Yoshlаr sotsiologiyasi
-MAVZU. YOSHLAR MADANIYATI
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
4-MAVZU. YOSHLAR MADANIYATI.
REJA: 1. Yoshlar madaniyatining metodik-nazariy asoslari. 2. “Yoshlar madaniyati”, “yoshlar submadaniyati”, “yoshlar uchun madaniyat” tushunchasining oʼzaro bogʼliqligi. 3. Sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar fenomeni sifatida ommaviy madaniyat va uning yoshlarga yoʼnaltirganligi. 4. Yoshlar submadaniyatining asosiy elementlari. 1. Yoshlar madaniyati mustaqil ijtimoiy makon bilan namoyon boʼlib, unda oilada, maktabda vakolatlaridan maxrum boʼlgan, kattalar tomonidan toʼliq nazorat qilinadigan yoshlar oʼziga xos xususiyatga ega boʼlishi mumkin. Bundan tashqari, zamonaviy sanoatlashgan jamiyatda oila oʼzining anʼanaviy taʼlim va professional funktsiyalarini yoʼqotishni boshlaydi. Oʼz tengdoshlari tomonidan qabul qilingan qadriyatlar va hulq-atvor orqali oʼsmirlar ota-onalar va kattalar jamiyatining professional rollaridan uzoqlashadi. Shunday qilib, kompaniyada qabul qilingan raqobatbardosh va instrumental texnikasi emotsional mustaqillik va xavfsizlik modellarini rivojlantirishga, “oʼzining” hududlarini oʼzlashtirishga, boshlangʼich (bolalik) sotsializatsiyasining rolь xususiyatlarining oʼzgarishiga yoshlar madaniyati yordam beradi, bular oʼsmirlarni katta pozitsiyani egallashga tayyorlaydi. Yoshlar va ularning birlashmalarini oʼrganishda ijtimoiy yondashuvlarning rivojlanishi uzoq tarixga ega. Yoshlarni maxsus ijtimoiy guruh sifatida taʼriflaydigan asosiy xorijiy tushunchalar asosi bu amerikalik psixolog S.Xollning oʼsmirlik fenomeniga bagʼishlangan tadqiqoti, K.Manngeyning avlodlarga oid yondashuvi, T.Parsonsning tarkibiy-fuktsional yondashuv doirasida yoshlar madaniyati tushunchasining taʼrifi, E.Erikson, L.Foyerning psixoanalitik tushunchalarini belgilab bergan. Yoshlar submadaniyati muammosi ilk bor 1920-1940 yillarda Chikago Unversiteti sotsiologlarini (F.Tresher, P.Kressi va boshqalar) qiziqtirgan edi, lekin 60 oʼsha davrda ular ham bu tushunchani ishlatmaganlar. Soʼnggi yillarda АQShda bu muammoga tarkibiy-funktsionalizm nazariyachilari R.Merton, А.Koen, R. Klouord, L. Olin va boshqalar murojaat qildilar. “Submadaniyat” terminidan qochgan holda, tadqiqotchilar “yoshlarning norasmiy uyushmalari” (YoNU) tushunchasini ishlatganlar. S.N.Ikonnikova, V.T.Lisovskiy, V.А.Lukovlarning asarlarida bunday uyushmalarning madaniy, ijtimoiy-madaniy jihatlari tadqiq qilingan. 1990 yillarda T.B.Щepanskaya, А.I.Shendrik, V.V.Kostyushev, V.А.Bobaxo, S.I.Levikova, Z.V.Sikevichlar yoshlar submadaniyatini oʼrganganlar. Ularning asarlarida yoshlarning turli amaliyotlariga alohida eʼtibor qaratilgan, yoshlar faolligining uzoq muddatli taʼlim olish muddati bilan bogʼliqligi, jamiyatning texnik modernizatsiyasi, yangi kapitalistik jamiyatda rivojlanayotgan bozor va isteʼmolchilar munosabatlari tahlil qilingan, ijtimoiy-madaniy adaptatsiyaning alohida shakli sifatida konformizm tadqiq qilingan. Rossiya yoshlari madaniyatning eng yangi tadqiqotlari orasida eng avvalo Ye.L.Omelьchenko, S.I.Levikova va А.А.Kozlovlarning asarini ajratib koʼrsatish lozim. Yoshlarning zamonaviy sharoitda adaptatsiya muammolari, yoshlar boʼsh vaqtining maʼnaviy-madaniy holati vatanimiz mualiflari O.B.Ota-Mirzaev, Z.R.Qodirova, U.Q.Qayumov, R.А.Ubaydullaevalarning asarlarida tahlil qilingan. M.X.Ganieva, А.Qahhorov, O.Shodmonqulovlarning asarlarida ijtimoiy stratifikatsiya masalalari ishlab chiqilgan, shu bilan birga aholi yosh guruhlarining ijtimoiy-demografik taʼrifi asoslab berilgan. Masalan, “Ijtimoiy fikr” Jamoat Markazida oʼtkaziladigan koʼplab ijtimoiy loyihalar rahbarlari R.А.Ubaydullaeva, O.Ota-Mirzaev, U.Q.Qayumovlar Oʼzbekiston yoshlarining jinsi, yoshi, millati, eʼtiqodi, yashash joyi va sharoitlari, ijtimoiy statusi, faoliyat turi ularning hulq-atvori, hayot tarzi, siyosiy va boshqa qadriyatlar orientatsiyasi normalari bilan bogʼliq holda koʼrib chiqadilar. 2. “Yoshlar submadaniyati” tushunchasi va umuman submadaniyat ancha oldin, yaʼni XX asrning oxirida fanga kirib keldi. Gʼarbda bu hodisa dastlab “yoshlar kontrmadaniyati” deb atalgan. Kontrmadaniyat shunday submadaniyatni anglatadiki, u nafaqat asosiy madaniyatdan farq qiladi, balki asosiy tamoyillar va qadriyatlarda unga qarshi turadi. Submadaniyat – jamiyatning “rasmiy” tizimi, asosiy madaniyati ichidagi qisman madaniytizimdir, u hayot tarziga, qadriyatlar ierarxiyasiga, dunyoqarashga taʼrif beradi. Tor maʼnoda yoshlar submadaniyati – bu yoshlar yaratgan madaniyat. Shu bilan birga, bugungi kunda yoshlar submadaniyati oʼzlari yaratgan madaniyat doirasidan chiqayapti va yoshlar uchun yaratilgan, ommaviy madaniyatni oʼz ichiga oladi. Jamiyatning zamonaviy madaniy sanoatining asosiy qismi yoshlarning boʼsh vaqti, oʼyin-kulgu, moda, kiyim-kecha ishlab chiqarish, poyafzal, taqinchoqlarga oid yoshlarning talab va didini qoniqtirishga yoʼnaltirilgan. Bu yana shu bilan ham bogʼliqki, zamonaviy jamiyat aholisining 61 qariyb yarmini yoshlar tashkil etadi, ijtimoiy va madaniy hayotda ularning roli har doim oshib kelmoqda. Shu sababdan, hozirgi davrda butunlay yangi hodisa yuzaga keldi: agar avvallari yoshlar iloji boricha tezroq ulgʼayishga intilishgan va kattalarga oʼxshagisi kelgan boʼlsa, endilikda qarama-qarshi harakat paydo boʼldi, yaʼni yoshi kattalar yoshligi bilan ajralgilari kelmaydi, oʼzlarining yosh koʼrinishini saqlab qolgilari keladi, yoshlarning slengini (shevasini), modasini, hulq-atvor shaklini, ermaklari usullarini qabul qiladilar. Submadaniyat kerak boʼlgani uchun u yuzaga keladi: u ayniqsa yoshlarga va oʼsmirlarga oʼzlarini ijodiy tomondan namoyon qilishlari uchun, hayotda oʼz oʼrinlarini aniqlab olishlari uchun, doʼstlar orttirish uchun imkoniyat yaratadi. Yoshlar submadaniyati shaxsning sotsializatsiyasi uchun kerak, - u bizning jamiyatdagi submadaniyatning eng asosiy roli. Masalan, got, pank, metallist yoki emo boʼlganidan keyin yosh inson halq-atvorning birinchi normalarini, muloqot qonunlarini, ijtimoiy rolьni, yoshlarning ijtimoiy yetukligini oʼzlashtiradilar, yoshlarning hayot yoʼlini tanlashlari shaxs hayot faoliyatining barcha asosiy sohalarida sodir boʼladi, bu taʼlim, tarbiya, katta avlodning tajribasini qabul qilish vositasida amalga oshiriladi. Ushbu jarayonning asosiy ijtimoiy-madaniy regulyatori (tartibga soluvchi) va bir vaqtning oʼzida yoshlarning jamiyatdagi, rivojlanishning tarixiy jarayoni tuzilmasidagi holati koʼrsatkichlari sifatida qadriyatlar orientatsiyasi, ijtimoiy normalari, koʼrsatmalari ishtirok etadilar. Ular yoshlarning ong turini, faoliyat harakterini, muammolarning xususiyatlarini, ehtiyojlarini, qiziqishlarini, umidlarini, hulq-atvorining tipik namunasini taʼriflaydi. Yoshlar muhitida madaniyatni tushunishda yangi tendentsiyalar paydo boʼldi. Tarixiy-madaniy qadriyatlarning obʼektiv mavjudligini, milliy madaniy anʼanalarni tan olib, yoshlar bularni oʼzlashtirishda faollik koʼrsatmaydilar. Yoshlar ularni real ijtimoiy-siyosiy, tarixiy kontekstda amaliy ahamiyatga ega emas, ikkinchi darajali deb hisoblaydilar, yoshlar chuqur madaniy asosga ega boʼlmagan imidj (tashqi koʼrinish) texnologiyasiga koʼproq eʼtibor qaratadilar. Madaniyat – odob – ahloq bilan, uning tarkibi esa – shakl bilan almashtiriladi. “Yoshlar submadaniyati” tushunchasining etimologik mazmuni 2 ta tarkibiy qismdan tashkil topgan: “sub”, “madaniyat”. “Sub” tarkibiy qismi bilan birgalikda madaniyat soʼzi butunlay yangi maʼno kasb etadi. Yoshlar submadaniyati yoshlar madaniyatining innovatsion kuchini mujassamlashtirgan nimadir sifatida, jamiyat madaniyatining kelgusidagi progressiv rivoji sifatida koʼrib chiqiladi. S.N.Ikonnikova submadaniyatga qoʼyidagicha taʼrif bergan: “Submadaniyat – bu madaniyat ichidagi madaniyatdir, u oʼzining aniq chegaralariga ega. U ijtimoiy guruhlarga oid va uni aʼzolarga taqsimlaydigan bilimlarni, eʼtiqodni, maqsad va qadriyatlarni, mulohaza va baholashni, feʼl-atvor va didni, jargon va hulq-atvor usullarini, xurofot va notoʼgʼri fikrlarni oʼz ichiga oladi”. Ushbu taʼrifda sifatga oid xarakteristika keltirilgan, umumiy madaniyatdan 62 farq qiladigan belgi sifatida submadaniyatni tashkil etadigan elementlar belgilab qoʼyilgan. Jamiyatning koʼplab aʼzolarini boshqaradigan qadriyatlar, eʼtiqod, anʼana va urf-odatlar majmui ustun madaniyat deyiladi. Jamiyat koʼplab guruhlarga milliy, demografik, ijtimoiy, professional guruhlarga boʼlingani uchun, ularning har birida asta-sekinlik bilan shaxsiy madaniyat, yaʼni qadriyatlar, hulq-atvor qoidalari tizimi shakllanadi. Kichik madaniy dunyo submadaniyat deb ataladi. Submadaniyat – katta ijtimoiy guruhga mansub boʼlgan umumiy madaniyatning bir qismi, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlardir. Yoshlar submadaniyati, yoshi ulgʼayganlar submadaniyati, mayda millatlar submadaniyati, professional submadaniyat, jismoniy submadaniyatlar haqida gap boradi. Submadaniyat hukmron madaniyatdan tili, qarashlari, hulq-atvor usuli, soch turmagi, kiyim-kechagi, urf-odatlari bilan farq qiladi. Yoshlar submadaniyati – qadriyatlar, hulq-atvor, qarashlar tizimi, muloqot shaklidir, u kattalar madaniyatidan farq qiladi va oʼsmirlar, 10 yoshdan 20 yoshgacha boʼlgan yoshlarni taʼriflaydi. Madaniy oʼzgarishlar jarayoni. 1. Madaniyatda oʼzini rivojlantirish bilan booʼliq jarayonlar guruhi: tabiiy va kutilmagan rivojlanish (xalq soʼzlashuv tilining yaratilishi). - Sinash va xatolar usuli bilan rivojlanish (solishtirish, tenglashtirish) 2. Madaniy kontaktlari, oʼzaro aloqadorligi bilan bogʼliq madaniyatlar oʼzgarishi: - Oʼzlashtirish. Bu ixtiyoriy (savdo-sotiq), majburiy (migratsiya) va zoʼravonlik bilan amalga oshirilgan boʼladi (bosib olish). Bu shakllar odatda individual yaratuvchilar bilan bogʼliq va ular har doim keng ijtimoiy oʼzgarishlar kontekstiga kiritiladi. Madaniyatda har doim oʼz-oʼzidan sodir boʼlgan va rejalashtirilgan oʼzgarishlar qoʼshiladi. Yoshlar submadaniyati fenomen sifatida 50 yildan buyon mavjud. Shu vaqt mobaynida uni oʼrganishda ishlatiladigan maxsus terminalogiya va tushunchalar paydo boʼldi. Fenomenning oʼzini aniqlashda muammo borligicha qolmoqda: biz nima bilan ish koʼrayapmiz – yoshlar submadaniyati bilanmi yoki madaniyat bilanmi? Uloarni odatda sinonim sifatida ishlatadilar, lekin vaqti-vaqti bilan yoshlar submadaniyatning tarkibiy qismi deb tushunib, ularni ajratishga ham harakat qilishadi. Masalan, “yoshlar madaniyati” tushunchasi koʼp maʼnoga ega va koʼp sinonimlari bor. Shuning uchun ushbu tushuncha orqasida turgan mafkuraviy yoʼnaltirilganlikka bogʼliq holda “yoshlar madaniyati”, “yoshlarning shaxsiy madaniyati” va hattoki “kontrmadaniyat” haqida gapiriladi. А.Ya.Flierning fikricha, “submadaniyatlar – bu biror holatning (yoki hislatlar kompleksi) maʼlum hududiy xususiyati bilan farq qiladigan yaxlit hududiy madaniyatning (etnik, milliy, ijtimoiy) yirik segmentlaridir”1. Uning fikricha, “har qanday madaniyat koʼplab elementlardan tashkil topgan, bu elementlar uning xususiyatidir (til, din, urf-odatlar, feʼl, sanʼat, xoʼjalik 63 tuzilmasi va boshqalar), submadaniyat boʼlsa ushbu elementlarning asosiy yigʼindisiga koʼra, tayanch madaniyatga juda yaqin, faqatgina bir-ikki hislatlari bilan farq qiladi”. Shuningdek, u har qanday submadaniyatda 2 ta qarama-qarshi tendentsiyalarning borligini taʼkidlaydi: tayanch madaniyat bilan yaqinligi yoki undan ajratilganligi. А.Ya.Flier submadaniyatni tipologizatsiya (turlash) qilish uchun qisqa asoslar keltiradi. U asosiy madaniyatdan biror bir etnik, lingvistik yoki konfessional belgilari bilan farq qiluvchi submadaniyatlarni ajratib koʼrsatadi. Bulardan tashqari, ijtimoiy, yoshga oid yoki biror boshqa xususiyatiga asoslangan “koʼplab submadaniyatlar mavjud. Masalan, yoshlar submadaniyati, pensionerlar va katta yoshdagi insonlar submadaniyati, nogironlar submadaniyati, gomoseksuallar submadaniyati va boshqalar”2. Shuningdek, L.Saulenko submadaniyatlar maʼlum belgilarga ega deya taʼkidlaydi. Ularda qattiq ichki qoida bor, “oʼzgacha fikrlovchi”larni guruhdan chiqarib tashlash madaniy mexanizmi amal qiladi. Submadaniyatlar hoxishiy uyushmalar atrofida shakllanadi va ularning eng yuqori pogʼonasi hisoblanadi . N.V.Ivanova boshqacha talqinni keltiradi. Uning nuqtai nazarida, submadaniyat – bu oʼziga xos ijtimoiy-psixologik belgilarning (normalar, qadriyatlar, andoza, didlar va boshqalar) majmuidir va u maʼlum nominal, real insonlar guruhining yashash tarziga, fikrlashiga taʼsir koʼrsatadi, ular oʼzlarini “Ular” dan farq qiladigan “Biz” sifatida oʼrnatishlariga va anglab yetishlariga imkon beradi . T.B.Щepanskayaning talqin qilishicha, submadaniyat mustaqil butunlikni kasb etmaydi, u madaniyatning kichik tizimidir. Boshqa tadqiqotchilar izidan u submadaniyatning farqini quyidagicha izohlaydi: “submadaniyat toʼliq mustaqil boʼlishga qodir emas, u oʼz madaniyati kodidan foydalanadi, bu kod esa ramzlardan tashkil topgan”1. T.B.Щepanskaya submadaniyatni vositalarni (belgilar va ramzlar), kommunikatsiya (aloqa) kanallarining maʼlum konfiguratsiyasini oʼz ichiga olgan kommunikativ tizim sifatida talqin qiladi, “madaniyatning ancha keng tizimi doirasida mustaqil boʼla oladigan belgili va normativ tizim” sifatida taʼriflaydi . T.B.Щepanskaya tomonidan tasvirlangan submadaniyat kontseptsiyasidagi eng katta qiziqish shaxslararo aloqalarning hududiy, jipslashishi sifatida submadaniy hamjamiyatning u tomonidan submadaniyatdan ajratib qoʼyishni kasb etadi. Uning fikriga qoʼshilgan holda aytish mumkinki, “submadaniyat” sifatida umumiy ramzlarga ega hamjamiyat submadaniyat bilan tenglashtiriladi, lekin ularning chegaralari har doim ham mos kelmaydi. “Biror bir subamadaniy anʼanalari, yaʼni belgilar va normalar asosida koʼplab turli hamjamiyatlar yuzaga kelishi mumkin, anʼanalarning uzatilishi esa koʼpincha guruhlararo darajada sodir boʼladi” . Submadaniyat vujudga kelgan va mavjud boʼlishidan toʼxtagan, lekin oʼzining hissasini uning anʼanalariga qoʼshgan hamjamiyatlarni tashkil qiladi. Ushbu tadqiqotda oʼxshash taqsimot qoʼllab-quvvatlanadi: submadaniy hamjamiyat ostida belgilar, qadriyatlar, shaxslararo aloqa turi, muloqot shakli, 64 tashqi atributika (oʼziga xos xususiyat) til va hokazolar tizimi sifatida submadaniyat tashuvchilarini tushunish mumkin. 1. Jamiyatning maʼlum qatlami madaniyati sifatida ish yuritadigan, baʼzi salbiy talqin qilingan normalar va qadriyatlar majmui. 2. Oʼzingizga kerakli narsalarni topa olmayapsizmi? Аdabiyotlarni tanlab olish xizmatidan foydalanib koʼring. 3. Odamlar tashkilotining (koʼpincha yoshlar) alohida shakli, hukm surayotgan madaniyatning mustaqil toʼliq shakllanishi, u uni tashib yuruvchilarining hayot tarzini taʼriflaydi, oʼzining urf-odatlari, normalari, anʼanaviy madaniyatning qadriyatlari kompleksi bilan farq qiladi, oʼziga xos dunyoqarash tusini olgan. Koʼpgina olimlar yoshlar submadaniyatining paydo boʼlishini XX asrning ikkinchi yarmida kuzatilgan demografik portlash deya talqin qiladilar. Аholi tarkibida yoshlar ulushi sezilarli darajada oʼsdi, bu bilan infrastruktura katta oʼzgarishlarni koʼrmadi. 1960 yillarda koʼplab yosh insonlar taʼlim olish imkoniyatining yoʼqligiga, ish topish, yuqori ijtimoiy statusga erishishda qiyinchilikka duch keldilar. Shu bilan bogʼliq holda ular shu xulosaga keldilarki, qadriyatlarning oldingi (otalarining madaniyati) tizimi ularning ehtiyojlarini qondira olomayapti, shuning uchun amaldagi madaniyatni rad etadigan oʼzlarining madaniyatini yaratish lozim. Yoshlar submadaniyatiga koʼpincha 13-17 yoshdagi oʼsmirlar kiradilar. Muammo shundaki, kattalar koʼpincha oʼtish davrining toʼliq ahamiyatini tushunmaydilar. Mana shu yerdan oʼsmirga nisbatan ochiq hurmatsizlik (kattalar uning oʼrniga oʼzini qoʼyib koʼrishni hoxlamaydilar) boshlanadi, qabul qilingan doiraga, umuman kattalar hulq-atvoriga mos kelmaydigan har qanday hul-atvorni kesib oʼtishga agressiv, faol intilish boshlanadi. Yoshlarning submadaniy faolligi bir qator omillarga bogʼliq: - Taʼlim darajasiga. Taʼlimning pastroq darajasidagi shaxslarda bu faollik biroz yuqori. - Yoshga. Faollikning choʼqqisiga 16-17 yosh, 21-22 yoshga kelib esa u sezilarli darajada pasayadi. - Yashash joyiga. Norasmiylarning harakatlari qishloqqa nisbatan shaharga koʼproq xos, aynan shahar ijtimoiy aloqalarning koʼpligi bilan qadriyatlarni tanlash va hulq-atvor shakliga imkon beradi. Yoshlar submadaniyatining zamonaviy jamiyatda keng tarqalishining sabablari: - Submadaniy hamjamiyatda oʼsmir oʼzi uchun referent boʼlgan tengdoshlari guruhiga kirishiga imkoniyat yaraladi, ularning har birining psixologik ahamiyati darajasini koʼtaradigan “biz” umumiylashtiradigan his paydo boʼladi; - Submadaniyat yoshlarga oʼzining mustaqilligini xis qilishga va namoyon qilishga imkon beradi; 65 - Submadaniyat katta dunyosi bilan, hukmron jamiyatdagi madaniyat bilan yuzaga kelgan nizolarning ogʼir yukidan tqutilishga yordam beradi. Yoshlar submadaniyatining yagona boʼshligʼi doirasida hukmron madaniyatga munosabati boʼyicha, usuli, asosiy orientatsiyasi boʼyicha farq qiladigan koʼp turdagi submadaniyatlarni ajratib koʼrsatish mumkin. Psixologik-tipologik adabiyotda yoshlar submadaniyatining tipologiyasini uchratish mumkin: - Romantik-eskapit submadaniyat (xippi, indeanistlar, tolkienistlar, mashhur izoh bilan baykerlar); - Gedonistik-koʼngilochar (majorlar, reyverlar, reperlar va boshqalar); - Jinoiy («gopniklar», «lyuberlar»); - Аnarx-nigilistik (panklar, ekstremistiik «chaplar» va «oʼnglar» submadaniyat oqimlari), shuningdek, ular radikal-destruktiv deb ham ataladi. Shuningdek, 1990 yillarda paydo boʼlgan va musiqali (rokerlar, feyverlar, reperlar va hokazolar) submadaniyatni ham qoʼshib qoʼyish mumkin. Ularga boʼlgan munosabat bir maʼnoli emas. Yoʼnaltirilganligiga qarab, ular tashkil etilgan jamoalarning toʼldiruvchisi hamda ularning antipodlari boʼlishi mumkin. Oʼz faoliyatiga ega uyushmalar atrof-muhitni ifloslanishdan va yooʼq qilishdan saqlaydilar, madaniyat yodgorliklarini qutqaradilar, ularni restavratsiya qilishga begʼaraz yordam beradilar, nogironlar va qari insonlarga gʼamxoʼrlik qiladilar. Tabiiy ravishda paydo boʼlayotgan yoshlar guruhlari norasmiylar, havaskorlar, oʼz faoliyatiga ega deb ataladilar. Birinchidan, ularning barchasi oʼz xohishi tamoyili asosida shakllanadi va tashkiliy jihatdan mustaqil hisoblanadilar; ikkinchidan, ular faoliyatning maʼlum bir turi bilan mashgʼul. Shuning uchun dastlab ishlatilgan “norasmiy” termini unchalik aniq emas va “xippi”, “panklar”, “metallistlar” kabi guruh va uyushmalarga nisbatan ishlatilishi mumkin. Bularga koʼpincha oʼz-oʼzidan tashkil topgan, tashkilotchi boʼlmagan, beqaror kabi taʼriflar xos. Shuni aytib oʼtish kerakki, yurtimizdagi yoshlar submadaniyati rivojlanishida gʼarb madaniyati anʼanalari xususiyatlaridan namuna olingan. Yoshlar submadaniyati yoshga oid psixologiya xususiyatlariga borib taqalmaydigan hodisalarni kasb etadi. Uning kelib chiqishi bir qator obʼektiv sabablarga bogʼliq va madaniyat xarakteri, zamonaviy jamiyatning ijtimoiy aloqadorligi, oʼz doirasida yoshlarning oʼrni va rolidagi printsipial oʼzgarishlar bilan taʼminlanadi. Madaniy universallar va madaniy shakllarning xilma-xilligi. Madaniy universallar (Dj.Merdok) hamma madaniyatga xos boʼlgan umumiy hislatlardir. Ularga qoʼyidagilar mansub: hamkorlikdagi mehnat, sport, taʼlim, marosimlarning mavjudligi, qarindoshlik tizimi, jinslarning aloqadorligi qoidalari, til va hokazolar. Bunday universiallarning kelib chiqishi inson ehtiyojlari va umumiyliklarga bogʼliq. Madaniy universiallar madaniyatning aniq varianti xilma- 66 xilligi bilan namoyon boʼladi. Ularni “Sharq” – “Gʼarb” supertizimning mavjudligi bilan, milliy madaniyat bilan, kichik tizim (submadaniyat), yaʼni elitar, xalq, ommaviy madaniyat bilan solishtirish mumkin. Madaniy shakllarning xilma-xilligi bunday shakllarning solishtirish muammosini qoʼyadi. Etnotsentrizm va reletivizm – madaniy shakllar xilma-xilligini tadqiq qilishdagi keskin nuqtai nazardir. Reletivizm: har bir madaniyatni uning normalaridan va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilish kerak. Etnotsentrizm: “Mening madaniyatim – eng zoʼr, qolganlari esa – shunchaki ... boʼladi”. Insoniyat masshtabida milliy madaniyat, “Sharq-Gʼarb” kabi tushunchalar farqlangan. Аlohida jamiyat masshtabida esa: elitar madaniyat, xalq madaniyati, ommaviy madaniyatlar farqlangan. Madaniyatni uning elementlariga, madaniy universallarning namoyon boʼlishiga koʼra taqqoslash mumkin. Elitar madaniyat – uning elementlari professionallar tomonidan yaratiladi va maʼlum, tayyor auditoriyaga yoʼnaltirilgan boʼladi. Xalq madaniyati – nomaʼlum, anonim bunyodkorlik tomonidan yaratiladi. Uning yaratilishi va faoliyati kundalik va amaliy hayotdan ajralmasdir. 3. Ommaviy, umumiy madaniyat oliy tabaqa zodagonlarining didini yoki xalqlarning maʼnaviy qidiruvini aks ettirmaydi. Uning paydo boʼlish vaqti XX asrning oʼrtasi, yaʼni OАV (radio, matbuot, televidenie, magnitafon) dunyoning koʼplab mamlakatlariga kirib borgan va barcha ijtimoiy qatlam vakillariga tushunarli boʼlgan davr. Ommaviy madaniyat xalqaro va milliy boʼlishi mumkin. Mashhur estrada musiqalari, sirk-ommaviy madaniyatga misoldir. Ular taʼlim darajasidan qatʼiy nazar aholining barcha yoshdagi barcha qatlamlariga tushunarli. Shunday qilib, jamiyat madaniyati insonlar va ularning guruhlarining amaliy faoliyatidagi natijalarda, mazmunida, uslubida, tarixida namoyon boʼladi. Jamiyat madaniyati ijtimoiy harakat va aloqadorlikning tartibga solinishida, uning nazorat qilinishida, butunligini, barqarorligini taʼminlashda hal qiluvchi rolьni oʼynaydi, avval aytib oʼtilganiday ijtimoiy qadriyatlar va normalar tizimi madaniyatning asosini tashkil qiladi. “Yoshlar madaniyati” va “yoshlar submadaniyati” tushunchalarini ajratishga urinishlar XX asrning 90-yillarida qabul qilingan edi. 1996 yilda quyidagilar taʼkidlangan edi: “Yoshlar madaniyati” tushunchasi keng maʼnoda “yoshlar submadaniyati”, “yoshlar kontrmadaniyati” fenomenlarini belgilashda jamlanma sifatida ishlatilgan. Tor maʼnoda esa – jamiyatning tayanch, asosiy madaniyati ichida qisman, kogerent kichik tizimdir, u xususan yoshlar qadriyatlarining, normalarining, hulq-atvor normalarining, modaga munosabatining tizimini yetishtiradi. Oʼziga xos hodisa sifatida, yoshlar madaniyati yosh insonlarning jismoniy akseleratsiyasi bilan bogʼliq holda yuzaga keladi va ular sotsializatsiyasi davri davomiyligining keskin koʼtarilishi bilan hamrohlikda yuradi (30 yoshgacha), bular davr talabiga mos keladigan taʼlim va professional tayyorgarlikka vaqt ajratish zaruriyatini chaqiradi. Bugungi kunda oʼsmir bolalikdan erta chiqib ketyapti 67 (oʼzining psixofiziologik rivojlanishi boʼyicha), lekin ijtimoiy status jihatidan uzoq muddat kattalar dunyosiga mansub boʼla olmayapti. Oʼsmirlik yoshi – bu iqtisodiy faollik va mustaqillik toʼla hajmda oʼzlashtirilmagan davrdir. Yoshlar psixologik jihatdan kattalar dunyosiga mansub, ijtimoiy jihatdan esa – Oʼsmirlik davriga mansub. Yetarlicha bilim olish jihatdan inson ancha erta voyaga yetadi, jamiyatdagi holati, imkoniyati maʼnosida esa – insonning yetukligi suriladi deyish mumkin. Industrial jamiyatda tugʼilgan fenomen va ijtimoiy toifa sifatida “yoshlar” kattalar institutida ishtirok etmaydigan, psixologik yetilgan shaxs deya taʼriflanadi. Yoshlar submadaniyati – umumiy madaniyat tizimi ichidagi qisman kongerent tizimdir. Uning kelib chiqishi yoshlar ijtimoiy rolining noaniqligi, oʼzining ijtimoiy statusiga ishonchsizlik hissi bilan bogʼliq. Ontogenetik sohada yoshlar submadaniyati har bir odam bosib oʼtishi shart boʼlgan rivojlanish davri sifatida taqdim etilgan. Uning mohiyati – ijtimoiy statusni qidirishdir. Uning vositasida yoshlar kelajakda kattalar dunyosida oʼynashi kerak boʼlgan rollarni “mashq qiladi”. Fikrlar jihatidan yoshlar submadaniyati oʼziga xosdir, u shaxsning ijtimoiy jihatdan oʼzini anglashga sabab boʼladigan shaxsiy normalarni, qadriyatlarni, hulq- atvor usullarini ilgari suradi1. Yoshlar submadaniyati yoshga oid, kasbiy faoliyatga oid, ijtimoiy asoslarga koʼra shakllanadi. Submadaniyatning muhim farqli belgilaridan biri bu qadriyatlar tizimidir. U umuminsoniy qadriyatlar, oiladagi oʼzlashtirilgan qadriyatlar asosida shakllanadi. Qadriyatlar oʼtishi mumkinligini ham taʼkidlash lozim. Shuning uchun yoshlarda tez-tez oson pul topishga, goʼzallikka, har xil xarakterdagi sarguzashtlarga intilish, shaxsiy qiziqishlrning ustunligi koʼzatiladi1. 4. Zamonaviy yoshlarning dam olish va boʼsh vaqti – hayot faoliyatining eng asosiy shaklidir. Boʼsh vaqtidan qoniqish butun hayotidan qoniqish bilan bogʼliq. Yoshlar submadaniyatida madaniy xulq-atvordagi tanlov boʼlmaydi, maʼlum andoza va guruh konformizmi (rozilik) ustun boʼladi. Yoshlar submadaniyati oʼzining tiliga, modasiga, sanʼatiga, hulq-atvor uslubiga ega. Borgan sayin u norasmiy madaniyatga aylanib bormoqda, norasmiy oʼsmirlar guruhi uning tashuvchilari sifatida namoyon boʼladilar. Yoshlar submadaniyati sunʼiy xarakterga ega – u real qadriyatlarning sunʼiy, oʼrnini bosuvchi elementlarga toʼla. Haqiqatdan qochish, kattalarga oʼxshashga intilishni amalga oshirishning usullaridan biri bu narkotik moddalarni qabul qilish. Yoshlarning aniq ishi uchun ijtimoiy maydon bu ularning boʼsh vaqti, unda oʼz mustaqilligini: qaror qabul qilish va boshqarish qobiliyatlarini, tashkilotchiligini namoyon qila oladilar. Boʼsh vaqt – bu nafaqat muloqot, balki oʼz oʼrnida ijtimoiy oʼyin hamdir. Oʼsmirlikda bunday oʼyinlar koʼnikmasining boʼlmasligi inson katta yoshda ham majburiyatlardan ozod deb hisoblashga olib keladi. Oʼsha davr OАVida quloqqa chalinadigan nomlari bilan: metallistlar, roggerlar, pank, tizimli bolalar, breykerlar, xayflayfchilar kabi guruhlar, 68 uyushmalar norasmiy ehtiroslari joʼsh urar edi, jurnalistlar ularni keng omma uchun “ochib berar edilar” va kuchli reklama qilar edilar. Bunday yoshlar muhitining nonkonformizmi barcha narsalarda namoyon boʼlar edi: hulq-atvorida, kiyimida, mashgʼulotlarida, hatto ekstremistik shaklga aylanayotgan jargonlarida. Ikkinchi toifani “lyuberlar”, “gopniklar” tashkil etadi. Ular qattiq intizom, tashkilotchiligi, jizzakiligi, “jismoniy kuch siymosi”ga eʼtiqod qilishlari bilan ajralib turadilar, bular jinoiy yoʼnaltirilganlik, koʼp holatlarda esa – jinoyat dunyosi bilan aloqadorlikda boʼladi. Ularning “mafkurasi” “jinoiy romantika” bilan boʼyalgan ijtimoiy ideallarga tayanadi. Bunday guruhlar faoliyatining asosini mayda reket va savdogarlik tashkil qiladi. S.S.Frolov submadaniyatning qoʼyidagi tipologiyasini taqdim etadi: Romantik – eskapistik submadaniyat – real hayotdan uzoqlashishiga, oʼzlarining falsafiy tizimini qurishga yoʼnaltirilgan (xippi, tolkienistlar, indianistlar, baykerlar). Аnarx – nigilistik guruhlar – maʼqul standartlarni rad etadilar, hayotning koʼp hodisalariga tanqidiy munosabat bildiradilar (anarxistlar, panklar). Koʼngilochar – gedonistik – boʼsh vaqtni taʼminlash yoʼnaltirilgan (“oltin yoshlar”, reyverlar, snoubordistlar, repperlar). Jinoiy submadaniyat – qonunga va huquq tartibotiga qarshi chiqishga yoʼnaltirilgan (gotlar, skinxedlar, bandlar, gopniklar, lyuberlar). Rossiya yoshlarining zamonaviy submadaniyatining oʼxshash klassifikatsiyasi S.А.Sergeevыm tomonidan taqdim etilgan1. U qoʼyidagilarni ajratib koʼrsatadi: romantik-ekapistik submadaniyat (xippi, indeanistlar, tolkinistlar, mashhur izoh bilan baykerlar); • gedonistik – koʼngilochar (reyverlar, repperlar, rollerlar); jinoiy (gopniklar, lyuberlar); • anarxik-inglistik yoki radikal-destruktiv (panklar, chap va oʼng oqimning ekstremistik siyosiylashgan submadaniyati). L.I.Mixaylova ijtimoiy-huquqiy belgilarga koʼra yoshlar submadaniyatini ajratishni taklif qiladi: - prosotsial-faoliyatning ijtimoiy faol, ijtimoiy yoʼnaltirilganligi (ekologik, hoxishiy, professional intilishga ega yoshlar uyushmalari); - asotsial – ijtimoiy – sust (musiqaga oid submadaniyat, muxlislar, baykerlar va boshqalar); antisotsial gʼ davlat va uning aʼzolariga qarshi yoʼnaltirilgan (natsistlar, skinxedlar va boshqalar)2. Z.V.Sinkevich guruhga oid belgilarga koʼra yoshlar submadaniyatini ajratib koʼrsatishni taklif qildi: Hayot tarzi asosida – “sistemniklar” (xakerlar, blogerlar, geymerlar); vaqtini oʼtkazishi usuli asosida; ijtimoiy pozitsiyasi asosida – “yashillar”, yoshlar siyosiy harakati; ijodiy yoʼnalganlik (rassomlar, shoirlar, musiqachilar). Gʼarb tadqiqotchisi M.Breyk3 yoshlar submadaniyatini deviantlik nuqtai nazaridan koʼrib chiqadi (sotsiologlar va psixologlar ushbu tushunchani hulq- atvorning qabul qilingan normalaridan ogʼishi sifatida talqin qiladilar). U yoshlar submadaniyatining toʼrtta asosiy turini ajratib koʼrsatadi: normal (oʼzlarining 69 ijtimoiy muammolarini hal etishda maxsus submadaniyatga ehtiyoj boʼlmagan yoshlar guruhi); delinkvent (huquqqa qarshi harakatlarni amalga oshirishga qodir kishilarni birlashtiradigan guruh); madaniyatli isyonkorlar (oʼrta sinfdan chiqqan, oliy maʼlumotga ega kishilar, ular ekologik harakatdan tortib toʼgʼridan-toʼgʼri siyosiy harakatlarni amalga oshiradilar). Ushbu tipologiya shaxsning psixologik xarakteristikasini, jamiyatda oʼzini nmoyon qilishini hisobga oladi. Аlohida submadaniyatlar xarakteristikasi. Xippilar. Xippilarning ijtimoiy tarkibi bir xil emas, lekin birinchi oʼrinda ular ijodkor yoshlardir: yosh shoirlar, rassomlar, musiqachilar. Ularning tashqi koʼrinishi, kiyinish shakli: oʼrtadan farq ochib tekis qilib taralgan uzun sochlar, boshi atrofida maxsus lenta (“xayratnik” ingliz tilidagi Hair - soʼzidan), qoʼllarida “fenechka”, yaʼni qoʼlda yasalgan bilaguzuk, mayda munchoqdan, yogʼochdan, teridan yasalgan munchoq, oʼzlariga katta oʼlchamdagi toʼqilgan sviter, mayda munchoq yoki katta nusxada tikilgan, boʼyniga taqadigan, ichida pul yoki hujjatlarni saqlaydigan djinsi xaltacha (“ksivnik”: ksiva – hujjat soʼzidan, oʼgʼrilar jargoni), kiyimlari rangi odatda och rangda boʼladi, koʼzga tashlanmaydi (malakali xippilar hech qachon qora kiyim kiymaydilar). Xippilarning oxirgi avlodlari mayda ryukzak, quloqlarida, odatda burunlarida 3-4 ta xalqalar (pirsing). Musiqiy uslubi: gʼarb musiqasidan xippilar psixodelik rokni maʼqul koʼradilar, “Doors” guruhini yaxshi koʼradilar. Tili, jargoni: ingliz tilidan kirib kelgan koʼplab soʼzlar, “bolt” – shisha idish, “vayn” – vino, “flet” – kvartira, “xayr” – soch, “pipl” – odamlar (keng tarqalgan murojaat), “ringushnik” – qaydlar daftarchasi (ingliz tilidan Ring – qoʼngʼiroq). Faqat xippilarga xos tushunchalarni taʼriflash uchun adabiy tilda oʼxshashi yoʼq kichraytiruvchi soʼzlarni ishlatilishi (masalan, «fenechka», «ksivnik»). Koʼngilochar mashgʼulotlari: alkogol ichimliklaridan xippilar vino va portveynni maʼqul koʼradilar. Narkotiklar (odatda yengillari) isteʼmol qilishlari tez-tez koʼzatiladi. Xippilar mafkurasining bir qismi bu barcha kelib chiqishi mumkin boʼlgan oqibatlari bilan “erkin sevgi”. Xippilar jangari emas, ular patsifist (tinchlik tarafdori). Birinchi shiori «Make love, not war» (sev, jang qilma). Mafkurasi: xippilarning oʼzlari uni tez-tez quyidagi “Tinchlik, doʼstlik, saqich” soʼzlari bilan ifodalaydilar. Pul, qimmatbaho narsalarga eʼtiborsizlik ularga xosdir. Kimdir arzon narsa oʼrniga qimmatlarini olsa, xippilar gʼazablanadilar. Sharqning ommabop dinlari va taʼlimotlari orasida Dja oqimiga eʼtiqod qiluvchi rastomanlar. Uchrashish joylari: 90-yillarning birinchi yarmida xippilar oʼyin-kulgulari uchun Moskvadagi eng sevimli joylari “Gogolь” xiyoboni. Hozirda ularning yagona bir joylari yoʼq yoki muallif bu haqda xabardor emas. 90-yillarda yoshlar madaniyatida tolkienistik harakat va uning asosida yaralgan tolkienistik submadaniyatlar hosil boʼladi. Tolkienistlarning oʼzi roleviklardir (rol oʼyinlarini sevuvchilar). Dastlab ular xippilar submadaniyatining bir qismi edilar, lekin oxirgi paytlarda ularning harakatlari shu qadar kengayib ketdiki, ular oʼz qatorlariga xippi boʼlmaganlarni ham qoʼshdilar. Tolkienistlar – 70 mashhur ingliz tilchisiva yozuvchisi Djona Ronalьda Ruela Tolkien (tolkienistlar shevasida - professor) muxlislaridir, u 1892 yilda tugʼilib, 1975 yilda vafot etgan. Dj.R.R.Tolkienning “Uzuklar hukmdori”, “Silьmarion” va boshqalar fantasy – ertak fantastikasi janriga mansub. Mujizaviy mavjudotlar makoni boʼlgan Oʼrta asr sehrli dunyosini yaratdi, ularning bittasi boshqa turli xalqlar folьkloridan olingan (elьflar, trollar, gnomlar va boshqalar) boshqalari esa yozuvchi tomonidan oʼylab topilgan (masalan, xobbitlar, inson va quyon chatishmasi), bularning har biri oʼzining tarixiga, geografiyasiga va hattoki oʼzlarining yasama tiliga ega. Tolkienistlar bu dunyoga oʼzlarini uning yashovchilari sifatida atab kiradilar. Kundalik hayotdagi noanʼanaviy modellar kelib chiqadi. Shunday qilib, tolkienistlar oʼzlarini elьf deb hisoblaydilar, oʼzini har bir elьf oʼzini shunday tutgan boʼlar edi qabilida oʼzini tutadi. Oʼynayotganda (tolkienistlar jargonida «xichek») yoshlar guruhi oʼrmonga boradilar, oʼsha yerda rollar taqsimlanib, Dj.R.R.Tolkien asarlaridan parchalar saxnalashtiradilar. Oʼzlarining ichlarida harakatlarni 2 ta yoʼnalishga boʼladilar: birinchisining vakillari syujetda hech narsani oʼzgartirmagan holatda kitobdan sahnalar oʼynashni maʼqul koʼradilar, ikkinchisining tarafdorlari faqatgina koʼrsatilgan maʼlumotlarni (qaxramonlarning ismi va xarakteri, vaqt, makon, harakatlar maqsadi) oladilar va haqiqiy bellashuv, “Zarnitsa” yoʼinidagi kabi yugurish, sakrash, suzish, qilichbozlik, hududga yoʼnalganlik kabilarni oʼtkazadilar. Panklar (inglizchadan Punk – chiqindi, chirindi, keraksiz narsa) qandaydir darajada antagonistik xippi hisoblandilar va u bilan koʼplab oʼxshashliklari bor. Ijtimoiy tarkibi: yuqori tabaqa xippilaridan farqli oʼlaroq, panklarning katta qismi ishchi hudud bolalari, mustasno holatlar ham bor. Tashqi koʼrinishi, kiyim-kechak shakli: panklarning standart soch turmagi «irokez» - soch olingan boshda vertikal holatda turgan uzun soch chizigʼi, shuningdek, qirilgan bosh va qisman uzun soch yoki ikki yoni qirib tashlangan va uzun soch. Panklar yirtilgan, kir kiyimni maʼqul koʼrdilar. Panklarni tez-tez ketma-ket teshilgan chiziqlar, bu chiziqlar tuyragich yoki zanjir bilan birlashtirib qoʼyilgan jinsi kiyadilar (umuman panklar ingliz tuyragichlarini juda yaxshi koʼradilar va ularni hamma joyga – ustki kiyimiga, maykalariga, djinsilariga va hatto quloqlariga qadaydilar). Panklar asosan baland armiya oyoq kiyimlarni kiyadilar. Musiqaga oid uslubi: pank – madaniyatning asoschisi ingliz guruhi «Sex pistols»dir. Bulardan tashqari «Ramones» va «Dead Kenedies»lar hamdir. Tili, jargon: oʼgʼrilar jargonidagi soʼzlarni ishlatish xosdir («maza», «xavatь», «labatь») va marginal ravishda “aqlli” soʼzlar ham ishlatiladi («parallel» «menga baribir» maʼnosida, «qiziqish» «befarq» maʼnosida). Koʼngilochar mashgʼulotlari: xippilardan farqli oʼlaroq panklar spirtli ichimliklardan aroqni maʼqul koʼradilar, jon deb narkotik isteʼmol qiladilar. Ularning yana bir qiziq ovunchogʼi “Nishtyakka bormoq”, yaʼni kimdur oxirigacha yemagan ovqatini terib yeyish va sigaret qoldiqlarini terib chekish. Eng “qattiq” submadaniyatlardan yana biri Gʼarbda baykerlar hisoblangan (inglizchadan Bike-velosiped, mototsikl), sovet targʼibotida ularni “rokerlar” deb ataganlar. Biroq rokning barcha muxlislari oʼzlarini roker deb hisoblaydilar- 71 panklar, metallistlar va boshqalar. Tashqi koʼrinishi: aynigan Gʼarb aks ettirilgan sovet filьmlarida ular keng yoritilgan. Shu koʼrinishda ular Rossiyaga kirib keldi va shu yerda sezilarli oʼzgarishlarni boshidan kechirdi: orqaga taralgan uzun sochlar, qoida boʼyicha bitta qilib qistirilgan, boshida roʼmol (“bandan”, “bandana” yoki “badanno”) soqol, qiya molniyali (zamok) charm kurtka, charm shim, kovboylar etigi («kazak»). Musiqa uslubi: ogʼir rok. Tafakkuri: baykerlar tafakkuridagi asosiy tushuncha – mototsikl. Butun dunyo unda harakatlarnuvchilarga va boshqa har qanday usulni maʼqul koʼruvchilarga boʼlinadi, ikkinchi shaxslar baykerlarda hech qanday qiziqish oʼygʼotmaydilar. Uchrashuv joylari: baykerlar biror motoklub aʼzosi yoki yakka holda boʼladilar. Tashqi belgilarga koʼra bugungi kun yoshlar submadaniyatining eng mashhurlaridan biri metallistlar yoki metallerlar baykerlarga yaqin (metallistlarning oʼzlari bu terminga qarshi uni “metal” musiqiy uslub deb hisoblaydilar). Ularning fikricha “metallning” kamida 3 ta asosiy yoʼnalishi mavjud (aslida ancha koʼp): tresh, dum i ded (inglizchadan thrash – urmoq, doom taqdir va dead – oʼlgan odam). Shunday ekan tresherlar, dumerlar va ded – metallistlar. Tashqi koʼrinishi: xuddi baykerlarnikiday. Hamma rangdan ham koʼproq qora rangni maʼqul koʼradilar. 80-yillar oxiri – 90 yillar boshidagi metallistlarga kiyimlarida koʼplab metall parchinlar va zanjirlar taqib yurish xos, bugungi asosan “pioner”lar shunday kiyinadilar. Mafkurasi: barcha harakatlarga qaraganda metallistlar kamroq mafkuraviydir. Xakerlar (komtьyuter ishqibozlari) – shakllanish jarayonida boʼlgan yoshlar submadaniyati. Xakerlar soni hali koʼp emas – ular asosan texnika universitetlari talabalari, fizika-matematika fanlari chuqur oʼrgatiladigan maktablarning katta sinf oʼquvchilari. Ularning sonini aniqlashning mushkulligi shundaki, xakerlar asosan kompьyuter tarmoqlari vositasida muloqot qiladilar. Bundan tashqari, kompьyuter ishqibozlarining hammasi ham oʼzlarini kadriyatlarga, normalarga, oʼziga xos uslublarga ega umumiylik deb hisoblaydilar. Bu kelajak ishi. Yoshlarning jinoiy submadaniyati. Uyushgan jinoyatchilik tuzilmasiga aylangan yoshlar guruhlari harakat sohalarini boʼlib olganlar va ommaviy mushtlashuvsiz munosabatlarini aniqlab olishni maʼqul koʼradilar. Ularning hisoblashib olishlari koʼpincha buyurtirilgan qotillik bilan amalga oshirilgan. Futbol ishqibozlari. Jinoiy submadaniyatga yaqin boʼlgan guruhni futbol jamoalari ishqibozlari (fanatlar) tashkil etadi. Futbol ishqibozlari –tashkil topishi boʼyicha murakkab uyushmadir. Moskvaning “Spartak” klubi ishqibozlari orasida «Red-uayt xuligans», «Gladiatorlar», «Sharqiy front», «Gʼarbiy front» va boshqalar. Butun jamiyat ustidan nazoratni ushlab turuvchilar – bu “oʼnglar”. Oʼnglarga asosan harbiy xizmatni oʼtab kelgan yoshlar kiradi. “Oʼnglar” jamoaning barcha matchlarida ishtirok etadilar, ularning asosiy vazifasi – stadionni jonlantirish, ishqibozlarning reaktsiyasini tashkil qilish (“toʼlqin”ni), shuningdek, “harbiy harakatlarni” boshqarish – dushman jamoaning ishqibozlari va militsiya 72 bilan kurashish. Boshqa shaharga borish ularning tez-tez mushtlashishi bilan yakunlanadi, yana vokzal maydonining oʼzida. Xullas, ular rahbar tomonidan yaxshi boshqariladigan “oʼnglar”dan boʼlgan bezori yoshlardir. Rolik, konьkini xush koʼruvchilarni rollerlar deb ataydilar. Ular yorqin rangli sport kiyimini maʼqul koʼradilar: shuningdek ularni tizzalaridagi rang- barang shippakchasidan ajratib olish mumkin. Rollerlar mafkurasi baykerlarnikiga oʼxshash, farqi shundaki, faqatgina mototsikl rolikka almashtirilgan. Аsosan rollerlar – bu katta sinf oʼquvchilaridir (13-16 yosh), lekin talabalar, kichik sinf oʼquvchilari ham uchrab turadilar. Qizigʼi shundaki, rollerlar guruhlarini qizlar boshqaradilar. Odatda rollerlar oʼziga toʼq oila farzandlari, aniqki bu roliklarning narxlari 50 dollardan 150 dollargacha, baʼzan undan ham qimmatroqligi bilan bogʼliq. Skeytbordda yurishni xoʼsh koʼruvchi skeytbordistlar submadaniyati (gʼildirakli doska). Mafkurasi va tashqi koʼrinishi rollernikiga oʼxshash. Repp submadaniyati. Repp – bu qora amerikaliklar musiqasidir. Rossiya repperlari qora amerikalik repperlarga oʼxshab kiyinadilar (asosan yorqin ranglarda sport kiyimi), ulardan koʼp soʼzlarni olganlar va baʼzida hatto faqat afroamerikaliklarga xos soch turmagini qiladilar. Repp submadaniyati koʼp jihatdan rollerlar va skeytbordistlar submadaniyati bilan kesishadi. Chunki koʼpgina rollerlar va skeytbordistlar repp tinglaydilar, repperlar esa rolik va skeytbord minadilar. Rivojlangan jamiyatda madaniyatning muqobil shakllari yuzaga kelishidan qochib boʼlmaydi, ular ijtimoiy rivojlangan munosabatlarda tugʼiladi. Bu jarayon normalar sogʼlomdir. Har qanday, ayniqsa demokratik jamiyatning madaniyati oʼziga yuqoridagi tarmoqlarni singdirishi, assimilyatsiya qilishi, fikrlab koʼrishi kerak. Ularni taʼqiqlash, yoʼq qilish harakatlari bundanda xunuk shakllarning yuzaga kelishiga olib keladi, masalan: inkor etuvchi, jizzaki, fashistik shakllar. Madaniyatning muqobil shakllari mavjud boshqa madaniyatlarning boyishiga, yosharishiga olib keladi. Yoshlar submadaniyatining turli usullarini tahlil qilish shuni koʼrsatadiki, bu hodisalar dinamik va rivojlanayotgan, koʼplab boshqa shakllar orqali namoyon boʼladigan hodisalardir. Ular oʼzlarining kelib chiqishiga va ichki tuzilishiga koʼra farqlanadi. Har xil tarixiy davrlarda biri boshqasiga qaraganda koʼproq dolzarblikni aks ettirgan. Oʼzlariga oʼxshashini izlab, yoshlar bir vaqtning oʼzida bir necha submadaniyatga mansub boʼlishlari mumkin, ularning namoyandalari bilan profilaktik, pedagogik toʼgʼrilash ishlarini olib borishda yuqoridagilarni hisobga olish muhim. Submadaniyat tipologiyasining va klassifikatsiyasining katta xilma-xilligi yoshlar submadaniyati fenomenining koʼp qirrali ekanligini koʼrsatadi, u tipologiyaning biror bir pozitsiyasi nuqtai nazaridan oʼrganilishi mumkin. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling