Yoshlаr sotsiologiyasi
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
Аmaliy vazifa
Rolь oʼyinlari: “Yoshlar submadaniyati”. Jamiyat bir xil emas. Har bir inson – bu soʼzining qiziqishlariga, muammolariga, tashvishlariga ega mikrodunyodir. Lekin shu bilan birga koʼp insonlarning qiziqishlari va talablari 74 oʼxshash. Baʼzida ularni qondirish uchun boshqa bir inson bilan birlashish zarur, birgalikda maqsadga erishish oson. Ijtimoiy submadaniyat taʼlimining ijtimoiy mexanizmi shunday – qiziqishlariga qarab insonlarning birlashishi. Submadaniyatlar kerak boʼlgani uchun yuzaga keladi: ular yoshlar va oʼsmirlarga oʼzlarini ijodiy tomondan namoyon qilishlariga, hayotda oʼz oʼrinlarini aniqlab olishga, doʼstlar orttirishga imkon beradi. Yoshlar submadaniyati shaxs sotsializatsiyasi uchun kerak. Got, pank, metallist, emoga aylanib yosh inson hulq- atvor normalarini, muloqot qoidalarini, ijtimoiy rolini oʼzlashtiradi. Аmaliyotning oʼquv maqsadi: yoshlar muhitida ularni samarali muloqotga tayyorlash; ijtimoiy muammolar, ijtimoiy tadqiqotlar usullarining amaliyotda qoʼllanilish sohasidagi koʼnikma va qobiliyatlarni singdirish. Praktikum (amaliyot) stsenariysi. Praktikum kichik guruhlar usuli bilan talabaning mustaqil ishini koʼzda tutadi. Аuditoriya mashgʼuloti boshlangunga qadar oʼqituvchi ishtirokchilarni ular mustaqil holda bajarishi kerak boʼlgan vazifalar va oʼyin shartlari bilan tanishtiradi. Oʼyin ishtirokchilari bir necha guruhlarga boʼlinadilar (3 tadan 5 tagacha). Ishtirokchilar Rossiya yoshlarining ijtimoiy guruhlarga boʼlinganligini, ularning siyosiy, ijtimoiy qiziqishlarini namoyon etadigan kuchlarni taqlidqilgan (oʼynagan) holda ishtirok etishlari mumkin, endi ular oʼzlarining real submadaniyati, tashkiloti, partiyasi yoki shaxsan oʼzining pozitsiyasidan kelib chiqib oʼynashlari mumkin. Ishtirokchilar oʼzlariga haqiqiy, oʼxshash yoki shartli ismlar tanlashlari mumkin. Har bir rol oʼynovchi guruh oʼzlarining pozitsiyasi haqida chiqish (15 daqiqalik) tayyorlaydilar. Chiqishning oʼzgarmas tarkibiy lahzalari: - Submadaniyatning nomi; - Xarkteristikasi: falsafasi, dasturiy fikrlari, guruh ongining oʼziga xos xususiyatlari, aʼzolarning ierarxiyasi va hokazo; - Belgili-ramziy xarakteristikasi: kiyim-kechaklari, soch turmagi, bezaklari va hokazo; - Submadaniyatning tugʼilish asoslari, avlodlar oʼrtasidagi qarama- qarshiliklar; - Mavjudligining muddati; - Tarixda va madaniyatda yuzaga kelishining oqibatlari. Guruhlar tayyorlanish va chiqish jarayonlarida oʼquv texnik vositalardan va koʼrgazmali qurollardan foydalanishlari kerak. Yuqoridagi reja asosida tayyorlangan chiqishlar auditoriyadagi munozaralar va ekspertlarning ishlashlari uchun yagona kenglik yaratib beradilar. Ekspertlar tayinlanadi: - boshlovchi – tashkillashtiradi, oʼyin jarayonini boshqaradi, tartibni saqlaydi, soʼz uchun navbatni eʼlon qiladi, - “”optimist barcha ijobiy holatlarni belgilab boradi. Masalan, submadaniyat shakllari orqali yoshlarning maʼlum qismi uchun sotsiallikni oʼzlashtirishga yoʼl ochiladi, - “pessimist” – barcha salbiy holatlarni belgilab boradi. Masalan: submadaniyatlarning baʼzilari yoshlar muhitida salbiy tendentsiyalarning rivojlanishiga asos boʼladi (narkomaniya muammolari, 75 zoʼravonlik va hokazo). Ekspertlar (“optimist” va “pessimist”) har bir guruhga oʼz savollarini beradilar va chiqishlarning rolь bilan mosligini qisqacha sharhlab oʼtadi. Mashgʼulot soʼnggida guruh chiqishlarini birgalashib muhokama qilib, ekspertlar submadaniyatlar toʼgʼri taʼriflanganligi yoki unday emasligi haqidagi oʼzlarining fikrlarini aytadilar. Bu bahs-munozaralarda oʼqituvchi fikr qarashlarini emas, balki taqdim etilgan yoshlar submadaniyatlar dusturini va mafkura mohiyatini tushunishdagi professionalizmni bagʼolaydigan kuzatuvchi (“spiker”) sifatida ishtirok etadi. Mashgʼulotdan oldin oʼqituvchi submadaniyatlarning guruh- namoyondalari va ekspertlar bilan individual va guruh boʼlib konsulьtatsiya oʼtkazadi. U chiqish mazmunining toʼgʼri va izchil tahlili metodikasini tushuntirib oʼtadi. U seminar ishtirokchilarining savollariga javob berishga tayyor turish lozimligini taʼkidlab oʼtadi. Oʼqituvchi barcha talabalarga savol berishga tayyor turishni va oʼzlarining pozitsiyalarini argument asosida aytib oʼtishlarini tavsiya qiladi. Oxirida rolь oʼyinlariga yakun yasaladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling