Yoshlаr sotsiologiyasi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

GLOSSАRIY 
Аdaptatsiya – individning atrof-muhit bilan oʼzaro taʼsiri, yangi hayotiy 
vaziyatlarda borliq sharoitlariga moslashish. 
Аddiktiv xulq-atvor – barqaror jismoniy tobelik paydo boʼlgunga qadar 
turli moddalarni isteʼmol qilish, xususan alkogol, tamaki. 
Аkseleratsiya (lotinchadan asseego – tezlashish) – bolalar va oʼsmirlarning 
jismoniy rivojlanishi va oʼsishining tezlashishi. 
Аntisotsial xulq-atvor – butun jamiyat, uning boʼgʼinlari, konkret insonlar 
qiziqishlariga qarshi yoʼnaltirilgan xulq-atvor. 
Аsotsial xulq-atvor – jamiyatning maʼnaviy va axloqiy normalariga amal 
qilmaslik. 
Oʼzaro taʼsir – obʼektlarning bir-biriga oʼzaro taʼsir jarayonini, ularning 
oʼzaro yuzaga kelishini, bir obʼektdan ikkinchi obʼekt yuzaga kelishini aks 
ettiruvchi toifa. Bu harakatning rivojlanishning universial shakli. Har qanday 
moddiy va ijtimoiy tizimning mavjudligini va tarkibini taʼriflaydi. 
Davlat – biror davlatning siyosiy tuzilmasi, hokimiyat, boshqaruv organlari 
va strukturasi rejimining maʼlum turini oʼz ichiga oladi. 
Fuqarolik – davlat hududi yoki undan tashqaridan boʼlishidan qatʼiy nazar, 
shaxsning huquqiy dahldorligi. Fuqarolik oʼzaro huquq va vazifalarni, shaxs va 
davlat oʼrtasida oʼzaro munosabatni koʼzda tutadi. 
Gumanizm – 1) dunyoqarash va axloq tamoyili, uning asosida inson 
imkoniyatlarining cheksizligiga ishonish, oʼzini oʼzi mukammallashtirish 
qobiliyati, shaxsning erkinligini talab qilish, shaxs qadr-qimmatini himoya qilish, 
shaxsning baxtli boʼlish huquqi yotadi, uning qiziqishlari va talablarining 
qondirilishi jamiyatning asosiy maqsadi boʼlishi kerak; 2) insonning mafkuraviy 
feodallikdan ozod qilishga yoʼnaltirilgan Oʼygʼonish davrining ilgʼor harakati; 
insonga va uning yuqori ijtimoiy qiziqishlariga boʼlgan qarashlar majmui. 
Insoniylik – odamiylik, insonni sevish, inson qadr-qimmatini hurmat qilish. 
Konfutsiyning fikriga koʼra – ham jamiyatda, ham oilada insonlarning oʼrtasidagi 
barcha munosabatlarni taʼriflaydigan axloqiy tamoyil. 
Deviatsiya – toʼgʼri chiziqdan, kerakli yoʼnalishdan, normal rivojlanishdan 
ogʼishish. 
Degradatsiya – doimiy buzilish, yomonlashish, pasayish, orqaga qarab 
harakatlanish. 
Harakat – individning maqsadli, ijtimoiy ahamiyatga molik xulq-atvori. 
Ijtimoiy harakat – ijtimoiy muammolar va qarama-qarshiliklarni hal etish 
usuli, qiziqishlarning, ushbu jamiyatdagi asosiy ijtimoiy kuchlar ehtiyojlarining 
toʼqnashishiga asoslanadi. 
Delinkvent xulq-atvor – jamiyatdagi yetakchi boʼlgan kuchdan 
ogʼishadigan qadriyatlar va normalar tizimi tufayli yuzaga kelgan hodisa, delikvent 
oʼz xulq-atvorini toʼgʼri deb hisoblaydi. 


156 
Demografik siyosat – aholi tarkibini, joylashuvi, koʼchishi va oʼsishini 
tartibga solishga yoʼnaltirilgan davlat faoliyatining sohasi. 
Nizoning destruktiv funktsiyasi – biror bir omillar taʼsirida turli darajadagi 
ijtimoiy tizimlarning buzilishi. 
Intizom – umumiy faoliyatning har bir ishtirokchisi tomonidn maʼlum 
tartib va talablarning aniq bajarilishi, shusiz bu faoliyat imkonsiz boʼlib qoladi. 
Maʼnaviy ehtiyojlar – inson sotsializatsiyasi, bolalik davridan ijtimoiy 
normalarni qabul qilish jarayonida yuzaga keladigan inson ehtiyojlari. Maʼnaviy 
ehtiyojlar salomatlikning ijtimoiy-psixologik tomonlarini taʼminlaydi, maʼnaviy va 
estetik ehtiyojlardan iborat. Maʼnaviy ehtiyojlar maʼlum darajada insonning 
ijtimoiy ehtiyojlari bilan, muloqot sohasidagi boshqa ehtiyojlarning informatsion 
qismi (mehnat, rahmdillik, alьtruizm (oʼz manfaatlaridan kechish)) bilan mos 
keladi. 
Individuallik – takrorlanmas, individual, rivojlanish shartlariga oid, shaxsiy 
xususiyatlarning natijasi sifatida shaxsning takrorlanmas oʼziga xosligi. 
Qiziqish – bevosita qiziqishlar (motiv, gʼoya va hokazo) asosida yotgan 
ijtimoiy harakatlarning asl sababi, unda individlar, guruhlar, umumiyliklar ishtirok 
etadi. 
Konflikt – qarama-qarshi maqsadlarning, pozitsiyalarning, qiziqishlarning 
toʼqnashuvi, subʼektlar orasida haqiqiy kurashga olib keladi, ushbu kurashning 
kelib chiqishidan, usulidan, xarakteridan qatʼiy nazar. 
Konfliktologiya – ijtimoiy nizolarni oʼrganuvchi fan, sotsiologiya 
yoʼnalishlaridan biri. 
Madaniyat – inson va jamiyat rivojlanishining tarixan maʼlum darajasi, u 
hayotning va faoliyatning konkret turlarida, shakllarida, inson tomonidan 
yaratilgan moddiy va maʼnaviy qadriyatlarda oʼz aksini topadi. 
Madaniy meros – oldingi avlod tomonidan yaratilgan, vaqt sinovidan 
oʼtgan, qimmatli va qadrli narsa deya kelgusi avlodga qoldirilgan moddiy va 
maʼnaviy madaniyatning bir qismi. 
Madaniy qadriyatlar – obʼektiv jihatdan mavjud boʼlgan ijtimoiy-madaniy 
dunyoning subʼektlari (shaxs, guruh, umumiyliklar) tomonidan tan olingan 
baholash natijalari. 
Shaxs – 1) ongli ravishda tabiatni, jamiyatni, oʼzining individualligini 
oʼzgartiradigan va faol tarzda oʼzlashtiradigan inson; 2) individning ijtimoiy 
xususiyati, shaxsning boshqa bir shaxs bilan bevosita va bilvosita oʼzaro taʼsiri 
jarayonida 
vujudga 
kelgan 
ijtimoiy 
ahamiyatga 
ega 
qirralarning 
integratsiyalashgan majmui, bu jarayon oʼz navbatida shaxsni mehnatning, 
ongning, muloqotning subʼektiga aylantiradi. 
Sotsial mobillik (harakatchanlik) – inson faoliyati tufayli vujudga kelgan 
yoki oʼzgartirilgan ijtimoiy qadriyatlarning, ijtimoiy obʼektning yoki individning 
bir pozxitsiyadan boshqa pozitsiyaga oʼtishi. Vertikal va gorizontal mobillik ajratib 
koʼrsatiladi: vertikal mobillikda individning (yoki guruhning) bir ijtimoiy 
pozitsiyadan boshqasiga oʼtishi har xil darajada amalga oshiriladi (vertikal 


157 
darajada), gorizontal mobillikda esa – xuddi shunday darajada (faqat gorizontal 
darajada). 
Yoshlar siyosati – davlat ijtimoiy siyosatining, ijtimoiy-siyosiy hayotning 
va munosabatlarning subʼektlarining ajralmas tarkibiy qismi, yosh fuqarolarning 
oʼzini namoyon qilishiga, ularning hayotiy maqsadlarining va rejalarining amalga 
oshirilishiga, ular qiziqishlarining amalga oshishi uchun sharoit, ragʼbat, konkret 
mexanizmlar yaratishga yoʼnaltirilgan. 
Yoshlarga oid davlat siyosati – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud 
sohalarida amalga oshirilayotgan davlat faoliyatining shaxs va yoshlar harakatlari 
bilan munosabati tizimi, uning maqsadi yoshlarning oʼzini oʼzi namoyon qilishi 
uchun, aqliy, axloqiy, jismoniy rivojlanishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 
tashkiliy, huquqiy sharoitlar va kafolatlar yaratish, yoshlarning ijodiy salohiyatini 
ham oʼzlarining, ham davlat va jamiyat manfaati uchun amalga oshirish. 
Yoshlar – oʼziga xos ijtimoiy va psixologik qirralarga ega katta ijtimoiy, 
ijtimoiy-demografik guruh, bu qirralarning mavjudligi yoshga oid xususiyatlar 
bilan, yoshlarning shakllanayotgan maʼnaviy dunyosi, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimiy-
siyosiy holati bilan taʼriflanadi. 
Jamiyat – inson hayoti faoliyati jarayonida ular oʼrtasida tarixan 
rivojlanayotgan munosabatlar majmui. 
Ogʼishadigan (deviant) xulq-atvor – jamiyatda yoʼl qoʼyilgan ijtimoiy 
norma chegarasidan chiqadigan individning hatti-harakati. 
Munosabatlar – turli hajmdagi predmetlar, harakatlarning oʼzaro 
munosabati, maʼlum tizim elementlarining joylashish xarakteri va oʼzaro 
munosabati. 
Paternalizm – 1) tadbirkorlarning oʼz ishchilariga boʼlgan oshkora 
“otalarcha” munosabatidan iborat doktrina (taʼlimot), mohiyat, ushbu doktrinaga 
koʼra alohida xayriya tadbirlarini oʼtkazish siyosati; 2) “otalarcha” gʼamxoʼrlik 
koʼrinishidagi yordamdan ibort boʼlgan, rivojlangan davlatlarning rivojlanayotgan 
mamlakatlarga koʼrsatayotgan yordam siyosati, aslida bu narsa rivojlanayotgan 
mamlakatlarni iqtisodiy va siyosiy jihatdan qaram qilish siyosatidir. 
Vatanparvarlik – vatanga boʼlgan muhabbat hisi, vatan taqdiriga javobgar 
boʼlish gʼoyasi, ongi; oʼz vataniga xizmat qilish, uning qiziqishlarini himoya 
qilishda namoyon boʼladi. 
Shaxs rivojlanishining davrlarga boʼlinishi – shaxsning yoshga oid 
rivojlanishining davriyligi, u shaxs zamon va makon orientatsiyalarning, ehtiyoj va 
xohish hissiyotlarining, tarkibiy yoʼnalishlarining, faoliyatni amalga oshirish 
shakllarining va uni oʼzlashtirish darajasining oʼzgarishida namoyon boʼladi. 
Xulq-atvor – ichki va tashqi qoʼzgʼovchilariga organizmning reaktsiyasi. 
Moddiy ehtiyojlar – normal hayotni va ijtimoiy rivojlanishni 
taʼminlaydigan insonlarning moddiy-energetik ehtiyojlari sohasi (uy-joy, oziq-
ovqat mahsulotlari, sanoat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari taʼminoti). 


158 
Ijtimoiy ehtiyojlar – ham alohida insonning, ham butun bir sinf yoki 
ijtimoiy guruhning hayot faoliyati sohasida insonning ijtimoiy qiziqishlarini 
amalga oshirishga urinishlar majmui. 
Iqtisodiy ehtiyojlar – moddiy imkoniyatlarni taʼminlash bilan, ehtiyoj va 
talablarning, shu jumladan sogʼlikni tiklash va undan tashqari mehnat layoqatining 
(dam, turistik dam va hokazo) majmuini qondirish bilan bogʼliq boʼlgan inson 
ehtiyojlarining guruhi. 
Estetik ehtiyojlar – goʼzllik tushunchasi bilan umumiylashtirilgan 
insonning barcha ehtiyojlarining bir qismi; inson sotsializatsiyasi jarayonida 
shakllanadigan goʼzallikka ehtiyoj. 
Huquqbuzarlik – qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan oʼrnatilgan 
xulq-atvor qoidalariga boʼysunmaslik. 
Tadqiqot predmeti – oʼrganishga doir boʼlgan munosabatlarning, 
aloqalarning, xususiyatlar obʼektining tarkibiy qismi. 
Jinoiy xulq-atvor – jinoyat kodeksi bilan taʼqiqlangan xulq-atvor. 
Muammoli vaziyat – ijtimoiy haqiqatda yuzaga keladigan, amaliy chora-
tadbirlarni qabul qilish uchun va ularni amalga oshirish uchun ilmiy mazmunni 
talab qiladigan qarama-qarshilik. 
Sotsial rol – maʼlum ijtimoiy statusga ega boʼlgan insonlardan kutiladigan 
xulq-atvor modeli. Ushbu statusga mos keladigan huquq va vazifalar majmui bilan 
chegaralanadi. 
Shaxsning tarkibiy yoʼnalishi – faoliyat predmetiga boʼlgan orientatsiya: 
mehnat (predmet-vosita-mahsulot), muloqot (boshqa inson), oʼyin (jarayon, 
marosim), “oʼz faoliyati” (qimmatli narsa sifatida men). 
Sotsializatsiya – shaxs va jamiyat strukturasi oʼzgaradigan jamiyatga 
individning kirishi jarayoni. 
Sotsial guruh – ijtimoiy institutlar tomonidan tartibga solinadigan 
munosabatlar tizimi bilan bogʼliq konkret faoliyatda insonlar birlashmasining 
umumiy ishtiroki. 
Ijtimoiy hayot – insonlarning birgalikdagi faoliyatining har xil turlari va 
shakllari majmui, u borliq shartlarini va vositalarini taqsimlashga, ehtiyojlarni, 
qiziqishlarni, qadriyatlarni amalga oshirishga yoʼnaltirilgan. 
Ijtimoiy tashkilot – aniq maqsadga ega tizim, uning asosida umumiyliklar, 
guruhlar, individlar birlashadi. 
Sotsial orientatsiya – oʼz borligʼining shartlariga nisbatan individning 
subʼektiv shaklda aks ettirilgan munosabati, bu munosabat ijtimoiy xulq-atvorni 
ifodalaydi. 
Sotsial haqiqat (sotsial dunyo) – subʼektlarning oʼzaro ijtimoiy harakati 
jarayonida yuzaga keladi, subʼektlar hayot faoliyatining natijasi hisoblanadi. Uning 
umumiy koʼrsatkichlari – jamiyat madaniyati. 


159 


160 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling