Yoshlаr sotsiologiyasi
-MАVZU. YoSh INSONLАR SIYMOSI SOTsIOLOGIYa PREDMETI
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
3-MАVZU. YoSh INSONLАR SIYMOSI SOTsIOLOGIYa PREDMETI
SIFАTIDА REJA: 1. «Inson», «individ», «shaxs» tushunchalarining moslashuvi. Individuallik va shaxs. Shaxsni oʼrganishga ijtimoiy yondashuvning oʼziga xosligi. 2. Yosh inson shaxsining ijtimoiy tuzilmasi. 44 3. Yosh inson shaxsining rolʼ tuzilmasi. 4. Shaxsning sotsiallashuvi. 1. «Individ», «individuallik», «shaxs» tushunchalari odatda inson taʼrifining sinonimi sifatida ishlatiladi. Bu tushunchalar insonni har xil tomondan taʼriflaydi. Individ - insoniyat biologik urugʼining alohida namoyandasi sifatida insonning taʼrifi. Individuallik – bu insonga xos takrorlanmas sifatlarning tashuvchisi sifatida insonga berilgan taʼrif, bu sifatlar uni insoniyat urugʼining boshqa namoyondalaridan farqlashga imkon beradi. «Individ» tushunchasi insonni «homo sapiens» (biluvchi, ongli) sinfining biologik namoyandasi sifatida koʼrib chiqadi. Individual xususiyatlar insonlarda bor boʼlgan barcha umumiyliklarni taʼriflaydi, ular tugʼma, baʼzilari esa avloddan avlodga oʼtgan boʼladi. Individuallik oʼzida ham avloddan avlodga oʼtgan, ham orttirilgan xususiyatlarni mujassamlashtiradi. Har bir insonga xos boʼlgan va uni boshqalardan farqlab turadigan alohida qirralar individuallik deyiladi. Individual xoslik avloddan avlodga oʼtmaydi, ular asab tizimi faoliyatining xususiyatlari bilan bogʼliq, shuning uchun u tugʼilish davridan boshlab namoyon boʼladi. Individuallik shakllanishida 2 ta daraja mavjud: 1. asab tizimi faoliyatining tuzilishi va dinamikasining xususiyatlari bilan bogʼliq; 2. turli qirralarning birlashuvi inson hayotining individual usulida namoyon boʼladigan xulq va ongning oʼziga xosligini taʼminlaydi. «Individuallik» soʼzi «yorqin», «original», «mustaqil» kabi taʼriflar bilan moslashadi. Shaxs «kuchli», «gʼayratli», «mustaqil» deya taʼriflanadi. Individuallikda uning maishiyligi, shaxsda esa uning mustaqilligi qadrlanadi. Individuallik tushunchasi ijtimoiy-ahamiyatli sifatlarning oʼziga xosligiga yoʼnaltiradi. Masalan, Leonardo da Vinchi nafaqat buyuk tasviriy sanʼat ustasi, balki buyuk matematik, mexanik, muhandis ham boʼlgan. Аlьbrext Dyurer tasviriy sanьat ustasi, oʼymakor usta, haykaltarosh boʼlgan. Makiavelli davlat arbobi, tarixchi, shoir, harbiy yozuvchi boʼlgan. Lyuter nafaqat cherkov «otxonasi»ni tozaladi, balki zamonaviy nemis nasrini, xorning matni va musiqasini yaratadi va bu XVI asrning «marselьesi»ga aylandi. Inson haqida gap ketganda uni yerdagi evolyutsiyaning yuqori pogʼonasi sifatida, tabiiy va ijtimoiy, jismoniy va maʼnaviy, merosga oid va hayotiy jihatlarni bogʼlovchi murakkab tizim sifatida koʼrib chiqish mumkin. Biroq, insonning ijtimoiy munosabatning, ijtimoiy-tarixiy faoliyatning, madaniyatining subʼekti sifatidagi taʼrifi koʼproq sotsilogiyaga mos boʼladi. Inson tur sifatida – bu maʼlum biologik turning (tirik mavjudotlar turi) toʼliq namoyandasi va u hayvonlardan aniq, oʼziga xos xususiyatlari bilan, jismoniy va psixologik rivojining darajasi bilan, ongi bilan, fikrlay va gapira olishi 45 bilan, qaror qabul qila olishi bilan, oʼzining harakatlarini, amallarini, hissiyotlarini nazorat qila olishi bilan farq qiladi. Har bir toʼliq shakllangan odam bu individdir. U mukammal va takrorlanmas. Har bir inson oʼzi yashaydigan ijtimoiy sharoitlarga, muhitga, oʼzlari muloqotda va aloqadorlikda boʼladigan odamlari bilan bogʼliq. Inson bu biosotsial mavjudotdir. B.Paskalьning yozishicha, insonning buyukligi uning fikrlash qobiliyatida. Bu toʼgʼri, lekin qisman insonning buyukligi uning yaratuvchanligida, moddiy va maʼnaviy qadriyatlarni shakllantira olishida, oʼzining subʼektiv dunyosini boyita olishida. Balki inson hayotining mazmuni shulardan iborat, lekin hayot mazmuni haqida boshqa nuqtai nazar ham topiladi. Individ har doim uning individualligini inkor etmaydigan aniq ijtimoiy umumiylikning (buni anglaydimi yoki yoʼq) aʼzosi. Shu maʼnoda har bir odam – oʼzining alohida ,,shaxsiga” ega individdir. Bu termin bilan shaxs tushunchasi ham bogʼliq (qadimgi rus soʼzi «lichina»ni solishtiring – niqob). Individ boshqa oʼziga oʼxshash munosabatlarda shaxs hisoblanadi, aniq ijtimoiy umumiylikda u aniq vazifalarni bajaradi, oʼzining faoliyatida ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyatlarni va sifatlarni amalga oshiradi. Shuning uchun shaxs tushunchasi ham tabiatiga, ham mohiyatiga, ham xarakteriga koʼra eng avvalo ijtimoiy-falsafiy maʼnoga ega “shaxs” va “individ” tushunchalaridan farqli oʼlaroq ijtimoiy tushuncha sifatida namoyon boʼladi. Tushunarliki, har bir odamda oʼzining alohida qadriyat orientatsiyasi, xulq- atvor sabablari, ijtimoiy koʼrsatmalari, qiziqishlari va hakazolar shakllanadi. Koʼpgina guruh odamlariga xos boʼlgan sifatlarni aniqlagan holda aniq tendentsiyalarning (intilish, moyillik) harakatlarini, qonuniyatlarning mavjudligini sezish mumkin va oʼz navbatida bular sotsiologga xulosa chiqarishga va nazariy, amaliy xarakterga ega tavsiyalarni berishga imkon yaratadi. Shaxsning ijtimoiy xarakteristikasi psixologik, ayniqsa ijtimoiy-psixologik xarakteristikadan kam jihatlari bilan farq qiladi degan taassurot yuzaga keldi. Haqiqatdan ham ular oʼrtasida koʼp umumiyliklar bor. Boshqachasiga boʼlishi mumkin ham emas: axir shaxsning bir xil obʼekti haqida gap bormoqda. Unda ijtimoiy yondashuvning oʼziga xosligi nimada? Psixologik tahlildan farqli ravishda, shaxsda individuallik birinchi oʼringa oʼtganida, sotsiologlarni ijtimoiy tipik shaxs va uning jamiyatdagi, ijtimoiy guruhlardagi, tashkilotlardagi va institutlardagi oʼrnining taʼrifi qiziqtiradi. Sotsiolog shaxsni uning iqtisodiy hayotdagi ishtiroki nazari burchagi ostida tadqiq qiladi, yaʼni insonning mehnat faoliyatiga eʼtibor qaratilgan (mehnatga qiziqish, uning mazmuniga, xarakteriga, natijasiga, mehnat maqsadiga va hokazolar). Hayotning siyosiy nuqtai nazaridan sotsiologiyani eng avvalo inson – fuqaro qiziqtiradi. Shaxsning maʼnaviy hayotdagi ishtirokini sotsiolog madaniyat prizmasi (vositasi) orqali koʼrib chiqadi (boshqa holatlarda oxirgisi shaxsning «andaza»si sifatida ishtirok etadi). Bularning hammasi shaxsning jamiyatdagi boshligʼini tashkil etadi. 46 Аgar inson – bioijtimoiy mavjudot boʼlsa, shaxs faqat ijtimoiy mavjudotdir. Har qanday shaxs – insondir, lekin har qanday inson shaxs emas. Ruhan normal boʼlmagan odam shaxs emas. Shaxs boʼlish uchun aniq qirralarga ega boʼlish kerak. Eng avvalo shaxsda tafakkur boʼlishi kerak. Tafakkur, ong tashuvchisi boʼlgan aniq inson shaxs hisoblanadi. Bola shaxs emas, lekin unda ong paydo boʼla boshlashishi bilan u shaxs boʼladi. Insondagi ong va uning eng yuqori shakli qanchalik toʼla rivojlangan boʼlsa, shaxs shunchalik yorqin va toʼliq boʼladi. Shaxs – oʼzini anglaydigan, dunyoqarashga ega, tarixiy jarayonning subʼekti sifatida oʼzining ijtimoiy funktsiyalarini, oʼzining dunyodagi oʼrnini tushunadigan insondir. Shaxs – bu ijtimoiy munosabatlarning individual aksi, voqelikni anglashning, estetik va odob-axloq normalarining subʼekti. Shaxs – bu maʼlum jamiyatning, maʼlum ijtimoiy guruhning namoyandasi boʼlgan, faoliyatning aniq turi bilan shugʼullanadigan, atrofga oʼzining munosabatini anglaydigan, individual-psixologik xususiyatlar ato etilgan aniq insondir. Shaxs sifatida psixologik nuqtai nazardan inson qoʼyidagicha taʼriflanadi: - ongi rivojlanayotgan, aqliy faollik shakllanishida asos hisoblangan, eng avvalo oʼzini anglashga, oʼzini takomillashtirishga, hayot mazmunini izlashga yoʼnaltirilgan mulohazada, harakatlarida mustaqil boʼlgan inson; - faolligi – intilishi bilan amalga oshgan imkoniyatlar, rolь koʼrsatmalari chegarasidan chiqqan, faoliyat sohasini kengaytiradigan inson; - «Men» qiyofaga ega boʼlgan – shaxsning oʼziga oʼzi baho berishda, oʼzini oʼzi hurmat qilish hislarida, intilishlari darajasida va hokazolarda aniqlanadigan, oʼzining realligini, kutilganligini, idealligini taʼminlaydigan birlik va oʼxshashlik tasavvurlari tizimiga ega inson; - yoʼnaltirilganlik – sabablarning barqaror tizishga, ehtiyojlarga, qiziqishlarga, idealga, ishonchga va hokazolarga ega inson; - taʼlim faoliyatni bajarishda muvaffaqiyatni taʼminlaydigan qobiliyatga, xususiyatlarga, sifatlarga ega inson; - insonning barqaror individual xususiyatlarini namoyon qiladigan xarakterga ega inson, bular insonga xos boʼlgan hulq usullarini va hissiy reaktsiyalarni yuzaga keltiradi. Dunyoda insondan ham individuallashtirilgan obʼekt yoʼq; dunyoda qancha inson boʼlsa, shuncha individualliklar mavjud. Oʼzining individualligining umumiy tizilishiga bogʼliq holda har bir inson mushohadaning oʼziga xos xususiyatlariga, kuzatuvga, diqqatga, xotiraga ega. Insonlarning individual fikrlashi darajasi dohiylikning yuqori choʼqqisidan to hayratli oddiylikkacha turlanadi. «Shaxs» tushunchasi ahamiyatli ijtimoiy hislatlarni oʼzlashtirgan har bir insonga nisbatan ishlatiladi. Shaxs boʼlishi uchun inson rivojlanishning maʼlum yoʼlini bosib oʼtishi kerak. Bu rivojlanishning oʼzgarmas shartlari quyidagilar: 1) biologik, genetik jihatdan buyurilgan fikrlar; 47 2) inson aloqadorlikda boʼlgan ijtimoiy muhitning (moddiy-ashyoviy va ijtimoiy – guruhga oid), insoniy madaniyat dunyosining mavjudligi; 3) noyob individual tajriba. Shaxsning tizilishi – shaxsning tarkibiy qismi bilan funktsional bogʼliq boʼlgan majmuadir, u shaxsning inson faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan oʼrni va munosabatini yuzaga keltiradi. Faoliyat asosida ajratib koʼrsatiladigan muhim tarkibiy qism va shaxs bilan jamiyat munosabatlari tizimiga asoslanadigan ijtimoiy tarkibiy qismlar farqlanadi. Shaxsning ijtimoiy tarkibiy qismida klassik yondashuvlar namoyandalari qoidaga binoan uchta elementni ajratib koʼrsatadilar: 1) ijtimoiy munosabatlar tizimidagi, eng avvalo ishlab chiqarish munosabatlar tizimidagi holat; 2) insonlar hayot faoliyatining real shakllari, ular tomonidan bajariladigan rollar (funktsiyalar) majmui, insonning jamiyatdagi holatini aniqlab beradi, jamiyat ularni qanday tasavvur qiladi; 3) shaxsning yoʼnaltirilganligi, yaʼni individual xulq sabablari sifatida namoyon boʼladigan ehtiyojlari, qadriyatlar orientatsiyasi, tasavvurlar majmui. Shaxsni tarkiblarga ajratishning birinchi asosi (faoliyatga oid) koʼpincha falsafa va psixologiyada, ikkinchisi esa (munosabatlarga oid) ijtimoiy ilm-fanda ishlatiladi. Shaxs tuzilishi sotsiologiyada ikki taraflama koʼrib chiqiladi: bir tomondan, butun jamiyatning holati va rivojlanishi bilan bogʼliq boʼlgan inson faoliyatining muhim asosi (shaxsning falsafiy tahlili tamoyillariga asoslanadi); boshqa tomondan – shaxsning ijtimoiy tarkibiy qismi sifatida (shaxsiy imkoniyatlarga tayanadi). Falsafiy adabiyotda shaxsning muhim tuzilishi faoliyatga oid yondashuvning, umumiy (urugʼga oid), alohida (individga oid), yagona (individual takrorlanmas, noyob) sifatlarning ketma-ket qoʼllanilishi asosida ishlab chiqiladi. U bir-biri bilan funktsional bogʼliq boʼlgan tarkibiy qismlar majmui bilan shakllanadi, bu tarkibiy qismlar toʼlaqonli faoliyatni amalga oshirish uchun zarur va yetarli hisoblanadi. Shaxs tuzilishidagi faoliyat asosida 6 ta quyi tizimni ajratib koʼrsatish mumkin: 1. umumiy orietatsiya tizimi, u inson hulq-atvorini zamon va makonga, shu jumladan ijtimoiy madaniy zamon va makonga (hayot mazmuni, orientatsiya, strategiya) yoʼnaltiradi; 2. motivatsiya (sabab) tizimi, u hulq-atvorga ragʼbatlantiruvchi va faollashtiruvchi taʼsir koʼrsatadi (ehtiyojlari, qiziqishlari, sabablari); 3. maqsad va irodali qaror tizimi, u mos qarorlar bilan shaxsning barqaror orietatsiyasini (maqsad va qarorlar) taʼminlaydi; 4. texnologik tizim, faoliyatning (xulq-atvor texnologiyasi) zarur usullari va vositalari yordamida orientatsiyaning amalga oshishini taʼminlaydi; 48 5. xulq-atvor tizimi, u xulq-atvor sohasida (xulq-atvorning real harakati) subʼektning butun imkoniyatlarini ochib beradi; 6. refleksiv tizim, «yurgizish» nuqtani va faoliyatning boshqa bosqichlarini (refleksiv taʼsir) tartibga soladi va nazorat qiladi. Psixologiyada shaxsning asosiy tizilishi. Z.Freydning fikricha shaxs uchta asosiy tizimdan tashkil topgan: id (psixik energiyaning manbai boʼlgan insoning toʼgʼma holati va ichki sezgisi). ego (organizmning sezgi buyrugʼi va atrof-muhit shartlari orasida vositachi boʼlib ishtirok etadigan shaxsning bajaruvchi organi; uning asosiy vazifasi – organizmni saqlash va qayta tiklashdir). superego (shaxsning rivojlantiruvchi tizimi, u ruhiy nazorat sifatida vijdon funktsiyalarini amalga oshiradi, jamiyatning anʼanaviy qadriyatlarini, ideallarini namoyon qiladi). Yagona birlik sifatida ishlab, aniq maʼnoda shaxs oʼzida biologik tarkib sifatida – idni, psixologik tarkib sifatida – egoni, ijtimoiy tarkib sifatida – superegoni mujassamlashtiradi. 3.Freydning izdoshlari, aynan gumanistik (insonparvarlik) psixologiya namoyandasi А.Maslou shaxs tuzilishini biroz boshqacha tushunadi. Uning fikricha, shaxs tuzilishi asosiy ehtiyojlarga bogʼliq holda koʼrib chiqiladi: • fiziologik ehtiyoj; • xavfsizlik va himoyadagi ehtiyojlar; • mansublik va sevgidagi; • eʼtirof va oʼzini oʼzi hurmat qilishdagi; • oʼzini muhim hisoblashdagi va shaxsiy mukammallikdagi. Turmush qadriyatlari sifatida ularning tepasida meta ehtiyojlar turadi (anglash, tushunishdagi ehtiyojlar, estetik ehtiyojlar va boshqalar). Sotsiologiyada shaxsning muhim tuzilishi. Mahalliy sotsiologiyada shaxsning tuzilishini ijtimoiy munosabatlar asosida yoki jamiyatning ijtimoiy tarkibining hosilasi sifatida koʼrib chiqish odat boʼlib qolgan. U shaxsning «tashqi» ijtimoiy dahldorligi tizimiga qariyb mos keladi, jamiyat va boshqa odamlar bilan aloqadorlikda boʼladi. Shunday qilib, I.S.Kon shaxs tuzilishini taʼriflash uchun quyidagi tushunchalardan foydalanadi: «ijtimoiy pozitsiya» (ijtimoiy munosabatlar tizimida individning oʼrni), «ijtimoiy rolь» (individning ijtimoiy ahamiyatga ega funktsiyasi), «ijtimoiy qiziqishlar» (ichki, faoliyatga oid, mohiyatni aks ettirish birligi va obʼektiv dunyoning aksi) va qadr-qimmatlar orientatsiyasi. Bunda sotsiologning kuzatuv maydonidan shaxsning ijtimoiy faoliyatining subʼektiv lahzalari tushib qoladi. Shaxsning ijtimoiy tuzilishi. Shaxsning ijtimoiy tuzilishi insonning jamiyat bilan ham «tashqi», ham «ichki» aloqadorlikni taʼriflaydi: 49 1. «tashqi» aloqadorlik ijtimoiy status tizimida (jamiyatda insonning obʼektiv holati), hulq-atvor rolining modelida (statusning dinamik tomonlari), K.Kuli, Dj.Mid, T.Parsonsning nazariyalarida aks ettirilgan. 2. «ichki» aloqadorlik dispozitsiyalar majmuida (subʼektiv maʼnoli pozitsiya), rolga oid kutilgan natijada (dispozitsiyaning dinamik tomoni), G.Ollport, V.АYadovning nazariyalarida keltirilgan. Zamonaviy sotsiologiya shaxsga oid koʼplab nazariyalarni oʼz ichiga olgan, ular bir biridan qatʼiy metodologik koʼrsatmalar bilan farq qiladi. Faoliyatning subʼekti va obʼekti sifatida shaxs nazariyasi marks sotsiologiyasida, Ch.Kuli, R.Darendorf, R.Minton, R.Merton va boshqalarning shaxsning roliga oid nazariyalarida koʼrib chiqilgan. Gʼarb sotsiologiyasida shaxsning ijtimoiy kontsentsiyalari – bu bir qator nazariyalarni birlashtiradigan jamlanma tushunchadir, u inson shaxsiyatini oʼziga xos tuzilishi. Bunday talqin shaxsni faqatgina ijtimoiy obʼekt sifatida koʼrib chiqishni taqozo etadi. Ushbu pozitsiyaning ildizi uzoq tarixga borib taqaladi va koʼplab mualliflar asarlarida uchraydi. Shaxs – ijtimoiy kontsentsiyasining rivojlangan turi XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida shakllandi. Ularga «Men» koʼzguli nazariyasi, referent guruh nazariyasi, rolь nazariyasi, nebixeviorizm sotsiologiyaning alohida tarmogʼi va boshqalar mansub. «Men» koʼzguli nazariyada (Ch.Kuli, Dj.Mid) shaxs «Men» inson bilan toʼliq, ijtimoiy jihatdan bogʼliq boʼlgan hosila funktsiya sifatida koʼrib chiqilgan. Shaxsning mohiyati, oʼzini anglash – ijtimoiy aloqadorlikning natijasidan boshqa narsa emas, unda individ boshqalarning koʼzi bilan oʼziga obʼekt sifatida qarashni oʼrgandi. Shu bilan birga, shaxs obʼektiv sifat deya talqin qilingan va u inson tomonidan ijtimoiy hayot jarayonida oʼzlashtiriladi. Shunga yaqin qarashlar rolь nazariyasi tarafdorlari tomonidan himoya qilingan (R.Linton, Ya.Moreno, T.Parsons va boshqalar): shaxs ijtimoiy rolь majmuining funktsiyasi va bu rollarni individ jamiyatda bajaradi. Bu rollar insonning ijtimoiy guruhlarga kelishi bilan bogʼliq boʼlganligi uchun ijtimoiy guruhlardagi insonlar majmuidan shaxs kelib chiqadi, shu bilan birga shaxs individ kirgan guruhlar majmuining hosilasi. Ijtimoiylashib, shaxs rolьga oid hulq- atvorning ekspektatsiyasini oʼzlashtiradi, ularni bajarishni oʼrganadi, shaxs boʼlib shakllanadi. Shaxs sotsiologik tahlilining boshlangʼich nuqtasi shaxsning individual xususiyatlari emas, balki inson ishtirok etadigan tizim doirasida bajaradigan ijtimoiy funktsiyalari tushuniladi. Shaxs mustaqil ravishda, oʼz oʼzidan mavjud boʼlmaydi, biroq umumiylik aʼzosi, koʼplab ijtimoiy tuzilmalar elementi hisoblanadi (ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-sinfiy, ijtimoiy-hududiy, ijtimoy-kasbiy va boshqa), u maʼlum ijtimoiy funktsiyalarni bajaradi, koʼplab hulq-atvorga oid harakatlarni amalga oshiradi. Uning asosiy holatlari hali XX asrning 20-30 yillarida Аmerika olimlari Dj.Mid va R.Linton tomonidan aytilgan edi. Inson tugʼilishi davridan boshlab jamiyat talabi, aniq ijtimoiy umumiylik (“rolga oid koʼrsatmalar” deb ataladigan) 50 bilan bogʼliq boʼlgan koʼplab rollar oʼynashni oʼrganadi. Har qanday ijtimoiy guruhda shaxsga oid rol hoxishi bor. Guruh shaxsni rol nizosiga kirmaydi, zarur talablarni bajaradi, oʼzining, guruhning normal hayot faoliyatiga taʼsir etadi deb umid qiladi. 3. Rollar (ijtimoiy rolʼ) nazariyasining klassik taʼrifi 1936 yilda R.Linton tomoni keltirilgan. R.Lintonning funktsional tushunchasida rol tushunchasi muntazam, uzoq muddat mobaynida hulq-atvorning maʼlim stereotipi (qolipi) yuzaga kelgan ijtimoiy aloqadorlik vaziyatiga mansub. R.Linton ijtimoiy munosabatlar tuzilishida statuslarni, yaʼni aniq pozitsiyalarni va u bilan bogʼliq huquq va majburiyatlar majmuini ajratib koʼrsatib, rolь tushunchasiga ijtimoiy taʼrif bergan. Z.Freyd yoʼqolgan obʼektlarda – mamnuniyat manbaida (kateksis obʼekti) inson ijtimoiy rolni oʼzlashtirishining psixologik jihatlarini tadqiq qilgan. U individ keltirgan mamnuniyat natijasida boshqaning roli uning «Men»ining bir qismiga aylanishini koʼrsatdi. T.Parsonsning rolь nazariyasida toʼgʼri rol munosabatlariga qaraganda ijtimoiy tizim haqidagi utilitar (manfaatli) tasavvurlar ustun kelgan, rol aloqadorligining hissiy va normativ tartibga solinish mexanizmlari keltirilgan. Rolь hulq-atvorning normativ tartibga solib boʼladigan qadriyatlari sifatida taʼriflangan. Rollar mohiyatiga koʼra, yaʼni, tugʼilishga, yoshga, jinsga, mansubligiga, yutuqlariga koʼra boʼlinadi. Interaktsionistik kontseptsiyalar urgʼuni standart rol hulq-atvordan insonlar aloqadorligining aniq, vaziyatli xususiyatlariga qoʼyadi. D.Mid, G.Blumer, T.Kun, I.Gofman kabi interaktsionistlarning muhim toifalari bu «rolь hulq-atvori»dir. Interaktsionistlar rollarni shaxssiz, standartlashgan, konventsional, huquq va majburiyatlar asosida quriladigan, aloqadorlik ishtirokchilarining individual xususiyatlariga bogʼliq boʼlgan majburiyatlar va huquqlar «vujudga keladigan» shaxslararo rolga boʼladilar. «Fenomenologik» sotsiologiya namoyandalari R.Shyuts, R.Uilьyams, Tyornerlar ijtimoiy rolь tahlilini boshqa odamga oʼxshashlikning oʼrnini bosuvchi kommunikatsiya bilan bogʼlaydilar. Status – rolь kontseptsiyasi quyidagi tushunchalarning farqlanishini taqdim qiladi: Individ (butun bir narsaning individual vakili sifatida). Individuallik (ham tabiiy, ham ijtimoiy xususiyatlarni oʼz ichiga olgan, insonlarni boshqalardan ajratib turadigan maxsus narsa). Shaxs (insonni ijtimoiy aloqadorlikdagi ishtirokka undaydigan individual ijtimoiy-psixik xususiyatlar majmui). Shaxs xususiyatlarining ishlab chiqilishi insonning turli status pozitsiyalarga oʼtishi mobaynida sodir boʼladi (misol, oʼgʼil, er, ajralgan odam). Ijtimoiy harakatchanlik jarayonlari marginal vaziyatlar yuzaga kelishiga sabab boʼladi. Bu madaniyat chegarasida boʼlgan insonlar guruhi yoki individlar, oʼzaro aloqadorlikda ishtirok etadigan, ularning birortasiga ham toʼliq mansub boʼlmagan ijtimoiy umumiylik holatidir. 51 4. Sotsializatsiya – ijtimoiy sifatlarning (turli bilimlar, koʼnikmalar, qadriyatlar) shakllanish jarayonidir. Bu individ tomonidan ijtimoiy tajribaning oʼzlashtirilishi, unda konkret shaxs vujudga keldi. Sotsializatsiyaning zarurligi ijtimoiy sifatlar avloddan avlodga oʼtmasligi bilan bogʼliq. U individ tomonidan tashqi taʼsirning sust obʼektga taʼsiri davomida ishlab chiqiladi. Sotsializatsiya individning faoliyat ishtirokini talab qiladi va faoliyat sohasining mavjudligini taqozo qiladi. Sotsializatsiya – (lotincha “Socialis” - jamoaviy) individning jamiyatga qoʼshilishi jarayonini, ijtimoiy hayotga qoʼshilganlik, jamoada hulq-atvorni oʼrgatish, oʼzini namoyon qilish va ijtimoiy rolni bajarish maʼnolarini anglatuvchi umummilliy termin. Sotsializatsiya bir maʼnoli talqinga ega emas. “Sotsializatsiya” soʼzi maʼno jihatdan rus tilidagi “tarbiya” soʼziga yaqin, lekin tarbiya eng avvalo individga ongli ravishda hoxlagan qirralar va xususiyatlarni singdirish vositasida yoʼnaltirilgan harakatlardir, tarbiya va taʼlim qatorida sotsializatsiya maqsadli, oʼz oʼzidan kelib chiqadigan taʼsirlarni oʼz ichiga oladi, shular tufayli individ madaniyat bilan umumiylashadi, jamiyatning toʼlaqonli aʼzosiga aylanadi. Sotsiologlar uchun bu bir tomondan individni ijtimoiy rolga oʼrgatishdir va bu rolni oʼzlashtirmasdan individ oʼzining jamiyati yoki guruhining toʼlaqonli aʼzosi boʼla olmaydi, boshqa tomondan esa bu individning shaxsiy oʼxshashligini va “Men” timsolini shakllantirishdir. Ular bu terminni insonlar ijtimoiy normalarga koʼnikishni oʼrganadigan, yaʼni jamiyatning davom etishiga imkon yaratadigan, madaniyatning avloddan avlodga oʼtishini taьminlaydigan jarayon uchun ishlatadilar. “Sotsializatsiya» soʼzi ancha tor, maxsus maʼnoda qoʼllaniladi. Masalan, siyosiy sotsializatsiyasi maʼlum siyosiy koʼrsatmalar va orientatsiya jarayonini anglatadi, gender sotsializatsiyasi – gender oʼxshashlikni va u bilan bogʼliq jinsiy koʼrsatmalarni shakllantirishni anglatadi, diniy sotsializatsiya –individning maʼlum diniy mafkuraga qoʼshilishini va hokazolarni anglatadi. Tartib-intizomga oid, koʼrgazmali yondashuvlar inkor etuvchi emas, balki shunchaki bir xil hodisani muhokama qilishdagi har xil qarashlardir. «Sotsializatsiya» - barcha ijtimoiy jarayonlarning majmui, u tufayli individning jamiyatda muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur boʼlgan normalar va qadriyatlarning aniq tizimi orqali individ hulq-atvor namunasini oʼzlashtiradi. Sotsializatsiya shaxsning shakllanishi jarayonini, jamiyat talablari asta-sekinlik bilan oʼzlashtirish kabilarni aks ettiradi va bular shaxsning jamiyat bilan aloqadorligini tartibga soladi. Shaxs sotsializatsiyasi hayotning ilk kunlaridanoq boshlanadi va shaxsning fuqarolik kamolotiga yetish davri bilan tugaydi, lekin, orttirilgan vakolatlar, huquq va majburiyatlar uning toʼliq yakunlanganligini anglatmaydi, baʼzi jihatlarga koʼra u butun umr mobaynida davom etadi. Аynan shu maʼnoda ota-onalarning pedagogik madaniyatining oshirilishi zarurligi, inson tomonidan fuqarolik vazifalari, shaxslararo munosabatlar qoidalariga amal qilish haqida gap boradi. 52 Sotsializatsiya doimiy anglash, jamiyat tomonidan aytib turiladigan qoida va normalarning ijodiy oʼzlashtirilishi va mustahkamlanishi degan maʼnolarni anglatadi. Sotsializatsiya davrida inson qoʼyidagi bosqichlarni bosib oʼtadi: -goʼdaklik (tugʼilganidan 1 yoshgacha), - erta bolalik (1-3 yosh), - maktabgacha boʼlgan davr (3-6 yosh), - boshlangʼich maktab yoshi (6-10 yosh), - kichik oʼsmir yoshi (10-12 yosh), - katta oʼsmir yoshi (12-14 yosh), - erta yoshlik davri (15-17 yosh), - yosh davr (18-23 yosh), - yoshlik (23-30 yosh), - erta yetuklik (30-40 yosh), - kech yetuklik (40-45 yosh), - qarilik (55-65 yosh), - keksalik (65-70 yosh), - uzoq umr koʼrish (70 yoshdan yuqori). Pastda yoshlik davrigacha boʼlgan inson sotsializatsiyasi, yaʼni oʼsib kelayotgan avlod sotsializatsiyasi koʼrib chiqiladi. M.Montessori tomonidan taqdim etilgan bolalar rivojlanishining davrlari qiziqarli. U 6 yildan boʼlgan 3 ta darajani kiritgan (klassik pedagogika 6 yildan davrlashtirish Ya. А. Komenskiyning tizimida berilgan edi, lekin ular oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri oʼxshashlik yoʼq). Har bir daraja (6 yillik) 3 yillik davomiylikka ega fazalarga boʼlingan. Ijtimoiy rivojlanishning dastlabki 2 ta darajasining turlanishi eʼtiborni tortadi, 2-fazadan boshlab (M.Montessori aynan shu yoshdagi bolalar bilan tajriba olib borgan): - 3 yoshdan 6 yoshgacha – «inson qurivchisi”: bola barcha imkoniyatlarga ega va oʼzining asosiy funktsiyalarini bajarishga tayyor; - 6 yoshdan 9 yoshgacha «tadqiqotchi»: atrofida sodir boʼlayotgan narsalarga bola katta qiziqish bildiradi; 9 yoshdan 12 yoshgacha «olim»: bola oʼzi koʼzatgan faktlar oʼrtasidagi aloqadorlikni oʼzlashtira boshlaydi, dunyo haqida oʼzining suratini yaratadi, insonning undagi oʼrni haqida fikrlaydi. Oʼzining pedagogik tajribasida M.Montessori bolalarning muvaffaqiyatli sotsializatsiyasini taminlaydigan maxsus pedagogik sharoitlar tashkil qiladi. 1. Bolalar bilan ishlaganda 30-40 kishi boʼlgan har xil yoshdagi guruhlar bilan shugʼullanadi, ularning orasida 3 yoshlar bor (3-6 yosh, 6-9 yosh, 9-12 yosh). Har xil yoshlilik muloqotda tabiiy bolalar ierarxiyasining tuzilishiga imkon yaratadi, nizolar kelib chiqmasligiga yordam beradi, hamkorlik uchuch muhim asos boʼladi. 2. Mashgʼulotlar uchun binolar tashkillashtirib beradigan maxsus tashkilot - «ochiq eshiklar» tamoyili: sinf xonalari oʼrtasida yopiq devorlar yoʼq, bolalar boʼyi darajasidagi toʼsiq yoki parda oʼrnatilgan; bolalar keng boʼshliqda 53 nima sodir boʼlayotganligini bemalol koʼzatishlari va hamma xonada harakatlanishlari mumkin. 3. Bolalar atrofidagi oʼquv qoʼllanmalar, predmetlarning oʼzi taьlim muhitini yaratadi. 4. Koʼpgina oʼquv mashqlari bolaning kundalik hayotida, uyida sodir boʼladigan: oyoq kiyimi ipini bogʼlash, gullarga suv quyish, bir qator tugmalarni oʼtkazish kabi harakatlar asosida quriladi. M.Montessorining bolalar oʼyinining sotsiallashtirish roliga munosabati eʼtiborga loyiq. 5. Erkin tanlash huquqiga alohida eʼtibor qaratilgan: har bir bola oʼzi uchun vazifa tanlab oladi va oʼz tempida ishlaydi, oʼzi alohida yoki kim bilandir birgalikda ishlashni oʼzi hal qiladi. Oʼqituvchi maksimal darajada bolalarning mustaqil faoliyat jarayoniga aralashmaydi. Bolalarning muloqoti darslarda «Menga buni oʼzim qilishimga yordam ber» tamoyili asosida quriladi. Oʼqituvchi bolaning oʼrniga hech narsa bajarmaydi. Tayyor bilimlar haqida xabar bermaydi, bolani koʼzata turib mustaqil tarzda natijaga erishishiga yordam beradi. M.Montessori pedagogik tizimining markaziy tushunchasi bu oʼzini oʼzi rivojlantirish. Sotsializatsiya bosqichlari (shartli ravishda) individning yoshga oid rivojlanish bosqichlari bilan mos keladi: Erta (birlamchi) sotsializatsiya. U umummadaniy bilimlarni dunyo haqidagi boshlangʼich tasavvurlarni, insonlarning oʼzaro munosabati xarakterini oʼzlashtirish bilan bogʼliq. Erta sotsializatsiyaning asosiy bosqichi bu oʼsmirlik yoshi. Ushbu yoshning bahsli jihati bolaning imkoniyatlari va qobiliyatlari unga qoʼyilgan qoidalardan, hulq-atvor doiralaridan oshib ketishi bilan bogʼliq. Birlamchi sotsializatsiya bevosita insonning yaqin atrofidagilari bilan, oilasi, qarindoshlari, doʼstlari, oʼqituvchilari, tarbiyachilari, oʼqishdagi va mehnat jamoasi, ishdagi boshqaruvchisi bilan aloqadorligi bilan bogʼliq. Inson birinchi elementar maʼlumotlarni oilada oladi va bu uning ongining, hulq-atvorining asosi boʼladi. Shaxsning sotsializatsiyasidagi estafetani maktab qabul qilib oladi. Oʼsishi va fuqarolik majburiyatlarini bajarishga tayyorlanishi bilan yosh inson tomonidan oʼzlashtirilayotgan bilimlar majmui murakkablashadi. Lekin ularning hammasi ham davomiylik va tugallangan xarakterni kasb etmaydi. Shunday qilib, bola Vatan haqidagi ilk tasavvurlarni oladi, umumiy chegarada oʼzi yashayotgan jamiyat haqida, hayot qurilishi tamoyillar haqidagi tasavvurlari shakllanadi. Sotsializatsiyaning ikkilamchi bosqichi rasmiy taʼlim olish bosqichini qamrab oladi, bu ijtimoiy guruh, institutlar, umumiy maʼnoda tashkilotlar vositasida amalga oshiriladi. Bu yerdagi aloqadorlik koʼproq institutsiallashgan xarakterga ega. Ikkilamchi sotsializatsiyaning agentlari sifatida davlat, uning organlari (armiya, militsiya, sud, prokatatura va boshqalar) tashkilotlar, bolalar bogʼchalari, OTMlar, maktablar, radio, televideniya, matbuot va hokazolar ishtirok etadilar. Ikkilamchi sotsializatsiyaning taʼsiri ayniqsa ulgʼaygan yoshda muhim, chunki bu davrda insonning ijtimoiy statusi va roli aniqlab olingan boʼladi va ogʼirlik markazi ularni amalga oshirishga va toʼgʼirlashga qaratilgan boʼladi. 54 Shuni taʼkidlash zarurki, shaxs rivojlanishining ushbu davri birinchidan, maʼlum bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishi bilan, maʼlum submadaniyatga qoʼshilganligi bilan bogʼliq boʼlgan professional sotsializatsiya bilan aloqador. Ushbu bosqichda individning ijtimoiy kontaktlari, ijtimoiy rolining diapazoni kengayadi. Ikkinchidan, individning mehnatning ijtimoiy taqsimoti tizimiga kirishi. Bu yerda professional submadaniyatga, shuningdek boshqa submadaniyatga tegishli adaptatsiyalar nazarda tutilgan. Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy oʼzgarishlarning tezligi qayta sotsializatsiya zaruriyatiga, yetarlicha oʼzlashtirilmagan va oldingi eskirganlarning oʼrniga yangi bilimlarni, qadriyatlarni, rollarni, koʼnikmalarni oʼzlashtirishga olib keladi. Qayta sotsializatsiya koʼplab hodisalarni (oʼqish, nutqni toʼgʼirlashdan to professional tayyorgarlik, hulq-atvor orientiri qadriyatlarining oʼzgarishigacha) qamrab oladi. Va nihoyat uchinchi boschich – ishlab chiqarish sohasidan chiqishi, pensiyaga chiqishi, mehnat layoqatini yoʼqotishi bilan bogʼliq boʼlgan katta yoshdagi insonning hayot tarzi oʼzgarishi sotsializitsiyasi. Sotsializatsiya bosqichlari. Sotsializatsiya bosqichlari (shartli ravishda) individ rivojlanishining yoshga oid bosqichlari bilan mos keladi: Erta (birlamchi) sotsializatsiya. U umummadaniy bilimlarni, dunyo haqidagi boshlangʼich tasavvurlarni, insonlarning oʼzaro munosabati haraterini oʼzlashtirish bilan bogʼliq. Erta sotsializatsiyaning asosiy bosqichi bu oʼsmirilik yoshi. Ushbu yoshning baxsli jihati bolaning imkoniyatlari va qobiliyatlari unga qoʼyilgan qoidalardan, hulq-atvor doiralaridan oshib ketishi bilan bogʼliq. Ikkilamchi sotsializatsiya: maxsus bilim va koʼnikmalarni oʼzlashtirish bilan, maʼlum submadaniyatga qoʼshilganlik bilan bogʼliq professional sotsializatsiya. Ushbu bosqichda individning ijtimoiy kontaktlari, ijtimoiy rolining diapazoni kengayadi. Individ mehnatning ijtimoiy taqsimoti tizimiga kiradi. Bu yerda professional submadaniyatga, shuningdek boshqa submadaniyatga tegishli adaptatsiyalar nazarda tutilgan. Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy oʼzgarishlarning tezligi qayta sotsializatsiya zaruriyatiga, yetarlicha oʼzlashtirilmagan va eskirgan oldingilarning oʼrniga yangi bilimlarni, qadriyatlarni, rollarni, koʼnikmalarni oʼzlashtirishga olib keladi. Qayta sotsializatsiya koʼplab hodisalarni (oʼqish, nutqni toʼgʼirlashdan to professional tayyorgarlik, hulq-atvor orientiri qadriyatlarining oʼzgarishigacha) pensiya yoshini, mehnat layoqatini yoʼqotishni qamrab oladi. Ishlab chiqarish muhitidan chiqishi bilan bogʼliq hayot tarzining oʼzgarishi bilan harakterlanadi. Eriksonning shaxs sotsializatsiyasi jarayonining bosqichilari: Goʼdaklik bosqichi (o dan 1,5 yoshgacha). Ushbu bosqichda asosiy rolni goʼdakning onasi oʼynaydi, ona bolani oziqlantiradi, gʼamxoʼrlik qiladi, suyadi, mehr beradi. Natijada bolada dunyoga boʼlgan asosiy ishonch shakllanadi. Ishonch rivojining dinamikasi onaga bogʼliq. Goʼdak bilan hissiy muloqotning yetishmasligi bola rivojining psixologik sekinlashishiga olib keladi. 55 Erta bolalik bosqichi (1,5 yoshdan 4 yoshgacha). Ushbu bosqich mustaqillikning shakllanishi bilan bogʼliq. Bola yurishni boshlaydi, defekatsiya harakatlarini bajarayotganida oʼzini nazorat qilishni oʼrganadi. Jamiyat va ota-ona bolani tartibga, tozalikka oʼrgatadilar, “hoʼl ishtonchalar” uchun uni uyaltirishni boshlaydilar. Bolalik bosqichi (4 yoshdan 6 yoshgacha). Ushbu bosqichda bola shaxs ekanligiga ishonadi, chunki u yuguradi, gapira oladi, dunyoni boshqarish sohasini kengaytiradi. Bolada uddaburonlik, tashabbus hislari shakllanadi va ular oʼyin asosida yotadi. Oʼyin bola uchun muhim, u tashabbusni shakllantiradi, ijodiy boshlanishni rivojlantiradi. Oʼyin vositasida bola odamlar oʼrtasidagi munosabatni oʼzlashtiradi, oʼzining psixologik imkoniyatlarini: iroda, xotira, fikrlash va hokazolarni rivojlantiradi. Lekin ota-ona bolaga bosim oʼtkazsa, uning oʼyinlariga eʼtibor qaratmasa, bu bolaning rivojlanishida aks etadi, bolada sustkashlik, ishonchsizlik, aybdorlik hissini oʼrnatadi. Kichik maktab yoshi bilan bogʼlik bosqich (6 yoshdan 11 yoshgacha). Bu bosqichda bola allaqachon oila doirasida rivojlanish imkoniyatlarini oʼzlashtirib boʼlgan va endilikda maktab bolani kelajakdagi faoliyat haqidagi bilimlar bilan tanishtiradi, madaniyatning texnologik axloqini oʼzatadi. Аgar bola bilimlarni muvaffaqiyatli oʼzlashtirsa, u oʼzining kuchiga ishonadi, xotirjam va tinch boʼladi. Maktabdagi muffaqiyatsizlik bolada oʼzining toʼkis emasligi hissini, oʼzining kuchiga ishonchsizlikka, umidsizlik, oʼqishga qiziqishning yoʼqolish hislarini oʼygʼotadi. Oʼsmirlik bosqichi (11 yoshdan 20 yoshgacha). Ushbu bosqichda egodentizm (shaxsiy “Men”)ning markaziy shakli vujudga keladi. Shiddatli jismoniy oʼsish, jinsiy yetilganlik, boshqalar oldida qanday koʼrinishidan tashvishlanish, oʼzining professional rolini topish zaruriyati, qobiliyat – bular oʼsmir oldida turgan masalalar va oʼzini anglashda jamiyatning talabi. Yoshlik davri (21 yoshdan 25 yoshgacha). Bu bosqichda inson uchun hayotdagi yoʼldoshini topish, odamlar bilan hamkorlik, butun ijtimoiy guruh bilan aloqalarni mustahkamlash kabilar dolzarb, inson qiyofasini oʼzgartirishdan qoʼrqmaydi, u oʼzining oʼxshashligini boshqa odamlar bilan aralashtirib yuboradi, maʼlum odamlar bilan yaqinlik, birdamlik, hamkorlik, sirli hislar oʼygʼonadi. Lekin agar oʼxshashlik diffuziyasi bu yoshga ham oʼtsa, inson oʼz qobigʼiga oʼralib qoladi, ajralib qolish, yolgʼizlik oʼrnatiladi. Yetuklik (ulgʼayganlik) davri (25 yoshdan 55/60 yoshgacha). Ushbu bosqichda oʼxshashlik rivojlanishi butun umr davom etadi, boshqa odamlar tomonidan ayniqsa, farzandlari tomonidan taʼsir koʼzatiladi: farzandlar ularning kerak ekanligini taʼkidlaydilar. Bu bosqichda shaxs oʼzi yaxshi koʼrgan mehnatga, bolalarga gʼamxoʼrlik qilishga bagʼishlaydi, oʼz hayotidan mamnun boʼladilar. Qarilik davri (55/60 yoshdan yuqori). Bu bosqichda inson rivojining butun yoʼli asosida egoidentizmning yakunlangan shaklining vujudga kelishi shakllanadi. Inson butun oʼtgan hayoti haqida fikr yuritadi, oʼzining “Men”ini maʼnaviy oʼy- hayollarda va oʼtgan yillarda anglaydi. Inson oʼzini va hayotini “qabul qiladi”, 56 hayotning mantiqiy yakunidagi zaruriyatni anglaydi, donolikni, oʼlim qarshisida hayotga qiziqishning chekinayotganini namoyon qiladi. Sotsializatsiyaning har bir bosqichida insonga har xil bosqichda turli aloqadorlikka ega olimlar taʼsir koʼrsatadi. Sotsializatsiya jarayoniga taʼsir koʼrsatadigan 5 ta omilni ajratib koʼrsatish mumkin: • biologik irsiyat; • jismoniy sharoit; • madaniyat, ijtimoiy sharoit; • guruh tajribasi; • individual tajriba. Sotsializatsiya agentlari. Sotsializatsiyaning har bir bosqichi maʼlum agentlar harakati bilan bogʼliq. Sotsializatsiya agentlari – sotsializatsiya bilan bogʼliq boʼlgan va uning natijalariga javobgar boʼlgan odamlar va tashkilotlardir. Sotsializatsiyaning ijtimoiy shartlari: Predmet – makon muhiti (tabiiy sharoitlar, ijtimoiy, maishiy interьer (ichki koʼrinishi), manzilgohlarning rejasi va arxitekturasi). Ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, doʼstona, ishlab chiqarishga oid). Ijtimoiy ahamiyatga ega maʼlumotlar (individ tomonidan oʼzlashtirilgan, unga tushunarli boʼlgan, dunyo haqidagi kundalik, ishlab chiqarishga oid, ilmiy, estetik, diniy maʼlumotlar xarakteri). Identifikatsiya sotsializatsiyaning bir mexanizmi sifatida. Sotsializatsiya insonning “Men tamoyili”ni ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyatini koʼzda tutadi. Bunday tamoyil shaxsiy va ijtimoiy oʼziga xoslikni oʼz ichiga oladi, yaʼni insonning biror bir yoshga oid, siyosiy, oilaviy va hokazolar mansub ekanligini aniqlash qobiliyatini, oʼzining jismoniy, aqliy, ahloqiy sifatlarini baholash qobiliyatini nazarda tutadi. Sotsializatsiyaning mexanizmi sifatida identifikatsiya harakati individ oʼzi mansub boʼlgan guruhning normalarni, sifatlarni, qadriyatlarni va boshqalarni oʼzlashtiradi va amalga oshiradi. Boshqacha qilib aytganda – insonlarning harakatlari koʼp jihatdan oʼzini baholash va guruhga mansub ekanligi bilan taʼriflanadi. Jamiyatning toʼlaqonli, teng huquqli aʼzosi sifatida har qanday shaxsning ijtimoiy aloqadorligi bu sotsializatsiyadir. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling