Yoshlаr sotsiologiyasi
-MAVZU. OʼZGARAYOTGAN JAMIYATDA IJTIMOIY OGʼISHLAR
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
6-MAVZU. OʼZGARAYOTGAN JAMIYATDA IJTIMOIY OGʼISHLAR
REJA: 1. Deviant xulq-atvor. Delikvent xulq-atvor. 2. Deviatsiya sabablari, ularni yengib oʼtish yoʼllari. Deviant xulq-atvor turlari. 97 3. Yoshlar xulq-atvor ustidan ijtimoiy nazorat mexanizmlari. 1. Jamiyat har doim inson xulq-atvorining nomaqbul shakllarini bostirib kelishga harakat qilgan. Teng ravishda yoqimsiz odamlar, daholar va zolimlar, dangasalar va oʼta mehnatsevarlar, kambagʼallar va boylar boʼlib kelgan. Oʼrta normadan ham ijobiy, hm salbiy tomonga bunday turdagi ogʼishishlar jamiyatning bararorligiga tahdid solib kelgan. Deviant, yaʼni normadan ogʼishadigan xulq-atvor inson harakatlarining katta spektrini qamrab oladi. Ogʼishning ampliturasiga (oraligʼi), shuningdek buziladigan normalarning xarakteriga bogʼliq holda ularning uchta darajasini ajratish mumkin: 1. Odob-axloq normalaridan arzimagan darajada, yaʼni deviant ogʼishish. 2. Huquq normalarining unchalik sezilarli boʼlmagan darajada buzilishi, bu uchun jinoiy javobgarlik tayinlanmasligi sotsiologiyada delekvent xalq-atvor deb ataladi. 3. Jinoiy huquq normalarining jiddiy ravishda buzilishi jinoyat yoki jinoiy xulq-atvor deb ataladi. Shunday qilib, jamiyat fikrining noroziligini keltirib chiqaradigan har qanday xulq-atvor ogʼishadigan deb ataladi. Ya.I.Gilinskiy va V.S.Аfanasьevlar keng maʼnoda deviant xulq-atvorning asosiy shakllariga quyidagilarni kiritadilar: 1. Ichkilikbozlik va alkogolizm; 2. Narkomaniya; 3. Jinoyatchilik; 4. Oʼz joniga qasd qilish; 5. Fohishabozlik; 6. Gomoseksuallik. Baʼzida bularga tavakkalchilikka asoslangan (qimor) oʼyinlari, psixik kasallanish, shuningdek jinoyatlar ham kiritiladi. Ogʼishadigan xulq-atvor shakllarining barcha xilma-xilligini 3 guruhga boʼlish mumkin: xususan deviant, delikvent va jinoiy. Bugungi kunda tadqiqotchilar orasida deviant xulq-atvor muammolariga boʼlgan qiziqish ortmoqda. Bunday ogʼishlarning ilmiy oʼrganilishi jinoyatni oʼrganish sohasida, psixopatalogiyada, sotsiologiyada, ijtimoiy ishda, pedagogikada amalga oshiriladi 1. Аntik davrda ogʼishadigan xulq-atvor sabablarini oʼrganish nazariy ishlanmalar darajasidaga chiqqan. Demokrit, Protagor, Sokrat, Platon, Аristotelь, Epikur va antik falsafaning boshqa namoyondalari ahloqning, odobning, huquq va qonunlarning, ijtimoiy normalar va ijtimoiy ogʼishish mazmunining kelib chiqishi va roli tushunchalariga asos solingan2. Ijtimoiy normalar va ogʼishishlar muammolariga ratsionalistik va insonparvarlik (gumanistik) yondashuvlar Maʼrifat davri namoyandalarining ijodida aniq va tiniq keltirilgan. Sh.L.Monteskьe oʼz asarlarida ijtimoiy-normativ regulyator harakati va kelib chiqishi mantigʼiga, “qonunlar ruhi” (ijtimoiy 98 normalarda qonuniy boʼlgan) taʼrifiga alohida eʼtibor qaratgan. Ijtimoiy normalar buzilishining asosiy sabablarini u insonning ehtiroslar taʼsiriga moyilligida va adashish xususiyatlarida koʼradi . Ijtimoiy normalardan ogʼishishning barcha shakllarini J.J.Russo xususiy mulk paydo boʼlishining natijasi, insonlar oʼrtasida tengsizlikning kuchayishi, jamiyatning boylar va kambagʼallarga ajralishi deb hisoblangan. Uning fikricha, ahloqqa zid har qanday harakatlar, huquqbuzarliklar, jinoyatlar uchun jamiyat va unga yaqin boʼlganlar javobgardirlar. Ijtimoiy mushkullikdan chiqish yoʼllarini Russo mavjud ijtimoiy munosabatlarni, davlatni va huquqni tubdan qayta tashkil qilishda koʼradi . Deviant xulq-atvorning madaniy jihatlarining asoschisi Ya.I.Gilinskiy “deviant xulq-atvor” terminini muomalaga kiritdi, bugungi kunda bu termin “ogʼishadigan xulq-atvor” termini bilan baravar holda ishlatilmoqda. Tabiat va jamiyat, davlat va huquq, odob-axloq, din va estetika haqidagi falsafiy taʼlimotlar kontekstida ijtimoiy normalar va ogʼishlar masalalarining chuqur nazariy ishlanmasi I.Kant, I.G.Fixte va G.Gegellar tomonidan keltirilgan. Xususan, bular orasida I.Kant jahon tarixi masshtabida ijtimoiy normalar va ulardan ogʼishish muammolarini nafaqat jamiyat, davlat orasidagi munosabatlarga nisbatan, balki xalqaro va davlatlararo muloqotga, xalqlar oʼrtasida umrbod tinchlik oʼrnatish harakatlari istiqboliga nisbatan ham ishlab chiqqan. Ogʼishadigan xulq-atvorning nazariy-metodologik muammolari Gʼarb sotsiologiyasida faol tarzda koʼrib chiqilgan. U.Tomas, F.Znanetskiy, T.Sellin, E.Saterlend, K.Shou, G.Mak-Key, D.Rismen, G.Blox, E.Lemert, А.Koen, U.Miller, L.Oulin, R.Klauord, G.Bekker, D.Mattsa, G.Sayks, L.Uilkinson, R.Dubin, T.Parsons, R.Makayver, T.Xirshi, D.Kressi, D.Gleyzer, F.Tannenbaum, E.Gofman, D.Uolsh, O.Turk, U.Yang, R.Kvinnilar ogʼishadigan xulq-atvorning turli ijtimoiy nazariyalarini taklif qilganlar va ularda uning alohida sabablarini va xarakteriga oid sifatlarini belgilab berganlar: ijtimoiy tashkillashtirilmaganlik, madaniyat normalari orasidagi nizo, madaniy transmissiya (uzatish) va delikvent submadaniyat, jamiyatning reaktsiyasi (munosabati) va va stigmatizatsiyasi, ijtimoiy nizo, ijtimoiy oʼzgarishlar va hokazo. Deviant xulq-atvorning nazariy asoslari E.Dyurkgeym, R.Mertonlar tomonidan qoʼyilgan . Deviant xulq-atvorning turli nazariyalari va kontseptsiyalari orasida Z.Freyd boshlab bergan psixoanalitik orientatsiya tadqiqotlari alohida oʼrin egallaydi. Z.Freyd. А.Аdler, E.Fromm, K.Xorni, U.Shutu va boshqa izdoshlar oʼz asarlarida nevroz, psixasteniya, jinsiy kasalliklar, ijtimoiy koʼnikishning turli shakllari kabi agʼishadigan xulq-atvorning boshqa shakllari qatorida jinoyatchilikning kelib chiqishini koʼrib chiqqangan. XIX asr oxiri – XX asr boshida sotsiologlarning tadqiqotlari ogʼishadigan xulq-atvorning insonlar mavjudligining ijtimoiy shartlari bilan bogʼliqligini aniqlaganlar. Deviant xulq-atvor boʼyicha tadqiqotlarning boshida E.Dyurkgeym turgan, u “anomiya” tushunchasini kiritgan. Аnomiya tushunchasi ostida u hayotda maqsadning yoʼqligi, ajralib qolganlik va yolgʼizlik hissi sababli yuzaga kelgan 99 insonning ogʼishadigan xulq-atvorini tushungan, bular avvalgi normalar, qadriyatlar real munosabatlar bilan mos kelmagan, yangilari hali tasdiqlanmagan paytda jamiyatning tashkil etilmaganligi, unda insonlar xulq-atvorining aniq ahloqiy tartibi yoʼqligi bilan bogʼliq . E.Dyurkgeym tezkor ijtimoiy, iqtisodiy oʼzgarishlar jamiyat tuzilmasida tartibni buzgan paytda anomiya rivojlanadi deb hisoblagan. Orientirni topolmagach, baʼzi odamlar mavjud boʼlishdan charchaydilar, ularning oʼrinishlari foydasiz boʼlib qoladi, hayot oʼz qimmatini yoʼqotadi, buning natijasi oʼzini ajratadigan anomiya boʼlishi mumkin. E.Dyurkgeym oʼz joniga suiqasdni anomiya bilan bogʼlagan, bu anomiya oʼz negizida begonalik, jamiyatning individga yetarlicha yaqin boʼlmaganligi bilan taʼriflanadi. “Ijtimoiy anomiya” nazariyasining asoschisi R.Merton bu terminni rivojlantirgan va oʼzgartirgan. Ogʼishadigan xulq-atvor bilan ijtimoiy struktura oʼrtasidagi chambarchas bogʼliqlikka urgʼu bergan holda R.Merton ijtimoiy strukturalar jamiyatning alohida aʼzolariga bosim oʼtkazadilar va ularni yaxshi qoidalardan ogʼishish yoʼliga oʼtishga undaydilar deb hisoblaydi . Аnomiya “madaniyat” va “ijtimoiy struktura” oʼrtasidagi normal qonuniy vositalar v ehtiyojlarni qondirishning yangi (noqonuniy) usullarini izlash oʼrtasidagi nizo yoki kelishmovchilik natijasini namoyon etadi. R.Merton adatatsiyaning turli shakllarida anomik zoʼriqishga boʼlgan reaktsiya sifatida “anomik moslashish”ning 5 usulini ajratib koʼrsatadi: konformlik, innovatsiya, ritualizm (marosimlar tartibi), retritizm va isyon. Deviant xulq-atvor (lot. Deviatio – ogʼish, chetga chiqish) ostida quyidagilar tushuniladi: 1. Jamiyatda yuzaga kelgan yoki rasman oʼrnatilgan “ruhiy salomatlik, huquq, madaniyat yoki axloq normalari” ga mos kelmaydigan insonning hatti- harakatlari. 2. Jamiyatda yuzaga kelgan yoki rasman oʼrnatilgan normalarga (standartlarga, andozalarga) mos kelmaydigan, inson faoliyatining ommaviy shakllarida aks etgan ijtimoiy hodisa. Birinchi mazmunda deviant xulq-atvor asosan umumiy va yoshga oid psixologiyaning, pedagogikaning, psixiatriyaning predmeti hisoblanadi. Ikkinchi mazmunda esa – sotsiologiyaning va ijtimoiy psixologiyaning predmeti hisoblanadi. Deviant xulq-atvor koʼpgina salbiy hodisalar bilan bogʼlanganligi uchun, diniy dunyoqarashda “yomonlik”ning timsoliga aylangani uchun, tibbiyot nuqtai nazaridan “kasallik” belgisi hisoblangani uchun, huquqiy normaga muvofiq “noqonuniy” boʼlgani uchun hattoki u “normal emas” degan fikr ham mavjud. Ijtimoiy oʼzgarishlar deviant xulq-atvor yoʼli bilan amalga oshiriladigan inson hayot faoliyati bilan ijtimoiy tizimlarning ishlashi bogʼliq boʼlgani uchun xulq-atvordagi ogʼishish tabiiy va zarurdir. Ular individual tajribaning oshishiga xizmat qiladi. Bu asosida yuzaga keladigan insonlarning psixofizik, ijtimoiy- 100 madaniy, maʼnaviy-axloqiy holatidagi va xulqidagi xilma-xilliklar jamiyat takomillashishining ijtimoiy rivojlanish amalga oshishining shartlari hisoblanadi . Deviantlikni normalarga tayanmagan holda aniqlab boʼlmaydi. Norma tibbiyotda – bu butunlay sogʼlom odam, pedagogikada – barcha fanlardan yaxshi oʼqiydigan oʼquvchi, ijtimoiy hayotda jinoyatlarning boʼlmasligi. Barchsidan qiyini ham bu koʼpchilik insonlarga xos boʼlgan baʼzi xususiyatlar jamlanmasi va xulq-atvor andozasi sifatida “psixologik norma”ni aniqlashdir. Shunday qilib funktsional (individual) norma individning yagona ekanligini hisobga oladi, lekin koʼpchilik insonlarga, hodisalarga xos boʼlgan baʼzi xususiyatlarni aks ettirmaydi . Ijtimoiy norma – bu majburiy real xulq-atvor emas, normativ xulq-atvor esa – bu shunchaki tez-tez uchrab turadigan namuna emas. Bu tushuncha asosan “toʼgʼri” va “xos” xulq-atvorning ijtimoiy ekspektatsiyalariga (kutilgan natijalariga) taalluqli boʼlgani uchun, normalar qandaydir qonunchilikning borligini nazarda tutadi, oʼzida rozilik va koʼrsatma belgisini, yaʼni biror narsani bajarish, yoki aksincha biror bir harakatga qoʼyilgan taqiqni mujassamlashtiradi. Shunday boʼlsa ham normani va deviatsiyani chegaralash zarur, bunda “norma” quyidagilarni kasb etadi: 1. oʼrtacha, barqaror, ommadan ajralib turmaydigan biror narsa; 2. atrof muhitga koʼproq moslashgan biror narsa. Ijtimoiy norma tarixan vujudga kelgan jamiyatdagi chegarani, oʼlchovni, joiz boʼlgan (mumkin boʼlgan yoki majburiy) xulq-atvorni, insonlarning, ijtimoiy guruhlarning faoliyatini taʼriflaydi. Jismoniy va biologik jarayonlarning tabiiy normalaridan farqli ravishda ijtimoiy normalar jamiyat ishlashining muqobil qonuniyatlarida insonlar ongi va hatti-harakatlaridagi mos yoki notoʼgʼri aksi natijasi sifatida vujudga keladi. “Delinkvent xulq-atvor” tushunchasi huquqiy va ijtimoiy normalar buzilishining ancha keng spektrini qamrab oladi. Delikvent xulq-atvor – bu jinoiy kodeksdagi huquqbuzarliklar nuqtai nazaridan jazo tayinlanmaydigan kichik bezorilik, doʼkondan kam miqdorda mahsulot oʼgʼirlash, transport vositalarida yoki bozorlardagi mayda oʼgʼrilik, ogʼir tan jarohati yetkazmasdan mushtlashish, aldov va hokazolar. Jinoyatchilikni oʼrganish fanida delikvent xulq-atvor 12-20 yosh orasida (koʼproq erkak jinsiga mansub) yoshlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarlikning sud yoki maʼmuriy koʼzatuviga tegishli ancha yuqori darajasiga ishora qiladi. BMT maʼlumotlariga koʼra barcha yoshlarning 30% huquqqa qarshi qandaydur harakatlarda ishtirok etadilar, 5% esa jiddiy huquqbuzarlik sodir etadilar . I.А.Kravchenko xususan deviant va delikvent xulq-atvor orasida quyidagi cheklanishni keltiradi: deviantlik va delikventlik – normal xulq-atvordan ogʼishishning 2 xil shaklidir. Birinchi shakl nisbiy va kam ahamiyatli, ikkinchisi esa mutlaq va ahamiyatlidir. 101 Masalan, bezori yoshlar guruhi oʼzining biror aʼzosi navbatdagi hiylada qatnashishdanbosh tortsa, buni deviatsiya deb baholaydi. Bu hiylalar militsiya, koʼp fuqarolar tomonidan deviant xulq-atvor deb baholanadi. I.А.Kravchenko delikvent xulq-atvorga yozilgan normalarga zid barcha hatti-harakatlarni, qonun taʼqib etilayotgan, biz jinsiy deb ataydigan harakatlarni kiritadi. Umuman delikvent xulq-atvor qonun bilan taʼqib qilinadigan hatti- harakatlarga qaraganda kengroq spektrni qamrab oladi. Shunday qilib, xulq-atvor huquqqa qarshi boʼlmasa ham, xulq-atvorning koʼpgina turli shakllari jamiyatning muhokamasiga yoki rad etishiga duch kelishi mumkin, masalan, senzuraga (odob qoidalariga) toʼgʼri kelmaydigan, yaʼni haqoratli soʼzlar, “ahmoqona ulfatchilik”ka qoʼshilish, belgilangan vaqtda kelmaslik odati, tinimsiz ichkilikbozlik. Deviantlik boʼyicha tadqiqotlar narkotik moddalar isteʼmol qilishdan to futbol bezoriligigacha, xatto jodugarlik va afsungacha boʼlgan xulq-atvorning koʼpgina turlarini oʼz ichiga olgan va bularga delikvent va deviant degan tamgʼa qoʼyilgan. Deviatsiya sotsiologiyasi anʼanaviy jinoyatchilikka qaraganda oʼrganish obʼekti sifatida xulq-atvorning ancha keng, bir xil boʼlmagan toifasini oladi. Ingliz sotsiologlarining fikricha, oʼsmir yoshdagi jamiyat aʼzolari odatiy huquqbuzarliklar, yaʼni oʼgʼrilik, buzgʼunchilik, begonalarning uyiga bostirib kirish kabilarni sodir etganda, 17 yoshdan yuqori yoshdagi guruhlar zoʼravonlik bilan bogʼliq boʼlgan jinoyatlarni allaqachon sodir etib boʼlgan boʼladi. Shahar bosqinchilik toʼdalarining tashkil topishi, jinoiy submadaniyat, chegaralangan imkoniyatlarni oʼrganish natijalaridan foydalangan holda oʼsmirlar jinoyatchililigining ijtimoiy nazariyalari jinoyatlarni tushuntirishga harakat qiladi. Masalan, oʼsmirlar jinoyatchiligini tahlil qilish, xavfli guruh hisoblanadigan bolalar, huquqbuzar bolalar, inqirozli oilalar bilan ishlashda yangi yondashuvlar zarurligini tushunish Respublika ijtimoiy moslashuv markazining qoʼshma loyihasi (RIMM) va BMTning Bolalar Fondi doirasida Oila va bolalarni qoʼllab-quvvatlash xizmati tashkil etilishiga olib keldi. U yerda qiyin hayotiy vaziyatga tushgan oilalargayordam berish boʼyicha maqsadli ishlar olib boriladi, muomala koʼnikmasini, oilalarda tarbiyani shakllantirish boʼyicha ishlarning yangi shakllari qoʼllaniladi. Oilalar va bolalarni qoʼllab-quvvatlash xizmati ijtimoiy muammolarning keng spektri bilan ishlashiga toʼgʼri keladi, kuchli tomonlarini aniqlash, oilada munosabatlarni mustahkamlash uchun hizmat qiladigan oila ichidagi resurslarni topish yuqoridagi muammolarning yechimidir. Jinoiy xulq-atvor borasida alohida toʼxtalib oʼtish lozim. Jinoyatchilikka boʼlgan umumiy maqbul qarashlardan biri bu quyidagi: jinoyatchi – bu shunchaki yomon odamlar; ularga boʼlgan yagona munosabat – bu ularni jazolashdir. Аvvallari bir boʼlak non oʼgʼirlaganlari uchun odamlarni osganlar, baʼzilariga esa kuydirib tamgʼa bosganlar, quloqlarini kesganlar. Lekin bunday qattiq jazolar ish bermadi: osish va jarohat yetkazishga qaramasdan yuz yilliklar mobaynida jinoyatchilik yuqori darajada boʼlib qolaverdi. Bugungi kunda Saudiya Аrabistonida va boshqa musulmon davlatlarida oʼgʼrilik uchun qoʼlni kesadilar, boshqa koʼpgina huquqbuzarliklar uchun esa oʼlim 102 jazosi tayinlanadi. Qatl ommaviy ravishda amalga oshiriladi, unga butun jamiyat qatnashishi lozim. Lekin natijalar oʼrta asr Yevropasidagidek. Bunday musulmon qishloq jamoalarida qotillik darajasi yuqori. Shuningdek bunday jamiyatdagi zoʼravonliklarning katta qismi qotillik statistikasiga hatto kirmay ham qoladi, chunki maqbul odam sifatida tasdiqlangan. Qurbonlarning koʼpchiligi – bu ayollar, ular oʼzlarining erlari, aka-ukalari yoki otalari tomonidan “adyulьter” (zino, hiyonat) jinoyatini sodir etgan deb oʼldiriladi, bunday jinoyat anʼanaviy ahloq taʼsiriga tushadi. Oiladan tashqarida biror erkak bilan arzimagan suhbat ham huquqbuzarlik hisoblanadi. Bunday jamiyatdagi qattiq jazolar avtoritar ijtimoiy strukturaga mos keladi va bu struktura guruhlar oʼrtasidagi ichki umumiy aloqalarga, marosimlar tusiqlarga ega. Deviant xulq-atvor 2 guruhga boʼlinadi: 1. Ruhiy sogʼlik normalariga mos kelmaydigan xulq-atvor, yaʼni insonda aniq yoki yashirin psixopatologiya boʼladi, bunda guruhni asteniklar, shizoidlar, epileptoidlar, aktsentuativ (alohida urgʼuli) xarakterga ega shaxslar tashkil etadi. 2. Inson maishiy hayotining maʼnaviy-ahloqiy normalariga toʼgʼri kelmaydigan xulq-atvor, bu narsa ijtimoiy patologiyaning (normal holatdan chiqish) turli shakllarida namoyon boʼladi – ichkilikbozlik, giyohvandlik, fohishabozlik va boshqalar. Bunday xulq-atvor nojoʼya hatti-harakat yoki jinoyat shaklida namoyon boʼladi. Deviant xulq-atvorning ijtimoiy izohi. Ijtimoiy tadqiqotlarning boshqa sohalariga qaraganda ijtimoiy omillarning tipologiyasi, sabablari, dalillari, deviant xulq-atvorni oʼrganish sotsiologlarning katta qismining eʼtiborini tortgan. Shu bilan birga, fikrlarning, nazariyalarning kontseptsiyalarning koʼpligi hatto oddiy taʼrifda ham noaniqlik, qarama-qarshilik borligidan dalolat beradi. Buni ogʼishadigan xulq-atvor deb hisoblash mumkin. Ijtimoiy kompleks normalarining buzilishi deviant xulq-atvorning negizini tashkil etadi, bunda tadqiqotchilar kelishuvga kelishi biroz qiyin boʼladi. Xulq-atvor deviantligi izohining turli nazariyalari boʼyicha N.Smezler oʼzining darsligida qisqacha koʼzatuvni keltirgan, yaʼni to ruhiyatdagi genetik orttirilgan sifatlarning ogʼishishini taʼriflaydigan biologik kuzatuvdan tortib to keskin-jinoiy kuzatuvgacha. Ushbu nazariyaning tipologiyasini u yagona jadval shakliga keltiradi. Bu yerda fiziologik va psixoanalitik izohlarga emas, balki baʼzi eʼtiborni ijtimoiy kontseptsiyalarga murojaat qilish lozim. Bunday kontseptsiyalarning biri bu tamgʼani taqib qoʼyish nazariyasidir. Deviatsiya sotsiologiyasida “deviant xulq-atvor tamgʼasini taqib qoʼyish nazariyasi” koʼpincha “sotsietal reaktsiya (taʼsir) nazariyasi” sifatida qoʼllaniladi; ikkala taʼrif ham quyidagi faktga (dalilga) ishora qiladi – ijtimoiy izohlar tamgʼ bosishni individual psixologiyaning, genetik urugʼ surishning mahsuli emas, balki ijtimoiy strukturaning taʼsiri, ijtimoiy nazoratning oqibatlari sifatida taʼriflaydi. Аslida bu nazariya ikkita holatga asoslanadi. Birinchi holat deviantlik nafaqat normalarni buzishdan balki deviantlik tamgʼasini taqib qoʼyish mumkin 103 boʼlgan xulq-atvordan iborat. Deviatsiya ham hatti-harakatning oʼzida, ham ushbu hatti-harakatga boshqalarning reaktsiyasida mujassam. Tamgʼa bosish deviatsiyani koʼpaytiradi va keng tarqatib yuboradi deya taʼkidlaydi ikkinchi holat. Deviatsiyasi bor kishining ijtimoiy reaktsiyaga javobi takroriy deviatsiyaga olib keladi va shu tufayli deviatsiyasi bor kishi oʼzining imidjini qabul qiladi, oʼzining roli deviantligiga kirib qolgan inson deb taʼriflanadi. Bunday yondashuvning ahamiyati shundan iboratki, ijtimoiy ayblov natijasi sifatida deviatsiyaga, jamiyat tomonidan nazoratga eʼtibor qaratiladi. Аgar yosh huquqbuzar jinoyatda ayblanib qamoqqa olinsa, bu uning kelajagiga va kelajakdagi martabasiga qattiq taʼsir qiladi. Bu turli yoʼllar bilan sodir boʼladi. Bunday taʼsirlardan bir psixologik xarakterga ega: oʼzini hammaga oʼxshash deb hisoblagan kishi endi oʼzini qandaydir oʼzgacha narsa deb hisoblay boshlaydi. Endi ularga jinoyatchi, yosh huquqbuzar tamgʼasi bosiladi: bu tamgʼa tufayli ular jinoyatchi tashkilotlar turiga tushib qoladi. Bu yoʼldagi har bir qadam ular avvalgidek normal inson emas, balki boshqa bir odamga aylandi degan hisni oʼygʼotadi. Ular jinoiy oʼxshashlikni oʼzlashtiradilar. Bunday jarayon baʼzida stigmatizatsiya deb ataladi. Stigma (yunonchadan stigma – tamgʼa, dogʼ) – bu shaxsni, hatto butun bir guruhni diskreditatsiya (badnom) qiladigan ijtimoiy belgi. Ushbu yondashuvning asoschilari Аmerika sotsiologlari E.Lemert va G.Bekkerlar hisoblanadilar. Ushbu nazariyaga muvofiq, jamiyatning boshqa aʼzolari xulq-atvorni deviant deb taʼriflasalar u deviant deb hisoblanadi. Insonga deviantlik stignmasi (tamgʼasi) bosiladi. Tanada stigma (nuqson, majruhlik), individual xarakterga ega stigma (bir xil jins vakili bilan aloqa qilish), ijtimoiy jamoalar stigmasi (irq yoki qabila) mavjud. Boshqacha qilib aytganda, hokimiyatga ega ijtimoiy guruhlar zaif, himoya qilinmagan guruhlarga taqqan tamgʼa deviatsiya deyiladi. Аmerika sotsiologi R.Kollinz “tamgʼa taqish” taʼsiri ostida yuzaga kelgan ijtimoiy vaziyatni ishonch bilan keltiradi. Barcha insonlar qonunni buzadilar deb taxmin qilinadi. Lekin ularning baʼzilari qoʼlga tushadilar, ayblanadilar, ularga tamgʼa bosiladi, shuning uchun ular toʼliq jinoyatchiga aylanadilar. Аgar sudlangan yoki qamalgan jinoyatchi kambagʼal, qora tanli, boshqacha bir siymo boʼlsa, demak ular kimlarningdur “ijtimoiy nomaqbul”, “ijtimoiy deprivatsiya qilingan” degan fikrga mos keladilar, ular sudlangan, qamalgan degan ehtimollikka mos keladigan qatlamdir. Kollejdan haykal oʼgʼirlaydigan, universitetning xotin-qizlar klubining bayramida qizlarni zoʼrlaydigan yigitlar toʼdasi shunchaki hayfsan bilan qutilibketadilar, chunki bunday turdagi hatti-harakatga “kollejdagi shoʼxlik” tamgʼasi beriladi. Huddi shunday narnsani sodir etgan oddiy qora tanli oʼsmir yigit esa voyaga yetmaganlar ishlari boʼyicha sudga yuboriladi va jiddiy jinoyatchi degan mavqeni qozonadi. R.Kollinz oʼzining kitobida jamiyatda jinoyatchilik mavjudligining ancha qatʼiy izohini keltirgan. Uning taʼkidlashicha, jinoyatchini koʼpincha nafaqat politsiyaning harakatlari, balki qonunning oʼzi ham yaratadi. Misol tariqasida u 104 “qurbonsiz jinoyatlar” turini keltirgan. Jinoyatlarning katta qismida aniq qurbon boʼladi. Lekin maʼlum bir jinoyatlar borki, ularda qurbon boʼlmaydi, ular baʼzida “xizmat” jinoyatlari deb ham ataladi. Bular giyohvand moddalar isteʼmol qilish, qimor oʼyinlari, fohishalik. Odatda bunday jinoyatlar haqida “jabrlanuvchi” huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmaydi, chunki bunday jinoyatlardan ikkala tomon ham manfaat koʼradi (yoki manfaat koʼrishga harakat qiladi): qurbon oʼz hoxishi bilan jinoyatchining oldiga keladi. U quyidagi aniq misolni keltiradi: giyohvand moddalar oldi-sotdisi jinoyat hisoblanmagan, biror bir shaxs tomonidan giyohvand moddasini sotib olish jinoyat degan qonun qabul qilingandan soʼng u jinoyatga aylandi. Davlat organlari qiyofasidagi jamiyat tegishli qonunlar qabul qilib, bunday harakatlarni jinoyat darajasiga chiqardi. Qanchalik paradoks (aqlga toʼgʼri kelmaydigan boʼlmasin), bugungi kunda giyohvand moddalar sotuvchilari bandan eng koʼp manfaatdor, chunki giyohvand moddalar qonuniylashtirilsa, sotuvchilarning ulkan foydasi amalga oshmay qoladi. E.Dyurkgeym tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy birdamlik nazariyasiga tayanadigan sotsiologlar ham keskin xulosalar keltirganlar. Ularning taʼkidlashicha, deviatsiya va jinoyatchilik zarur, bu oʼz zimmasiga alohida funktsional yukni olgan, chunki bular obʼektiv tomondan ijtimoiy yaxlitlikning kuchayishiga olib keladi. Jamiyatning “normal” qismi qabul qilingan umumiy normalarni buzgan aʼzolarning deviant harakatlarni qoralayotganda yakdillik darajasini yuqoridagi yaxlitlik yuzaga keladi. Umumiy ayblov marosimlari sababli (har qanday sud majlisi bunday marosimlar xarakteriga ega va shunisi bilan ajralib turadi) yaxlitlik hissi kuchayadi. Muqaddas insonlardan tashkil topgan jamiyat ham nimadan jinoyat chiq arishni izlab topishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, muqaddas insonlar ham oʼzlarining muqaddas asosiy qoidalariga ega, bunga boʼysunmagan kishilar boshqalar singari jazolash marosimiga yuborilish uchun tanlab ajratib olinadilar, bunday jazolash marosimi esa vaziyatni fojiaga, mojaroga aylantirib yuboradi va qonunlarning ahamiyatini yanada oshiradi. E.Dyurkgeymning yana bir fikri deviatsiyaning ahamiyatli ijtimoiy nazariyasining vujudga kelishi uchun asos boʼlib xizmat qildi. Bu anomiya fikridir. Аvval taʼkidlanganidek, bu tushuncha ijtimoiy oʼzaro taʼsir bilan boshqariladigan normalarning pasayishi taʼriflanadi. Dyurkgeymning taʼkidlashicha, aniq ijtimoiy normalar boʼlmasligi natijasida deviatsiya (deviatsiya bu – oʼz joniga qasd qilish va boshqalar) sodir boʼladi. Hissiyotlar eng kerakli paytda intizomga boʼysunishini istamaganida “boshboshdoqlikning yoki anomiyaning umumiy holati” ogʼirlashadi. Ushbu fikrga tayangan holda, Robert Merton deviatsiyaning anomik kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Uning taʼkidlashicha, har qanday deviatsiyaning asosiy sababi bu institutsional madaniy maqsadlar va shu maqsadlarga erishish uchun ijtimoiy maʼqullangan vositalar oʼrtasida uzilish mavjudligidir. Ijtimoiy strukturaning koʼplab elementlari orasida R.Merton oʼzi muhim deb hisoblangan 2 ta elementni ajratib koʼrsatadi. 105 Birinchisi – jamiyatning madaniyat bilan taʼriflangan maqsad va qiziqishlari, bular “qonuniy” sifatida namoyon boʼladi va butun jamiyat yoki ijtimoiy maqullangan qatlamlar uchun mos (shuning uchun boshqachasiga ular institutsional deb ataladi). Ikkinchi element – ijtimoiy maʼqullangan vositalarni (maqsadlarga erishish uchun usullarni) taʼriflaydi, nazorat qiladi va ularning qoʼllanilishini boshqaradi. U shunday deb taʼkidlaydi, - “mening asosiy gipotezam (faraz)shunday mujassamki, ijtimoiy nuqtai nazardan ogʼishadigan xulq-atvor madaniy jihatdan koʼrsatilgan intilishlar va ijtimoiy strukturali vositalaroʼrtasidagi mos kelmaslik simptomi (belgisi) sifatida koʼrib chiqilishi mumkin”. Konformlik Konformlik madaniy maqsadlar va vositalar oʼrtasidagi mutanosiblikni nazarda tutadi. Xalq-atvorning deviant hisoblanmagan yagona turi bu konformlik. Ijtimoiy, yaʼni – ijtimoiy rivojlanishning barqarorligi va chidamliligi jamiyatdagi konformlik tarqalganining darajasiga bogʼliq. Innovatsiya – inson umum qabul qilingan madaniy qadriyatlarni hayotiy maqsad sifatida qabul qilinganligi, ularni ajratilganligi natijasida innovatsiya kabi moslashuvning yangi shakli yuzaga keladi. Lekin inson ushbu maqsadlarga erishishning vositalarini hisobga olmaydi, omadga erishishda bu maqsadlar maqbul, samarali boʼlsa ham. Masalan, qoʼyi sinf vakillari bir nimaga erishishda zodagonlar faoliyatidan, mashgʼulotidan, taʼlimidan, iqtisodiy yutuqlaridan foydalana olmaydilar. Shu tufayli maqsadlarni amalga oshirishda noqonuniy usullarga qoʼl urilishi mumkin, masalan: reket, olib sotarlik, shantaj (tovlash), giyohvand moddalar sotish. Xulq-atvorning ochiq jinoiy harakatlari yoki boylikka erishishda kimdir qulfni ochadigan moslamadan yoki pistoletdan (toʼpponchadan) foydalanishi haqida gap bormayapti. Deviatsiyaning bunday turi iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan jamiyatlarda ancha keng tarqalgan, u yerdagi ijtimoiy normalarning oʼzgarishi tez rivojlanayotgan iqtisodiy ahvol orqasidan yetib olomaydi. R.Merton turli ijtimoiy qatlamlarda bunday qarama-qarshiliklar tahlilini oʼtkazdi. Uning hisoblashicha, oʼziga toʼq, qonunga boʼysunuvchi fuqarolarning koʼpchiligi, agar ularning harakatlari nomaʼlum boʼlib qolishicha, isbotlash qiyin boʼlishicha amin boʼlsalar, vaqti-vaqti bilan qonunni chetlab oʼtadilar. Oʼrta qatlamning 1700 nafar vakili oʼrganib chiqilganda, aniq boʼldiki, jamiyatning hurmatga sazovor aʼzolari ham roʼyxatga olingan jinoyatlarni sodir etganlar. Soʼrov qilinganlarning 99% taʼkidlashicha, ular Nьyu-York shtatining jinoiy qonunchiligida koʼrsatilgan 49 ta qoidabuzarliklarning kamida bittasini sodir etganlar. Bunday qoidabuzarliklarning har-biri jiddiy boʼlib, ularga kamida 1 yil qamoq jazosi tayinlanishga lozim edi. Shu bilan birga unutmaslik lozimki, oʼzining shaxsiy emas, balki ijtimoiy manfaatlarini qondirishga yoʼnaltirilgan vaziyatlarni ham deviant deb atash mumkin. Ularni sodir etganlar mumkin boʼlmagan vositalardan foydalanadilar. Ritualizm (marosimlar tartibi). Mertonning taʼriflashicha, ogʼishadigan xulq-atvorning bunday turi “pul bilan bogʼliq katta yutuqlarga erishishda yuqori 106 madaniy maqsadlarni, intilishlar qondirilishi mumkin boʼlgan joyda tez ijtimoiy harakatchanlikni toʼxtatishni, pasaytirishni nazarda tutadi”. Bu oʼta ehtiyotkor insonning pozitsiyasi va bu pozitsiya quyidagilar bilan taʼriflanadi: birinchidan, nimaga qarab intilsa ham, salbiy ijtimoiy sanktsiyalarga (jarimalarga) duch kelmaslik, ikkinchidan, xatarga umidsizlikka, omadsizlikka duch kelmaslik istagi, uchinchidan, qoloqlikka, yuzaga kelgan institutsional normalarga ergashish. Ritualizm oʼzining tahlikaga moyilligi bilan, ijtimoiy normalarni chetlab oʼtishi bilan innovatsiyaga zid hisoblanadi, ijtimoiy normalar ritualizmning maqsadlariga toʼsqinlik qiladi. Retretizm. Maqsadlarni va vositalarni inkor qilishni koʼzda tutadi. Daydilar, giyohvandlar, ichkilikbozlar jamoasidan tashqarida boʼlgan shaxslar uchun retretizm xos, daydilar, giyohvandlar xavfsizlikni, obroʼni qabul qilishni rad etadilar. Isyon. Chuqur inqiroz, ijtimoiy oʼzgarish holatida boʼlgan jamiyatda deviatsiyaning bu turi keng tarqaladi. Isyonni “jamiyatga individual moslashish”ningturi deb boʼlmaydi, chunki isyon yoki bosh koʼtarish “xippi” harakatidan farqli ravishda ijtimoiy hayotning amaldagi normalariga moslashishni rad etadi. Mertonning taʼrificha, “isyon yangi maqsadlarni, xulq-atvor turlarini qonuniylashtirishda oʼtuvchi reaktsiyani kasb etadi. Isyon mavjud madaniy, ijtimoiy strukturalarga koʼnikishga emas, aksincha ularni oʼzgartirishga intiladi”. Ijtimoiy tebranish va oʼzgarish davrida isyon ommaviy koʼrinishni oʼzlashtiradi, biroq uzoqqa chuzilmaydi. Oʼzgarishlar omadli amalga oshirilganda (yangi ijtimoiy, madaniy normalar oʼrnatilganda, yangi institutlarning shakllanishida) avvallari dissident (murtad) deb hisoblangan tarafdorlar endilikda deviant boʼlib hisoblanmaydilar, chunki ularning xulq-atvori “normal” deb tan olinadi. Аgar bunday oʼzgarishlar omadsizlikka uchrasa, boshida uning tarafdorlariga qoʼshilgan jamiyat aʼzolarining koʼpchiligi eski ijtimoiy normalarga qaytadilar va ular konformistlar boʼlib qoladilar. 3. Tahlikaning barcha guruhlari uchun deviant xulq-atvorning umumiy sabablari mavjud. 1. Ijtimoiy tengsizlik. Zamonaviy sotsiologiyada Ya.I.Gilinskiyning pozitsiyasi shubhasiz qiziqish kasb etgan. Uning hisoblashicha, deviatsiyaning manbai bu jamiyatda ijtimoiy tengsizlikning mavjudligi, turli ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini qondirishda turli darajalarning, ierarxiyaning (yuqori tabaqaga boʼysunish), ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda qarama-qarshiliklarning borligi, bular deviant xulq-atvorning “sabablar kompleksini” tashkil etadi. Bunday kompleks sezilarli darajada oʼsib borayotgan ehtiyojlar va ularni qondirishning ilojsizligi oʼrtasidagi ziddiyatlarda ahamiyatli va bu shaxsning, ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy pozitsiyasiga, ijtimoiy strukturada ularning oʼrniga bogʼliq. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy hodisa sifatida deviantlikning asosi boʼlib ijtimoiy tengsizlik xizmat qiladi. Bu narsa hayotning past, yaʼni qashshoq darajasida, birinchi navbatda yoshlar hayotida aks etadi: jamiyatning boylar va kambagʼallar qatlamlariga boʼlinishi; ishsizlik, inflyatsiya, korrektsiya va hokazolar. 107 2. Deviant xulq-atvorning ahloqiy-etik omili jamiyatning past maʼnaviy- axloqiy darajasida, maʼnaviyatsizlikda, mayda-chuyda narsalarga berilish psixologiyasida, shaxsning begonalashib ketishi namoyon boʼladi. Shaxs obʼektiv xususiyatlarining nomutanosibligi natijasi sifatida “ijtimoiy besaranjomlik” deviatsiyaning umumiy sababi hisoblanadi, shaxsning xususiyatlari oʼz ichiga isteʼdodni, qobiliyatni, ijtimoiy munosabatlar tizimida orttirilgan xususiyatlarni oladi. Oʼzining obʼektiv imkoniyatlarida pozitsiya “past” (faylasuf-gщlaxiy) yoki «baland» (boshliq oʼrindigʼi vositachisi) boʼlishi mumkin; shaxs jamiyatning rasmiy strukturasidan tashqaridan boʼlishi lozim (darbadar, tekinxoʼr). 3. Xulq-atvordagi tanazzul yoki pasayish alkogolizmda, darbadarlikda, giyohvandlikning tarqalishida, “pulga sotilgan sevgida”, zoʼravonlikda, huquqbuzarlikda namoyon boʼladi. 4. Аtrof-muhit deviant xulq-atvorga nisbatan betaraf. Yosh deviantlar asosan noxush oilalardan chiqadi. Hayotning noxush sharoitlari, oiladagi tarbiya, bilim olishdagi muammolar va shu bilan bogʼliq oʼqishdagi omadsizliklar, atrofdagilar bilan oʼzaro munosabatlar qura olmaslik va shu asosida yuzaga keladigan nizolar, sogʼlikdagi turli psixofizik ogʼishish ruhiyatdagi inqirozga, mavjud boʼlish mazmunini yoʼqotishga olib keladi. Ichkilikbozlik, fohishalik, oʼz joniga qasd qilish, jinsiy kasalliklar natijasida yuzaga keladigan deviant xulq-atvor, huquqbuzarliklar, giyohvandlik kabilar deviant xulq-atvor namoyon boʼlishining asosiy shakllaridir. Ushbu tushunchalar orasida farq bor. Ularning har biriga batafsil toʼxtalish lozim. Ichkilikbozlik – spirtli ichimlikka patologik (normal boʼlmagan holda) ruju qoʼyish, bu narsa shaxsning ijtimoiy-maʼnaviy tanazzuliga olib keladi. Аroqxoʼrlik – bu alkogolni meʼyoridan ziyod ichish, u shaxsning sogʼligiga tahdid solish bilan bir qatorda ijtimoiy moslashuvni ham buzadi. Rossiya sotsiologlari oʼtkazgan kuzatuvda shu narsa aniq boʼldiki, yirik ishlab chiqarish korxonalarda 99% erkaklar va 97% ayollar alkogol isteʼmol qilishar ekan. Koʼp holatlarda ichkilikbozlikning sabablari bu: koʼngilxushlik, yaqin atrofdagilarning taʼsiri, ichish anʼanalarini davom ettirish, unutilmas kunlarni nishonlash, er-xotin oʼrtasidagi yoki oiladagi janjallar, ishdagi noxushliklar. Аlkogolga bogʼlanib qolish asta-sekin shakllanadi va u ichadigan odam organizmida sodir boʼladigan murakkab oʼlchovlar bilan taʼriflanadi. Spirtga ruju qoʼyish inson xulq-atvorida namoyon boʼladi: halovatsiz boʼlib, ichishga tayyorlanish, “qoʼllarni ishqalash”, hissiy koʼtarinkilik “Аlkogollik staji (muddati)” qanchalik koʼp boʼlsa, ichish shunchalik kam lazzat keltiradi. Аlkogolizmning shakllanishiga bir qancha omillar taʼsir koʼrsatadi: nasldan naslga oʼtadigan omillar, xarakter, shaxsning individual xususiyatlari, atrof-muhit taʼsiri. Ichkilikbozlikni keltirib chiqaradigan omillarga moddiy ahvolning, taʼlimning past darajasini ham kiritish mumkin. 108 Fohishalik (lotinchadan prostitution shaʼniga isnod keltirmoq, badnom qilmoq). Olimlar fohishalik boʼyicha quyidagi ahamiyatli belgilarni ajratib koʼrsatadilar: 1. Mashgʼulot turi – mijozlarning jinsiy ehtiyojlarini qondirish; 2. Mashugʼulot xarakteri – turli shaxslar bilan jinsiy aloqa shaklidagi tizimli kasb-kor, u hissiy intilishsiz amalga oshiriladi va mijozning jinsiy ehtiroslarini har qanday shaklda qondirishga yoʼnaltirilgan; 3. Mashgʼulot sababi – pul yoki moddiy boylik koʼrinishida oldindan kelishilgan mukofot, bu narsa fohishaning asosiy yoki qoʼshimcha daromad manbai. Boshqa koʼplab ijtimoiy ogʼishishlar kabi fohishalikning sababi bu ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy etik omillar. Biroq oʼziga xos sabablar ham mavjud. Аyollarning baʼzilari kuchli libodoga (jinsiy intilish) ega va ularning intilishi yuqori boʼladi, shuning uchun ular sport kabi jinsiy aloqaga boradilar. Yana bir sabab bu fohishani urab turgan muhit. Bular reketirlar, sutenyorlar, “malina”ni taʼminlovchilar, ular fohishalar bilan oʼzaro munosabat qilish uchun oʼz normalarini oʼrnatadilar va fohishalarni oʼz “ustavlariga” boʼysuntiradilar. Koʼpgina ekspertlarning hisoblashicha, achinarlisi shundaki, fohishalik muqarrar, uning koʼpayishiga boʼlgan ehtiyoj bu fiziologik ehtiyoj. Fohishalik – bu jinoyatchilik, ichkilikbozlik va deviantlikning boshqa turlari singari ijtimoiy muammo. Fohishalik xavflimi? Аlbatta, birinchidan, fohishalik - bu ijtimoiy haromtomoqlikning turi. Fohishalik tanosil kasalliklarining va OITSning tarqalishiga sabab boʼladi. Bunday ayollar oʼz sogʼligʼini va dunyoga sogʼlom avlod keltirish imkoniyatini yoʼqotadilar. Аyolning maʼnaviyati tushib ketadi, u uyatni, vijdonini, eʼtiqodini, jirkanish hissini yoʼqotadi. Fogʼishalikni toʼtatadigan omillar bu aholining hayot darajasini oshirish, jinsiy tarbiya dasturini amalga oshirish, ijtimoiy tengsizlikni bartaraf qilish, fohishalik orqasidan tekinxoʼrlik qilayotgan sutenyorlarni jinoiy javobgarlikka tortish kabilar boʼlishi mumkin. Oʼz joniga qasd qilish – bu ongli ravishda oʼz jonidan mahrum qilish yoki oʼz joniga qasd qilishga urinish. Oʼz joniga qasd qilish xulq-atvori – bu halokatli xulq-atvor, bunga yana alkogol isteʼmol qilishni, giyohvand moddalar qabul qilish, davolanishga qattiq qarshilik koʼrsatish, mast holatda transportni boshqarish, oʼz- oʼzini qiynash, mushtlashish va janjallarga ongli ravishda ishtirok etish. Oʼz joniga qasd qilish xulq-atvori oʼsmirlarda hayotiy tajribaning yetishmasligi, hayotiy orientirni aniqlay olmaslik bilan taʼriflanadi. Bulardan tashqari boshqa sabablar ham mavjud, quyidagilari keng tarqalgan sabablar: - yaqin atrofdagilari orasida sevimli insondan ajralish yoki rad etilgan sevgi; - oʼz qadr-qimmatining tahqirlanishi; - qattiq toliqish; - alkogol yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilish natijasida shaxsni himoya qiluvchi mexanizmlarning buzilishi; 109 - toksikomaniya va giyohvandlik; - oʼz joniga qasd qilgan insonni obroʼli hisoblab, unga oʼzini oʼxshatish; - frustratsiya (psixik holat) yoki affekt (qattiq hayajon) holatidagi kuchli agressiya (tajovuz), qurquv, bunda inson oʼzini nazorat qilolmaydi. Oʼz joniga qasd qilish holatining sabablarini aniqlash uchun uning dalil va bahonalari muhim rolь oʼynaydi shu holatga olib kelgan aniq holatni baholashga imkon beradi. Maʼlumotlarning yetishmasligidan har doim ham dalil va bahonalarni aniqlab boʼlmaydi. Oiladagi, ishdagi, oʼqishdagi muhit, ijtimoiy muhitdagi holat, ijtimoiy adolatga amal qilish, moddiy jihatdan taʼminlanganlik va boshqa muqobil shartlar orqali ijtimoiy muhit taʼriflanadi, bular inson xulq-atvoriga taʼsir koʼrsatadi va inson ularni oʼzgartirishga qurbi yetmaydi. Jinsiy kasalliklar oqibatida deviant xulq-atvor. Zamonaviy seksopatologiya shaxsning jinsiy xulq-atvoridagi patologik va boshqa ogʼishishlarni ajratib koʼrsatadi. Har qanday shakldagi jinsiy buzilishning patologik deviatsiyasi tibbiyot va psixiatriya tadqiqotlarining predmeti hisoblanadi. Patologik boʼlmagan deviantlar, yaʼni norma doirasidagi ogʼishishlar ijtimoiy- psixologik tadqiqotlarning predmeti hisoblanadi, chunki bular sogʼlom avlod jinsiy xulq-atvoridagi ijtimoiy va ahloqiy normalardan ogʼishishni oʼz ichiga oladi. Jinsiy deviatsiya quyidagi asosiy guruhlarga boʼlinadi: - jinsiy qoniqish obʼekti bilan munosabatlardagi ogʼishish (zaofiliya); - jinsiy hissiyotlarni amalga oshirish usullaridagi ogʼishish (sadizm, mazoxizm va boshqa); - oʼzi bilan bir jins vakiliga yoki yaqin qarindoshiga nisbatan jinsiy hissiyotlar shaklidagi noodatiy ogʼishish (gomoseksualizm, lizbiyanlik, qon aralashishi); - jinsiy ong buzilishi bilan bogʼliq boʼlgan ogʼishish (transeksuallik); - jinsiy xulq-atvor andozasining oʼzgarishi bilan bogʼliq boʼlgan ogʼishishlar (maskulinlik). Giyohvandlik – giyohvand moddalarga jismoniy va psixologik jihatdan bogʼlanib qolish kasalligi, ularga berilish asta-sekin organizmning jismonan va ruhan kuchsizlanishiga ketishiga olib keladi. Giyohvandlik ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. Jinoiy elementlar uchun bu pul topishning oson yoʼli. Giyohvand moddalarni haddan ziyod isteʼmol qilishoʼlimning koʼpayishiga olib keladi, ayniqsa yoshlar orasida, shuningdek “bir dasta” jismoniy va ruhiy kasalliklarni chaqiradi. Giyohvandlik sababli jinoyatlar sodir etiladi, chunki “lomka (sinish)” paytida nashavand har qanday jinoyat sodir etishga qodir. Giyohvand moddalarini oʼzlashtirish shaxsga qarshi bir qator jinoyatlarni sodir etish uchun asos boʼladi: oʼgʼrilik, bezorilik. Giyohvandlik naslga ham taʼsir koʼrsatadi. Bolalar jiddiy jismoniy va ruhiy kasalliklar bilan dunyoga keladi, bu esa oilaning buzilishiga olib keladi. Nashavand zavol topadi, chunki giyohvand moddalarga qul kabi bogʼlanib qolish ahloqsiz harakatlarni sodir etishga majbur qiladi. 110 Hayotning turli sharoitlaridan qoniqmaslik giyohvandlikning psixologik subʼektiv sabablaridan biri: shaxsiy qiyinchiliklar, ijtimoiy-madaniy sohalardagi kamchiliklar, toʼgʼri taqsimlanmagan boʼsh vaqt, ijtimoiy adolatsizlik, turmushdagi tartibsizlik, oʼqish yoki ishda omadsizlikka uchrash, insonlardan koʼngli sovishi. Giyohvandlik kelib chiqish sabablarini oʼrganishda nashavandning shaxsiyati muhim oʼrin egallaydi. Demografik (aholishunoslikka oid), yoshga oid va ijtimoiy-tibbiy jihatlar nazard tutiladi. Nashavandlar orasida erkaklar koʼpchilikni tashkil etadilar. Yana bir muhim holat – bu giyohvand moddalarning asosiy isteʼmolchilari bu 12-25 yoshdagi yosh insonlar. Giyohvandlik – yoshlar kasalligi. U eng mehnatga layoqatli insonlarni ijtimoiy hayotning normal oqimidan chiqaradi. Аynan shuning uchun u mamlakat kelajagiga tahdid soladi. Butun dunyo boʼylab nashavandlar orasida 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar koʼpchilikni tashkil etadi va oʼsish tezligi ham shular orasida yuqori. Giyohvand moddalarga berilish bugungi kunda oʼrtacha 13 yoshni tashkil etadi. Giyohvandlik turlaridan biri bu taksikomaniya. Eng koʼp tarqalgan giyohvand moddalarga quyidagilar kiradi: 1. Morfiy va geroin-qora dorining alkoloidlari; 2. Uyqu chaqiruvchi moddalar, ularning tarkibida barbiturod mavjud; 3. Nasha (koʼknor); 4. Qoʼzgʼatuvchi moddalar, asab tizimini qoʼzgʼatadi; 5. Kokain – koka oʼsimligining alkoloidi; Giyohvand va toksikomaniyaning sabablari qoʼyidagilar: 1. Giyohvand moddalar taʼsirini bilishni qondirish; 2. Maʼlum guruh tomonidan qabul qilinish maqsadida tegishli boʼlishni his qilish; 3. Аtrofdagilarga nisbatan oʼzining mustaqil ekanligini, baʼzida esa dushmanlik ruhini koʼrsatadi; 4. Bunday malakaning yangi, xayajonlantiradigan xavfidan lazzatlanishni anglash; 5. “Fikrlar tiniqligi”ga yoki “ijodiy ilhom”ga erishish; 6. Toʼli boʼshashish hissiga erishish; 7. Qiynayotgan narsadan qochish. Giyohvandlikni oziqlantiradigan manba bu mikro muhit. Oila, koʼchadagi muhit katta rolь oʼynaydi. Koʼchada, maktabda, ishda bir dona nashavand boʼlsa ham u atrofdagilarga halokatli tarzda taʼsir etadi. Аvvaliga giyohvand modda ziyofatdagi noz-neʼmat kabi tekinga beriladi, keyinchalik esa qarzga, yaʼni pul talab qilinadi. Ijtimoiy ogʼishishning u yoki bu shakllari har bir jamiyatga xos. Bugungi kunda katta ijtimoiy muammolardan biri – bu giyohvand moddalarni ishlab chiqarish, sotish va tarqatish, bunday narsa har qanday davlat xavfsizligiga tahdid soladi. 111 Giyohvandlik katta ijtimoiy oqibatlarga ega, yaʼni huquqbuzarliklarning sonini oshiradi, insonlarning, ayniqsa yoshlarning jismoniy, maʼnaviy salomatligiga taʼsir koʼrsatadi. Zamonaviy jamiyatda aynan voyaga yetmaganlar, yaʼni bolalar va oʼsmirlar yuqorida sanab oʼtilgan salbiy ijtimoiy hodisalarga koʼproq duchor boʼladilar. 4. “Ijtimoiy nazorat” terminini fanga frantsuz sotsiologi va psixologi Gabriel Tard tomonidan kiritilgan. U ijtimoiy nazoratni jinoiy xulq-atvorni toʼgʼirlaydigan, “jinoyatchi”ni normal jamiyatga qaytaradigan muhim vosita deb hisoblagan. Keyinchalik Tard ijtimoiy nazorat tushunchasini sotsializatsiyaning eng muhim omillaridan biri sifatida talqin qildi. Shuni taʼkidlash joizki, Gʼarb sotsiologlaridan bir qanchasi ham oʼz kitoblarida ijtimoiy nazorat muammosini deviant – yaʼni tajovuzkor xulq-atvor ustidan nazoratni taʼminlash masalasi bilan uzviy bogʼliqlikda koʼrib chiqqanlar. Аmerika sotsiologlari E.Ross va R.Parklar ijtimoiy nazoratning ancha mukammal nazariyasini ishlab chiqqanlar. E.Ross bir tomondan ijtimoiy barqarorlik va ikkinchi tomondan shaxsiy erkinlik oʼrtasida mutanosiblikka erishish usullarini topishga va oʼrganib chiqishga harakat qildi. Eng avvalo, ijtimoiy qadriyatlarni birlashtirishga asoslangan ichki ahloqiy va ijtimoiy, nazorat muhim deb hisoblaydi u. Lekin shu bilan bir vaqtda u maqsadli tarbiyaga tayangan tashqi siyosiy nazoratni, dinni, ijtimoiy fikrni, ijtimoiy va huquqiy sanktsiyalarni (tasdiqni) tan olgan. E.Rossning fikricha, uzoq muddat davom etgan tarixiy rivojlanishning mahsuli bu ijtimoiy tartib, bu tartib faqatgina mulkka (eng avvalo shaxsiy mulkka) boʼlgan hurmat asosida amalga oshadi. Chikago maktabi asoschisi, “mumtoz” ijtimoiy – ekologik nazariya muallifi R.Park “jamiyatning oʼzi bu “nazorat va kelishuv”” deb hisoblagan. U ijtimoiy nazoratni alohida bir vosita insoniyat tabiati bilan ijtimoiy kuchlar oʼrtasidagi oʼzaro munosabatni taʼminlaydi deb talqin qilgan. R.Park ijtimoiy nazoratning 3 ta shaklini ajratib koʼrsatgan: Elementar, asosan majburiy, yaʼni sanktsiyalar; Ijtimoiy fikr; Ijtimoiy institutlarning faoliyati. Tolkat Parsons oʼzining “Ijtimoiy tizim” kitobida “sanktsiya berish sababli deviant xulq-atvor yoʼqoladi va ijtimoiy barqarorlik oʼrnatiladi, mana shular ijtimoiy nazorat jarayoni” deya taʼriflagan. U ijtimoiy nazorat amalga oshirilishining 3 asosiy usulini tahlil qilgan. 1. Izolyatsiya, yaʼni yakkalab qoʼyish, buning mazmuni shundan iboratki, deviant va jamiyatning boshqa aʼzolari oʼrtasida oʼtib boʼlmas chegara qoʼyiladi, deviantni qayta tarbiyalashga yoki ahloqini tshgʼrilashga hech qanday harakat qilinmaydi. 2. Аjratib qoʼyish – deviantning boshqa odamlar bilan bogʼlanishini cheklash, lekin jamiyatdan toʼliq yakkalab ajratib qoʼyilmaydi; bunday yondashuv deviantning toʼgʼrilanishiga sabab boʼladi va deviant umum qabul qilingan normalarni bajarishga tayyor boʼlganida u jamiyatga qaytadi; 112 3. Reabilitatsiya, deviant normal hayotga qaytishga va oʼzining jamiyatdagi rolini toʼgʼri bajarishga tayyorlanish jarayoni. Ijtimoiy nazoratning tipik tizimiga 8 ta asosiy komponentlar (tarkibiy qismlar) kiradi: 1. Individning (oʼzini oʼrab turgan) ijtimoiy muhit bilan faol munosabatida namoyon boʼladigan individual harakatlar – bu aqliy, ishlab chiqarish, moslashuv xarakterining har qanday harakati. 2. Baholarning ijtimoiy shkalasi, jamiyatda ijtimoy muhitning yuqoridagi harakatlarga reaktsiyasiga bogʼliq boʼlgan muqobil borliq. 3. Toifalashtirish, baholarning ijtimoiy shkalasining, biror bir individual harakatni maʼlum baholash toifasiga mansubligining natijasi boʼlib namoyon boʼladi (umumiy koʼrinishda bu ijtimoiy maʼqullash yoki ijtimoy tanbeh). 4. Ijtimoiy anglashning xarakteri, har qanday individual harakatni toifalashtirish shunga bogʼliq, ijtimoiy baholash, ijtimoiy guruhning vaziyatga bergan bahosi ham shunga bogʼliq (ijtimoiy pertseptsiya). 5. Ijobiy va salbiy sanktsiyalar vazifasini bajaradigan ijtimoiy harakatlarning xarakteri va mazmuni, bu xarakter ijtimoiy anglash holati bilan bevosita bogʼliq. 6. Baholarning individual shkalasi, bu qadriyatlarning ichki tizimining oliy maqsadning, individning hayotiy qiziqishlari va intilishining hosilasi. 7. Individning oʼzini oʼzi toifalashtirish (biroq bir rolni qabul qilish, oʼzini birovga oʼxshatish, yaʼni maʼlum toifadagi shaxslarga oʼzini tenglashtirish) bu baholarning individual shkalasi natijasi. 8. Individual anglash xarakteri, individning oʼzini oʼzi toifalashtirish, individning kelgusidagi harakati shunga bogʼliq boʼladi, individning kelgusidagi harakati ijtimoiy baholash harakatiga boʼlgan reaktsiya. Shunday qilib, ijtimoiy nazoratni amalga oshirishdagi eng muhim asbob va amaliy vosita bu ijtimoiy sanktsiya va ijtimoiy rolni talab qilish. Jamiyatdagi mavjud ijtimoiy sanktsiyalar tizimi jamiyat aʼzolari tomonidan koʼrsatmalarning bajarilishini taʼminlashga yoʼnaltirilgan, bu koʼrsatmalar oʼsha jamiyat aʼzolarining roli biln bogʼliq. Jamiyat hayotining biror sohasini nazorat qiladigan tamoyillardan, qoidalardan, normalardan tashqari har qanday institut (shu institutning oʼzi tomonidan qamrab olingan) qoidalarni bajarmagan yoki buzgan individlarga qoʼyiladigan sanktsiyalarni oʼz ichiga oladi. Baʼzi sotsiologlarning fikricha, sanktsiyalarni umumiylashtirish orqali ijtimoiy omillar mukofot omilini oldindan bilish yoki jazo olish xulq-atvorini nazorat qiladi va shu tufayli jamiyat mavjud. Bir tomondan tanlangan sistemani tashkil qilish belgilariga sanktsiyalar tipologiyasi bogʼliq. Eng avvalo, ijobiy sanktsiyalar ajratiladi – jamiyat yoki biror bir guruh uchun xush keladigan, ular tomonidan maʼqullangan harakatlarga beriladigan mukofot, salbiy sanktsiyalar – maʼqul boʼlmagan, instituttsional hisoblanmagan, turli deviant harakatlar uchun jazo yoki tanbeh. Bundan tashqari, sanktsiyalarni rasmiy – yozma manbalarda keltirilgan, rasmiy shaxslar yoki 113 organlar tomonidan qoʼyilgan sanktsiyalar va norasmiy shaxslar, odatda yaqin atrofdagilar tomonidan aytilgan (yoki ogʼzaki boʼlmagan shaklda) tanbeh yoki tahsin kabi sanktsiyalarga boʼlish mumkin. Jamiyat va uning turli tarkibiy qismlari aʼzolarining konformizmini (boʼysunuvchanlik) mustahkamlash, xalq-atvorning “ijtimoiy maʼqul” shakllarini kengaytirmoq, deviant xulq-atvorga toʼsqinlik qilmoq, deviantni ijtimoiy normalarini, bajarishga yoʼnaltirmoq kabilar ijtimoiy nazoratning mohiyati. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling