Yoshlаr sotsiologiyasi


Oʼqish maʼlumotlarining turlari va uni oʼzlashtirishning maqsadlari


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/31
Sana09.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1181181
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI

Oʼqish maʼlumotlarining turlari va uni oʼzlashtirishning maqsadlari 
2-jadval 


85 
Oʼqish maʼlumotlarining turlari 
Oʼzlashtirish maqsadlari 
Fakt, hodisa 
Xotirada mustahkamlash, tushuntirish, 
amaliyotda qoʼllash 
Jarayon 
Kechish 
xarakterini 
eslab 
qolish, 
tushuntirish. Oldindan aytish. Toʼxtatish 
uchun sharoitlar yaratish 
Qonun, qonuniyat 
Xotirada 
mustahkamlash, 
formulirovkani (aniq fikr) xotirlash. 
Ifoda qilishga misollar keltirish. 
Metod 
Nomini bilish, mohiyat. Tipologik 
vaziyatlarda qoʼllay olish, tipologik 
boʼlmagan 
vaziyatlarga 
oʼtkazish. 
Mustaqil ravishda yaratish 
Tushuncha 
Taʼrifni eslab qolish. Аhamiyatga molik 
zarur va yetarli belgilarni ajratib olishni 
bilish. 
Obʼektni 
oʼrganiladigan 
tushunchaga 
olib 
kelishni 
bilish. 
Mustaqil tarzda taʼrif bera olish. 
Oʼzlashtirilgan maʼlumotlarni qoʼllash imkoniyatlarining xilma-xilligi 
oʼqituvchiga har bir konkret oʼqish vaziyatlarida aniq maqsad qoʼyishga imkon 
beradi, biroq bu ishlarning asl holati yaxshilikka umid qilishdan boshqa narsani 
bermaydi. U yoki bu maʼruza, seminarning mavzusini ayta turib, oʼqituvchi 
ularning maqsadini aniqlashga biroz qiynaladilar. Hozirgi kunda oʼquvchilar 
tomonidan oʼrganilgan maʼlumot sifatining xarakteristikasi ajratib koʼrsatilayopti. 
Ular qatoriga quyidagilar kiradi: oʼzlashtirish darajasi, oʼzlashtirilayotgan 
bilimlarning darajasi. Oʼqish elementi qoʼyidagi darajalarning birida 
oʼzlashtirilishi mumkin: - 1-tanishish; 2-xotirlash; 3-qobiliyat va koʼnikmalar; 4-
ijodkorlik darajasi. 
Zamonaviy sharoitda OTM bitiruvchilarining ishga joylashish masalasi 
dolzarb boʼlib turibdi. OTMni tugatib, mehnat bozoriga kelayotgan yoshlar 
shubhasiz ish qidirish va mehnat adaptatsiyasi muammolariga duch keladilar. 
Taʼlim, kasb, mehnat bozori ehtiyojlari oʼrtasidagi koʼzatiladigan uzilish kasb 
tanlash holatini qiyinlashtiradi. 
Kadrlar 
tayyorlashning 
amaldagi 
tizimidagi 
ancha 
seziladigan 
kamchiliklariga uning demokratik va bozor iqtisodiyoti islohotlarining talablariga 
mos kelmasligi, oʼquv jarayonida moddiy-texnik va maʼlumotlr bazasining 
yetishmasligi, malakali pedagogik kadrlarning kamligi, sifatli oʼquv-metodik, 
ilmiy adabiyotning didaktik materiallar bilan bir butun emasligi, taʼlim tizimi, ilf-
fan va ishlab chiarish oʼrtasida mustahkam hamkorlik, oʼzaro yaxlitlikning yoʼqligi 
kabilarni kiritish mumkin. 
Struktura bilan oʼqish mazmuni, oʼqish jarayoni oʼrtasida uzviy 
bogʼliqlikni taʼminlash, yaʼni uzluksiz taʼlim tizimini tashkillashtirish muammolari 


86 
hal etilmagan. Mavjud taʼlim tizimi rivojlangan demokratik davlatlarda kadrlar 
tayyorlashga qoʼyiladigan talabga javob bermaydi. 
Taʼlim, tarbiya, kadrlar tayyorlash tizimi hayotda, jamiyatda olib 
borilayotgan islohotlar bilan bogʼliq emas, amalga oshirilayotgan oʼzgarishlar 
talabiga javob bermaydi. 
9-11 sinflarni oʼqib bitirgan oʼquvchilar keyinchalik nima qilish kerakligini 
bilmaydilar, ularda oʼzlariga boʼlgan ishonch yoʼqoladi. Oʼrta maktabning atiga 
100 % bitiruvchilari OTMlarga kiradilar. 9 yillik majburiy va 11 yillik umumiy 
oʼrta taʼlim ilmiy asoslangan hisoblanmaydi, u zarur kasbiy orientatsiyani, 
oʼqishga amaliy yoʼnaltirilganlikni, mehnat faoliyatida mustaqil fikrlashni, 
koʼnikmani taʼminlab bermaydi. Har yili asosiy maktabning 100 mingga yaqin 
bitiruvchilari ishlab chiqarish va kelgusidagi kasbiy taʼlimda oʼzlariga ehtiyoj 
yoʼqligiga guvoh boʼladilar. 
Mavjud taʼlim tizimidagi umumtaʼlim va kasbiy dasturlar oʼrtasida 
izchillikning yoʼqligi natijasida asosiy va oʼrta maktab bitiruvchilarida zarur 
professional orientatsiya va mehnat faoliyatining koʼnikmalari shakllanmay 
qolyapti. Yosh yigit-qizlarning qobiliyatlariga, xohishlariga, ijodiy va mehnat 
moyilliklariga mos keladigan hayot yoʼlini tanlashda qiyinchiliklar yuzaga 
kelayapti. 
Oʼquv jarayoni oʼrtacha bilim drajasiga ega oʼquvchilarga yoʼnaltirilgan, 
ayniqsa qobiliyatli yoshlarga oid individual oʼqish dasturi boʼyicha taʼlim 
mexanizmlari sust ishlayapti. Oʼqish dasturlari hali toʼligʼicha mavkuraviy 
booʼliqlikdan ozod boʼlgan emas, ularda ahloq va maʼnaviyat asoslariga 
oʼrgatadigan, iqtisodiy, huquqiy, estetik bilimlar beradigan ilmlarga yetarlicha 
oʼrin ajratilmayapti. 
Professional tayyorgarlik tizimi kesimida mamlakatda yuzaga kelayotgan 
vaziyat taʼlim xizmatlarining keng bozorini taqdim etadi. Sifat va son jihatidan 
bugungi kunda har qanday taʼlimni olish mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar 
dinamikasi sharoitida mehnat bozorida raqobatbardoshlikni, muvaffaqiyatli ish 
maqeini taʼminlovchi kasbiy-shaxsiy sifatlar roli oshadi. Lekin baribir mutaxassis 
shaxsini rivojlantirish, uni professional faoliyatga tayyorlash kayui masalalar har 
doim ham kutilgandek hal etilmayapti, bu narsa OTMni bitirgandan keyin ishga 
joylashish qiyinchiliklarini kuchaytirib yuboradi. Taʼlim darajasi aqliy, aqliy 
kapital, bandlik, shaxsning qadriyatlar orientatsiyasi oʼrtasidagi aloqalarning 
buzilishi 
zamonaviy 
yoshlarning 
qaror 
qabul 
qilishlariga 
va 
mehnat 
motivatsiyasiga sezilarli taʼsir koʼrsatayapti. 
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojining ustuvor masalalari bilan bogʼliq 
holda kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan koʼrib chiqish, xalqaro standart 
darajasidagi oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash boʼyicha kerakli 
sharoitlarni yaratish maqsadida 2017 yilning 20 aprelida Oʼzbekiston Respublikasi 
Prezidentining №PQ-2909 sonli “Oliy taʼlim tizimini kelgusida rivojlantirish 
boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori chiqdi. 


87 
Ushbu qaror asosida 2017-2021 yillarga moʼljallangan oliy taʼlim 
darajasini sifatli va tubdan yaxshilash, oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik 
bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy oʼquv, ilmiy 
laboratoriyalar, informatsion kommunikatsion texnologiyalar bilan jihozlash 
boʼyicha oliy taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturi tasdiqlandi. 
Shu bilan birga, zarur mutaxassisliklarda iqtisodiyot va boshqa sohalar 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish uchun zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali 
mutaxassislarni oʼz vaqtida tayyorlash, bevosita korxona va mutaxassislarda ishlab 
chiqarish, texnik va texnologik munosabatlar va istiqbolli rivojlanish dasturi bilan 
bogʼliq holda oliy taʼlim mazmunini shakllantirish, mutaxassislik va kasb bilan 
bogʼliq holda ishga joylashish kabi bir qator dolzarb masalalar hali toʼligʼicha hal 
etilmagan. 
Bitiruvchilarning ishga joylashishi mehnat bozorida ularga talab 
borligining asosiy koʼrsatkichlaridan biri. Gap shundaki, ushbu koʼrsatkich uch 
tarmoqli “OTM – ish beruvchi – talaba” oʼzaro hamkorlikning bir qator 
bosqichlarini qamrab olgan. Koʼp jihatdan bitiruvchilarning raqobatbardosh 
ustunligi va shaxsiy ekspektatsiyalari ularning muvaffaqiyatli ishga joylanishini 
aniqlab beradi. Yaqin davrgacha yoshlarning bandligi koʼp jihatdan tasodifiy, 
tizimlashmagan xarakterga ega boʼlgan boʼlsa, hozirgi kunga kelib yosh insonlar 
koʼproq oʼzlarining ongli kasbiy faoliyatini amalga oshirayaptilar. Koʼp tomondan 
“Z” zamonaviy avlodning troektoriyasini OTM taqdim etadigan imkoniyatlar 
spektri aniqlab beradi.
Tahlillar shuni koʼrsatadiki, Oʼzbekiston Respublikasioliy professional 
taʼlimi tizimi oldida murakkab masala turadi, bu masala nafaqat Yevropa va jahon 
taʼlim kengligiga kirishdan, uning toʼlaqonli hamkori boʼlishdan, balki milliy 
taʼlim tizimi nufuzini saqlab qolishdan iborat. Oliy taʼlim sifatini taʼminlaydigan 
davlat tizimining faoliyati quyidagilarni oʼz ichiga oladi: ishtirok etuvchi organ va 
muassasalar javobgarligini aniqlash; ichki baho, tashqi tahlil, taʼlim faoliyatini 
baholashda, taʼlimni boshqarishda talabalarning ishtiroki; baholash natijalarini 
maʼlum qilish; akkreditatsiya, sertifikatsiya tizimi; xalqaro hamkorlik, xalqaro 
faoliyatda ishtirok etish; talabalarning va oʼqituvchilarning harakatchanligini 
oshirish; OTMda taʼlim sifatini baholash tizimini yaratish. Taʼlim sifatining asosiy 
koʼrsatkichlaridan biri bu oliy maktab taʼlim dasturining mazmunidir, faqatgina 
tarkibiy tayyorgarlik mazmunining tahlili taʼlim dasturlarining butunligi va 
ustunligi haqidagi; oʼqish intizomining parchalangan va qismlarga ajratilmaganligi 
haqidagi; turli oʼquv markazlari qurilishining asosi sifatida rivojlangan siklik 
strukturaning mavjudligi haqidagi xulosani asoslab beradi. 
Taʼlimning mazmuni taʼlim, professional, fundamental (asosiy), amaliy 
tarkibiy qismlar haqidagi tasavvurlarni; davlat va hududiy komponentlarning 
oʼzaro bogʼliqligining ixtisoslikning tarmoqli tizimini tanlash boʼyicha bosqichlar 
mavjudligini koʼrsatadi. 


88 
Bugungi kunda 2 ta xilma-xillikning hududiy standartlari mavjud, bu 
standartlar davlat standartining kasblar roʼyxatiga kirmaydigan kasblar boʼyicha 
hududiy xususiyatlari va original ishlanmalarga davlat standartlarining moslashuvi 
bilan bogʼliq. 
Taʼlim standartining hududiy komponenti hududning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining istiqboli, hududda vujudga kelgan maktablar va jamoalarni 
hisobga olish asosida mutaxassislar tayyorlash mazmuniga boʼlgan bir qator 
normativ talablarni kasb etadi. Taʼlimning hududiy komponentlari ilgarilab 
ketuvchi xarakterga ega boʼlishi kerak, OTM taʼminoti uchun boshlangʼich 
maʼlumot hisoblangan hudud rivoji tendentsiyasining aksida namoyon boʼladi. 
Variativ 
modulьni, 
professionallik 
modulьni 
shakllantiradigan 
profilь 
differentsiatsiyasi (xilma-xilligi) tamoyili asosida hududiy komponent qoʼriladi. 
Bundan tashqari, mutaxassislarni tayyorlashdagi egiluvchanlik (moslashish) 
tanlash asosidagi fan moduli orqali amalga oshiriladi. 
Mehnat bozorining turli sohalarida normal ishlash boʼyicha masalalarning 
bajarilishi koʼp tomondan davlat tasarrufiga tushadi. Bundan tashqari ularning 
bajarilishi ish beruvchi va yoshlarning oʼzi yordamida koʼzatib borilishi lozim. 
Masalan, kelajakdagi kasbni tanlash talabaning oʼziga tegishli, bu narsa davlatda 
yoshlarga boʼlgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. Har 
bir kishi oldindan oʼz kelajagi va ishdagi martabasi haqida oʼylashi shart. Oʼz 
navbatida, ish beruvchilar yoshlarga oʼzlarini namoyon qilishlari uchun 
imkoniyatlarni taqdim etishlari kerak, chunki Oʼzbekiston Respublikasi 
iqtisodiyotining ahvoli aholining aynan shu guruhiga bogʼliq. 
Yoshlar mehnat bozorining asosiy masalalari. 
Bozorda talab va taklifning optimal oʼzaro munosabatiga erishish, u 
1rdamida aholining asosiy qismining hayot darajasini oshirishni taʼminlab beradi, 
shuningdek uning samarali ragʼbati saqlanib qoladi. 
Davlatda mehnat resurslarining – taʼlim va geografik resurslarning optimal 
harakatchanlik shakllangan boʼlishi kerak. Davlatning bozor iqtisodiyoti sohalari 
ushbu masalani toʼgʼridan-toʼgʼri hal qilishga bogʼliq.
Boshqa davlatlar singari Oʼzbekiston Respublikasi ishlab chiqarish 
raqobatbardoshligini olib borishi lozim, shu bilan birga turli muassasalarda boʼsh 
ish oʼrinlari soni oshadi. 
Davlatda 
ishlab 
chiqarishning 
yosh 
mutaxassislarni 
professional 
tayyorgarlik bilan bogʼliqligiga erishish lozim. 
Yoshlar mehnat bozori va uning xarakteristikasi: 
Yosh mutaxassislar bozorning xarakteristikasi aholining boshqa guruhlari 
mehnat bozoridan ancha farq qiladi. Hozirgi kunda Oʼzbekiston Respublikasi 
yoshlar mehnat bozori quyidagilarni taʼriflaydi: 
-Bozorda talab va taklifning balansi yoʼqligi. Ish tajribasi boʼlmasa 
bitiruvchilar uchun boʼsh vakansiyalar boʼyicha takliflarni deyarli topib boʼlmaydi. 


89 
-Yosh mutaxassislarni davlat miqyosida qoʼllab-quvvatlash. Bu ham zarur 
holatda qayta tayyorlash uchun yordam, ham fuqarolarning baʼzi toifalariga ish 
oʼrinlarini taqdim etishdir.
-Muntazam oʼsib borayotgan ishsizlik. Bu narsa nafaqat boʼsh ish 
oʼrinlarining yoʼqligi, balki yoshlarning katta boʼlmagan toʼlov uchun ishlashni rad 
etishlari bilan bogʼliq.
-Yosh insonlar uchun ishchi oʼrinlarining kamligi. 
-Koʼpchilik talabalar olayotgan kasblarga talab yoʼqligi. 
-Istiqbolli ishchilarda zarur tajriba va stajning yoʼqligi. 
Davlat professional tayyorgarlik hamda qayta tayyorgarlik tizimini 
rivojlantirish va kengaytirishga har qanaqasiga taʼsir koʼrsatadi. Ushbu dastur 
ishtirokida ish beruvchilarning ragʼbati zarur. Shu bilan birga, nafaqat davlat oʼquv 
dasturlari yordamida, balki bevosita tashkilotning oʼzida ham yangi kasbni 
oʼzlashtirish yoki qayta tayyorgarlikni oʼtashi mumkin. 
Аholining kam himoyalangan qatlamini davlat miqyosida himoya qilish. 
Ular qatoriga yoshlar ham kiradi. Ular uchun davlat ish oʼrinlarini yaratish, yangi 
kasblarga oʼrgatishni nazarda tutadi, shuningdek, ishga olishda va boʼshatishda 
qoʼshimcha himoyani kafolatlaydi. 
Yangi ish oʼrinlarini yaratishga taʼsir qiladigan jamoat ishlari. 
Bunday sharoitda yoshlarning ijtimoiy rivojlanish muammolarini tahlil 
qilib, 
Yu.А.Zubok 
quyidagilarni taʼkidlaydi. “Yuzaga kelgan ijtimoiy 
munosabatlarni meros qilib olgan va qaytargan holda, har bir yangi avlod 
jamiyatning butunligini saqlashni taʼminlab beradi va oʼzining innovatsion 
salohiyati asosida uni yaxshilashda va isloh qilishda ishtirok etadi. Shu bilan birga 
ham yoshlarning, ham butun jamiyatning rivoji amalga oshadi”. Oʼzi maktab 
yillarida kasb haqida oʼylab, yosh insonlar taʼlim yoʼnalishini (tabiiy, gumanitar 
yoʼnalishlar va boshqalar) aniqlab oladilar, mehnat harakterini tanlashda esa aqliy, 
jismoniy, boshqaruv, ijro etuvchi kabi tamoyillarni boshqaradi. Bu narsa nafaqat 
oliy professional taʼlim, balki mehnat bozorining rivojlanish tendentsiyalari va 
istiqboli haqidagi iqtisodiy, aqliy munosabatlarning rivojlanishi, xabardorlik 
darajasi bilan bogʼliq tashqi omillarning faol taʼsiri ostida roʼy beradi.
Yoshlar mehnat bozori va uning oʼziga xosligi: 
Mehnat resurslarining boshqa bozorlari singari, yosh mutaxassislar bozori 
oʼziga xos xususiyatlarga ega.
Birinchidan, taklif va talabning oʼrtasidagi barqaror boʼlmagan 
bogʼliqlik.eng avvalo, bu yoshlarning kasb borasida aniq fikrga kelolmasligi, 
ularning istagan orientatsiyasidagi doimiy oʼzgarishlar bilan bogʼliq.
Ikkinchidan, oxirgi yillarda bizning davlatimizda band yoki oʼqishda 
boʼlgan yosh insonlar sonining sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Ishsizlar va 
hech qaerda oʼqimaydigan yoshlar soni oʼsayapti. 
Uchinchidan, tajribasi boʼlmagan kadrlarga boʼlgan talab pasayishi 
tendentsiyasiga ega. Ish beruvchilar oʼz kompaniyalarining salohiyatli xodimlari 
sifatida erkak jinsiga mansub yoshlarni maʼqul koʼradilar.


90 
Va beshinchidan, yosh insonlar oʼrganayotgan kasblarga talab yoʼqligi. 
Shuning uchun yoshlar dastlab egallagan kasblaridan oʼzoq boʼlgan kasbni 
egallashlariga va qayta tayyorgarlikni oʼtashlariga toʼgʼri keladi. Juda koʼp 
hollarda bu yoshlarning egallab turgan mansablaridan qoniqmasliklari bilan 
bogʼliq. Shu sabab juda koʼp yosh kadrlar oʼz ish joylaridan boʼshaydilar va 
ularning ehtiyojlariga toʼgʼri keladigan yangi ish izlashni boshlaydilar. 
Oliy taʼlimning oʼzaro bogʼliqlik tizimida uzilishlar mavjud ilm-fan – 
ishlab chiqarish, ularning bogʼliqligi taʼminlanmagan, zamonaviy mehnat 
bozorining asosiy muammolari biznes, OTMlar, oliy maʼlumot olgan yoshlar 
qiziqishlarining mos kelmasligiga borib taqaladi. Biznesning ehtiyojlari 
bitiruvchilarning mos keladigan kompetentsiyalari, davlat taʼlim standartlari bilan 
OTM shakllantiradigan kompetentsiyalar roʼyxati oʼrtasida proportsiyaning 
buzilishi mavjud. Bu vaziyat talabalarning asosiy qismida oʼzlarining kelajakdagi 
kasbini rivojlantirishga maqsadli koʼrsatmalar yoʼqligi bilan kuchayadi. Bu borada 
mualliflar “biznesga bitta kompetentsiya kerak, OTM boshqasini taqdim etadi, 
talab esa oʼziga nima kerak ekanligini umuman bilmaydi”, deb taʼkidlaydilar. 
Ilmiy-tadqiqot institutlari kerakli darajada oliy taʼlimda kadrlar tayyorlash 
jarayoniga jalb etilmagan, ilmiy tadqiqotlar iqtisod sohasining asl ehtiyojlarini 
hisobga olmagan holda amalga oshirilmayapti. Maslakali ilmiy va ilmiy pedagogik 
kadrlar tayorlash tizimining yoʼqligi OTMlarning ilmiy salohiyatining pasayishiga 
olib keladi. 2018 yili “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʼrganish markazi 
tomonidan oʼtkazilgan ijtimoiy soʼrovnoma natijalari qiziqish oʼygʼotdi. 
Oʼzbekiston Respublikasining 1500 respondentlari (soʼrov qilinganlar tanlov 
majmuini tashkil etdilar. Jami 1100 kishida soʼrovnoma oʼtkazildi, shu jumladan 
559 kishi (50,8%) – shahar aholisi va 541 kishi (49,2%) tuman aholisi, 556 kishi 
(50,5) – erkaklar, 544 kishi (49,5) - ayollar). 
Soʼrov qilingan yoshlarning strukturasi: 14-15 yosh – 11,3%, 16-17 yosh – 
12,9%, 18-19-yosh – 13,8%, 20-24 yosh – 31,9%, 25-29 yosh – 30,1%. 
Soʼrov qilinganlarning taʼlim darajasi: toʼliq boʼlmagan oʼrta maʼlumot – 
25,6%, oʼrta maʼlumot – 11,5%, oʼrta maxsus – 53,8%, tugallanmagan oliy-3,4%, 
oliy – 5,7%. 
2016-2017 yildagi soʼrovnoma natijalaribilan solishtirganda oliy maʼlumot 
olishni xohlovchilar va yaqin yillarda OTMga kirishga intiluvchilar soni yana 
pasaygan (77,7%-2016 yil, 89%-2017 yil, 80,4% - 2018 yil). Umumiy soʼrov 
qilinganlar orasida ushbu koʼrsatkich Qoraqalpogʼiston Respublikasi (58,8%) va 
Sirdaryo viloyatiga (66,6%) toʼgʼri keladi. Yosh oʼzbekistonliklar oliy taʼlimda 
egallashni xohlagan, ularni jalb qiladigan kasblar orasida birinchi oʼrinda 
pedagogika ilmi (52,1) turgan, biznes, xizmat koʼrsatish va ishlab chiqarish 
sohalari (22,0%), meditsina mutaxassisliklari (8,6%), harbiy mutaxassislik va sport 
sohasi (3,7%) maʼqul bilishgan. Soʼrov qilinganlarning 3,4% madaniyat sohasida 
oliy maʼlumot olish istagini bildirganlar. Bor yoʼgʼi1,4% yoshlar oʼzlarini 
fermerlikka a qishloq xoʼjalik sohasiga bagʼishlashga tayyor ekanligini 


91 
bildirganlar. 2,9% soʼrov qilinganlar mutaxassislik tanlashda savolga aniq javob 
bera olmaganlar. 
Shuni aytib oʼtish joizki, avvalgidek yoshlar texnika ixtisosliklarini 
egallash boʼyicha motivatsiya yoʼqligi aniqlangan, bu narsa yoshlarning 
professional orientatsiyasini texnika maʼlumotiga qaratish kun tartibiga qoʼyilgan. 
Shunday qilib, oʼzlarining maʼlumot darajasini va oliy maʼlumotning 
ijtimoiy 
qadriyatlarini 
oshirishda 
mamlakatimiz 
yoshlarining 
yuqori 
motivatsiyasining saqlangan tendentsiyasini tadqiqotlardan koʼrish mumkin. 
Mehnat sohasida yoshlarning ijtimoiy xulq-atvorini oʼrganish yoshlarning 
ishga joylashishi va mehnat bozorining shakllanishi bilan bogʼliq holda 
jamiyatning inson potentsialidan foydalanishni baholash uchun muhim 
hisoblanadi. Mehnat sohasida yoshlarning ijtimoiy xulq-atvorining tahlili 
yoshlarning bandlik darajasini va bandlikning oʼziga tortadigan turlarining yuzaga 
chiqishig imkon beradi. 
Yoshlarning uchdan bir qismi (30,7 %) bugungi kund mehnat faoliyatini 
amalga oshiradi. Koʼp yillar mobaynid oʼtkazilgan soʼrovnomalarda mehnat 
faoliyatini olib borayotganlarning barqaror soni kiritilgan (2-jadval). 
Ishlamaydigan yoshlarning yoshga oid xarakteristikasini tahlil qilib shuni 
taʼkidlash lozimki, eng koʼp mehnat faolligini 20-29 yoshdagi (45,7%) yosh 
insonlar amalga oshirmoqdalar. 19 yoshdagi yoshlar va oʼsmirlarning bandlik 
koʼrsatmalarining biroz pasayganligi koʼzatilmoqda. 
Soʼrovnoma shuni koʼrsatadiki, yoshlarning mehnat bandligi darajasi 
taʼlimga bogʼliq. Shunday qilib, soʼrov qilinganlarning 62% oliy maʼlumotga ega 
va mehnat faoliyati bilan band, oʼrta va oʼrta maxsus maʼlumotga ega mehnat 
qilayotgan yoshlar 32,5% va 37,7% tashkil qiladilar. 
Mehnat faoliyatida yoshlarning band boʼlmasliklarining asosiy sabablari 
quyidagilar: 
a) maktab, kollej, litseyda oʼqish – 48,7%; 
b) yosh xotin-qizlarning 17,3% uy xoʼjaligini yuritish va bola tarbiyalash 
bilan band; 
v) 14,8% shaxsiy sabablarga koʼra mehnat faoliyati vaqtincha olib 
bormayotganlarini taʼkidlaganlar. 
2017 yildagi tadqiqotlarning natijasiga qaraganda yoshlar faoliyatining 
asosiy sohalari oʼzgargan. 
2018 yilda yoshlarning mehnat faoliyatining asosiy sohalari: biznes, xizmat 
koʼrsatish, ishlab chiqarish (54,1%), ilm-fan va taʼlim (22,1%). 
Soʼrovnoma boʼyicha yoshlar olgan maʼlumoti boʼyicha bandlik sohasida 
ishlaydiganlar koʼrsatkichi pasaygan – 50,6% - 2018 yil, 53,5% - 2017 yil, 46,6% - 
2016 yil, 58% - 2015 yil (2-jadval). 
2017 yildagi tadqiqotlarning natijasiga koʼra, shahar va qishloq 
yoshlarining oʼz mutaxassisliklari boʼyicha ishlash koʼrsatkichlari deyarli bir xil 
belgilangan (55,5% va 51,5%). 2018 yilda qishloq aholisining yoshlari – 57,5% 
oʼz mutaxassisliklari boʼyicha ishlash koʼrsatkichi oʼsdi (shahar yoshlari – 44,4%). 


92 
Genderlik (ayollarning teng huquqliligi) kesimida oʼz mutaxassisliklari bilan band 
boʼlgan xotin-qizlar yosh erkaklarga nisbatan yuqori (62,7% va 43,4%). 
“Sizning mehnat bandligingiz oʼz maʼlumotingiz va kasbingiz 
mutaxassisligiga mos keladimi?” degan savolga hududlar boʼyicha % da 
javoblarning taqsimoti. 
Hududlar 
Javob variantlari 
Ha, mos 
keladi 
Yoʼq, mos 
kelmaydi 
Javob berishga 
qiynalaman 
2017 
2018 
2017 
2018 
2017 
2018 
Jami 
53,5 
45,5 
38,1 
54,5 
8,4 

Toshkent shahri 
48,0 
37,5 
36,0 
58,3 
16,0 
4,2 
Qoraqalpogʼiston 
Respublikasi 
81,7 
53,4 
18,3 
33,3 

13,3 
Аndijon 
62,2 
51,9 
32,4 
44,4 
5,4 
3,7 
Buxoro 
61,1 
56,6 
11,1 
39,1 
27,8 
4,3 
Jizzax 
72,2 
50,0 
22,2 
45,5 
5,6 
4,5 
Qashqadaryo 
52,0 
66,6 
32,0 
29,2 
16,0 
4,2 
Navoiy 
66,7 
60,0 
33,3 
40,0 


Namangan 
43,5 
27,0 
52,2 
73,0 
4,3 

Samarqand 
46,2 
39,2 
44,2 
54,9 
9,6 
5,9 
Surxandaryo 
56,5 
100,0 
30,4 

13,0 

Sirdaryo 
55,6 
81,3 
44,4 
6,2 

12,5 
Toshkent viloyati 
40,6 
72,0 
56,2 
24,0 
3,1 
4,0 
Fargʼona 
41,7 
36,7 
52,8 
60,0 
5,6 
3,3 
Xorazm 
62,5 
50,6 
37,5 
45,3 

4,1 
Yoshlarning bandligi ularning maʼlumoti va ixtisosliklariga mos kelishi 
ularning maʼlumoti darajasiga bogʼliq. Soʼrov qilinganlarning katta qismini oliy 
maʼlumotga ega va oʼz mutaxassisliklari boʼyicha ishlaydigan yoshlar tashkil etdi, 
yaʼni 82,3% (2017 yil 92,1%, 2016 yil- 89,1%). Oʼrta (36,6%) va oʼrta maxsus 
(45,8%) maʼlumotga ega yoshlarda ushbu koʼrsatkich ancha past. 
Soʼrovnomaning natijasiga koʼra yosh oʼzbekistonliklar avvalgidek ishdagi 
oʼsishga intiladilar. Soʼrov qilinganlarning yarimdan koʼpi, yaʼni 53,6% (2017 yil 
57,2%) ishda martabaga erishishni xohlashlarini bildirganlar, soʼrov qilingan yosh 
oʼzbekistonliklarning 27,8% inkor javobini berganlar (2017 yil 24,9%). 
Shahar yoshlari (61,8%) qishloq yoshlariga (44,4%) nisbatan ishda 
martabaga koʼproq intiladilar. Jinsiy yosh kesimida 2018 yil yoshlarda ishda 
martabaga intilish koʼrsatkichi tenglashgan. Tadqiqotlarning oldingi natijalaribilan 
solishtirganda, yosh qizlarning ishdagi martabaga erishishda faollikning oʼsganligi 
koʼzatilyapti. 


93 
Taʼlim kesimida – kelajakdagi martaba koʼproq oliy maʼlumotga ega 
yoshlarni jalb qiladi, yaʼni 71,0% (2017 yil 76,3% va 2016 yil 87,2%). 
Soʼrovnomaga koʼra, koʼra qilinganlarning 32,1% ishda martabaga 
erishishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Soʼrov qilingan yosh insonlar qariyb 
yarmi ishda oʼsishda muammolarga duch kelmaydilar. 
Qishloq yoshlariga qaraganda shaharda yashovchilar martaba zinapoyasida 
koʼproq oldinlab ketadilar (38,2% va 22,5%). 
Soʼrovnomada asosan oʼrta va oʼrta maxsus maʼlumotga ega yoshlar ishda 
oʼsishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Yoshlarning ishda martabaga intilishi oʼzlarining kasbiy malakalarini 
oshirishda namoyon boʼladi. Shunday qilib, soʼrov qilinganlarning yarmidan koʼpi, 
yaʼni 52,7% oʼz mutaxassisliklari boʼyicha bilimlarini tizimli ravishda yangilab 
borishga intiladilar (2017 yil 58,6%, 2016 yil 57,6%). 
Yigitlarga qaraganda yosh xotin-qizlar oʼz malakalarini oshirishga koʼproq 
intiladilar (58,7% va 49,1%). Taʼlim kesimida oliy maʼlumotga ega – 83,8% 
yoshlar oʼz malakalarini faol ravishda oshiradilar (2017 yil 81,6%, 2016 yil 
87,3%). 
Ushbu soʼrovnomaga koʼra, soʼrov qilinganlarning 38,2% oʼz 
mutaxassisliklari boʼyicha malaka oshirishni ishtashlarini bildirganlar. 
Ishlab chiqarishning funktsiyalari va vazifalarida kadrlar tayyorlash 
boʼyicha Milliy dasturdan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash tizimi 
quyidagilar bilan taʼriflanadi: 

turli daraja va malakaga ega mutaxassislarga ehtiyoj shakllanadi; 

uzluksiz taʼlim tizimiga taʼsir koʼrsatadi, uning tarkibida mavjud 
taʼlim, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boʼlgan 
moddiy-texnik, moddiy, kadrlarga oid va boshqa manbalarni taqdim etadi; taʼsis 
etuvchi (tuzuvchi), vasiy, donor, hamkor sifatida ham alohida mutaxassis va 
guruhlarning, ham har xil turdagi va darajadagi taʼlim muassasalarining maqsadli 
tayyorgarligini moliyaviy tomondan taʼminlashda ishtirok etadi; 

turli shakllarda (vaqtinchalik ijodiy jamoalar, taʼlimiy-ilmiy ishlab 
chiqarish komplekslar, markazlar, texnoparklar, texnopoliklar) taʼlim bilan ilm-
fanning oʼzaro bogʼliqligini rivojlantiradi. 
Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarishning rolini kuchaytirish 
qoʼyidagi yoʼllar bilan taʼminlanadi: 

xususan ishlab chiqarish amaliyotida, korxonlarda ishlab chiqarish 
mehnati bilan taʼlimning birlashishi asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; 

kadrlar tayyorlashda va hamkorlikdagi ilmiy-texnologik ishlanmalarni 
oʼtkazishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish; 

mehnat jamoalarida oʼquvchilarni tarbiyalash (mehnatga oid, ahloqiy 
va jismoniy tarbiya); 

ishlab chiqarish ehtiyojlarini hisobga olgan holda texnika va 
texnologiyalarni rivojlantirishdagi yangi yoʼnalishlar boʼyicha kadrlarni 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish amalga oshiriladi; 


94 

ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologik muammolarini yechish 
uchun OTMlarning va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb qiladi; 

bevosita ishlab chiqarishda ilgari texnologiyalar sohasida pedagogik 
kadrlarning malakasini tizimli oshirish; 

taʼlim jarayoniga va pedagogik faoliyatga yuqori malakali kadrlarni 
jalb etish; 

ishlab chiqarish malakasini oʼtash uchun taʼlim oluvchilarni ish joyi 
bilan taʼminlash; 

birlashgan taʼlim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparaturalar 
va asboblar bilan jihozlash. 
Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim asoslari 
quyidagilar: 

demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurish 
yoʼlida respublikaning jadallik bilan siljishi; 

davlat iqtisodiyotida keskin oʼzgarishlarni amalga oshirish, respublika 
xoʼjaligini asosan xom-ashyo yoʼnalishidan yakuniy raqobatbardosh mahsulot 
ishlab chiqarishga aylantirish, mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish; 

shaxs qiziqishlari ustunligini va davlat ijtimoiy siyosatidagi 
oʼzgarishlarni tasdiqlash; 

milliy oʼzlikni anglashning oʼsishi, vatanparvarlikning shakllanishi, 
oʼz vataniga nisbatan faxr hissining yuzaga kelishi, milliy madaniy-tarixiy 
anʼanalarga, xalqning intellektual merosiga boʼlgan hurmat; 

Oʼzbekistonning dunyo hamjamiyatiga qoʼshilishi, dunyoda 
respublikamizning pozitsiyasini va mavqeini mustahkamlash. 
Ijtimoiy – mehnat sohasida davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlarini 
hisobga olgan holda, hudud rivoji natijalarini aniqlab beradigan omillar sifatida 
mehnat bozori samarali ishlashining metodologik holati quyidagi tamoyillarga 
asoslanishi kerak: 

teng mehnat uchun moddiy mukofotning teng sharoitlarini yaratish; 

mehnatga layoqatli aholining barcha guruhlarini ijtimoiy himoya 
qilish tizimining kafolati asosida aholi – hayot taʼminotini shakllantirishning va 
rivojlantirishning sifatli strategiyalarini ilgari surish; 

mehnat bozori rivojini rejalashtirish jarayonlarga, yaʼni omillarning 
taʼsiriga, yuzaga kelgan tendentsiyalarga (intilishlarga) bogʼliq holda 
korrektirovkali (toʼgʼrilash) interfaol rejalashtirishga yoʼnaltiriladi. 

mehnat bozori ishlashining samaradorligi aholining hayot darajasi va 
sifatining muqobil-boshqaruv kursatkichlari bilan baholanadi. 
Shuni taʼkidlash lozimki, Oʼzbekiston Respublikasida zamonaviy mehnat 
bozori sharoitida OTM bitiruvchilarining kasbiy koʼnikmalarini takomillashtirish 
jarayonida “Muvaffaqiyat kunlari” yoki “Boʼsh ish oʼrinlar yarmarkasi” 
oʼtkaziladi, u yerda talabalar ish beruvchilar va ularning nomzodlarga qoʼyadigan 
talablari, mavjud ish oʼrinlari bilan tanishadilar. 


95 
Oʼzbekiston Respublikasida OTM bitiruvchilarining mehnat bozori 
infrastrukturasini 
tashkillashtirish 
shakllari 
bu 
bitiruvchilarning 
mehnat 
orientatsiyasi va ularning ishga joylashishiga koʼmaklashish boʼyicha maxsus 
xizmatlarni tashkil etish, shuningdek ish beruvchilar maʼlum talabi boʼyicha 
oʼqitilayotgan fanlarni tanlash va ularning mazmuni nuqtai nazardan oʼquv 
jarayoniga qoʼshilish kabilardir. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling