Yoshlаr sotsiologiyasi


PROFESSIONAL VA BOʼSH VAQT ORIENTATSIYASI


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

PROFESSIONAL VA BOʼSH VAQT ORIENTATSIYASI 
REJA
1. 
Talabalik – yoshlar guruhlarining biri sifatida
2. 
Talabalarning taʼlim faoliyati 
3. 
Taʼlim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bandligi muammolari 
Talaba yoshlar aholining alohida toifasini tashkil etadi. Ular jamiyatda 
oʼzining alohida funktsiyasiga ega, va bu funktsiyalarni hech bir ijtimoiy 
demografik guruh bajara olmaydi va amalga oshirolmaydi. Talaba yoshlar 
oʼzlarining oʼtmishdoshi tomonidan fanda texnikada, taʼlimda, madaniyatda, 
adabiyotda, sanʼatda, inson hayot faoliyatining barcha sohalarida ishlab chiqilgan 
yangiliklarni tezda qabul qiladi. Katta yosh va qariyalarnikidan farqli oʼlaroq ular 
hayotining boshlanishi ancha yuqori pogʼonada turadi. 


77 
Ijtimoiy-demografik guruh sifatida ular aniq soni, jinsiy-yoshga oid 
tuzilishi, hududiy taqsimoti, aniq ijtimoiy holati, roli, statusi bilan taʼriflanadi, 
sotsializatsiyaning alohida bosqichi bilan farq qiladi, bu bosqich doirasida yoshlar 
hayot faoliyatining asosiy bosqichlarida oʼquv-professional, ijtimoiy-siyosiy, 
ijtimoiy-madaniy qiziqishlar shakllanishi va amalga oshishi sodir boʼladi. 
Shu bilan birga, talabalik endigina ijtimoiy hayotga qadam qoʼyayotgan 
boʼladi, u hali mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, gʼoyaviy-siyosiy, oilaviy-maishiy 
jarayonlar bilan birlashmagan boʼladi. 
Yoshga oid bunday bosqich oʼzini ijtimoiy jihatdan va shaxs sifatida 
anglash bilan bogʼliq. Shuning uchun, bu yoshda oʼsmir yigit-qizlarda maqsad sari 
intilish, qatʼiyatsizlik, tashabbuskorlik kabi shaxsiy sifatlarni mustahkamlash zarur. 
Oʼsmirlik chogʼida faoliyatning ijtimoiy-axloqiy motivlari, ruhiy masalalarga: 
javobgarlikka, farzga, sodiqlikka qiziqish batamom shakllanib boʼladi. 
Oʼqishdan tashqari vaqtda talabalarda vaqtinchalik bandlik muammolari 
yuzaga keladi, shuningdek yoshlarning qoʼshimcha mehnat qilishlarini taʼminlash 
tizimining yoʼqligiga duch keladilar. Boʼsht vaqtning past madaniyati, baʼzida esa 
aqliy, ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishda imkoniyatlarning yoʼqligi 
talabalarning huquqqa qarshi harakatlariga, talabalar shaharchasida tartibsizliklar 
koʼtarishiga sabab boʼladi. Аfsuski, bugungi kunda yoshlar muhiti orasida 
kashandalik, alkogol qabul qilish, narkomaniya va taksikomaniyaning tarqalishi 
kengayib bormoqda. Yoshlar oʼrtasida yosh sogʼlom oilani shakllantirish, demakki 
sogʼlom bola tugʼilishi masalalari dolzarbdir. Yosh oilalarning 45% iqtisodiy 
mulohaza sababli farzand tugʼilishini keyinga qoldiradi. Statistika maʼlumotlariga 
koʼra, boshqa oilalarga qaraganda kam taʼminlangan oilalarning ulushi katta. Yosh 
insonlar oʼrtasida nikohlar sonining kamligi favqulotda choralar qabul qilish 
zaruriyatiga olib keladi. 
Yuzaga kelgan vaziyatni yoshlarning ijtimoiy faolligi, ularning kasbiy va 
ikkilamchi bandligi muammolari, narkomaniya va taksikomaniyaning rivojlanishi, 
fuqarolikning sust rivojlangan hislari, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor 
yoʼnalishlarining amalga oshishi orientatsiyasi bilan tahlil qilish talaba yoshlarga 
nisbatan mahalliy organlar faoliyatining asosiy maqsadlari: shaharda yuzaga 
kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga talaba yoshlarning tez va ijobiy 
koʼrinishlari uchun sharoit yaratish, shahar hamjamiyatining oʼziga xos 
sharoitlariga talaba-yoshlar salohiyati rivojlanishining yoʼnalishlari kabilari 
aniqlanadi. 
Talaba yoshlar va ularning ijtimoiy-tarixiy oʼzgarishlaridagi rolini 
oʼrganish XVIII asrda R.Ouena va Sh.Furьelar taʼlimotida koʼrib chiqilgan. XIX 
asrning oxirida amerikalik faylasuflar L.Uord va Dj.Dьyuilar ushbu masalani 
rivojlantirishni davom ettirdilar. 
Keyinchalik esa yoshlar muammolari Emilya Dyurkgeyma, Tolkotta 
Parsonsa, Pьera Burdьe va boshqalar asarlarida oʼz ifodasini topgan. XX asrning 
boshida Yevropada, Rossiyada, АQShda, Yaponiyada, yaʼni oliy taʼlim 
muassasalari bor davlatlarda 400 ming talaba oʼqigan. 


78 
Talaba yoshlarning taʼlimi va oʼqishga boʼlgan qiziqishlari, taʼlim 
sotsiologiyasining umumiy muammolari, jamiyat va taʼlimning oʼzaro aloqadorligi 
va oʼzaro taʼsiri tadqiqotlarining maʼlum tajribasi toʼplangan (L.Borisova, 
Yu.Vishnevskiy, G.Zborovskiy, S.Ikonnikova, Yu.Kolesnikov, V.Lisovskiy, 
M.Rutkevich, L.Rubina, E.Saar, M.Titma, V.Turchenko, G.Cherednichenko, 
V.Shapko, V.Yadov va boshqalar). 
А.N.Semashko ham talabalikni alohida ijtimoiy guruh sifatida taʼriflagan. 
U “talabalikni faqatgina aql-zakovat statusini egallash va unga tayyorlanish holati 
sifatida koʼrib chiqish notoʼgʼri... talabalik uni alohida ijtimoiy guruhga kiritish 
uchun yetarli boʼlgan barcha zarur xarakteristikaga ega”, deya taʼkidlagan. Boshqa 
sotsiolog M.N.Rutkevich jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tarkibi aloqadorligi haqida 
fikr yuritgan: ““Ijtimoiy guruh” terminining ishlatilishi sinflar nazariyasida oʼz 
aksini topgan, masalan, ayollar, yoshlar, pensionerlar va boshqalar kabi oʼziga xos 
qiziqishlarga ega ijtimoiy guruhlar demografiya asosida oʼrganiladi va aniqlik 
uchun ijtimoiy-demografik deb atalishlari mumkin”1. 
Talabalikka bagʼishlangan mavjud ijtimoiy asarlarda individlarning ushbu 
majmuiga ijtimoiy guruh sifatida taʼrif berilgan. V.T.Lisovskiy talabalikni 
taʼriflashda uning mehnat xarakteri va yoʼnalganligiga tayangan. U taʼlim jarayoni 
va u bilan bogʼliq faoliyat yoshlarning mustaqil hayotga qadam qoʼyishi va 
oʼzlarini namoyon qilishlari vositasi ekanligini asoslagan. Tanlashning nisbiy 
erkinligi javobgarlikka, oʼz harakatlari uchun javobgar boʼlishga imkon yaratadi. 
Yuqorida taʼkidlanganidek, yoshlar uchun oʼqish faoliyatining asosiy turi 
hisoblanadi, u bir tomondan, individ va jamiyatning – sinf, guruh, jamoa boʼlib 
birlashishini taʼminlaydi; boshqa tomondan esa, oʼzaro taʼsir jarayonida yosh inson 
oʼzining individualligini anglashga imkon beradi1. 
Talaba (lotinchadan studens, joʼnalish-tushum kelishikda studentis – 
tirishqoqlik bilan ishlovchi, shugʼullanuvchi) bu oliy, baʼzi mamlakatlarda oʼrta 
taʼlim muassasasi oʼquvchisi. Qadimgi va oʼrta asrlarda oʼzini anglash jarayoni 
bilan band boʼlgan har qanday shaxsni talaba deb ataganlar. XII asrda 
universitetlar tashkil etilgach, ularda tahsil oluvchi shaxslar (boshlangʼich va taʼlim 
beruvchi) uchun “talaba” termini ishlatila boshladi; keyinchalik oʼqituvchilar 
uchun ilmiy unvonlar (magistr, professor) joriy qilingach “talaba” termini faqat 
oʼquvchilarga nisbatan ishlatila boshlandi. 
Talabalik ham umumiy hislatlarga, ham oʼziga xos xususiyatlarga ega 
yoshlarning alohida qismini kasb etadi1. 
Talabalik – oliy taʼlim muassasalari oʼquvchilari. “Talabalik” termini aniq 
soni, jinsiy-yoshga oid tuzilishi, hududiy taqsimotni taʼriflaydigan ijtimoiy-
demografik guruh talabalarini anglatadi; maʼlum ijtimoiy holatni, rolьni, statusni 
anglatadi; maʼlum psixologik-ijtimoiy xususiyatlari bilan taʼriflanadigan va 
yoshlarning katta qismi bosib oʼtadigan sotsiomuatsiya bosqichini (talabalik 
yillari), alohida fazani anglatadi. 
“Talabalik – bu harakatchan ijtimoiy guruh, uning maqsadi moddiy va 
maʼnaviy ishlab chiqarishda yuqori professional va ijtimoiy rolьni bajarishni 


79 
maʼlum dastur asosida tashkillashtirishdir”. Bu yerda muallifning fikri shunga 
kelayaptiki, talabalikni oʼzining maqsadlariga, oʼzining xususiyatlariga ega, aql-
zakovatning ijtimoiy rollarini va funktsiyasini bajarishga tayyorlanayotgan OTM 
tizimidagi ijtimoiy guruh sifatida koʼrib chiqish lozim.
Talabalik XII asrda Yevropada ilk universitetlarning ochilishi bilan bir 
paytda vujudga keldi. Oʼrt asrlardagi talabalik ijtimoiy va yoshga oid 
munosabatlarda hali bir xil emas edi. Kapitalizmning rivojlanishi va oliy 
taʼlimning ijtimoiy ahamiyati oshishi bilan jamiyat hayotida talabalikning roli 
oʼsdi. Talabalik nafaqat malakali kadrlarni yetkazib berish manbai, balki koʼp sonli 
va muhim ijtimoiy guruh hamdir. Oliy taʼlimning qimmatligi va boshqa ijtimoiy 
toʼsiqlar va talabalikka jamiyatning faqatgina oʼziga toʼq qatlamining qoʼli 
yetadigan qilib qoʼydi, talabalikka kirganlarga sezilarli imtiyozlar berildi, XIX asr 
va XX asr boshlarida talabalik yuqori siyosiy faolligi bilan ajralib turar edi va 
ijtimoiy hayotda sezilarli rolь oʼynar edi.
Ilmiy-texnikaviy inqilob talabalikning holatida va tarkibida katta siljishlar 
olib keldi. Maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj talabalar sonining tez oshishiga, aholining 
umumiy qismi oʼrtasida ularning salmogʼi, ayniqsa yoshlar guruhlarida ularning 
roli oshishiga olib keldi. OTMlarning kattalashishi sababli talabalikning 
jipslashishi kuchaydi, talabalar shaharchalarida odam koʼpaydi. Oliy taʼlimning 
oʼsayotgan ommalashuvi talabalikning sara boʼlishiga xalaqit berayapti, ijtimoiy 
kelib chiqishga koʼra uni ancha demokratik boʼlishiga sabab boʼlayapti. 
Talabalikning jinsiy – yoshga oid tuzilishida ham siljishlar sodir boʼlayapti, 
xususan ayollar soni koʼpayapti. 
Oʼzining ijtimoiy kelib chiqishi va moddiy imkoniyatlariga qaramasdan, 
talabalik faoliyatning umumiy turlari bilan bogʼliq va shu maʼnoda maʼlum 
ijtimoiy – professional guruhni tashkil etadi. Hududiy jamlanish bilan birgalikda 
umumiy faoliyat talabalikda qiziqishlarning maʼlum umumiyligini, guruh boʼlib, 
oʼzini anglashni, oʼziga xos submadaniyatni va turmush tarzini tugʼdiradi, u 
boshqa ijtimoiy-demografik guruhlarda boʼlmagan yoshga oid oʼxshashlik bilan 
toʼldiriladi va kuchaytiriladi. Ijtimoiy – psixologik umumiylik bir qator politexnik, 
madaniy-maʼrifiy, sport va maishiy talabalik tashkilotlari faoliyati bilan 
ifodalanadi va mustahkamlanadi. 
Talabalik ishlab chiqarish tizimida mustaqil oʼrinni egallamaydi, talabalik 
statusi shak-shubxasiz vaqtinchadir, talabalikning ijtimoiy \olati va oʼziga xos 
muammolari ijtimoiy tuzum harakteri bilan taʼriflanadi, oliy taʼlim tizimining 
milliy xususiyatlarini oʼz ichiga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
rivojlanishi darajasiga bogʼliq boʼlgan holda aniqlashtiriladi. 
Bugungi paytda ilmiy adabiyotlarda “talabalik” tushunchasining yetarlicha 
aniq va toʼliq taʼrifi yoʼq, xuddi talabalik mehnati masalalari boʼyicha aniq bitta 
fikr boʼlmagani kabi. 
Rus tadqiqotchilari B.Rubin va Yu.Kolesnikovlarning fikricha ijtimoiy 
guruh sifatida talabalik oliy taʼlim tizimida ishlaydi, ishlab chiqarishning obʼekti 
sifatida namoyon boʼladi, uning predmeti narsa-buyum emas, balki insonning, 


80 
shaxsning oʼzi hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqarishning asosiy shakli bu 
taʼlim faoliyatidir. 
I.А.Zimnyaya talabalikni maqsadli, tizimlijarayon bilan, bilim va kasbiy 
koʼnikmalarni egallash bilan band boʼlgan insonlar guruhi va bu guruhning asosiy 
faoliyat turi bu oʼquv faoliyati deya taʼriflagan. “Talabalik – yuqori ijtimoiy 
faollikka eg, ijtimoiy va aqliy jihatlarining uygʼunligi bilan taʼriflanadigan ijtimoiy 
umumiylikdir”. I.А.Zimnyaya talabani pedagogik aloqadorlikda faol, oʼzining 
faoliyatini mustaqil tarzda tashkillashtiradigan subʼekt sifatida koʼrib chiqadi, 
pedagogik aloqadorlik esa aniq professional-orientatsiya masalalarini hal qilishdagi 
aqliy va kommunikativ faollikka yoʼnaltirilgan. 
“Talabalik” – bu jamiyatning turli ijtimoiy tuzilmalaridan tashkil topgan, 
hayotning alohida shartlari, mehnati va turmushi, alohida ijtimoiy hulqi va 
psixologiyasi bilan taʼriflanadigan alohida ijtimoiy guruhdir. Yuqoridagilar uchun 
bilim olish, ilm-fanda, madaniyatda, oʼzini ishlashga tayyorlash asosiy, koʼp 
hollarda esa yagona faoliyat hisoblanadi.
Shunday qilib, talabalik mehnatning ijtimoiy taqsimoti tizimida asosiy 
rolьni bajaradi, ushbu mehnat taqsimoti moddiy va maʼnaviy qadriyatlar ishlab 
chiqarishida muntazam ishtirok etmagan holda aql-zakovat funktsiyalarini 
bajarishga tayyorgarlikni nazarda tutadi, shunga qaramasdan, talabalik oʼquv 
shaklining vositali ishlab chiqarish va ishlab chiqarmaydigan mehnatida qisman 
ishtirok etadi, bu rolь jamiyatda oʼsib boradi.
Yoshlarning tarkibiy qismi sifatida talabalik oʼziga xos ijtimoiy guruhday 
namoyon boʼladi, bu guruh hayotning alohida sharoitlari, mehnati va turmushi, 
ijtimoiy xulqi va psixologiyasi, qadriyatlar orientatsiyasi bilan taʼriflanadi. Ushbu 
guruh namoyondalari uchun moddiy va maʼnaviy ishlab chiqarishning tanlangan 
sohasidagi boʼlajak faoliyatga tayyorgarlik yagona mashgʼulot boʼlmasa-da asosiy 
hisoblanadi. 
Ijtimoiy guruh sifatida talabalik ijtimoiy ahamiyatga ega alohida 
intilishlarga va vazifalariga ega yosh insonlar uyushmasi hisoblanadi. Shu bilan 
birga, talabalik oʼziga xos guruhini kasb etgan holda faqat unga xos boʼlgan 
xususiyatlarga ega. 
O.V.Rudakova talaba yoshlarni ajratib koʼrsatuvchi bir qancha belgilarni 
keltiradi. Ijtimoiy jihatdan qayta ishlab chiqarish tizimida talabalik koʼp sonli va 
ahamiyatli ijtimoiy guruhdir. Talabalarning asosiy vazifasi – jamiyatning malakali 
aʼzolari sonini koʼpaytirish, aql-zakovat qatlamini, mutaxassislarni toʼldirishdir. 
Talabalik oʼzining xususiyatlariga ega oʼtuvchi ijtimoiy guruh sifatida namoyon 
boʼladi, bu guruh doirasida shaxsiy va ijtimoiy shakllanishi roʼy beradi. Barcha 
yangi narsalarga intilish, malakaning yetishmasligi, oʼzining shaxsiy fikriga katta 
ahamiyat berish bilan tushuntiriladigan maksimalizmga moyillik talabalikning 
alohida ajralib turadigan hislatlaridir. Talabalikning asosiy ajralib turadigan 
hislatlaridan biri bu ularning soni O.V.Rudakovaning taʼkidlashicha, talabalik 
butun yoshlar singari faqatgina sinflar qatorida mavjud boʼlibgina qolmay, balki 
eng avvalo sinf va qatlamlarning hislatlari va mazmuni xususiyatlari namoyon 


81 
boʼladigan jamiyat ijtimoiy strukturasining ajralmas tarkibiy qismi. Turli sinflar va 
ijtimoiy umumiyliklarning namoyandalarini jamlagan talaba yoshlar oʼxshash 
xislatlar va umumiy qiziqishlarga ega. 
Talabalik – ancha harakatchan ijtimoiy guruh, uning tarkibi har yil oʼzgarib 
turadi, chunki OTMga qabul qilinganlar soni tugatgan mutaxassislar sonidan koʼp. 
Talabalikning oʼziga xos xususiyatlariga yana bir qancha tipik (maʼlum) 
hislatlarni kiritish maqsadga muvofiq, eng avvalo ijtimoiy nufuzni. Yuqorida 
taʼkidlanganidek, talabalik yoshlarning ancha tayyor, ilmli qismi va shak-
shubhasiz yoshlarning yetakchi guruhidir. Oʼz navbatida bu talabalik yoshi 
psixologiyasining oʼziga xos hislatlari shakllanishini aniqlab beradi. 
OTMda taʼlimni tugatishga va shu yoʼl bilan oliy maʼlumot olish orzusini 
amalga oshirishga intilib, talabalarning katta qismi OTM yoshlarning ijtimoiy 
martabasi uchun vositalardan biri ekanligini anglaydilar, bu esa ijtimoiy martaba 
psixologiyasining shakllantiradigan obʼektiv asos boʼlib xizmat qiladi. 
Oliy maʼlumot olish maqsadlarining umumiyligi, mehnatning yagona 
xarakteri – taʼlim, hayot tarzi, OTMning ijtimoiy ishlarida faol ishtirok talabalarda 
birdamlikning yuzaga kelishiga sabab boʼladi. Bu narsa talabalarning jamoaviy 
faoliyatining turli shakllarida namoyon boʼladi. 
Yana bir muhim xususiyatlardan biri bu jamiyatning turli ijtimoiy tarkiblari 
bilan faol aloqadorlikda boʼlish, shuningdek OTMdagi taʼlimning oʼziga xos 
xususiyatlari talabalarga keng muloqot imkoniyatini beradi. Shuning uchun 
muloqotning yuqori tezligi – talabalikning oʼziga xos hislatidir. 
Talabalikning ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyatlari shuningdek hayot 
mazmunini zoʼr berib izlsh, yangi gʼoyalarga, jamiyatdagi yangi ilgʼor 
oʼzgarishlarga intilish kabilar ham boʼladi. Bu intilishlar ijobiy omildir. Biroq 
hayotiy (ijtimoiy) tajribaning yetishmasligidan, hayotning bir qator hodisalarini 
yuzaki baholashdan baʼzi talabalar kamchiliklarni haqqoniy baholamaydilar, 
oʼylamasdan tanqid qilishga oʼtadilar. 
Bugungi kunda oliy maʼlumot olishning maqsadi talabalar tomonidan 
professional bilim, koʼnikma va mahoratlarning oʼzlashtirilishi emas, balki 
axborot, kommunikativ, tadqiqotga oid, umummadaniy kabi kompetentsiyalarning 
(sohalarning) oʼzlashtirilishidir. Talabalik yoshida talabalik jarayonida faqatgina 
professional bilimlarni toʼplash emas, balki shaxsning faol rivojlanishi ham sodir 
boʼladi. Talabalik yoshi mansub boʼlgan kech oʼsmirlik davrida toʼliq voyaga 
yetish, shaxsning avvalgi sifatlarini yangi mazmun bilan toʼldirish, ijtimoiy 
yetilganlikning shakllanishi, fuqarolik pozitsiyasi kabilar sodir boʼladi. Talabalik 
yoshining psixologik xususiyatlari shundan iboratki, katta subʼektiv ahamiyatga 
ega muloqotda talabalar shaxsning rivojlanishi sodir boʼladi, davomiyligi va tezligi 
bilan u har doim talabalarning oʼquv faoliyati bilan raqobatlashadi va baʼzida 
hattoki unga xalaqit ham beradi yoki toʼsqinlik qiladi. Bu yoshda dunyoqarash 
shakllanishi davom etgani uchun, talabalar muloqoti tez-tez yoshlar kompaniyalari, 
uyushmalari, guruhlari oʼrtasida sodir boʼladi, unda yosh insonlar yangi doʼstlar 
topadilar, oʼz individualliklarini namoyon eta oladilar. 


82 
OTMda talabalarning oʼquv faoliyati adaptatsiyadan boshlanadi, uning 
ichida oʼqishdagi asosiy qiyinchiliklarni yengish, yangi hayot tarzini, kursdoshlar 
va oʼqituvchilar bilan aloqalarni oʼzlashtirish sodir boʼladi. OTMga kelib, kechagi 
oʼquvchilar oʼquv faoliyatidagi oʼzlari uchun yangi boʼlgan xususiyatlarga duch 
keladilar, bu xususiyatlarning boʼlishi talabalik hyotining birinchi bosqichi boʼlgan 
OTM taʼlimiga talabalarning koʼnikish davrining asosiy natijalarini kasb etadi. 
Butun pedagogik jarayonning muhim tarkibiy qismi boʼlib oʼquv jarayoni 
namoyon boʼladi. Oʼqish murakkab, koʼpqirrali, koʼpkomponentli jarayon, u 
sezilarli ravishda oʼzining mohiyatini bir maʼnoda taʼriflashni qiyinlashtiradi. 
Kommunikativ nuqtai nazardan, oʼqish bilim va tajribaga ega va uni 
oʼzlashtiradiganlar oʼrtasidagi muloqot deya taʼriflash mumkin; faoliyat 
yondashuviga koʼra – bu taʼlimning yetakchi funktsiyalarini amalga oshirishga 
yoʼnaltirilgan; boshqaruv nazariyasi nuqtai nazaridan oʼqish – bu oʼqituvchi 
tomonidan tashkil etilgan talabalarning oʼquv faoliyati. Yetakchi faoliyat sifatida 
darsni tan olish professional faoliyatga tayyorgarlik uchun zarur boʼlgan 
rivojlanishning yangi darajasiga talabaning oʼtmasligini taʼminlaydigan oʼzaro 
hamkorlik turidir. 
Taʼlim beruvchi markaziy figura emas, balki talabani qoʼllab-
quvvatlaydigan yordamchidir. Talabaning yetakchi faoliyati bu oʼqish. Zamonaviy 
taʼlimda urgʼu oʼqituvchining taʼlim berish faoliyatidan talabaning oʼqish 
faoliyatiga oʼtadi. 
Shunday qilib, taʼlim – bu oʼqituvchi tomonidan talabalarning faol oʼqish 
faoliyatining tashkillashtirilishi, bu esa talabalarning barcha yangi va oʼqish 
masalalarini hal etishlariga qaratilgan. 
Hamkorlikdagi faoliyatning turi va xarakteriga koʼra oʼqishning har xil 
turlari ajratiladi: anʼanaviy va innovatsion. 
Аnʼanaviy (reproduktiv) tur oʼqituvchi tomonidan bilim va faoliyat 
usullarining oʼzatilishiga va talaba tomonidan qabul qilinishiga asoslangan. 
Oʼqishning anʼanaviy turida talaba faoliyatning subʼekti hisoblanmaydi, uning 
butunligi buziladi, motivatsiya sust boʼladi, oʼqishning shaxsiy mohiyati 
kuchsizlanadi. Ular koʼproq faoliyatning oʼzi bilan emas, balki tashqi taʼsir bilan 
aniqlanadi. Oʼqituvchi maʼlumot beruvchi sifatida namoyon boʼladi, 
boshqaruvning asosiy usuli – avtoritar, u faoliyatni baho va boshqa tashqi omillar 
yordamida qiziqtirishga asoslangan. Oʼqishning bunday turining asosiy vazifasi – 
talabalar tomonidan bilim va faoliyatning usullarini qabul qilishdir. Oʼqishning 
innovatsion (produktiv) turi oʼqituvchi tomonidan oʼquvchilarda intensiv, 
mustaqil, ijodiy faoliyatning tashkillashtirilishiga asoslangan. Oʼqishning ushbu 
turida talaba oʼquv faoliyatning subʼektiga aylanadi, barcha bosqichlarda uni 
toʼlaligicha amalga oshiradi, oʼquv jarayonini anglaydi va uni boshqaradi. Pedagog 
oʼquv jarayonida koordinator, tashkilotchi boʼladi, ushbu jarayonda pedagog 
talabaga maqsadini amalga oshirishga, oʼquv faoliyatining usullarini va yoʼllarini 
oʼzlashtirishga oʼzini-oʼzi tahlil qilishni va baho berishni amalga oshirishga 
yordam beradi. Oʼqishning asosiy vazifasi – talabalar tomonidan yangi bilimlarni, 


83 
faoliyatning usullarini qidirish va ochish, ularni oʼzini rivojlantirish rejimiga 
kiritishdir. 
Oʼquv faoliyatining boshqa har qanday amaliy faoliyatdan farqi 
qoʼyidagilarda namoyon boʼladi: agar ikkinchisida aniq mahsulot asosiy natija 
boʼlib, insonning oʼzgarishi oʼz-oʼzidan tartibsiz sodir boʼlsa, birinchisida – 
rivojlanish, uning subʼektining oʼzgarishi asosiy mahsul boʼlib ishtirok etadi. 
“Oʼqish” va “oʼqish faoliyat” tushunchalari sinonim emas. 
Oʼqish faoliyati oʼqishning asosiy shakllaridan biri sifatida ishtirok etadi: 
D.B.Elьkoninning fikricha, yuqoridagi shaklning oʼziga xos xususiyatlari 
qoʼyidagilar: 

Oʼzining 
shaxsiy 
maqsadi 
sifatida 
qoʼllaniladigan 
oʼqish 
maqsadlarining amalga oshirishga yoshlarning ongli yoʼnaltirilganligi; 

Ushbu faoliyatning nazariy xarakteri, u oʼzining tarkibi bilan ilm-fan 
sohasida harakatlarning umumiy usullariga ega; 

Oʼquvchining oʼzgarishi va uning rivojlanishi. 
Oʼquv faoliyatining natijalari nafaqat uning obʼektiv natijalariga qarab, 
balki oʼquv jarayonini amalga oshirishda oʼquvchi bilan sodir boʼlayotgan 
oʼzgarishlarga (yangi paydo boʼlgan) qarab ham baholanishi kerak. 
Oʼquv faoliyati – boshqa har qanday faoliyatni oʼzlashtirishning asosini 
tashkil etuvchi universal faoliyatdir. Har bir faoliyat oʼz ichiga oʼzgartirish 
predmetini oladi, oʼzining mazmuniga, amalga oshirishning usullari va 
vositalariga, mahsuliga (natijaga) ega. Oʼqish faoliyatida qoʼyidagi tarkibiy 
qismlar ajratib koʼrsatiladi: 

Oʼqish faoliyatining predmeti – bu oʼquvchilarning tajribasi, u yangi 
bilimlar va qobiliyatlar bilan boyitish, oldingi tajriba tizimiga oʼzgargan bilimlar 
va qobiliyatlarni kiritish hisobiga oʼzgaradi; 

Tarkibi – yangi bilimlarni va faoliyat usullarini oʼzlashtirish jarayoni; 

Oʼqish faoliyati vositalari: 
Аqliy harakatlar (fikrlash operatsiyalari (amaliyotlari) – tahlil, sintez, 
umumlashtirish, sinflarga ajratish va boshqa); 
Belgili, tilga oid, verbal (ogʼzaki) vositalar, bu shakllarda bilimlar 
oʼzlashtiriladi; 
Oʼquvchida amaliy bilimlarning boʼlishi, ulardan yangi bilimlarni 
olishda foydalaniladi; 
Ijtimoiy tajriba, bilimlar, bular bilan ishlab, talaba oʼzining tajribasini 
oʼzgartiradi; 

Oʼqish faoliyatining mahsuli va natijasi – avvalgi tajriba bilan sodir 
boʼlgan ijtimoiy tajriba va oʼzgarishning oʼzlashtirilgan parcha, yaʼni bilimlar, 
qobiliyatlar va koʼnikmalarning oʼzlashtirilgan tizimi, ijodiy faoliyatning 
oʼzlashtirilgan tajribasi, dunyodagi boʼlgan qadriyatlar munosabatining tajribasi.
Har qanday boshqa bir butun hodisa kabi, oʼqish faoliyati qoʼyidagi 
bosqichlardan iborat: 
Motivatsiya, 


84 
Maqsadga intilish; 
Rejalashtirish va dasturlash; 
Bajarish; 
Nazorat, 
Natijalarni tahlil qilish va baholash. 
Ushbu bosqichlar bilan bogʼliq xolda, oʼqish faoliyatining qoʼyidagi 
tarkibiy qismlari ajratilib koʼrsatiladi: motivatsiya, oʼqish vazifasi, oʼqish 
harakatlari, nazorat va oʼzini oʼzi nazorat qilish, baholash va oʼziga oʼzi baho 
berish. 
Motivatsiya – oʼqishga, oʼqish masalalarini hal qilish istagini taʼriflaydigan 
barcha barcha omillarning majmui: sabab, ehtiyojlar, qiziqishlar, eʼtiqod, 
koʼrsatmalar va boshqalar. Oʼqish faoliyatining mavjud tadqiqotlar shaxsning 
mativatsion sohasi tuzilishining ierarxik (boʼysunuvchi) ekanligini tasdiqlaydi. 
Shunday qilib, А.K.Markova unga oʼqishga boʼlgan ehtiyojni, oʼqishning 
mazmunini va motivini, maqsadini, hissiyotlarni, munosabatlarni, qiziqishlarni 
kiritadi. Zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotda oʼqish motivlarining turli 
klassifikatsiyasi mavjud. 
Oʼquv faoliyatining oʼziga nisbatan qoʼyidagi motivlar keltiriladi: 
Ichki – ushbu faoliyatga xos boʼlgan va uning tarkibi va bajarilishi bilan 
bogʼliq boʼlgan motivlar (masalan, oʼqish jarayonining oʼziga qiziqish, yangi 
maʼlumot olishga intilish, oʼzini oʼzi rivojlantirishga boʼlgan ehtiyoj va boshqalar). 
Tashqi – oʼqish jarayonining oʼzi bilan booʼliq boʼlmagan, vositali 
(masalan, ijtimoiy motivlar – yutuqlarga, ijtimoiy va moddiy farovonlikka 
erishishga boʼlgan ehtiyoj va boshqalar). 
Talabalarning anglash darajasi boʼyicha oʼqish motivlari anglab boʼladigan 
va anglab boʼlmaydigan boʼlishi mumkin. Oʼzi va boshqalar uchun oʼzining 
oʼqishining asl motivlarini talaba qabul qilishga va ochib berishga qanchalik tayyor 
ekanligiga qarab motivlarni ajratib koʼrsatish mumkin: tushunib boʼladigan, 
nomlab boʼladigan, asl va taʼsir qiluvchi motivlar. 
Har bitta alohida talabaning oʼzini faoliyati koʼproq yarim 
motivatsiyalashgan boʼladi, motivlarning barcha tizimi orasida ham koʼproq 
ahamiyatga ega, ustun, ham kamroq ahamiyatga ega motiqlar ajratib koʼrsatiladi. 
Talabalarning motivatsion sohasi butun oʼqish yillari mobaynida 
joʼshqinligi, oʼzgarishi mumkinligi bilan ajralib turadi. 
Bilimlarni oʼzlashtirish – muhim masala. Tezkor oʼqish jarayonida 
oʼquvchi oʼzlashtirishi kerak boʼlgan oʼqish maʼlumotlari faktlarni, hodisalarni, 
jarayonlarni, qonuniyatlarni, harakatlar metodlarini oʼz ichiga oladi. 
Maʼlumotlarning hr bir komponentiga qarab oʼzlashtirishning har xil 
maqsadlari shakllanishi mumkin. (2-jadval). 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling