʼnalish 20-
yillarda oʼtkazilgan bir qator jiddiy kompleks tadqiqotlarga asoslangan. 
Аynan shu davrda, dunyo qatьiy idrok qilinayotganida yoshlar 
sotsiologiyasiga tadqiqotlarning ancha yoki unchalik mustaqil boʼlmagan 
yoʼnalishi sifatida asos solindi. Yoshlar hayotiy rejalari, qadr-qimmat 


13 
orientatsiyasi, hayot faoliyatining turli jabhalaridagi xulq-atvori, maktab 
oʼrindigʼidan boshlab, oʼqish yoki ishdan boʼsh paytlarida ishlab chiqarish, yaьni 
mehnat faoliyati, kundalik va jamoadagi hayoti nuqtai nazaridan oʼrganiladi. Аsta-
sekin bunday tadqiqotlar va uning metodologiyasining asboblar va haqiqiy 
maьlumotlar tahlili yigʼindisi kabi tushunchalar apparati vujudga kela boshladi. 
Rossiyaning taьlim akademiyasi akademigi I.S.Kon shunday yozadi: 
“Yoshlar sotsiologiyasida asosiy eʼtibor yoshlarni ijtimoiy guruh sifatida 
oʼrganishdagi muammolarga, ijtimoiy strukturada yoshlarning oʼrni va roliga 
(S.N.Ikonnikova, V.T.Lisovskiy), yoshlarning shaxs sifatida shakllanish jarayoniga 
(I.S.Kon), ijtimoiy xilma-xillikning kasb tanlashga va yoshlarning ijtimoiy 
harakatlari taʼsiriga, qadr-qimmat orientatsiyasi tizimiga (M.X.Xitma), yoshlarning 
mehnatga munosabati xususiyatlariga, yoshlar oilasi va boshqalarga qaratilgan”. 
Nazariy va amaliy mazmunga ega yoshlar sotsiologiyasining asosiy 
muammolari qoʼyidagilar: jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida yoshlarning oʼrni va 
rolini oʼrganish, turli guruh yoshlarining “ijtimoiy tasviri” tahlili, talablarini, 
qiziqishlarini, ehtiyojlarini, qadr-qimmat orientatsiyasini, hayot faoliyatining 
barcha jabhalarida yoshlarning ijtimoiy umidlarini; faol hayot pozitsiyasining, 
hayot tarzining va xulq-atvorning shakllanishi; turli ijtimoiy sohalarda koʼnikish 
xususiyatlarini koʼrib chiqish; yoshlarning hayotdagi rejalarini oʼrganish va ularni 
amalga oshirish uchun maqbul sharoitlarni aniqlash; ijtimoiy faollik zaxirasini va 
passivlik sabablarini tadqiq qilish; turli darajadagi ijtimoiy boshqaruv va 
yoshlarning oʼzini oʼzi boshqarishdagi ishtiroki; mehnat va ishsizlikka ruhiy-
psixologik tayyor ekanligini aniqlash va hokazolar. 
А.V.Sharonovning “Yoshlar sotsiologiyasi” kitobida yozilishicha: “Yoshlar 
sotsiologiyasi fan sifatida uchta oʼzaro bogʼliq darajalar asosida quriladi: 1) 
yoshlarni ijtimoiy fenomen sifatida anglashga asoslangan umummetodologik 
daraja; 2) oʼziga xosligini, ijtimoiy-demografik guruh sifatida yoshlarning 
tuzilishini, ongi va xulq-atvori xususiyatlarini, hayot tarzining yoshga oid, 
ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, qadr-qimmat orientatsiyasining dinamikasini 
ochib beruvchi maxsus-nazariy daraja; 3) hayotning turli jabhalaridagi aniq 
faktlarning ijtimoiy tadqiqotlari asosida tahliliy, empirik daraja. 
Yoshlar sotsiologiyasi tarmoqli sotsiologiya bilan chambarchas bogʼliq: bu 
harbiy, tarbiyaviy, shahar, sanьat, jamoa, madaniyat, adabiyot, shaxs, ommaviy 
kommunikatsiya, tibbiyot va sogʼliqni saqlash, axloq, aholi, taьlim, ijtimoiy fikr, 
tashkilot, siyosat, huquq, din, qishloq joyda boʼsh vaqt, oila, mehnat, boshqaruv, 
jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasidir. 
Shuning uchun yoshlar muammolari butun jamiyat kontekstida, uning 
asosiy xususiyatlarida, tuzilmaviy siljishi va oʼzgarishida tadqiq etiladi va oʼziga 
xos belgi va xususiyatlarga ega ijtimoiy guruh sifatida farqlanadi. Shuni aytib 
oʼtish kerakki, Oʼzbekiston yoshlarining muammolari koʼp jihatdan zamonaviy 
dunyoda sodir boʼlayotgan obʼektiv jarayonlar bilan bogʼliq: bular urbanizatsiya 
(shaharlashish), jamiyatda pensionerlarning solishtirma ogʼirligining oshishi, 
keksaygan yoshdagi shaxslar, tugʼilishning pasayishi va hokazolar. Lekin shu bilan 


14 
birga, yoshlar muammolari Oʼzbekistonda oʼtkazilgan yoshlarga oid siyosat 
vositasida oʼziga xos xususiyatlarga ega. 
Zamonaviy yoshlar shakllanishi juda qiyin sharoitlarda, yaʼni eski qadr-
qimmatlar oʼzgarayotganda va yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanyotganda 
kechayapti. Oʼzini yoʼqotib qoʼyishlik, pessmizm, kelajakka ishonchsizlik shundan 
kelib chiqadi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling