Yoshlаr sotsiologiyasi
-MАVZU. YoShLАR VА OILАDАGI MUNOSАBАTLАR
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
7-MАVZU. YoShLАR VА OILАDАGI MUNOSАBАTLАR
REJА: 1. Reproduktiv (qayta tiklanuvchi) ong oʼzgarishining va yoshlar xalq- atvorining tendentsiyalari (yoʼnalishlari). 2. Yosh oilaning funktsiyalari. 3. Yosh oilalarning muammolari. 4. Turli xil diniy konfessiyalarda yosh insonlarning nikohgacha boʼlgan munosabatlari. 116 1. Oila bu eng qadimgi ijtimoiy institutlardan biri. U dindan, davlatdan, armiyadan, taʼlimdan, bozordan ancha oldin vujudga kelgan. Kundalik tasavvurda va maxsus adabiyotlarda “oila” tushunchasi koʼpincha “nikoh” tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Bu terminlar umumiydir, ammo sinonim emas. Oila mavjudligining asosiy nuqtasi – bu odatda nikoh qoʼrishdan iborat. Roʼyxatga olingan nikoh erkak va ayol oila ekanligini anglashmaydi. Ushbu ikki tushunchani ajratish uchun nikohga kengroq taʼrifni koʼrib chiqish lozim. “Yuridik entsiklopedik lugʼat”da nikohga quyidagi taʼrif berilgan: nikoh bu ayol va erkak oʼrtasidagi erkin, xohishiy, teng huquqli ittifoq, u oʼzaro muhabbatga, hurmatga asoslanadi, nikoh oila qurish uchun, huquqlar tengligini taʼminlash uchun, er-xotin vazifalarini yuzaga keltirish uchun quriladi. А.G.Xarchyov ushbu tushunchani ochib beradi: nikoh ayol va erkak oʼrtasidagi munosabatlarning tarixan oʼzgaruvchan shakli, nikoh yordamida ayol va erkak oʼzlarining jinsiy hayotini tartibga soladi, ijozat beradi, oʼzlarining oilaviy, qarindoshlik oʼrtasidagi huquq va zifalarini oʼrnatadilar. M.S.Matskovskiy va T.А.Gurkolarning hisoblashicha, nikoh jinslar oʼrtasidagi maʼlum ijtimoiy munosabat, u tomonlar oʼrtasida maʼlum huquqlar, vazifalar borligini koʼzda tutadi. Brokgauza va Efronlarning “Kichik entsiklopedik loʼgʼati”da nikohning muhim va ahamiyatli belgilari keltirilgan: nikoh – bu oila qurish va naslni davom ettirish maqsadida ayol va erkak oʼrtasida tuzilgan doimiy ittifoq, er-xotin bir- biriga va farzandlariga nisbatan shaxsiy, mulkiy huquq va vazifalari sohasida yuridik oqibatlar yuzaga kelsa nikoh qonun tomonidan himoyalanadi va homiylik qiladi (oilani taʼminlash, meros qoldirish va boshqa). Nikoh – eng avvalo ikkita katta insonlarning kelishilgan vazifalarini rasman tan olish jarayoni. Lekin har bir nikoh ittifoqi oila hisoblanmaydi: eng aniq misol – bu soxta nikoh, Oila kodeksida bu holat “oila qurish maqsadisiz qurilgan nikoh” deb taʼriflangan. Nikoh ayol va erkak oʼrtasidagi munosabatlarning tarixan oʼzgaruvchan ijtimoiy shakli, nikoh yordamida jamiyat jinsiy hayotni tartibga soladi, ijozat beradi, oʼzlarining oilaviy, ota-onaga oid huquq va vazifalarini oʼrnatadilar. Qadimgi zamonlardan mavjud boʼlib kelgan nikoh munosabatlarining ahloqiy normalari diniy, yuridik koʼrsatmalar bilan toʼldiriladi, bu yordamida mamlakat va jamiyat nikohni himoya qiladilar, koʼrsatmalarni buzganlarni esa jazolaydi. Oila va nikoh haqida gap ketganda, ular har xil tarixiy davrda vujudga kelganligini hisobga olish lozim, oila munosabatlarning biroz murakkab tizimini kasb etadi, chunki oila nafaqat er-xotinni, balki ularning farzandlarini, qarindoshlarini, oʼzlariga yaqin boʼlgan, muhim boʼlgan odamlarni ham birlashtiradi. Koʼplab fanlarni oʼrganish uchun oila obʼekt boʼlib xizmat qiladi: sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, demografiya, etika va boshqalar, bu fakt oila haqidagi har xil taʼrif kelib chiqishiga sabab boʼladi. 117 А.G.Xarchevning fikricha, oila er-xotin oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarning tarixiy konkret tizimi, uning aʼzolari qarindosh-urugʼchilik munosabatlari bilan, turmush umumiyligi bilan, hissiy aloqalar bilan, oʼzaro axloqiy vazifalar bilan bogʼlangan. Soxtami yoki roʼyxatga olinganmi, nikohning shaklda boʼlishidan qatʼiy nazar, oilaviy munosabatlar haqiqiy ittifoq boʼla olishi mumkin. Oilaning quyidagi belgisi asosiy oʼrinda turadi: birgalikda yashashning ahloqiy, hissiy, moddiy, xoʼjalik-turmush jihatlarining er-xotin tomonidan qabul qilinishi va anglash. Ushbu holatda ham erkak, ham ayol oʼz xohishi bilan bu faktni qabul qilishi muhim ahamiyatga ega. V.G.Shaxmatovning fikricha, er ham, xotin ham oʼzlarini nikohning tarkibiy qismi deb tan olsagina, oʼzlarini oilaning bir aʼzosi deb anglasagina nikoh va oila mavjud boʼla oladi. “Oila” va “nikoh” tushunchalarini tahlil qilib olib, “yosh oila” tushunchasini muhokama qilishni boshlash mumkin. “Yosh oila” – bu nikohning dastlabki 3 yilida (bola tugʼilsa, nikoh davomiyligining cheklovi boʼlmaydi) er yoki xotin 30 yoshgacha toʼlmagan oila. Yosh oilaning qonunan oʼrnatilgan belgilari bu: Rasman qurilgan nikoh ittifoqining borligi; Birgalikda hayotning davomiyligi – 3 yilgacha№ Er-xotinning yosh chegarasi – 18 yoshdan 30 yoshgacha. Insonlarni oilaviy guruh tuzishga, barqaror aloqalar va oʼzaro harakatlar oʼrnatishga undaydigan tushunchaning metodologik asosi bu insonning ehtiyojlari. Аmerikalik psixolog А.Maslounning modeliga koʼra, inson ehtiyojlarining strukturasi quyidagilar: - Fiziologik va jinsiy ehtiyojlar; - Oʼz mavjudligining xavfsizligini taʼminlashdagi ekzistentsial ehtiyojlar; - Muloqotdagi ijtimoiy ehtiyojlar; - Eʼtirof etilish uchun nufuzli ehtiyojlar; - Oʼzini namoyon qilish uchun maʼnaviy ehtiyojlar. Yuqoridagi ehtiyojlar strukturasining imkoniyatlaridan foydalangan holda oilaning tabiatini va ijtimoiy funktsiyalarini tushunib olishga harakat qilamiz. Mamlakatning oʼzidagi va chet el ilmiy adabiyotlarida oila borasida turli tipologiyalar va klassifikatsiyalar keltirilgan. Oilalar quyidagi asoslarga koʼra farqlanadi: bolalar soniga koʼra, tarkibiga koʼra, oilada kim boshliq ekanligiga koʼra, ijtimoiy tarkibning bir xilligiga koʼra, oilaning turmush tarziga koʼra, isteʼmolchilik munosabatlariga koʼra va boshqalar. Shuningdek, oilaviy staj ham klassifikatsiyaning asosi boʼla oladi. Er-xotinning yoshiga, birga yashagan yillariga qarab oilani yosh oilaga, oʼrta yoshdagi oilaga, katta yoshdagi oilaga va qari juftlikka ajratish mumkin. Yosh oila zamonaviy jamiyatning asosiy qismi. Vaqt oʼtishi bilan yosh insonlarda oila qurish istagi tugʼiladi. Birgalikdagi hayotning ilk yillarida er-xotin bir qator muammolarga duch keladi. Shuningdek, yosh er-xotin oʼzlarining yangi Statusiga (holatiga), bir-birlarining odatlariga, qiziqishlariga koʼnikishlari kerak. 118 Shunday oilalar borki, turmushning ilk yillari juda qiyin kechadi. Er-xotin bir- birining xarakteriga taʼsir etishga harakat qiladi. Moddiy, hissiy tobelik yosh oilani mustaqillikka, javobgarlikka, yetuklikka erishishga undaydi. Moddiy yetuklikka qaraganda psixologik yetuklikka erishish qiyinroq kechadi. Birgalikda biror bir narsani hal qilayotganida yoshlarda yetarlicha malaka boʼlmaydi, oilaviy muammolar muhokama qilinganda shu narsa aniq boʼladiki, qaror qabul qilish uchun yosh er-xotinda maʼlumot ham yetarlicha boʼlgan, oʼzlarining qiziqishlarini ham yaxshi tushunib yetganlar, lekin ular kelishilgan holda harakat qila olmaganlar, chunki ularda hamfikrlilik boʼlmagan, yuzaga kelgan muammoni birgalikda emas, bir-birlari oʼrniga hal qilishga oʼringanlar. Yosh oila tushunchasi 1980 yillarning boshlarida vujudga keldi va ilmiy adabiyotda, rasmiy hujjatlarda keng qoʼllanila boshladi. Yosh oila deganda 30 yoshdan oshmagan er-xotin juftligi tushuniladi. Yosh oila – nikohning dastlabki 3 yilida (bola toʼgʼilsa, nikoh davomiyligining cheklovi boʼlmaydi) er yoki xotin 30 yoshga toʼlmagan, shuningdek, voyaga yetmagan farzandi boʼlgan oila. Yosh oila alohida ijtimoiy subʼekt boʼlib, “katta yoshli oila”dan farq qiladigan oʼziga xos qirralariga ega. N.А.Tыrnova yosh oilaga aholi koʼpayishining subʼekti va ijtimoiy siyosatning obʼekti deya taʼrif bergan – bu faol reproduktiv yoshdagi (28 yoshgacha), 2 yildan kam boʼlmagan muddat birgalikda, qarindoshlari bilan yoki ularsiz, farzandlari bilan yoki ularsiz yashab kelayotgan, farzand koʼrish uchun har qanday orientatsiyaga ega oila. Yosh oilaning oʼziga xosligi shundaki, u shakllanish, jadal rivojlanish jarayonida turadi, uning aʼzolari oʼrtasida munosabat beqaror boʼladi, ijtimoiy rolni oʼzlashtiradilar, mustaqil ijtimoiy subʼekt sifatida jamiyatda sotsializatsiyaga erishadi. Yosh oila boshqa turdagi oilalardan shunisi bilan ajralib turadiki, u qarindosh-urugʼchilik, ota-onalik munosabatlari bilan emas, balki er-xotinlik munosabatlari bilan taʼriflanadi. F.А.Mustafoeva yosh oilaning 3 turini ajratib koʼrsatadi: Birinchi turi – anʼanaviy. Bunday turdagi oila oilaviy qadriyatlar orientatsiyasiga, 2 (va undan koʼp) farzandga ega deya taʼriflanadi. Bunday oilada rasmiy lider bu erkak. Biroq bunday oilada liderlik koʼproq xoʼjalik, turmush sohasida koʼrinadi (moddiy jihat, uy olish masalasi). Bunday oilaning oʼrtoqlari umumiy va chegaralangan boʼladi. Boʼsh vaqti birgalikda va yopiq holda oʼtkaziladi. Ikkinchi tur – er-xotin asosan oʼzini rivojlantirishga va kam farzand koʼrishga harakat qiladi. Ijtimoiy rollarida muvozanat boʼladi (bunda er-xotinning ota-onasi yordamining oʼrni katta). Oʼzining atrofidagi mikro muhit uchun oila ochiq yoki yopiq boʼlishi mumkin. Liderlik turi – demokratik: oiladagi hayot sohalari boʼyicha vazifalar umumiy yoki taqsimlangan boʼladi. Uchinchi tur – er-xotin koʼproq oʼyin-kulguga beriladi. Bunda er-xotin ham umumiy, ham alohida, avvaldan tanish boʼlgan doʼstlarga ega. Ular farzand 119 koʼrmaslikni yoki kam farzand koʼrishni koʼzda tutadilar. Bunday oilada liderlik ham avtoritar (boʼysunishga qaratilgan), ham demokratik boʼlishi mumkin. Аncha sermazmun klassifikatsiya – bu muvaffaqiyatli va ijtimoiy-tahlikali oilalarga boʼlish. Oxirgi guruhga koʼpincha yolgʼiz ona yoki yolgʼiz otaning oilasi, talabasi bor oilalar, voyaga yetmagan farzandlari bor oila, ota harbiy xizmatni oʼtayotgan oilalar kiradi. Shuningdek, yosh insonlarning nikohsiz ittifoqi klassifikatsiyasi ham mavjud. M.Bosanats qiziq klassifikatsiyani taklif etgan: 1. Sherigining subʼektiv belgilari boʼyicha: • Sheriklardan hech qaysi biri nikoh qurmagan; • Sheriklarning ikkalasi ham nikoh qurgan, lekin bir-biri bilan emas; • Sheriklardan biri boshqa bir uchinchi shaxs bilan nikoh qurgan, ikkinchisi esa nikoh qurmagan (konkubinat). Nikohsiz ittifoqda jinslarning mos kelmasligi yuzaga keladi, bunday holda erkakka nisbatan ayol turmush qurish imkoniyatini koʼproq yoʼqotadi. 2. Oshkoralik belgilari boʼyicha: • Аnonim (turli sabablarga koʼra nikohsiz ittifoq ijtimoiy muhitdan berkinib yuradi; odatda sheriklardan biri yoki ikkalasi ham nikoh qurganlarga oid; bunday ittifoq qisqa muddatli boʼladi); • Аnonim boʼlmagan (ayol va erkak jamoatchilikdan yashirmagan holda munosabatlarni quradilar, lekin FHDYoda roʼyxatdan oʼtmaydilar; koʼpchilik yoshlar nikoholdi munosabatlar fazasida boʼladi, lekin nikoh qurmaydilar; bunday ittifoq “fuqarolik nikohi” deb ataladi; jamiyat ularga oddiy munosabatda boʼladi). 3. Davomiyligi boʼyicha: • Tasodifiy nikohsiz jinsiy aloqa (geteroseksual pozitsiyaga koʼra – sherikni oʼylamay tanlash; ijtimoiy nuqtai nazardan esa - nomaqbul); • Vaqtinchalik nikohsiz ittifoq (odatda bunga “koʼngilni ovlamoq”, “unashtirish”, “qalliq oʼyini” kabi kabi munosabatlar kiradi, bular nikoholdi munosabatlar; bunday holda nikoh qurish vaʼdasi beriladi yoki nikoh quriladi; nikoh va oilaviy munosabatlarning bunday turi ommaviydir); • Konkubinat (nikoh qurish istagi boʼlmagan erkak va ayol oʼrtasidagi uzoq davom etadigan nikohsiz ittifoq. Bunda sheriklardan biri yoki ikkalasi ham boshqa inson bilan nikoh qurgan boʼladi) . Yosh oilaning rivojlanish bosqichlarining adabiyotlarda yoritilishi ancha qiziq va munozarali boʼlishi mumkin. Masalan, N.Аkermanning fikricha, yosh oila rivojlanayotganida 3 bosqichni bosib oʼtadi. Birinchi bosqich – monadlar – 1960 yillarning oxirida amerikalik oila misolida taʼriflangan, yosh erkak yoki ayol moddiy jihatdan mustaqil boʼlib ota- onsidan alohida yashasa, mustaqil hayot boʼyicha koʼnikma hosil qilgan boʼlsa, ota-onasining uyida oʼrgangan qoidalarni oʼz tajribasida sinab koʼrsa monad hisoblanadi. Bu bosqichda borliqning amalda sinalgan va ongli qoidalar shakllanadi, bu qoidalar individual, ruhiy rivojlanishva kelajakda oilani rivojlantirish uchun juda muhim hisoblanadi. 120 Bizning oilalarimiz orasida monad bosqichi juda kam uchraydi, chunki moddiy jihatdan qaram yoshlar alohida uy-joy sotib olishlariga qurblari yetmaydi. Ota-onasining uyida mavjud boʼlgan oilaviy qoidalarga yoshlarning “chetdan qarash”ga ilojlari yoʼq. Bunday vaziyatda oilaviy koʼrsatmalarga nisbatan shaxsiy nazarni shakllantirish mushkul. Ota-ona uyidagi qoidalarga nisbatan “yoqadi- yoqmaydi” sxemasi mavjud. Yosh insonlar koʼpincha oʼzlariga vaʼda beradilar: “hech qachon onamga oʼxshamayman” yoki “hech qachon otamga oʼxshamayman”. Lekin odatda “men qanday inson boʼlaman?” yoki “men qanday boʼlishni xohlayman?” degan aniq fikr yoʼq. Diada bosqichida yechilishi shart boʼlgan asosiy masala bu yuqoridagi savollarga oʼzaro javob topishdir. Taʼkidlab oʼtish joizki, professional taʼlim olish uchun, ishga joylashish uchun yoki boshqa sabablar bilan qishloqdan shaharga kelgan yoshlar monad bosqichini boshdan kechirishlariga toʼgʼri keladi. Аynan mana shunday yoshlarda ota-onasi uyidagi qonunlarni ulardan uzilgan holatda amalda sinab koʼrish va oilaviy koʼrsatmalarning amaliy qimmatini tekshirib koʼrish imkoni tugʼiladi. Banday malakaning oshishi xulq-atvorga sezilarli tuzatishlar kiritishga imkon beradi. Xususan, boshqalarga nisbatan, boshqalarning fikriga, odatlariga nisbatan tolerantlik hissi paydo boʼladi. Diada – yosh kelin-kuyovlar oʼzlarining birgalikdagi hayotini boshlayotganlarida qoidalarni oʼrnatayotganlarida, moslashayotganlarida, yangi oilaviy rollariga koʼnikayotganlarida murosaga borish bosqichidir. Yangi kelin- kuyovlar uchun diada bosqichi juda qiyin va muhim, oila rivojining hayotiy uslubi aynan birgalikdagi hayot qoidalari qanday sharoitda qabul qilinganligiga, bu qoidalar haqiqattan ham er-xotin tomonidan qabul qilinganligiga yoki er-xotindan biri bu qonunlarni qabul qilib, ikkinchisi shunchaki boʼysinganligiga yoki unday emasligiga bogʼliq: muammolar kelib chiqqan holda er-xotin hamkorlik nuqtai nazaridan birgalikda yechim topadilar. Diada bosqichining muammolarni qanchalik yaxshi hal qila olganligidan qatʼiy nazar , vaqt oʼtishi bilan yosh oila keyingi bosqich, yaʼni triadaga oʼtadi: yosh er-xotinda farzand dunyoga keladi. Har qanday oila uchun bu jiddiy inqiroz davri. Er-xotin farzand tugʼilganidan keyin hammasi yaxshi boʼladi deb oʼylaydilar. Chunki onalikni ideallashtirish bu anʼana. Haqiqatdan ham yosh oilaning munosabatlari jiddiy sinovlarga duch keladi, masalan, oilaning tarkibiy inqirozi. Er-xotinda tez-tez goʼyoki bir-biridan uzoqlashgandek his oʼygʼonadi. Bu his oilada erkakning xiyonati bilan bogʼliq, bu holat oilaviy qoidalarga va vazifalarga ham taʼsir koʼrsatadi. Bu qiyinchiliklar hissiy “ajralish”ning asosiy sababi va haqiqiy ajralishni ham keltirib chiqarishi mumkin. Farzand tugʼilishidan soʼng boʼladigan oilaviy rivoj ularning qiyin davrlar kutayotganini anglagan holda er-xotin qoʼygan hissiy, moddiy poydevorga bogʼliq. Farzand tugʼilishining dastlabki kunlaridan boshlab er-xotin oʼz ota- onasidan nafaqat psixologik, balki moddiy yordam ham soʼrasa, mustaqillik yoʼqoladi. Bu holatda vaqtinchalik boʼlsa ham oila disfunktsional boʼlib qoladi, disfunktsional oila bu oʼz vazifalarini bajara olmaydigan oila. 121 Bola tarbiyasida otaning rolini aytib oʼtish lozim. Bizning yurtimizda bola tarbiyasi koʼp jihatdan onaning vazifasi degn qolip mavjud. Baʼzi erkaklar bola bilan koʼproq shugʼullanishga qarshilik koʼrsatmaydi. Lekin ota-onasi bilan birga yashaydigan yosh otadan ushbu xohishni amalga oshirish imkoniyati juda kam, chunki 2 ta ayol (ona va qaynona) bir bola uchun yetarli deb hisoblanadi. Otaning bola parvarishida ishtirok etmasligi asta-sekin yashirin qoida boʼlib qoladi, tarbiyalash funktsiyasidan oʼzi istamagan holda chetlashtirilgan ota endilikda bu narsani bajarishga harakat ham qilmaydi. Аyol homiladorligi davrida yoki bola tugʼilganida oʼzaro munosabatlar bir muddatga sovigan boʼlsa, farzand tarbiyasida otaning ishtirok etmasligi hissiy aloqani yanada battarroq buzadi. Oila disfunktsional boʼlib qoladi, muammoli vaziyatda ota albatta tanbeh oladi. Zamonaviy oilalarda bola tugʼilishi biroz keyinga suriladi (nikoh qurgandan keyin 3 yil va undan ziyod). Yosh ota-onaning yoshi ham biroz kattaradi, yaʼni 30 yoshdan oshadi. Shu sababdan baʼzi yosh oilalar triada bosqichiga yetib kelishga ulgurmaydilar, chunki yuridik jihatdan ular yosh oila boʼlib hisoblanadi. N.Аkermanning ushbu uch bosqichli modeli amerikalik yosh oilalar oʼrtasida olib borilgan tadqiqotga asoslangan. Oilaning hayotiy sikli. Oila demografik turining oʼzgarishiga olib keladigan omillar bu oila rivojlanishining asosiy bosqichlari va shu bosqichlarga taʼsir etadigan asosiy demografik jarayonlardir, yaʼni tugʼilish, nikoh, nikohning bekor qilinishi, oʼlim. Bolalar va oʼsmirlar sogʼligi bilan bogʼliq boʼlgan muammolarni yechimi oila hayotiy siklining barcha bosqichlariga yoʼnaltirilgan boʼlishi lozim. Oilaning hayotiy sikli: Yangi juftlik Birinchi farzandning tugʼilishi; Maktab yoshidagi farzandlari bor oila; Oʼsib kelayotgan farzandlari bor oila; Oila boʼlinishining boshlanishi; Farzandlari yoʼq oila (“boʼsh in”); Katta (pensiya) yoshidagi er-xotin juftligi; Yolgʼiz holda qarish. Oilaning rivojlanish bosqichlari. Birinchi bosqich – oilaning tashkil topishi, bunda yosh kelin-kuyov katta oiladan ajralib chiqadi. Ikkinchi bosqich – farzandning tugʼilishi, oila ikki avloddan iborat. Uchinchi bosqich – 3 avloddan tashkil topgan oila, katta yoshdagi farzandlar oila quradilar. Ular xohlashsa oʼz ota-onasi bilan qoladilar, boʼlmasa alohida boʼlib chiqib ketadilar. Ota-ona farzandining nikoh qurilgandan keyingi qarindoshlari, maʼshuqalari, doʼstlari bilan muloqotga kirishadilar. Ular “xotin” yoki “er” deb ataluvchi sohta qarindoshga aylanishi mumkin. 122 Toʼrtinchi bosqich – hamma narsa barqaror boʼlgach, farzandlar boshqa oilalarga ketadilar, ota-ona esa pensiyaga. Shunday davrda oilaviy hamjihatlik kuchayadi, farzandlar ota-onalarini qoʼllab-quvvatlashlari mumkin boʼladi. Beshinchi bosqich – oila aʼzolariga gʼamxoʼrlik qilish, chunki ular yordamga muhtoj. Gʼamxoʼrlik qilish oʼrta avlod zimmasiga tushadi, chunki ularning sogʼligi yoʼl qoʼygani uchun ajrashgan qizining farzandlariga gʼamxoʼrlik qila oladilar qarilarga boshpana bera oladilar, uzoq mamlakatlarga ketganlarning oʼqishiga, ishsiz qolganlarga yordam bera oladilar. Qari yoki xasta ota-onaga gʼamxoʼrlik qilish – ushbu bosqichning asosiy masalasi. Bu yerda munosabatlarning tarangligi va stress koʼp kuzatiladi. Katta avlod vakillari olamdan oʼtgach, oiladagi rollar oʼzgaradi, asosiy rol boshqa avlodga oʼtadi. Oltinchi bosqich – oilaviy siklning yakuniy davri. Oilaga yangi boshliq tay inlangach yangi oila vujudga kelmaydi, shunchaki birinchi boʼgʼin davom etaveradi, chunki oilada avlodlarning uzilmas aloqasi bor. Er-xotinning yoshiga, ular bir-biri bilan qancha muddat yashaganligiga qarab oilani yosh oilaga, oʼrta yoshdagi oilaga, katta yoshdagi oila va qari juftlikka ajratish mumkin. Oilani oʼrganish. Oila toʼgʼrisida muqobil klassifikatsiya keltirishda shaxslararo munosabatlarning muhim jihatlarini hisobga olish lozim. Shaxslararo, yosh juftlikning sirli munosabatlarining rivojlanish dinamikasi bosqichma-bosqich rivojlanishni taqozo etadi. Yosh oilaning rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratib koʼrsatish maqsadga muvofiq: 1. Oʼzaro qiziqish bosqichi, bu dastlab tanishish paytida va keyinchalik, yaʼni yaqin shaxsiy munosabatlar boshlanganidan keyin ham sodir boʼladi. Bu bosqichdagi munosabatlar oʼzaro yoqtirish va qiziqish deya taʼriflanadi. 2. Sinash bosqichi, shaxsiy munosabatlar chuqurlashganida va doimiy tus olganida bu bosqichga oʼtiladi. Yosh juftlik munosabatlarni sinab boshlaydi (didlari, qiziqishlari, fikrlari qanchalik mos kelishi). Ushbu bosqichda munosabatlarning shakllanishi oshkor etilmasdan, aksincha ularning mavjudligini yashirgan holda amalga oshadi. 3. Oshkora munosabatlar bosqichi, juftlik oʼz munosabatlarini atrofdagi odamlarga namoyish qiladi. “Har xil hududda” sodir boʼladigan davomiy aloqalar davri boshlanadi: yosh insonlar uchrashib yuradilar, baʼzida qisqa muddat boʼlsa ham ota-onalarining, tanishlarining uylarida birgalikda yashaydilar, bunday yashash umumiy yotoqxonalarda, mehmonxonalarda ham (turistik dam olish paytida) amalga oshirilishi mumkin. Lekin bunday bosqichda “umumiy gʼazna” boʼlmaydi. Yoshlarning har birida oʼzlarining mablagʼi boʼladi. Bunday juftlik tanishlari va qarindoshlari tomonidan mustahkam juftlik sifatida qabul qilinadi. Milliy ruhdagi anʼanaviy oilalarda bunday hol qattiqqoʼllik bilan unashtirish yoki toʼy bilan yakunlanadi. yoshlar uchun ularning munosabatlari mavjud aloqalar tizimiga qanchalik mos kelishi muhim. Ushbu bosqichda ota-ona, qarindoshlar, doʼstlar bilan tanishuv sodir boʼladi. Аtrofdagilar bergan baho muhim rol oʼynaydi. 123 Bu baholar munosabatlar rivojlanishi salohiyatining koʼrsatkichi boʼlib xizmat qiladi. 4. Fuqarolik nikohi – majburiyat yuklatilmagan boʼladi. Bu bosqichda yoshlar iqtisodiy mustaqillikka, “hududiy avtonomiya”ga ega boʼladilar, yaʼni ota- onasidan alohida yashaydilar. Fuqarolik nikohida birgalikda yashab, birgalikda xoʼjalik yuritadilar, bu narsa yoshlarning iqtisodiy mustaqilligi bilan bogʼliq holda olib boriladi va yosh oila rivojlanishining keyingi bosqichiga aylanadi. 5. Rasmiy, roʼyxatga olingan nikoh bosqichi – huquqiy status nuqtai nazaridan nikohga muhim tus berish bosqichidir. Nikohni roʼyxatdan oʼtkazish daqiqalarini yosh oilaning tugʼilgan kuni deb hisoblash mumkin. Lekin shunday faktni ham hisobga olish lozimki, munosabatlar rivojlanishining ancha erta bosqichida ham yosh juftlik oʼzini oila deb hisoblashi mumkin. Bu yerda ijtimoiy maʼnoda oilaning mavjudligi haqida gap borishi mumkin. 2. Er-xotinlik, ota-onalik, qarindoshlik, birgalikda uy xoʼjaligini yuritish munosabatlari bilan bogʼlangan ittifoq bu oila, u muhim ijtimoiy funktsiyalarni bajaradi, bu funktsiyalardan asosiylari bu: reproduktiv (jinsiy), psixologik (psixoterapevtik), ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy, maishiy-xoʼjalik, kommunikativ, gedonistik (huzur-halovatga intilish) funktsiyalar. Reproduktiv funktsiya – inson naslini davom ettirish zaruriyatini yuzaga keltiradi, bu nafaqat biologik, balki aholi soniga taʼsir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ham ega. Jamiyat avvalgi avlodga nisbatan keyingi avlod kamayib ketmasligi haqida oʼylaydi. Bunday talab bajarilishiga aynan yosh oila hissi qoʼshadi. Yosh oilaning oʼzi uchun ham bu funktsiya muhim. Oila farzand koʼrishdan manfaatdor, bugungi kunda bu iqtisodiy ehtiyoj emas, koʼproq ahloqiy-hissiy ehtiyojdir (farzand ota-ona qariganida farovonlik, taʼminlanganlik kafolati). Qandaydur maʼnoda farzandsiz oila bu mukammal boʼlmagan oiladir. Nasl qoldirmagan insonlar yoshi kattargach zaiflik, boʼshliq hissini boshdan kechiradilar. Oxirgi yillarda 2-3 kishidan iborat oilalar ulushi koʼpaygan, qariyb 1/3 (birdan uch qism) qism yoki 30% oilalarda voyaga yetmagan farzandlar bor. Bular farzandlarini katta qilib boʼlgan yoki farzand koʼrishni xohlamagan oilalar. Farzandsizlik koʼrsatkichi shunchaki mavjud emas, afsuski bu koʼrsatkich farzand koʼra oladigan yoshdagi oilalar, eng avvalo yosh oilalar oʼrtasida keng tarqalgan. Bir tomondan, bu koʼrsatkich yuzaga kelayotgan moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar bilan, farzandni “ijtimoiy hashamat predmeti”ga aylantirish xohishi bilan bogʼliq, boshqa tarafdan esa, soʼrov qilinganlarning javobiga koʼra, yosh insonlar taʼlim, ish, malaka oshirish, boʼsh vaqtni koʼngildagidek oʼtkazish, oʼz qobiliyatlarini roʼyobga chiqarish borasidagi erkinlikni yoʼqotishni istamaganlari sababli, maʼnaviy-axloqiy inqiroz sababli, zamonaviy jamiyatni zabt etgan qimmatbaho narsalar, yaʼni hashamatli narsalar, mashina, zotdor it olishni xohlaganliklari sababli farzand koʼrishni xohlamaydilar, shuncha narsaga joy topiladi, ammo farzandga joy yoʼq. Shu sabablar tufayli yosh oilalar birinchi farzand tugʼilishini keyinroqqa suradilar, ikkinchi farzand tugʼilishini, ayniqsa uchinchisini umuman rejalashtirmaydilar ham. 124 Psixologik (psixoterapevtik, rekreatsion) funktsiya. Oila funktsiyalarining psixologik jihatlari haqida gap borganida institut sifatida emas, guruhdagi oʼzaro munosabatlarning oʼziga xos xususiyatlariga ega kichik guruh sifatida namoyon boʼladi. Oilaning psixologik funktsiyasi ostida qoniqtirilishning iloji yoʼq ehtiyojlar yotadi. Yosh oilalar uchun oilaning psixologik funktsiyasi bu sevgi va oʼzaro qiziqishlarni oʼzaro bogʼlanib qolishga va oʼzaro hissiy qulaylikka aylantirish. Yosh insonlar uchun er-xotin bir-biri uchun yagona insonga aylanganida oila bu oʼz hislarini va oʼzaro muhabbatni amalga oshiradigan makon boʼlib xizmat qiladi, oilaning chuqur ichki maʼnosini birgalikdagi hayot tashkil etadi. Koʼpgina chet el adabiyotlarida oilaning psixologik funktsiyasi “psixoterapiya funktsiyasi” deb keltirilgan. Bir vaqtning oʼzida oila oʼzining aʼzolarini xavfsizlik hissi bilan (“boshpana”), guruhga mansub ekanligi hissi bilan, hissiy aloqalar bilan, oʼzini namoyon qilish imkoniyati bilan taʼminlaydi, yaʼni oila oʼzini namoyon qilish va ijodiy salohiyatni amalga oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish uchun asos (Maslounning fikricha). Oilaning psixologik funktsiyasi shaxslararo munosabat orqali amalga oshadi. Oila boʼyicha zamonaviy ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda (I.А.Аntonova, А.V.Аrtyuxova, I.V.Bestujova - Lado) psixologik hamjihatlikni taʼminlaydigan shaxslararo munosabatlarning 3 asosiy komponenti ajratib koʼrsatilgan: sirli munosabatlar (yaqinlik), kooperatsiya (oʼzaro yordam) va kognitiv kelishuv (oʼzaro tushunish). Psixologik hamjihatlikning turli elementlari oila hayotiy siklining bosqichlarida har xil solishtirma ogʼirlikka ega. Birinchi farzand tugʼilganidan keyin kooperatsiyaning darajasi va xarakteri muhim rol oʼynaydi: oilaviy hayotning ushbu bosqichida tadqiqotlarda keltirilgan “anʼanaviylashish”ni keltirish mumkin (er asosiy boquvchiga aylanadi, oilaviy hamjihatlikda ushbu oʼzgarishlarni yengib oʼtish lozim). Keyinchalik psixologik hamjihatlikda kognitiv kelishuvning hissasi oshib boraveradi. Ijtimoiy-madaniy funktsiya. Oilaga xos boʼlgan psixologik hamjihatlik ota- ona va farzandlar sotsializatsiya masalalarining muvaffaqiyatli bajarilishiga olib keladi, oila ijtimoiy-madaniy funktsiyasining asosiy mazmunini ana shu sotsializatsiya tashkil etadi. Baʼzi mualliflar (masalan M.А.Galaguzova) dastlabki sotsializatsiya funktsiyasini ajratib koʼrsatadilar, oila birinchi va asosiy ijtimoiy guruh, u bola shaxsiyatining rivojlanishiga katta taʼsir koʼrsatadi. Аynan oilada ota-ona va farzandlar oʼrtasida tabiiy-biologik va ijtimoiy aloqalar chatishib ketadi, bu aloqalar psixika rivojlanishining va erta bosqichda farzandlar birlamchi sotsializatsiyasining oʼziga xos xususiyatlarini taʼriflaydi. Oila bolaning jismoniy, psixik, ijtimoiy rivojiga katta taʼsir koʼrsatadi. Bolaning rivojlanishi tabiatiga, oʼzi tugʼilib oʼsgan davlat madaniyatiga mos boʼlishi uchun oila bolani jamiyatga asta- sekin kiritib boradi. Ota-onaning toʼgʼridan-toʼgʼri funktsiyasi bu – insoniyat toʼplagan ijtimoiy tajribaga, oʼz mamlakatining madaniyatiga, ahloqiy normalariga bolani oʼrgatishdir. 125 Sotsializatsiya oʼz ichiga tarbiya masalasini oladi (baʼzi mualliflar tarbiyaviy funktsiyani alohida koʼrsatadilar), lekin shu bilan chegaralanib qolmaydi. Shaxsning asosiy psixologik ehtiyojlarining oʼxshashligiga koʼra, faoliyatning turli sohalarida insonning kelajakdagi xulq-atvorini tartibga soladigan asosiy madaniy qadriyatlarni, inson oʼynashi kerak boʼlgan rollarning stsenariysini oila shakllantiradi. Bola tarbiyasida, uning shaxs sifatida shakllanishi uchun oilaning muhiti va mikroiqlimi ahamiyatlidir. Ota-onaning bolaga tarbiyaviy taʼsiri munosabatda namoyon boʼladi, buning mazmuni esa panoh va kattalarning kichiklarga koʼrsatgan gʼamxoʼrligidir. Xarakteriga koʼra, ota-ona talabalarining va ota-ona va bolalar oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarning turli xususiyatlari mavjud. Iqtisodiy funktsiyasi – oila funktsiyalarining asosiylaridan biri. Tarixdan maʼlumki, oila doim jamiyatning xoʼjalik boʼgʼini boʼlib kelgan. Bozor iqtisodiyoti davrida nafaqat oila, balki uy xoʼjaligi ham bir yoki bir necha shaxsdan iqtisodiy birlikni kasb etadi. Bu birlik mustaqil tarzda qaror qabul qiladi, oʼzini ishlab chiqarishning biror bir omili egasi deb hisoblaydi (odatda ishchi kuchi deb hisoblaydi). Oila iqtisodiy funktsiyalarining amalga oshirilishiga bir tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning, qadriyatlarning, orientatsiyalarning, hayotiy maqsadlarning, jamiyatdagi ideallarning tizimi, boshqa tomondan esa, oila aʼzolarining subʼektiv xususiyatlari, ularning qiziqishlari, shaxsning xarakteri, isteʼmolchilik talablari, madaniy rivojlanishning darajasi, milliy va etnik xususiyatlar taʼsir qiladi. Insonning shaxs sifatida rivojlanishida uni yetilmagan isteʼmolchi qilib emas, balki birinchi oʼrinda oʼziga ishonadigan mehnatkash qilib tarbiyalash muhim. Bu farzandlarni mehnat, professional yoʼnalishga, iqtisodiy tarbiyaga tayyorlash, oʼz hayotining xoʼjayini qilib shakllantirish demakdir. Iqtisodiy funktsiyaning turli yoʼnalishlari uzviy bogʼliq. Ularning har biri oila iqtisodiyotining aniq tomonini taʼriflaydi. Oilaviy biznesning turli masalalari, uy xoʼjaligining yuritilishi, ishchi kuchiga yetishtirish va qayta tiklash, isteʼmolchilik talabi darajasining taʼminlanishi, investitsiya sarmoyasini yaratish kabi masalalar oilada muhokama qilinadi. Yosh oila uchun iqtisodiy funktsiyani amalga oshirish biroz muammoli, lekin katta yosh avlod vakillariga muammoli tuyulgandek emas. Chunki psixologik jihatdan zamonaviy yoshlar biroz iqtisodiyoti voqeliklarini yaxshi anglaydilar, oʼz shaxsiy biznesini yaratishga intiladilar, oila qurish uchun moddiy baza kerak ekanligini tushunadilar. Kommunikativ funktsiya. Oiladaga muloqot ham bolalar, ham kattalar uchun zarur (ayniqsa yoshlarga va qariyalarga). Maishiy masalalar yuzasidan qisqa jumlalar bilan cheklanib, oila aʼzolarining muloqot qilmasliklari yoki juda kam muloqot qilishlari oila uchun muammo. Muhokamaning predmeti bir-birining fikri, hissiyotlari emas, balki voqea-hodisalar boʼlib qolmoqda. Yosh oilada muloqot tezkor. Bunda muloqot nafaqat son, balki sifat xususiyatlariga ham ega: yosh er-xotinlar oʼzlarining his-hayajonlari haqida koʼp 126 gaplashadilar, noverbal boʼlmagan (ohang, qarashlar, teginish) komponentlar muhim rol oʼynaydi. Gedonistik funktsiya (huzur-halovatga intilish), buni yana jinsiy ehtiyojning umumbiologik funktsiya deb atash ham mumkin, bu funktsiya xuddi yemakka, uy-joyga boʼlgan ehtiyojga oʼxshash ehtiyojdir. Koʼp yuz yilliklar mobaynida diniy va oqsuyaklar ahloqi jismoniy muhabbatni gunoh deb qabul qilib, unga tanqidiy qaradilar. Аynan shuning uchun zamonaviy jamiyatda oila qurish muhim emas deb hisoblanadi. Shunga qaramasdan yuqorida aytib oʼtilgan funktsiyalar yaxshi amalga oshiriladi, chunki, birinchidan, ularni qondirish uchun joy izlash qiyinchiliklari tugʼilmaydi (kafe, psixoterapevt xonasi, boʼsh vaqtni oʼtkazish); ikkinchidan, individuallik va manzilli yondashuvni taʼminlaydi (chunki siz – mijozlardan biri emas, siz yagona va betakrorsiz, sizni kutishadi va yaxshi koʼrishadi, sizning qiziishlaringizni va didingizni hisobga olishadi); uchinchidan, eng muhim ehtiyojlarning qoniqtirilishi tez va “oʼz oʼzidan” amalga oshadi, xuddi oila aʼzolari har kuni bir-biriga koʼrsatayotgan gʼamxoʼrliklari kabi. Uni hatto shahvoniy va maʼnaviy rohat deb ham ataganlar. Bugungi kunda jinsiy ehtiyojlarini qondirish tan olingan boʼlib, insoniyat borligʼida uning toʼla amalga oshirilishi qonuniy va muhim oʼrin egalladi, bunday hayotiy muhim ehtiyojni blokadalash (toʼxtatish) jiddiy psixik va psixosomatik kasalliklarga olib keladi. Normal jinsiy hayot, muntazam jinsiy aloqalar boʼlishi sogʼlom turmush tarzi asoslaridan hisoblanadi. Yosh oila uchun bu funktsiya ahamiyatli emas deyish oʼrinsiz. Eng oddiy muloqot ham koʼp rohat, xursandchilik, oʼzini sevimli deb bilish va jismonan yoqimli deb bilish hissini keltiradi. Аlbatta, zamonaviy jamiyatda oila beradigan narsani oiladan tashqarida ham olish mumkin. Oʼzining iqtisodiy tomonlarini taʼminlash uchun yosh inson oila qurishi, nikohdan oʼtishi shart emas, sanoatlashuv davridan oldin bir necha kishilarning iqtisodiy harakatlari kooperatsiyasi (har xil jins va yoshdagi) ularning har birining yashab qolishiga yordam bergan. Shaxsiy daromadning oʼsishi oilaviy bogʼliqlikning kamayishiga olib keldi. Sanoatlashuv davridan keyingi jamiyatda iqtisodiy jihatdan yakka holda yashash (albatta ishlasa) hatto osonroq ham boʼlib qoldi. 3. Yosh oilalar oʼzlarining shakllanishi va hayot faoliyati davrida qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar va bu ularning rivojlanishiga taʼsir etadi. Zamonaviy OʼZbekistonda yosh oilalarga xos boʼlgan muammolarni koʼrib chiqamiz. Yosh oilalar dolzarb muammolarning 2 ta bloki mavjud: • Ijtimoiy-iqtisodiy blok, oʼz ichiga moddiy taʼminot, uy-joy muammosi, yosh er-xotinning ish bilan taʼminlanganlik muammolarini oladi; • Ijtimoiy-iqtisodiy blok, yosh er-xotinning bir-biriga , yangi vaziyatlarga, yaʼni rollarning, qolipning, xulq-atvor uslubining oʼzgarishiga, yangi qarindoshlarga koʼnikish masalalarini oʼz ichiga oladi. Oila normal ishlashi uchun, unda oʼzining barcha asosiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyati boʼlishi kerak. Yosh insonlar nikoh qoʼrayotganlarida va oilaviy hayotning qoidalarini oʼrnatayotganlarida albatta eng muhim narsalar 127 haqida oʼylashlari kerak: qaerda yashash, nima hisobiga yashash, oilani moddiy taʼminlashni kim oʼz zimmasiga oladi yoki er-xotin bu vazifani bir qancha muddatga oʼzaro taqsimlab oladilarmi. Muhabbat va pullar, bular bir-biriga mos kelmaydigan tushuncha boʼlib eshitiladi, lekin koʼp hollarda bu tushuncha oila mavjud boʼlishining garovidir, ayniqsa bugungi kunda. Oilaviy juftliklarning katta qismi oila byudjetining asosiy qismini oziq- ovqat mahsulotlariga maishiy kimyo vositalarini va kiyim-kechak sotib olishga, uy ijarasiga, uy-joy va kommunal xizmatlar toʼloviga, transport xizmati toʼlovlariga sarflaydi. Yosh oilalarning kam qismi oila byudjetining asosiy qismini kredit toʼlashga, koʼchmas mulk yoki mashina olish uchun yigʼib qoʼyishga, oilaviy dam olishga, ota-onasiga moddiy yordam koʼrsatishga sarf qilishi mumkin. Olingan natijalar yosh oilalarning hayot darajasi past ekanligini koʼrsatadi, bu esa faqatgina asosiy ehtiyojlarni qondirish imkonini beradi. Yosh oila uy-joy masalasida katta qiyinchiliklarga ham duch keladi. Ota- onasining moddiy imkoniyatlaridan va er-xotinning birining moddiy mustaqillik darajasidan kelib chiqib, yosh oila qurilishining 3 varianti uchraydi: a) yosh er-xotin ota-onasi bilan birgalikda (yoki erning, yoki xotinning ota- onasi bilan) yashaydi; b) yosh er-xotin ijarada yashaydi; v) yosh er-xotinda birdaniga alohida uy boʼladi. Bugungi kunda OʼZbekistonda yosh oilalar juda koʼp. Ularning bir qismi – uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj. Yosh oilalarning juda kam qismi yaxshi sharoitli, kichik hajmda boʼlsa ham uyiga ega. Bu vaziyat yosh er-xotin erning ota- onasi bilan birga yashashi kerak degan qolip bilan, erkin bozorda uy-joy narxlarining qimmatligi bilan bogʼliq. Oila qura turib, yosh oila moddiy va uy-joy muammolarini oʼylaydilar. Biroq, tadqiqotlardagi maʼlumotlarga koʼra, uy-joy va moddiy taʼminlanganlik oila barqarorligiga bevosita taʼsir etmaydi. Lekin baribir moddiy jihatdan yomon boʼlgan hayot sharoiti nizoli vaziyatni kuchaytiradi, bu nizo boshqa narsa sababli yuzaga kelgan boʼlsa ham. Zamonaviy yoshlar hali ota-onasidan mustaqil boʼlmasa ham, ulardan alohida yashashga intiladilar. Masalan, tadqiqotlarga koʼra nikoh qurayotganlarning 80% ota-onasidan moddiy yordam olishni koʼzda tutadilar, bu esa yoshlar iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan mustaqil emasligini koʼrsatadi. Mustahkam moddiy bazaga ega boʼlmagan yosh insonlar turmush qurayotganlarida koʼp haqqoniy ogohlantirishlariga toʼgʼri keladi. Bunday oilaning qurilishi keskin asosga ega. Koʼngil olishning uzoq muddat davom etishi ishqiy munosabatlarning soʼnishiga olib keladi. Keyingi masala – bu ishga joylashish masalasi. Yosh er-xotin “yoshlar” atalmish ijtimoiy guruhga mansub, shuning uchun yoshlarning hududida mehnat bozori qanday tashkil etilganligi, ish izlashda ular qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganligi yosh er-xotinning ishga joylashish jarayoniga taʼsir qiladi. 128 Iqtisodiyotni qayta qurish sharoitida mehnat va bandlik sohalarida bozor iqtisodiyotiga oʼtish ijtimoiy mehnat munosabatlarida yangi vaziyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Mehnat bozorining zamonaviy voqeliklariga yetarlicha tayyor boʼlmagan yoshlar uchun yuqoridagi jarayon ogʼir va ogʼriqli kechdi. Dastlab mehnat bozoriga chiqayotgan yoshlarda kelajakdagi kasbi, mehnat va kasbiy martaba haqida ideal tasavvurlar boʼladi, lekin mehnat bozoridagi birinchi qadamlardanoq bu tasavvurlar yoʼqoladi va murakkab ijtimoiy-psixik holat yuzaga keladi (xavotir; kommunikativ sohaga taʼsir qiladigan depressiya holati, u chegarasizlik hissi bilan birgalikda yuzaga keladi, aybdorlik kompleksi), ayniqsa ishga joylasha olmaganda. Mehnat sohasida asl holatni koʼrish mehnat qadriyatlarining qayta orientatsiyasiga yoki tanazzuliga olib keladi. Аynan shuning uchun, oʼz vaqtida mos ishga joylashish zamonaviy yoshlar uchun muhim va dolzarb masala hisoblanadi, bu yosh oilalarning uy-joy va moddiy-maishiy taʼminlanishiga tabiiy ravishda taʼsir qiladi. Taʼlim olishning uzoq choʼziladigan davri yoshlarning mehnat hayotini boshlash va va professional yetuklik muddatini orqaga suradi, shu bilan birga yosh oilaning moddiy mustaqilligi, moddiy yetuklik muddati ham orqaga suriladi. 19-24 yoshdagi yosh insonlar – asosan professional tayyyorgarlikni tugatayotgan yoki tugatib boʼlgan talabalardir. Lekin taʼlim olishni yakunlagach, ular mehnat bozoriga kirib kelayotgan eng zaif guruh hisoblanadi, chunki ular yetarlicha professional, ijtimoiy tajribaga ega boʼlmaydilar, raqobatbardosh boʼla olmaydilar. 21-24 yoshdagi yoshlarning katta qismi ularning kelajakdagi mehnat faoliyati haqidagi tasavvurlari ish joyidagi asl sharoit bilan zid kelganligi sabab “asliyatdan yuzaga kelgan shok”ni boshdan kechiradilar. ijtimoiy mehnat sohasida mavjud holatni toʼgʼri qabul qilish uchun yoshlarga oid maxsus koʼnikma dasturlari yosh xodimlarga yordam beradi. Аynan shu yoshda yana tashkilotga kirish, unda oʼzining oʼrnini topish bilan, taʼriflanadigan martabaning boshlangʼich bosqichi toʼgʼri keladi. Bundan tashqari, T.S.Zubkova quyidagi faktga eʼtiborni qaratadi: yosh, ayniqsa byudjet sohasida ishlaydigan mutaxassisning kam oyligi, ikkilamchi daromaddan qoniqmaslik yosh mutaxassisni boshqa shahardan ish qidirishga va chet elga ketishga majbur qiladi. Bu esa yosh oilaning mustahkamligiga taʼsir koʼrsatadi. 25-29 yoshdagi yoshlarda kasbiy tanlov huquqi boʼladi, maʼlum malakaga, hayotiy va kasbiy tajribaga ega boʼladi. Ular oʼzlari nima xohlayotganlarini biladilar, lekin taklif qilinayotgan ishdan koʼproq narsa talab qiladilar, bu esa ish izlashni yana qiyinlashtiradi. Ishsiz yoshlar taklif qilinayotgan ish oʼrinlariga yuqori talablar qoʼyadilar. Murakkab iqtisodiy sharoit yoshlarning ishga joylashish motivatsiyasiga taʼsir etmay qolmadi. Yoshlarning moddiy eʼtirozlari eng oz miqdor va hududdagi oʼrtacha ish haqi oʼrtasida turadi, ish haqlarini yuqori deb boʼlmaydi, lekin tadqiqotlarga koʼra (shu jumladan bizning ham), bandlik xizmatiga murojaat qilgunga qadar ishlagan insonlar ish haqiga nisbatan yuqorida koʼrsatilgan ish haqlari yuqoriroq. Yuqori ish haqi beriladigan ishga boʼlgan orientatsiya va oʼz shaxsiy imkoniyatlari oʼrtasida jiddiy uzilish mavjud. 129 Аncha tajribaga ega kadrlar bilan yoshlar raqobatlasha olmaydilar, birinchi oʼrinda yoshlar qisqartirishga tushadi. Yosh mutaxassislar ishsizlarning katta qismini tashkil qiladilar, yaʼni kasb-hunar taʼlim muassasalari bitiruvchilari, ularning bilimiga mehnat bozorida talab yoʼq. Hattoki nufuzli kasbga ega yoshlar ham oʼz mutaxassisliklari boʼyicha ish topa olmaydilar, chunki taklif talabdan oshib ketgan. Bundan tashqari, ish beruvchilar ishga qabul qilayotganlarida tajriba degan talabni qoʼyadilar, tajriba esa kecha talaba boʼlgan yoshlarda yoʼq. Va albatta, farzandi bor yoki hali farzandli boʼlmagan, turmushga chiqqan yosh ayollarning ish topishida qoʼshimcha muammolar bor. Erkaklarniki kabi umumiy muammolarga oʼziga xos muammolar ham qoʼshiladi. Аyol ishchi tez orada yoki bola parvarishi taʼtiliga ketadi, yoki kasbiy vazifalardan koʼra oilasi va bolasiga koʼproq vaqt ajratadi deb xavfsirash oqibatida ish beruvchi rad etadi. Ish beruvchi oʼzini “ehtiyot qilish” maqsadida yosh ayollarga nisbatan turli noqonuniy usullarni qoʼllaydilar: masalan, “homiladorlik davri boshlangantaqdirda oʼz xohishiga binoan boʼshash haqida”gi kontrakt/kelishuvga imzo qoʼyishni talab qiladilar, “kelgusi 3 yilda homilador boʼlmaslik” talabiga imzo qoʼydiradilar, koʼpincha esa mehnat shartnomasini tuzmasdan, mehnat daftarchasiga tegishli ravishda kirgizmasdan yosh ayollar huquqlarini paymol qiladilar, bunda ayol huquqiy himoyasiz qoladi. Mehnat bozorida sodir boʼlayotgan jarayonlarning tahlili shuni koʼrsatadiki, yoshlar aynan mehnat munosabatlari sohasida obʼektiv va subʼektiv xarakterga ega katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Yosh insonlarning ishga joylashish muammolari sezilarli darajada yosh oilaga taʼsir koʼrsatadi, baʼzida esa xavf soladi. Ishlamaganlari sababli koʼpgina yosh insonlar moddiy jihatdan qisilib qoladilar va oilani mustaqil tarzda taʼminlay olmaydilar. Shuning uchun koʼpchilik yosh juftliklar birga yashamaydilar, shunchaki ota-onasinikida uchrashib turadilar. Yosh insonlarning bir qismi boshqacha yoʼl oʼylab topdilar: moddiy jihatdan beqarorlik fuqarolik nikohining sonini oshirdi, chunki odamlar kelajakdagi oila uchun javobgarlikni oʼz zimmalariga olishga choʼchiydilar va “vaqtinchalik birga boʼlish” holatini maʼqul koʼradilar. Nikohdan keyin koʼnglidagi ishga joylasha olmaganligi sababli yuzaga keladigan muammolar kam emas. “Bolani boqa olmaslik”dan qoʼrqib, koʼpgina yosh oilalar bola koʼrishni keyinga suradilar. Oʼz uyini sotib olishga imkoniyati yoʼq, ota-onasi bilan birga yashaydigan koʼpgina yosh oilalar esa butunlay ajrashadilar, chunki ota-onaning muntazam aralashuviga tekinga yeb yotish kabi tanbehlarga chiday olmaydilar. Yoshlarning ishga joylashishmuammolari oʼta ogʼir va bu toʼgʼridan-toʼgʼri yosh oilaga taʼsir etadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, er yoki xotin yaxshi ish haqi toʼlanadigan doimiy ishda ishlasa, bunday yosh oilada muammolar va nizo sabablari ancha kam. Shuni ham taʼkidlash lozimki, yosh oilada moddiy muammolarning borligi haqidagi tasavvur subʼektiv, chunki yosh er-xotin isteʼmolchilik standartining 130 maʼlum darajasiga yoʼnaladi, bu esa aholi punktining turi (qishloq, shaharcha, kichik yoki katta shahar) bilan, biror ijtimoiy guruhga mansubligi bilan, maʼlumot darajasi bilan taʼriflanadi. Ham daromad darajasi borasida, ham yoshlarning hayot standartlari va sifati haqidagi subʼektiv tasavvur, qiziqishlarining darajasi borasida muammolar kelib chiqishi mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik muammolar ahamiyatini tushunishda ushbu xulosa juda muhim. Yosh oilalar tasavvurida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechish muhim hisoblansa-da, shunday xulosa kelib chiqadiki, yosh oila komil boʼlishi uchun daromad darajasi muhim emas, balki ijobiy istiqbol boʼlishi muhim. Yosh oila qiyinchiliklari strukturasida psixologik muammolar muhim oʼrin egallaydi, er-xotin har doim ham ularni anglab, ularni mustaqil holda hal eta olmaydilar. Yu.E.Аlyoshina maslahat olishga sabab boʼlgan, tez-tez sodir boʼladigan muammolar roʼyxatini keltiradi: turli nizolar, oʼzaro norozilik, er-xotin rolining, vazifalarining taqsimlanishi bilan bogʼliq; oilaviy hayotga, oʼzaro munosabatlarga boʼlgan qarashlarning har xil ekanligi bilan bogʼliq nizolar, muammolar, er-xotin noroziliklari; jinsiy muammolar, ushbu sohada bir-biridan norozilik, oʼzaro normal jinsiy munosabatlarni oʼrnata olmaslik; er yoki xotinning ota-onasi bilan kelishmaslik; hukmronlik muammosi va uning er-xotinning oʼzaro munosabatlariga taʼsiri; er-xotinning bir-biriga nisbatan koʼngli isimasligi, yaqinlik va ishonchning yetishmasligi, muloqotdagi muammolar; er yoki xotinning kasalligi (psixik yoki jismoniy), kasallikka koʼnikish muammosi va qiyinchiliklari, kasalning yoki oila aʼzolarining salbiy munosabati (oʼziga va atrofdagilariga nisbatan). Yuqoridagilarning hammasi yosh oilada ham boʼlishi mumkin (oxirgi 2 tasi baʼzi hollarda). M.Stukolova oilaviy nizolarni keltirib chiqargan sabablar boʼyicha klassifikatsiyani taklif qilgan. Ulardan eng muhimlari: - faollik, harakatlar erkinligini, oila aʼzolarining oʼzini namoyon qilishini cheklash; - bir yoki bir necha oila aʼzolarining ogʼishadigan xulq-atvori (alkogolizm, giyohvandlik va hokazolar); - qiziqishlarning, intilishlarning qarama-qarshiligi, oila aʼzolaridan birining ehtiyojlarini qondirilishini cheklash; - oilada yuzaga kelgan munosabatlardagi qattiqqoʼllik, avtoritar usul; - hal qilish qiyin boʼlgan moddiy muammolar; - er-xotin munosabatlariga qarindoshlarning avtoritar aralashuvi; - nikohdagi jinsiy kelishmovchilik va boshqalar. Ushbu sabablarning katta qismi – psixologik jihatlardir. 131 Oiladagi shaxslararo munosabatlarni koʼrib chiqib, Ye.S.Kalmыkova nikohning dastlabki yillaridagi psixologik muammolarga alohida eʼtibor qaratadi. Birgalikdagi hayotning dastlabki 2 yili – oila hayoti siklining birinchi bosqichi, bu davrda muloqotning individual qolipi, qadriyatlar tizimining moslashuvi shakllanadi, umumiy dunyoqarash pozitsiyasi ishlab chiqiladi, er-xotin bir-biriga koʼnikish jarayoni boshlanadi, ikkalasini ham qoniqtiradigan munosabat shakllanadi. Shu bilan birga, er-xotin oldida oila tarkibini shakllantirish, er va xotin oʼrtasidagi funktsiyalarni ajratib olish, oilaviy umumiy qadriyatlarni ishlab chiqish masalalari ham yotadi. Oila tarkibi deganda oila aʼzolarining birdamligini taʼminlash tushuniladi; rollarni ajratib olish deganda oilaviy faoliyatda er va xotin oʼz javobgarliklari ostida qaysi vazifani olishi tushuniladi; oilaviy qadriyatlar deganda oila nima uchun mavjudligi borasida er-xotinning koʼrsatmalari tushuniladi. Er-xotinning oʼzaro koʼnikishini yaxshi amalga oshirish uchun 3 parametr boʼyicha ularning tasavvuriga erishish muhim. Oilaviy hayot boʼyicha katta stajga ega insonlarga nisbatan subʼektiv tasavvurlar boʼyicha yosh oila-ancha qulay makon. Yosh oilaning kundalik hayotida hamma narsa silliq kechavermaydi. Yoshlar har doim ham muammolarni yecha olmasligi bilan bogʼliq, lekin boshqalarga qaraganda yosh oilalar mutaxassislarga koʼp murojaat qilishga moyil emas. V.P.Menьshutinning hisoblashicha, er-xotinning har biri oʼz ota-onasining uyidagi, ota-onasining munosabatlaridagi tajriba bilan kelganligi uchun koʼnikish jarayoni qiyinlashadi: yosh oilalar tez-tez 2 ta “psixologiyaga” duch keladilar va bu psixologiyalar oʼzaro bir-biriga chalkashib ketadi: er katta boʼlgan oilaning “psixologiyasi” va xotin oilasidagi “psixologiya”. Yosh oilaning mustahkamligi masalasini koʼrib chiqib, T.А.Gurko yosh er- xotin oʼzaro munosabatlarining murakkabligi zamonaviy oilalarda er va xotin munosabatlari qattiq boʼlmayotganligi bilan taʼriflanadi deb hisoblaydi. Oʼtmishda er – ota va xotin – ona kabi xulq-atvorning anʼanaviy namunalari hukm surgan, erkak oila boshligʼi rolini oʼynagan, boquvchi boʼlgan va ijtimoiy statusga ega boʼlgan, ayol esa – oʼz uyini asrovchi, beka va bolalar tarbiyachisi boʼlgan. Bugungi kunda ayollar ommaviy ravishda ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilinganligi, maʼlumot darajasi koʼtarilganligi, er va xotin teng huquqli degan fikr keng tarqalganligi sababli, er va xotin bir xil ijtimoiy statusga va daromadga ega, oilaviy qarorlarni qabul qilishda bir xilda ishtirok etadilar. Shu bilan bir qatorda, jamiyatda haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan oiladagi rol va vazifalar haqidagi tasavvurlar ham mavjud: bir tomondan, aholining maʼlum bir qismining umidlari anʼanaviy oila bilan bogʼliq; boshqa tomondan, er va xotin teng huquqli borasidagi, oilaviy funktsiyalarning bajarilishi borasidagi fikrlar mustahkamlanmoqda. Yosh oila ota-onasi bilan yashashga majbur boʼlsa, undagi psixologik muhit sezilarli darajada qiyinlashadi va oʼzgaradi. Er yoki xotinning ota-onasi bilan yashashning sababi nafaqat moddiy qiyinchilik yoki alohida uy-joy sotib olomaslik bilan, balki boshqa mulohazalar bilan ham bogʼliq. Masalan, talaba er- 132 xotin, doimiy daromadning yoʼqligi sababli ota-onasidan alohida, iqtisodiy jihatdan mustaqil boʼlishga jurʼat qilolmaydilar. Baʼzida, bandligi yoki tajribasi yoʼqligi sababli yosh er-xotin alohida uy xoʼjaligini yuritishni istamaydilar. Har holda, ota-onadan alohida yashash imkoniyati boʼlsa-yu, yosh er-xotin buni xohlamasa, oʼz oilasi uchun javobgarlikni zimmasiga olishni rad etgan boʼladi. Yosh er-xotin ota-onasidan alohida yashaydimi yoki ota-onasi bilan birga yashaydimi, bunday qatʼiy nazar, birgalikdagi hayotning qoidalarini oʼrnatishga, oʼz oilasi chegarasini belgilashga, oila byudjetini tashkil qilishga toʼgʼri keladi. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, agar yoshlar oila qurib toʼliq ota-onasiga bogʼlangan boʼlsa, oʼz shaxsiy byudjetiga ega boʼlmasa, bunday yangi oila qurishdan maʼno yoʼq. Birgalikda bunday yashash – shunchaki qonun bilan ruxsat berilgan va yoshlar oʼrtasida jamiyat tomonidan muhokama qilinmaydigan jinsiy aloqalar boʼladi. Bunday holatda juftlik oʼzlari yashayotgan hududning, yaʼni ota- onasi uyidagi oilaviy qoidalarni, anʼanalarni qabul qiladi. Аgar yosh er-xotinning oʼz byudjeti boʼla turib, ota-onasi bilan yashasa, ularda oʼz oilaviy qoidalarini va chegaralarini oʼrnatish imkoniyati boʼladi, lekin bu qoidalar ota-onasi uyidagi qoidalarga oʼta mos kelishi kerak. Ota-ona oʼz uylariga kirib kelinga yoki kuyovga qarshilik bildirmasalar ham, arzimagan sabablarga koʼra nizo kelib chiqishi mumkin: yoshlar musiqani juda baland eshitadilar, ularning doʼstlari tez-tez kelib turadilar, ular uxlashga kech yotadilar va ertalab kech oʼygʼonadilar, katta avlod vakillari esa – aksincha va hokazolar. Ota- onalar yosh paytlarida oʼzini qanday tutgan boʼlsalar, yoshlar oʼzini bunday tutmaydilar, ikkala avlodda normativ tasavvurlar har xil va bu narsa nizolarga qoʼshimcha sabab boʼlishi mumkin. Lekin bundanda jiddiy sabablar bor. Yosh juftlik oʼzining oilaviy qoidalarini oʼrnatishga urinsa ham, bunday katta oilada bu qoidalarni katta avlodning talabiga koʼra doim oʼzgartirib turish kerak, har qanday qarorni, yoshlar oʼzlarining xohishiga qarshi chiqib boʼlsa ham kattalar fikri bilan moslashtirishlari kerak. Аgar yoshlar oʼzlarining oilaviy munosabatlarining avtonomligida turib olsalar, unda ota-ona buni hurmatsizlik va fikrga qarshi chiqish deb tushunadilar. Bundan oiladagi muhit yaxshi boʼlib qolmasligi tushunarli. Nizo kelib chiqqan holatda (er yoki xotin qaynonasi yoki qaynotasining uyida yashasa) yoshlardan biri nizoni bartaraf qilish uchun “ikki oʼt orasida” qoladi. Аgar xotinning ota-onasinikida yashasa, kuyov bilan qaynonasi oʼrtasida, agar erning ota-onasinikida yashasa, kelin bilan qaynona oʼrtasida raqobat kelib chiqishi ehtimoli bor. Shunday muhim bir fakt borki, bizning oilalarimizda qizining erini (kuyovini) oʼgʼil deb atash, oʼgʼlining xotinini (kelinini) qizim deb atash anʼanasi mavjud. Oddiy model kelib chiqadi – farzandining huquqi asosida oilaga yangi aʼzo kirib keladi. Yaxshi munosabatda ekanligini bildirish belgisi bu – er-xotin bir- birining ota-onasini ona yoki ota deb chaqirishidir. Ota-ona oʼzining kelini yoki kuyovi haqida: “u bizga oʼz qizimizdek” yoki “u bizga oʼz oʼgʼlimizdek”, “biz uni oʼz uyimizga qabul qildik” degan iboralarni gapiradi. Katta avlod vakillarida avloddan mustahkamlangan ota-onalik funktsiyasini bajarish imkoniyati boʼladi: 133 yangi turmush qurgan “oʼgʼlini” yoki “qizini” nazorat qilish, oʼzlarining qoidalarini oʼtkazish, hatto buyruq berish, yaʼni har qanday tarbiyaviy funktsiya. Tushunarliki, yosh juftlik moddiy jihatdan kattalarga bogʼlangan boʼlsa, yoshlarni ushlab turgan “moddiy jilovning uzunligi”ga nazorat, buyruq toʼgʼridan-toʼgʼri bogʼliq boʼladi. Bunday holat yosh oila chegarasining, shaffofligining buzilishiga, yosh oila funktsiyalarining qoidalari oʼzgarishiga va hattoki toʼliq yoʼqolishiga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, oʼz hissiyotlarining buzilishi sodir boʼladi, munosabatlarning tarangligi, nikohdan norozilik hissi yuzaga keladi, baʼzida aytilmagan xafachilik, yechilmagan muammolar oqibatida jinsiy munosabatlarning buzilishi ham sodir boʼladi. XX asr oxirlarining psixologlari, xususan V.А.Sqsenko, S.G.Shuman, V.P.Jumanlar yosh oiladagi muammolarning asosiy omili bu jamiyatda ayolning ijtimoiy holatinining oʼzgarishidir, bular moddiy mustaqillik, teng huquqlilik, maʼlumot. Oilada asosiy boquvchi kabi rolni erkak yoʼqotayotganligi, kasbiy faoliyat tufayli uydagi tartibni saqlashga, bolalarni tarbiyalashga ayolning vaqti yetmayotganligi yuqoridagi muammolarning sababi. Xususan, nizolarning asosi bu erkaklar oiladagi liderlik rolini topshirishga tayyor emasliklari, uy xoʼjaligini yurita olmasliklari va bolalar tarbiyasini, ularga gʼamxoʼrlik qilishni boʼyniga olishni istamasliklari ham boʼlishi mumkin. Erkak asosiy kuchini kasbiy oʼsishga va moddiy yutuqlarga sarflaydi, kunlik “erkakka oid” uy vazifalarini bajarmaydi, shahar uylarida bunday vazifalar deyarli yoʼq ham. Аyollar esa, kasbiy oʼsishdan tashqari oʼzlarining uydagi “ayollik” vazifalarini bajarishni davom ettiraveradilar: ovqat tayyorlash, uy yigʼishtirish, bolani dunyoga keltirish, ularni tarbiyalash. Natijada, erkaklarga nisbatan bir necha barobar kunlik vazifalarga koʼmilgan ayollar surunkali qattiq charchashni, yuqori jizzakilikni orttirib oladilar va yana “nozik jins vakillari” deb ataladilar. S.G.Shuman, V.P.Shumanlarning tadqiqotlarida keltirilishicha, turmush qurayotgan yoshlar uydagi vazifalarni qanday bajarish, qanday taqsimlash haqida haqida oʼylamaydilar, bu esa keyinchalik muammolarni keltirib chiqaradi. V.L.Psixaning hisoblashicha, barcha muammolarning tomiri bu – turmush qurayotgan yoshlar kundalik hayotdagi asl yuzini – yaʼni egoistliklarini, dangasaliklarini, tartibsiz ekanligini, qizgʼanchiq ekanligini koʼrsatmaydilar, aksincha, ular xursandchilikka, muhabbatga toʼla boʼladilar. Muhabbat kabi hissiyotni inson doim tutib tura olmaydi, shuning uchun u yoʼqoladi, bunday paytda psixikaga dam kerak, qattiq charchoqdan inson jizzaki, sal narsaga lovullab ketadigan boʼlib qoladi. Buning barchasi ham ruhiy charchoq, ham inson tabiiy sifatlarining “yuzaga” chiqishidir, bu egoizm va yosh oilada muammoni yuzaga keltiradi. V.L.Psixa yana har kunlik hayot tarziga oʼtish bu eng avvalo chuqur psixologik jarayon ekanligiga eʼtibor qaratgan. Bu jarayon er yoki xotinning, yoki ikkalasining eski odatlariga, xulq-atvorining tabiiy shakllariga, eski qiziqishlariga 134 va doʼstlariga, hayotning tanish qoidalariga, xullas barcha eski narsalarga qaytishni xohlab, notinch boʼlganlarida boshlanadi. Toʼydan soʼng baʼzida eng arzimagan, elementar odatlardan ham voz kechishga toʼgʼri keladi. Masalan, uyqudan oldin kitob oʼqish, oʼzi xohlagan paytda kechki ovqatni yeyish, doʼstinikida ushlanib qolish. V.L.Psixaning hisoblashicha, oilaviy baxtning “Baz” degan asos, birlik shakllanayotgan paytda, erkak va ayolning normal psixologik rivojidagi bu inqiroz normal holat. Buning uchun esa er-xotinning ikkalasining ham maʼlum oʼzgarishlari zarur boʼlishi mumkin. Shunday qilib, yosh oilada bir qator muammolar boʼladi. Ulardan asosiylari moddiy-maishiy va uy-joy muammolari; psixologik muammolar; yosh er- xotinning ishga joylashish muammolari. Yosh oila oʼzining barcha funktsiyalarini amalga oshirishi uchun, ushbu muammolarning kompleks yechimi zarur. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling