Yoshlаr sotsiologiyasi
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
Toʼrtinchidan, yoshlarni himoya qilish va qoʼllab-quvvatlash boʼyicha
amaldagi chora-tadbirlar mustahkamlab qoʼyilgan: - huquqiy va ijtimoiy kafolatlar – huquq va erkinliklarni taʼminlash, bepul tibbiy xizmat va umumiy taʼlim, davlat granti meʼyorida oliy maʼlumot olish kafolati, bandlik, mehnat sohasida imtiyozlarning taqdim etilishi, qurilish va uy sotib olish uchun imtiyozli kreditlarning ajratilishi, kam taʼminlangan yosh oilalarga moddiy yordam, boʼsh vaqt va dam olish tizimini rivojlantirish va boshqalar. - iqtidorli yoshlarning davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlanishi – mukofot, stipendiyalar, taʼlim grantlarining taqdim etilishi, sport maktablarining, tanlov, bellashuv, koʼrgazmalar, konferentsiyalar, seminarlarning tashkil etilishi, yosh olimlar va mutaxassislarga sharoitlar yaratish va boshqalar. Bu qonunning qabul qilinishi Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari va yoʼnalishlarini aniqlashga imkon beradi. Bular kompleks tashkiliy-huquqiy va institutsional choralarni qabul qilish uchun, amalga oshirish uchun yoʼnalish va asos boʼladi. Yangi qonun yoshlar siyosati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan va ushbu jarayonda ishtirok etuvchi har bir subʼektning vakolatlarini mustahkamlab beradi. Qabul qilingan qonun davlat qoʼshimcha kafolatlarini oʼrnatdi va kengaytirdi, bu kafolatlar Oʼzbekistonda yoshlarning har tomonlama rivojlanishiga turtki boʼladi va davlatning iqtisodiy oʼsishiga lokomativ boʼladigan xususiy tadbirkorlikka jalb qiladi. Qonunda markazda va joylarda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadigan organlar va tashkilotlar vazifalari, vakolatlari, javobgarliklari belgilab qoʼyilgan. Bu organlarga taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat, sport, mehnat va boshqa sohalarda, yoshlarning huquq va qonuniy qiziqishlarini amalga oshirish, huquqiy savodxonlikni amalga oshirish, yoshlar oʼrtasida huquqbuzarlik profilaktikasi, ijtimoiy institutlar bilan munosabatlarini taʼminlash vazifalari yuklatilgan. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga oid qonun hujjatlari ijtimoiy institutlarning, oʼzini-oʼzi boshqarish organlarining, OАVning rolini va oʼrnini kuchaytirishga yoʼnaltirilgan. Davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va bajarishda fuqarolik jamiyati institutlarining majburiy ishtirokining huquqiy mexanizmlari, sogʼlom va rivojlangan yosh avlodni tarbiyalash boʼyicha 21 tadbirlarni takomillashtirish va oʼtkazish, ijtimoiy hayotda yoshlarning roli va faolligini oshirish, shu sohada qonun chiqarish va davlat dasturlari talablari bajarilishining ustidan ijtimoiy nazorat taʼriflangan. Yoshlar siyosati qonunining “Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari” bobida yoshlar siyosatining shaffofligi toʼgʼrisida gapirilgan. Maʼlumki, 2017-2021 yillarga moʼjallangan Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasining toʼrtinchi, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishida Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishga alohida urgʼu berilgan. Jumladan: jismonan sogʼlom, maʼnaviy, aqliy rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy qarashlarga ega Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabilar ham tilga olingan; oʼrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish va ishga joylashtirish; yosh avlodni ijodiy va intellektual salohiyatini qoʼllab-quvvatlash va amalga oshirish, bolalar va yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish; Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat boshqaruvi va hokimiyat, taʼlim muassasalari, yoshlar institutlari va boshqa institutlar faoliyatini samarali takomillashtirish; Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlarning ishtiroki. Yoshlar – bu aholining eng tashkilotchi ijtimoiy faol qatlamlaridan biridir. Ular yangi fikrlarning generatori, jamiyatning hayotiy kuchi va energiyasi hisoblanadilar. Yoshlar mamlakatning nafaqat kelajagi, balki buguni hamdir. Yoshlar muammolariga eʼtiborning kuchayishi uning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi alohida roli bilan talqin qilinadi. Yoshlar har doim jamiyatning barcha jabhalarida oʼzlarini namoyon etadigan eng faol va dinamik ijtimoiy guruh boʼlgan va boʼlib kelmoqda. Ular hayot faoliyatining barcha: siyosiy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy sohalarda namoyon etadilar. Ushbu ijtimoiy-demografik guruh boshqalarga nisbatan oʼzlarining ijtimoiy statusini oshirishni va yangi rollarni oʼzlashtirishni maqsad qiladilar. Oʼzbekiston aholisining katta qismini, yaʼni – 64% yoki 17 milliondan ziyod yoshlar tashkil qiladi, ulardan 10 million 400 mingtasi, yaʼni yurtimiz aholisining 30 % ni 18 yoshga toʼlmagan yigit va qizlar tashkil qiladi. Bugungi yoshlar juda murakkab va joʼshqin davrda mustaqil hayotga qadam qoʼymokda. Mamlakatimizning siyosiy hayotida keskin oʼzgarishlar roʼy berdi. Jamiyatni demokratlashtirish jarayonlari rivojlanmoqda, xususiy mulkchilik tiklandi va keng tarqalmoqda, mehnat bozori kengaymoqda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sodir boʼlmoqda, jamiyatning ijtimoiy differentsiatsiyasi (tabaqalanish) 22 oʼsib bormoqda, ommaviy kommunikatsiyalar va kompьyuterlashtirish tizimi misli koʼrilmagan surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Yoshlar ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni, markaziy va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarga murojaatlarni amalga oshirish, yoshlar institutlarining ushbu organlar bilan oʼzaro munosabatlari, shuningdek, Oʼzbekiston Republikasi qonunlarida taʼqiqlanmagan boshqa koʼrinishlar orqali Oʼzbekiston Republikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadilar. Yoshlar yoshlar institutlari tomonidan davlat organlariga Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʼyicha takliflar davlat organlari tomonidan oʼz vakolatlari doirasida va Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi tartibida koʼrib chiqiladi. Davlat organlari Oʼzbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va shakllantirish sohasiga yoshlar institutlarini ularning roziligi bilan maslahat va harakatlarni muvofiqlashtirish huquqiga ega. Shuningdek, yoshlar institutlari maʼlum ishlarni bajarish, Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida davlat va hududiy dasturlar doirasida xizmatlar koʼrsatish maqsadida davlat organlari bilan hamkorlik qiladilar, ularning vakillari esa yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda maslahat kengashi tarkibida boʼlishlari mumkin. Yoshlarga oid davlat siyosati jarayonida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini takomillashtirish kuchaydi. Ushbu maqsadni amalga oshirish Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlarga oid davlat siyosatining quyidagi ustuvor yoʼnalishlarini nazarda tutadi: Yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish ularning ahloqiy va maʼnaviy rivoji; Mehnat, taʼlim va sogʼliqni saqlash sohalarida yoshlarning ijtimoiy huquqlarini taьminlash; Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish; Yoshlarning aqliy va jismoniy rivojlanishlari uchun sharoitlar yaratish; Yoshlarning ijobiy tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish; Yosh ishchilardan tashkil topgan kadrlarning haqiqiy zaxirasini yaratish. 2. Bolalarning huquqini belgilash Inson huquqlari boʼyicha umumjahon deklaratsiyasining asosiy gʼoyalaridan kelib chiqadi. Uning alohida moddasi bolalarga bagʼishlangan. Unda ,,Onalik va bolalik alohida gʼamxoʼrlik va yordam olish huquqini beradi” deb taьkidlangan. Shunday qilib, deklaratsiyada keltirilgan bolalarning teng huquqlari va erkinliklarini tan olgan holda, xalqaro hamjamiyat bolalarga qoʼshimcha ijtimoiy yordam kerakligini tasdiqlaydi. Inson huquqlari kontseptsiyasining rivojlanishi bolalar huquqlarining alohida toifaga ajralishiga olib keldi. Bolalarning salomatligi va ularning huquqlarini himoya qilishni qonuniy ravishda taʼminlash zarurati Millatlar Ligasini 1924 yilda Jeneva Bolalar deklaratsiyasini qabul qilishga undadi. Keyingi muhim qadamlardan biri BMTning 23 1959 yilda Bolalar huquqlari boʼyicha Deklaratsiyani qabul qilgani boʼldi, unda bolalarning farovonligi va himoyasiga oid ijtimoiy va huquqiy tamoyillari keltirilgan. Unda «Jismoniy, aqliy jihatdan voyaga yetmaganligini hisobga olib, bolalar tugʼilguniga qadar va tugʼilganidan soʼng tegishli huquqiy himoyaga, ijtimoiy gʼamxoʼrlikka muhtoj» deb taʼkidlangan. Ushbu hujjat 10 ta holatdan (Deklaratsiyada bu holatlar tamoyil deb yuritilgan) tashkil topgan, ularning tan olinishi va ularga amal qilish «bolalarga baxtli bolalikni taʼminlashi” kerak. Oʼzbekiston Respublikasida bolalar huquqlari quyidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi: Oʼzbekiston Respublikasi Konsititutsiyasi; Oʼzbekiston Respublikasi Oila kodeksi; Oʼzbekiston Respublikasida bolalar huquqlarining asosiy kafolatlari toʼgʼrisidagi qonun; Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni; Oʼzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʼgʼrisidagi qonun; Oʼzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʼgʼrisida”gi qonuni. Fuqarolarning subektiv huquqlari va manfaatlarini himoya qilish nafaqat javobgar tashkilotlarning normalarni qoʼllash bilan amalga oshirilishi mumkin, balki shaxs tomonidan ham uning huquqlarini toʼgʼridan-toʼgʼri oʼzi himoya qilishiga ruxsat etiladi. Konstitutsiyada keltirilgan fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga qoʼyidagilar kiradi: Yashash huquqi – bu asosiy, ajralmas (tugʼilgandan boshlab tegishli) va shaxsning ixtiyoridagi huquqdir. Bu huquq shaxs va jamiyatning asosiy, yaʼni inson hayoti, undan asossiz mahrum qilish kabilarni himoya qiladi va kafolatlaydi. Shaxs qadr-qimmatini himoya qilish huquqi. Shaxsning qadr-qimmatini asrash madaniy jamiyatning asosiy belgisidir. Hech narsa insonning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishga asos boʼlolmaydi. Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hech kim qiynoqqa solinishi, zoʼravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan muomala va jazoga tortilishi mumkin emasligi taʼkidlangan. Shuningdek, hech kim oʼz roziligisiz tibbiy, ilmiy va boshqa tajribaga duchor etilishi mumkin emas. Shaxsiy dahlsizlik va erkinlik huquqi shaxsning erkinligini majburiy tarzda cheklash mumkin emasligini, oʼzining harakatlarini oʼzi bajarishni, erkin harakatlanishni anglatadi. Faqatgina sud qaroriga binoan odam hibsga yoki qamoqqa olinishi mumkin. Sud qaroriga qadar shaxsni 48 soat ushlab turish mumkin. Erkinlik huquqi inson oʼzining vaqtini oʼzi erkin boshqarishini, oʼz huquqlaridan erkin foydalanishini, qonun doirasida oʼzini xohlaganicha tutishini anglatadi. 24 Har kim tadbirkorlikda oʼz imkoniyatlaridan va mulkidan erkin foydalanish huquqi (har bir shaxs qonun doirasida tadbirkorlik bilan erkin shugʼullanishi, individual tadbirkor boʼlish, tijorat faoliyati bilan shugʼullanuvchi yuridik shaxsni barpo etish huquqiga ega). Mehnat sohasida oʼz imkoniyatlaridan erkin foydalanishi, kasb va faoliyat turini erkin tanlash (Oʼzbekistonda majburiy mehnat taʼqiqlangan). Shaxsiy hayot, sirlarning dahlsizligi huquqi, oʼz nomi va obroʼ-eʼtiborini himoya qilish huquqi. Аdolatli mehnat sharoitlarida ishlash (oʼz navbatida ish beruvchi maxsus huquqiy hujjatda biriktirilgan va davlat tomonidan oʼrnatiladigan, talabga javob beradigan havfsizlik va gigiena sharoitlari bilan taʼminlashga majbur). Hech qanday kamsitishlarsiz mehnati uchun mukofotlanish va qonun bilan belgilangan mehnatga haq toʼlashning minimal hajmda mukofot olish huquqi. Dam olish huquqi. Qonun bilan belgilangan yosh boʼyicha, kasallik, nogironlik, boquvchisini yoʼqotganlik holatlarida, bolani parvarishlash boʼyicha ijtimoiy taʼminot olish huquqi. Uy-joyga ega boʼlish huquqi (hech kim asossiz uy-joyidan mahrum qilinmaydi). Davlat tomonidan uy-joy dahlsizligi kafolatlanadi, Sogʼliqni saqlash va tibbiy yordam olish huquqi (davlat va munitsipal tibbiyot tashkilotlarida bepul tibbiy yordam koʼrsatiladi). Maqbul atrof-muhit, uning ahvoli haqida ishonchli maʼlumotlarga ega boʼlish va ekologik huquqbuzarlik oqibatida sogʼliqqa yetkazilgan zararni qoplash huquqi. Taʼlim olish huquqi (davlat va munitsipal taʼlim muassasalarida hammabop bepul maktabgacha, umumiy, oʼrta maxsus taʼlimni olish kafolatlanadi). Madaniy hayotda ishtirok etish, madaniyat muassasalaridan foydalanish, madaniy boyliklardan foydalanish huquqi (barcha madaniy boyliklar, yodgorliklar fuqarolarning erkin kirishlari uchun ochiq. Fuqarolarning ayrim toifalari-talabalar, aspirantlar, maktab oʼquvchilari muzeylarga, teatrlarga, boshqa madaniy muassasalarga tashrif buyurishlari uchun imtiyozlar mavjud). Konstitutsiyada keltirilgan asosiy vazifalarda muhim talablar –shaxsning jamiyat oldidagi, fuqaroning davlat oldidagi javobgarligi, davlat va jamiyat manfaatlariga fuqarolarning kerakli munosabati, bu manfaatlarni asrashga ularning taʼsiri aks etgan. Аsosiy vazifalarga amal qilish huquqiy va ijtimoiy munosabat bilan taʼminlanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga binoan, bola ham oʼz huquqi va qonuniy qiziqishlarini himoya qilishga haqqi bor. Аlbatta, bola huquqning alohida subʼekti sifatida oʼz huquqlarini mustaqil holda himoya qilishga qurbi yetmaydi. Lekin shunday boʼlsa ham, Oʼzbekiston Respublikasi Oila Kodeksida bolaga 25 vasiylik va homiylik organiga murojaat qilish imkoniyati taqdim etilgan, 14 yoshga toʼlganida esa ota-onasi, boshqa qonuniy vakillari tomonidan uning huquq va qiziqishlari buzilsa, ota-onasi, ota-onalik huquqlarini suisteʼmol qilsalar yoki oʼz vazifalarini toʼliq bajarmasalar bola sudga murojaat etish huquqiga ega. Boladagi toʼliq boʼlmagan layoqatlilikning oʼrnini toʼldirish maqsadida qonun bolaning huquq va qiziqishlarini himoya qilishi kerak boʼlgan institutlarni ishga soladi. Vakillik instituti bir shaxsning oʼz vakolatlari chegarasida boshqa bir shaxs nomidan va qiziqishlaridan kelib chiqib yuridik ahamiyatga ega harakatlarni oshirishi doirasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Jarayonda qonuniy vakilning ishtiroki chegarasi va darajasi bolaning yoshi, bola va qonuniy vakil oʼrtasidagi aloqaning turi va bolaning huquqiy holatiga bogʼliq. Oʼzbekiston Respublikasi Oila Kodeksi bolaning huquq va qiziqishlarini himoya qilish masʼuliyatini uning ota-onasiga yuklaydi: «Ota-ona oʼz farzandining qonuniy vakilidirlar, bolaning har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatida ota-ona huquq va qiziqishlarini sudning aralashuvisiz maxsus vakolatsiz himoya qiladi”. Ota-ona bolaning Oʼzbekiston Respublikasi Oila Kodeksida belgilangan ham kengroq huquqlarini himoya qiladi. Bular quyidagilar: bolaning uy-joy huquqi, merosxoʼrlik huquqi, uning sogʼligʼini va hayotini himoya qilish huquqi, ijtimoiy yordam olish huquqi, obroʼyini va qadrini himoya qilish huquqi va boshqalar. Biroq, bu vazifa aytib oʼtilgan shaxsga nisbatan qandaydir sanktsiya qoʼllash imkoniyati bilan mustahkamlanmagan, buni bolalar va jamiyatning huquq va qiziqishlarini himoya qilish doirasida kerakli hulqning mustahkamlanishi sifatida koʼrib chiqish lozim. Bolalar huquqlarini himoya qilish ham Inson huquqlari boʼyicha vakil, ham bolalar huquqlari boʼyicha vakil tomonidan amalga oshiriladi. Ombudsmanning vazifasi – bolalar huquqlari himoyasi taʼminlash va ularning buzilgan huquqlarini tiklashdir. Mamlakatimizda ichki ishlar organlarini tubdan oʼzgartirish va yaxshilash borasida sezilarli ishlar olib borildi. Ular jazolovchi organdan oddiy xalqning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaydigan, huquqbuzarlikning oldini oladigan, jinoyatchilik bilan kurashadigan, mahalla va joylarda jamoat tartibini saqlaydigan organga aylandilar. Oxirgi 7 yilning oʼzida jazoning kuchaytirilishiga emas, aksincha ogohlantirishga, jinoyatchilikning oldini olishga, korruptsiyaga qarshi kurashishga, aholining tinchligi va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan 20 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, “Voyaga yetmaganlar orasida nazoratsizlik va huquqbuzarlikning oldini olish toʼgʼrisida”, «Ichki ishlar organlari toʼgʼrisida” va boshqa huquqiy asoslarni mustahkamlaydigan, ichki ishlar organlarining faoliyatini, vazifalarini, huquqlarini belgilaydigan, ichki ishlar xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. Ushbu qonun hujjatlari doirasida qabul qilingan tizimli chora-tadbirlar ichki ishlar 26 xodimlari faoliyatining samaradorligini oshirdi, fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini taʼminladi, mamlakatda jinoyatchilikning oʼsishi oldini oldi. Shu bilan birga, ichki ishlar organlari sohasida huquqni qoʼllash amaliyotining holatini oʼrganish, ushbu organ faoliyati boʼyicha fuqarolarning murojaatlari shuni koʼrsatadiki, oʼz yechimini kutayotgan bir qator muammo va masalalar bor, bugungi kun talabi bilan ularning faoliyatini tubdan yaxshilash va jiddiy koʼrib chiqish lozim. Bu asosan quyidagi masalalarga tegishli: ichki ishlar organlari tashkiliy-shtat strukturalarini kelgusida yaxshilash; aholi bilan yaqindan suhbatlashishni yoʼlga qoʼyish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda harakat qilmoq; jamiyat, parlament, deputatlik nazoratining samarali mexanizmlarini joriy qilmoq; huquqbuzarlikning erta oldini olish va ogohlantirish, chuqur tahlil, jinoyat sodir etilishining sabablarini va sharoitlarini aniqlash. 3. Davlat va ijtimoiy insititutlar yoshlar siyosatining asosiy yoʼnalishlaridagi yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan tashabbuslarni qoʼllab- quvvatlaydi. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biri Oʼzbekiston Respublikasi yoshlarining fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va qoʼllashdir. Faol fuqarolik pozitsiya jamoat ishlariga qiziqish boʼlishini, tashabbusni, bajaruvchanlikni, oʼzining ahamiyatli ekanligini anglashni, tashkilotchilik qobiliyatining boʼlishini koʼzda tutadi. Yoshlarning turli, ahamiyatli faoliyat turlari bilan shugʼullanishi sezilarli darajada ijtimoiy muloqot sohasini, ijtimoiy qadr- qimmatni oʼzlashtirishni, shaxsning ahloqiy sifatlarini shakllantirishni kengaytiradi. Shaxs qiziqishlarining va hayot faoliyatining qaysi sohalariga yoʼnalganligiga, oʼzini qaysi shakllarda va qanchalik shaxs sifatida namoyon qilishiga qarab shaxsning fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilishning ijtimoiy ahamiyati haqida gapirish mumkin. Faol fuqarolik pozitsiya faqatgina fuqarolik, ijtimoiy faollik kabi tuzilmalar yigʼindisi bilan aniqlanadi. D.V.Olьshanskiy , G.N.Filonova larning asarlariga tayanib, “fuqarolik” terminini yoshlarning davlatdagi umumiy ishlarga aloqador ekanligini tushunish, qatʼiy ishonch bilan jamiyatning ishlari va muammolarini hal qila olishini aniqlash mumkin. Jamiyatning moddiy va maʼnaviy oʼzgarishlariga, islohotlariga yoʼnaltirilgan ongli harakatlar asosida ijtimoiy faollik aniqlanadi. Faol fuqarolik pozitsiya – bu shaxsga berilgan tavsifdir. U bilimlarning chuqurligini va hajmini, ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatda ishtirok etishga tayyorligini, fuqarolik, huquqiy va ahloqiy sifatlarning shakllanishini, ijtimoiy ahamiyatga ega xulq va faoliyatda tajribaning borligini, oʼziga, faoliyatga, dunyoga, jamiyat hayotiga nisbatan toʼgʼri munosabatni taʼriflaydi. Faol fuqarolik pozitsiyasi – bu orttirilgan sifatdir va u insonning butun hayot faoliyati mobaynida rivojlanadi va takomillashib boradi. U butun umrga orttirilgan sifat boʼlib qolmaydi, inson tushgan sharoitlariga qarab oʼzgarib boradi. 27 Ijtimoiy ishtirokda ehtiyojlarning amalga oshishiga qarab ijtimoiy faollik muammolari inson ehtiyojlari oshishining va insonning akmeologik oʼsishining bir qismi hisoblanadi. А.V.Brushlinskiy, B.Elьkonina, G.M.Аndreeva, А.V.Petrovskiy, D.I.Felьtshteyn asarlarida ijtimoiy faollik faollikning darajasi, jamiyatning aʼzosi sifatida insonning imkoniyatlarining va qobiliyatlarining namoyon boʼlishi, insonning jamiyatga nisbatan faol munosabati taьriflanadi va insonning ijtimoiy harakatning va ijtimoiy munosabatlarning subʼektiga aylanishini aks ettiradi. Falsafiy, ijtimoiy, psixologik adabiyotlarda ijtimoiy faollik turlicha taʼriflangan: jamiyatda faoliyatning oʼziga xos oʼlchovi; faoliyatning yoʼnaltirilganligi oʼlchovi, faoliyatning oʼzi; subʼektning faoliyatdagi munosabatlarning xilma-xilligidagi, obʼektiv voqelikdagi qobiliyatlari majmui. S.А.Potapova ijtimoiy faollikni «ijtimoiy-psixologik, qadr-qimmatli, kasbiy koʼrsatma” deya taʼriflagan. D.Djerri ijtimoiy faollikni quyidagicha taʼriflagan: «yoshlarning oʼzgaradigan ijtimoiy faoliyati ijtimoiy ehtiyojlar bilan aniqlanadigan maqsadlarga, ichki harakatlarni anglashga asoslanadi». Ehtiyojlar ijtimoiy faollikning asosiy strukturalaridan biri hisoblanadi. Bu, eng avvalo ehtiyoj nimani tushuntirishi, nega inson faollikni namoyon qilishni hoxlashi bilan bogʼliq. Koʼplab tadqiqotchilarning fikricha, ijtimoiy faollikning asosiy komponentlari bu ijtimoiy ahamiyatga ega muvaffaqiyatda shaxsning mustaqilligi, javobgarligi, tashabbuskorligidir. Shaxsning bunday sifatlari qatoriga tashabbuslarni amalga oshirishda aniq harakatlar qilish qobiliyati, yaʼni uddaburonlikni kiritish muhimdir. Oʼz qadr-qimmati hissi, egalik hissi, dahldorlik hissi, millatning birdamligi, vatanparvarlik sifatlari qatorida uddaburonlik sifati shaxsning ijtimoiy faolligini taʼminlaydi. Ijtimoiy faollik komponentlari sifatida tashabbuskorlik, javobgarlik, uddaburonlik muhokamasi ushbu sifatlarning tuzilishini va ijtimoiy yoʼnalishini koʼzda tutadi. Destruktiv va assotsial orientatsiyada shaxs ijobiy oʼzgarishlar dvigatelidan oʼsha yoʼldagi tormozga aylanadi. Ijtimoiy faollik tushunchasida individual va jamoaviy bogʼliqlik muhim rolь oʼynaydi. Shaxs ijtimoiy umumiylikka qadam quyayotganida maksimal demokratik yoʼl bilan ularning har birining individualligi jamoaviy qadr-qimmatni aks etadi. Zamonaviy jamiyat hayotining yangi sharoitlariga oʼtishi munosabati bilan ijtimoiy ong va munosabatlarda sezilarli oʼzgarishlar roʼy berdi. Koʼplab ilmiy tushunchalar ham bunday oʼzgarishlarga duch keldi. Zamonaviy jamiyat uchun «ijtimoiy faollik» tushunchasi, yoshlarda bunday tushunchaning shakllanishi dolzarb boʼlib bormoqda. Zamonaviy davrda ushbu termin yangi mazmun bilan tuldirilmoqda. Jamiyat modernizatsiyasi fuqarolarning faolligi va ishtiroki va eng avvalo yoshlardagi ijtimoiy faollik masalalarini yana kun tartibiga qoʼydi. Bir tomondan, ijtimoiy faollik norozilik yoʼnalishi va ijtimoiy beqarorlik sifatida talqin qilingan, yoshlar ortiqcha faollikka ega guruh sifatida har doim namoyon boʼlib kelgan va u alohida tarzda nazorat qilinishi kerak. Boshqa tomondan, yoshlar ijtimoiy munosabatlarni taʼminlaydi va ijtimoiy innovatsiyalar tashuvchisi hisoblanadi. 28 Shuning uchun, inqiroz davrida yoshlar ijtimoiy faolligining oshishi ijtimoiy qurilmada yangi shakllarni qidirishning shartlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy faollikdagi asosiy tushuncha bu shaxsning ijtimoiyligi bilan munosabatidir. Shaxsning ijtimoiyligi uning ijtimoiy butunlik bilan aloqasidir. Ijtimoiy butunlik bu – jamiyat, ijtimoiy umumiylik, insoniylikdir. Ijtimoiylik faqatgina shaxsning turli umumiyliklar bilan: sinfiy, kasbiy, kuchmanchi, demografik, etnik, madaniy, statusga oid va boshqa umumiyliklar bilan aloqalari orqali ochib berilishi mumkin. Bu guruhlarning qiziqishlari, ehtiyojlari, qadr- qimmati turli. Ijtimoiy faollik tushunchasi amalga oshish jarayonida ijtimoiyligi, darajasi, feʼli haqida tushuncha beradi. Shaxsning ijtimoiy faolligi – tizimli ijtimoiy sifatdir. Unga ijtimoiylik darajasining amalga oshishi, yaʼni shaxsning jamiyat bilan aloqasidagi chuqurligi va mukammalligi, shaxsning ijtimoiy munosabatlarning subʼektiga aylanishi darajasi aks ettiriladi. Ijtimoiy faollik shaxsning faoliyati yoki ongining bir lahzasiga taqalmaydi. Bu dastlabki ijtimoiy sifatdir. U jamiyatga va uning rivojlanish munosabatlariga nisbatan toʼliq, barqaror, faol munosabatlarni aks ettiradi, u shaxsning sifatga oid xususiyatlarini, faoliyatini, holatini taʼriflaydi. «Ijtimoiy faollik» tushunchasi insonga xos boʼlmagan hodisa sifatida qaraladi, u ochiq ijtimoiy harakatda namoyon boʼladigan qiymatga asoslangan motivatsiya, xarakatlar yigʼindisi va natijalarni oʼz ichiga oladi. Subʼekt statusining yoki ijtimoiy vaziyatning oʼzgarishi bilan ifodalanadi va ular shaxs ongida oʼsishini koʼzda tutadi. I.T.Frolov tahriri ostida chop etilgan falsafiy lugʼatda ijtimoiy faollik – jamiyatda shaxsning harakatini aks ettiruvchi tushuncha deb taʼriflangan va u qiziqishning harakatlar faktori, bilish, maqsad, borliqning oʼzgarishiga aylanishi bilan bogʼliq. Bular insonning faoliyati, tabiati, mavjudlik sharoitlari va shaxsning obʼektiv ehtiyojlari oʼrtasidagi qarama-qarshilikka sabab boʼladi, inson turmushining sharoitlari va ehtiyojlari oʼrtasidagi nomutanosiblikni, bartaraf qilishga yoʼnaltirilgan. Falsafiy, ijtimoiy, pedagogik tadqiqotlarda ijtimoiy va jamoaviy, faollik sinonim sifatida namoyon boʼladi (L.M.Аrxangelьskiy, B.Z.Vulьfov, T.N.Malьkovskaya, G.L.Smirnov, E.V.Strukov). V.F.Bexterev ijtimoiy faollik tushunchasini ijtimoiy ahamiyatga ega ongda va ushbu faoliyatga tayyor ekanligida, begʼaraz harakat qila olishda namoyon boʼladigan sifat deb taʼriflaydi. K.А.Аbulьxanovoy-Slavskoyning fikricha, shaxsning ijtimoiy faolligi ushbu faoliyatdagi munosabatlarda namoyon boʼladi, u yangi ijtimoiy ishlar va vazifalarni ilgari surish, javobgarlikni boʼyniga olish qobiliyatida tarkib topadi. V.F.Titov ijtimoiy faollikni yashirin imkoniyatlarning amalga oshishining, ijtimoiy-tabiiy muhitni oʼzgartirishning aniq natijalarida namoyon boʼladigan ijtimoiy foydali faoliyatda insonning petentsial imkoniyatlari, zaruriy kuchlari va qobiliyatlari qay darajada amalga oshirilayotganligi deya taʼriflaydi. V.G.Mordkovichning taʼkidlashicha ushbu tushunchaning mohiyatli tomoni shundaki, ijtimoiy faoliyat insonning muhim ijtimoiy sifati, uning 29 «faoliyatga oid ahamiyati» hisoblangan ijtimoiy faollikdan iborat. Tashabbuskorlik (erkin ongli, manfaatdor) sifatida namoyon boʼlishi, inson faoliyati, ijtimoiy faoliyat ijtimoiy voqelik fenomeni statusiga ega boʼladi. Shunday qilib, bu tadqiqotda ijtimoiy faollik yoshlarning murakkab yaxlit sifati, bu sifat tashabbuskorlikda, ijtimoiy umumiylik doirasida harakat qilishga tayyor ekanligida namoyon boʼladi. Ijtimoiy faollikning mazmuni ijobiy faoliyatda gavdalangan dunyoga ijodiy munosabatdan iborat. Koʼplab olimlar ushbu nuqtai nazarga qoʼshiladilar. Masalan, Ye.А.Аnufriev ijtimoiy faollikni hayotga boʼlgan ongli, ijodiy munosabat, shaxs oʼzini oʼzi chuqur va toʼliq namoyon qilishi deb taʼriflagan. Hayotga nisbatan ijodiy munosabat shaxsda yuqori madaniyat va ahloq, bilim va dunyoqarash boʼlishini koʼzda tutadi. Yo.А.Yakubning fikricha, ijtimoiy faollik ijtimoiy umumiylik funktsional xususiyatlarining amalga oshishining, uning ichki ehtiyojlari, jamiyat qadr- qimmatini qabul qilish darajasini aks ettiradi. U shaxsdagi ijtimoiy, umumiy, alohida indivudual, obʼektiv, subʼektiv birlikni ifodalaydi. Ijtimoiy faollik shaxsiy va yuqori shakldagi faollik hisoblanadi. V.I.Ovchinnikovning taʼkidlashicha, ijtimoiy faollik asosida shaxsning ehtiyojlari yotadi, uning shakllanishidagi mexanizm va mazmunini ochib beradigan qolgan toifalar (qiziqishlar, maqsadlar, yoʼl-yoʼriq, orientatsiyalar, turtkilar, dalillar) ehtiyojlardan kelib chiqadi va ularni aks ettiradi. Ilmiy adabiyot tahlili ijtimoiy faollikni, oʼz ichiga 2 ta jihatni olgan shaxsning birlashgan, shaxsiy sifatdek koʼrib chiqishga imkon beradi. Bu jihatlar qoʼyidagilar: ijtimioiy jihat – ijtimoiy bilimlar va ijtimoiy qobiliyatlar, ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat yigʼindisi; shaxsga oid jihat – ehtiyojlarda, qiziqishlarda, dalillarda, hissiy kechinmalarda, reflektsiyada, javobgarlikda, ijtimoiy borliqqa nisbatan ijobiy munosabatda aks etadi. Shaxs ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatning turli sohalariga yoʼnaltirilgan faoliyat orqali oʼzining ijtimoiyligini shakllantiradi. Ushbu jarayonda shaxsning shakllanishi sodir boʼladi. Ijtimoiy faollik oʼsib kelayotgan avlod oʼrtasida raqobatbardoshlikning oʼsishi diskursiga kiradi va bu hayot sifatining omili sifatida koʼrib chiqiladi. Yoshlar faolligi turli shakllarda mavjud va bu tushunchani nazariy jihatdan anglash vazifasi yuzaga keladi. Yoshlar faolligi odatda ijtimoiy harakatlarni oʼrganish doirasida tahlil qilinadi. Faollikni nazariy jihatdan tahlil qilishga ilk harakatlar psixoanalitik, aniqrogʼi psixodinamik yondashuv pozitsiyasida boʼlgan. Ushbu nuqtai nazar tarafdorlari ijtimoiy faollik anʼanaviy ijtimoiy institutlar, ayniqsa oila, taʼlim va cherkov doirasida insonning ichki nizosini hal qilish hisoblanadi. Yoshlar uchun ichki nizo bir xillik nizosiga, ijtimoiy rollarni oʼzlashtirishga, sirlilik va yakkalanib qolish nizosiga aylanadi. Oxirgi paytlarda yuzaga kelayotgan yoshlar faolligining genderlik jihatlari borasidagi muhokamalar ijtimoiy faollikni oʼrganishning psixodinamik yondashuviga qiziqish sezilarli darajada oshdi. Har holda, psixodinamik yondashuv alohida shaxsga va uning 30 muammolariga murojaat qiladi, alohida faollarni oʼrganish orqali ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini tahlil qilishga oʼrinadi. Koʼproq Аmerika sotsiologik maktabiga xos boʼlgan jamoaviy xatti- harakatlar paradigmasini anʼanaviy deb qabul qilish mumkin, u jamoaviy kelishuv boʼyicha J.Lokk, T.Gobbslarning gʼoyalariga borib taqaladi va jamiyatning avtonom subʼektlar birlashmasi sifatida koʼrib chiqishiga asoslangan. Ijtimoiy harakat ijtimoiy tanglik, norozilik, deprivatsiya oʼziga xos sharoitlarida shaxslarning oʼzaro munosabati natijasi sifatida, frustratsiyaning irratsional javobi sifatida, marginal guruhlar va shaxslarning psixologik tangligini yumshatish sifatida koʼrib chiqiladi. Ushbu paradigma doirasida umumiy va oʼziga xos harakatlarni ajratib olish mumkin, oʼz navbatida ularning oxirgilari ijtimioiy oʼzgarishlarga emas, aksincha, taʼsirli hulq-atvorga, mos ramzlar va marosimlarga yoʼnaltirilgan inqilobiy, islohotchilikka oid, taʼsirli boʼlishi mumkin. N.Smelzer shuningdek qadr-qimmatli – orientirlangan va norma – orietirlangan harakatlarni farqlaydi. Ijtimoiy harakatlar rivojlanishining har xil bosqichida ijtimoiy faol shaxs namunasi, yetakchi roli ijtimoiy bezovtalik bosqichida tashviqotchidan xarizmatik jangchiga, qahramonga, ijtimoiy hayajon bosqichida intellektual liderga, formalizatsiya bosqichida ijtimoiy arbobga, institutsional bosqichda administratorga aylanadi. Yetakchilarning dastlabki 2 ta turi safarbarlik vazifasini bajaradi, oxirgilari esa artikulyatsiya, insititutsional tuzilmalarga harakatlarni joriy qilish vazifalarini bajaradi. Shunday qilib, jamoaviy hulq-atvor paradigmasi ijtimoiy faollikning turli shakllarini tasvirlashga imkoniyat beradi. Jamoaviy harakatlar paradigmasi nuqtai nazaridan, yoshlarning ijtimoiy faolligi oʼziga xoslikka ega emas, aksincha boshqa bir harakat sifatida namoyon boʼladi (ekologik, antiharbiy, huquqni himoya qilish, maʼrifiy, siyosiy va boshqa yoʼnalishlar). Yoshlarning ijtimoiy faolligi ijtimoiy harakatlar, qoʼyilgan maqsadlarning amalga oshishi bilan bogʼliq yutuqlar, uning yetakchilarining bir yoki boshqa guruhda qonuniy vakil sifatida tan olinishi doirasida amalga oshiriladi. Yutuqqa erishgan yoki tashkilotda institutsiyalashgan harakat oʼzining vazifasini oʼtab boʼlgan harakat sifatida yoʼqolishi kerak, yoki yangi avlod yoshlari uchun imkoniyatlar kanali boʼlib xizmat qilishi kerak, qoʼlga kiritilgan gʼalabaning natijalaridan foydalanishi kerak, amaldagi tizimni qoʼllash va yaratilgan infrastrukturadan unumli foydalanish kerak. Koʼrinib turibdiki, ularning aksariyati uchun yoshlarning qiziqishlari endi shaxsiy qiziqishlari bilan mos kelmaydi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy oʼzgarishlar sharoitida yoshlarning oʼzgarib borayotgan talablari toʼgʼrisida soʼz yuritmasa ham boʼladi. Borgan sari ular oʼzlarini koʼproq rahbar sifatida emas, balki muayyan dasturlarni amalga oshiruvchi maʼmurlar, tadbirlarning tashkilotchisi, yaьni davlat yoki alohida siyosiy elitalar (masalan, partiyalar) kabi buyurtmachiga ishlaydigan tadbirkorlar deb hisoblaydilar. 31 Boshqa tomondan, ijtimoiy harakatlarni va buning natijasida ijtimoiy faoliyatning instrumental tushunchasi, tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy faoliyat ham «zarur» harakatlar va tashkilotlarni maxsus tarzda tashkil qilish mumkin degan nuqtai nazarga undaydi. Ye.А.Zdravomыslovning fikriga koʼra, yangi harakatlar nafaqat yangi ramzlarni balki dunyoqarashning yangi tizimini ham barpo qiladi, ular modernizatsiya davrida shakllangan “davlat” va “fuqarolik jamiyati” kabi dixotomiyaga duch keladilar. Ilmiy adabiyotda yoshlarning ijtimoiy faolligi asosan yoki siyosiy faollik sifatida (saylovlarda ishtirok etish, ijtimoiy birlashmalarning aʼzosi boʼlish), yoki madaniy faollik (norasmiy yoshlar harakati, submadaniy uyushmalar tarkibida boʼlish) sifatida koʼrib chiqiladi. Ijtimoiy faollikda yangi, dolzarb sharoitda yoshlar tomonidan eski tajribadan foydalanish va uni oʼzlashtirish ehtiyoji asos boʼlib xizmat qiladi. Oʼzlashtirish jarayoni eski tajribani rad etish yoki u bilan nizoday koʼrinadi, lekin aslida oʼzlashtirish usuli haqida gap boradi. Yoshlarning ijtimoiy subʼekt ekanligi ijtimoiy faollikning asosidir. Ye.L.Omelьchenko va boshqa olimlarning fikriga koʼra, yoshlar faolligini birlashtiruvchi omillar bu - insonlarni va ushbu jamiyatning atmosferasini boshqalardan ajratib turuvchi hayot tarzining xususiyatlaridir. Yoshlarni turli yoshlar guruhlari faoliyatida ularning atrofidagi olamga va odamlarga taʼsir qilishi (haqiqiy yoki faqat hayoliy), oʼzining individualligini namoyon qilishni hoxlaydilar. Yoshlar uchun ijtimoiy faollik faoliyatining jozibadorligi ichki darajada yangi, gʼayrioddiy, yangi hissiyotlarni taqdim etadigan amaliyotning qoʼllanilishiga asoslanadi. Bu faoliyat odatiy holga aylanib, xuddi shu narsani takrorlash bilanoq, unga qiziqish yoʼqoladi. Faollik xulq-atvorining ajralmas qismi bu maqsaddir. Аniq maqsad oʼz-oʼzidan harakat qilish uchun turtki boʼladi, shu bilan birga faoliyat sohasi ahamiyatga ega emas, shuning uchun zamonaviy yoshlarning passivligi haqida gapirish nooʼrin, aksincha yoshlar madaniyatining yangi shakllarini izlash kerak. Shunday qilib, yoshlarning ijtimoiy faolligining hech qanday oʼziga xosligi topilmaydi, yaʼni, agar musiqiy didi, kiyinish uslubi va hokazolarda namoyon boʼladigan oʼziga xoslik shakllari haqida gapirish mumkin boʼlsa, qadr-qimmat, qarashlar mohiyati yoshlarning oʼziga xos faolligi haqida gapirishga yoʼl qoʼymaydi. Yoshlar faolligi – bu, avvalo, muayyan xatti-harakat, vaziyat, ijtimoiy amaliyotni yanada yorqin, oʼyinli, “tezkor”, qatʼiy shaklda sinab koʼrishdir. Ushbu nuqtai nazarni shakllantira turib, shuni aytish mumkinki, yoshlarning faolligi bu ijtimoiy koʼnikmalarni oʼrgatishning bir turi boʼlib, unda yoshlarning nima qilayotganligi muhim emas, balki buni qanday amalga oshirayotganligi va oʼzining harakatlariga qay darajada javobgar ekanliklari muhim. 32 Yoshlar faolligini oʼlchashda, faoliyat majburan tashqi tomondan belgilanmagan, balki shaxsning oʼz ehtiyojlaridan yuzaga kelgan omilni hisobga olish muhim. Ijtimoiy faollik darajasini subʼektlarning quyidagi xususiyatlarini taqqoslash orqali aniqlash mumkin. 1. Harakatchanlik (yoshlarni eng ijtimoiy faol deb hisoblash). 2. Har xil usullar va faoliyat sohalari (ijtimoiy faollik koʼproq ijtimoiy aloqada va umumiylikda boʼlgan shaxslar orasida yuqori boʼladi). 3. Ijtimoiy ahamiyatga ega harakatlar xususiyatini orttiruvchi harakatlarni anglash. 4. Boshqa subʼektlar tajribasidan foydalanib bu oʼzgaradigan faoliyatning hajmini kengaytiradi va tezligini kuchaytiradi. 5. Ijtimoiy ahamiyatga ega yutuqlarga erishish uchun boshqa subʼektlar kuchini jalb qilish. 6. Tabiat va ijtimoiy munosabatlarni oʼzgarishning yangi usullarini yaratishni taʼminlovchi ijodiy salohiyat. Har qanday insonga xos sifatday, faollikni ongli ravishda turli rakursda koʼrib chiqish mumkin. Shuningdek, individuallik darajasi mezoni boʼyicha ham koʼrib chiqish mumkin, unda faollik ochib koʼrsatiladi: jismoniy, psixik, ijtimoiy faolliklar. Jismoniy va psixik faolliklarni chetga surib, diqqatni faqat ijtimoiy faollikka jamlab shuni aniqlash mumkinki, yoʼnalish mezoni boʼyicha u prosotsial, asotsial va antisotsial faollikka boʼlinadi. Ijtimoiy faollikni namoyon qilish shakli, inson va muhit oʼrtasidagi bogʼlovchi bugʼin bu ijtimoiy faoliyatdir, yaʼni ijtimoiy rivojlanish masalalari bilan birgalikda jamiyat va oʼzini oʼzgartirish boʼyicha insonning ongli, maqsadli turi ishda va harakatlarda amalga oshadi. Ilmiy adabiyotda ijtimoiy faollik toifasining shunga oʼxshash tushunchasi V.L.Xaykin tomonidan aytib oʼtilgan edi. Shaxsni ijtimoiy subʼekt sifatida talqin qilishda u faollikni shaxsning shaxsiy oʼsishi va uning sotsializatsiyasi bilan aloqasini taʼkidlab oʼtgan. Ushbu aloqada ijtimoiy faollik ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatga boʼlgan faol munosabatni, ijtimoiy ishtirokdagi ehtiyojning namoyon boʼlish shaklini taьriflaydigan shaxsning sintetik sifati deb koʼrib chiqilgan. Turli shaklda namoyon boʼladigan ijtimoiy faollik vositasida yoshlar jamiyat hayotida qatnashadi, jamiyatda hulq-atvor normalarini oʼzlashtiradilar, shunday yoʼl bilan yoshlarda oʼzini namoyon qilish imkoniyat boʼladi. Jamiyatda turli sohalar boʼlgani uchun (siyosiy, madaniyat, OАV va boshqalar) ijtimoiy faollikda qoʼyidagi shakllarni ajratib koʼrsatish mumkin: 1. Ijtimoiy-siyosiy faollik. Ijtimoiy-siyosiy faollikning obʼektiv koʼrsatkichlariga qoʼyidagilar mansub: ijtimoiy va siyosiy uyushmalarda ishtirok etish (siyosiy partiyalar, yoshlar harakatlari, talabalar uyushmalari va boshqalar); saylovlarda ishtirok etish; ijtimoiy foydali faoliyatning bajarilishi; ijtimoiy faoliyatda tashabbuskorlikni namoyon qilish; ijtimoiy-siyosiy faoliyatda vaqtincha chiqimlar va hokazo. 33 • fuqarolik faollik – maqsadi ijtimoiy muammolarni hal qilish, hokimiyatni oʼzgartirish, fuqarolik sifatlarini namoyon qilishdan iborat boʼlgan harakatlardir (faoliyat shakli); • madaniy faollik – maʼnaviy va moddiy qadriyatlarni yaratish, rivojlantirish, saqlash, tarqatish va yanada riojlantirishni taʼminlaydigan shakl; • ijodiy faollik – sifat jihatidan yangi narsani yaratuvchi takrorlanmas, oʼziga xosligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turuvchi shakl; • mehnat faolligi – mehnat faoliyati jarayonida ishchi kuchning intellektual va jismoniy salohiyatini roʼyobga chiqarishda namoyon boʼluvchi shakldir. Mehnat faolligi haqida gap borganda, shaxs uchun mehnat jarayoni va natijasining muhimlik darajasini eʼtiborga olish muhim. Foyda olishga yoʼnaltirilgan faoliyat shaxsning mehnat jarayoniga qiziqishidan guvohlik bermaydi, u tashqi holatga bogʼliq boʼlishi va ichki motivatsiyaga ega boʼlmasligi mumkin. • kommunikatsion faollik – faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan aloqalarni, kontaktlarni qidirishga yoʼnaltirilgan shakl. • ish faolligi – kasb va lavozim sohasidagi intensiv (tezkor) faoliyat, «ish faolligi» termini boshqaruv, xoʼjalik va iqtisodiy faoliyatlarga nisbatan tez-tez qoʼllaniladi. • bilim faolligi insonning oʼz maqsadlarga erishish uchun zarur boʼlgan bilim, qobiliyat va koʼnikmalarni egallashga yoʼnaltirilgan faoliyat. Bu faollik ham taʼlim jarayonida, ham shaxsning bilim, qobiliyat va koʼnikmalarni egallashga yoʼnaltirilgan insonning mustaqil faoliyatida amalga oshiriladi. Bilim faoliyatining manbai bilimga ehtiyoj, oʼzini anglash, oʼzini namoyon qilish, eʼtirof, moddiy farovonlik va boshqalardir. Yoshlarning faoliyatlaridan biri bu valontyorlikdir (koʼngilli shaxs). Ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan koʼngilli faoliyatda ishtirok etish oʼz-oʼzidan shaxsdagi ijobiy oʼzgarishlarga olib kelishi mumkin. Shu sohada yoshlarning tashabbuskorligiga va faolligiga ijtimoiy ijobiy taʼrif berish ancha samaralidir, nafaqat maʼnaviy va ahloqiy gumanistik qadriyatlarni idrok etadigan, qabul qila oladigan insonni tarbiyalash, balki turli yoʼnalishdagi ijtimoiy ish uchun kelgusi mutaxassislarni va koʼngillilarni yetishtirish vazifasini hal qilish ham muhimdir. Oxirgi yillarda koʼngillilar sonining oshishi sababli yoshlarning koʼngillilar harakatida, tashkiliy shakllarda ishtirokini tahlil qiladigan tushuncha kengaydi. Volontyorlik – bu insonlarning yoshidan, irqidan, jinsidan, eʼtiqodidan qatʼiy nazar foyda olish bilan bogʼliq boʼlmagan ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy, ekologik muammolarni hal qilishga yoʼnaltirilgan tadbirlarda ishtiroki tushuniladi. Oʼzbekistonda volontyorlikning namoyon boʼlish namunalarini keltirib oʼtish joiz. BMTRD (rivojlantirish dasturi) va BMTK (BMTning koʼngillilar dasturi) va milliy hamkorlar bilan qabul qilingan «Ijtimoiy innovatsiyalar va Oʼzbekistonda volontyorlik» loyihasi davlatning rivojlanish jarayonida ishtirok etayotgan Oʼzbekiston yoshlarini qoʼllab-quvvatlashga va imkoniyatlarini kengaytirishga 34 qaratilgan. Boshqaruv boʼyicha tadbirlarni, treninglarning tashkil etilishini, faol odamlar guruhiga kichik grantlarning taqdim etilishi kabilarni umumiylashtirib shuni aytish mumkinki, inklyuziv, umumiy rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy innovatsiyalar va volontyorlik rivojlanayapti. Loyiha koʼngilli tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlash va ijtimoiy tadbirkorlik gʼoyalarini ilgari surish uchun qurol sifatida ijtimoiy innovatsiyalarga kontseptsiyalarni singdiradi. Ijtimoiy innovatsiyalar mahalliy rivojlanish loyihalarida asosiy «ijodiy» tarkib sifatida koʼrib chiqiladi va ular MDH davlatlarida keng qoʼllanilyapti. RIBF (Sen yolgʼiz emassan) faoliyati doirasida turli yoʼnalishlarda volontyorlik harakati amalga oshiriladi. Koʼngillilar fondning tayanchi hisoblanadi va ularsiz Mehribonlik uylarini, yetim bolalarni, qiyin hayotiy ahvolga tushgan bolalarni qoʼllab-quvvatlash kabi keng koʼlamli ishlarni olib borish qiyin. Volontyorlik faoliyatini bajara turib, inson oʼz navbatida yordamga muhtoj boʼlgan boshqa insonlar oldida oʼzining javobgarlik va masʼuliyatni his qiladi. Volontyorlar muloqotdan zavqlanishadilar – bolalardan qancha narsani bilib olish mumkin, chunki ular kattalarga qaraganda dunyoga butunlay boshqa koʼz bilan qaraydilar. Volontyorlikni yana bir namunasi «Bolalarga kulgu hadya et» aktsiyasidir. Unda vrachlar jamoasi – pediatr, oftalьmolog, plastik xirurglar, anesteziologlar, travmatologlar, exo-kardiologlar va kardio-jarrohlar 4 kun mobaynida 300 dan ziyod kam taʼminlangan oilalar farzandlarini tekshiruvdan oʼtkazib, diagnoz (tashhis) qoʼydilar. Jarrohlik aralashuvi zarur boʼlgan 30 ta bolada Xorazm viloyatining Xonqa tumanining tibbiyot birlashmasida jarrohlik amaliyotlari oʼtkazildi. Shu bilan birga ushbu aktsiya doirasida mahalliy jamoadoshlar bilan malaka almashinildi, yosh vrachlar va barcha tibbiyot xodimlari uchun yuqori texnologiyali operatsiyalar boʼyicha treninglar va taqdimotlar oʼtkazildi. Turli tadbirlarni tashkillashtirishda koʼp yillik tajribaga asoslanib, 2014 yilda Toshkent Xalqaro Vestminster universitetining «Volontyorlar maktabi» loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. «Volontyorlar maktabi»ning asosiy maqsadi universitet ichida va uning tashqarisida ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan madaniy-maʼrifiy loyihalarni mustaqil ravishda amalga oshirish hamda talabalarning intellektual va kasbiy rivojilanishi uchun imkoniyatlar yaratadigan resursni yaratishdan iborat. Koʼngilli yoshlar OTM (Oliy Taʼlim muassasa)ning turli tadbirlarida, xalqaro tashkilotlarda va davlat muassasalarida faol ishtirok etadilar. Shunday qilib, Koʼngillilar jamoasi Britaniya Kengashi va BMTning Oʼzbekistondagi tadbirlarida, masalan, TXVUdagi «Evropa tillari kuni», «United Nations Day» (Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni) kabi tadbirlarini Аlisher Navoiy nomidagi kutubxonada «Learn English Family» (ingliz oilasini oʼrgan) taʼlim kompaniyasini tashkil qilishda oʼzlarini namoyon qildilar; koʼngilli tarjimon sifatida ular erkin yunon-rim kurashi boʼyicha Jahon chempionatiga, BMTXTT (UNWTO) (BMTning Xalqaro Turistik Tashkiloti) Kengashining 99-sessiyasida, 35 Orol dengizining ekalogik muammolari boʼyicha Xalqaro konferentsiya doirasida seminarlar tashkil qilishda va boshqalarga jalb qilingan edilar. Oʼzbekiston Respublikasida volontyorlikka yana bir misol bu ijtimoiy tarmoqlarda internet-volontyorlik. U yerda ota-onasining qaramogʼisiz qolgan, kam taьminlangan oilalar, hayotning qiyin vaziyatlariga tushgan kasal bolalarga, qariyalarga, xotin-qizlarga yordam koʼrsatiladi. • “Bolalarga kulgu hadya et” - yetim bolalar va ota-onasining qaramogʼisiz qolgan bolalarga yordam; • “Yaxshilik qil, Oʼzbekiston» - qon saratoniga chalinganlarga yordam koʼrsatish uchun tuzilgan guruh; • “Oʼzbekiston volontyorlari” - oʼzlarining boʼsh vaqtlarini jamiyat foydasiga sarflaydigan odamlar. Ular mukofot kutmagan holda, begʼaraz oʼzlarining qobiliyatini, vaqtini, kuchini yaxshi ishlarga sarflaydi. • “Bolalarga yordam Toshkent” – qiyin hayotiy vaziyatga tushgan bolalarga, yetim bolalarga, kam taʼminlangan oilalar farzandlariga, Mehribonlik uylari bitiruvchilariga va hokazolarga hayriya yordamini koʼrsatadilar; • «Mehr koʼrsat – Oʼzbekiston” – ehtiyojmand, qiyin hayotiy vaziyatlarga tushgan oilalarga, Mehribonlik uylariga, Urush va mehnat faxriylarga yordam koʼrsatadigan guruh. Bunday guruhlar aʼzolari odatda 16 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar hisoblanadi. Shuning uchun koʼngillilarga muhtoj boʼlgan tashkilotlar yoshlarning motivatsiyasiga eʼtibor qaratishlari kerak. Yoshlar hayotiy faol pozitsiyasining asosiy taʼrifi quyidagilar: - Volontyorlar boshqalarga yordam berib, oʼzlarining qobiliyatlariga ishonch hosil qiladilar; - yangi koʼnikmalar va ijtimoiy aloqalar oʼzlashtiriladi; - oʼzlarini topadilar, sogʼlom va mazmunli hayot kechirishga imkon beradigan odat va qadriyatlarni qabul qiladilar. Ijtimoiy faollikning ayrim turlari darajasining yuqorida koʼrsatilgan taʼrifi ijtimoiy faollikni toʼlaligicha taʼriflashga imkon beradi. Shu bilan birga, oʼrganilayotgan guruhga nisbatan u yoki bu turdagi faoliyatni hisobga olish kerak. Yoshlar yoshga oid taʼriflar majmui bilan, ijtimoiy ahvolining oʼziga xos xususiyatlari bilan, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan ajralib turadigan ijtimoiy-demografik guruh. Hayotiy siklning bosqichi alohida fazasi sifatida yoshlik biologik jihatdan universal, lekin uning yoshga oid doirasi va u bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy status, ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega, bu esa ijtimoiy tuzumga, madaniyatga va shu jamiyatga oid sotsializatsiya qonuniyatlariga bogʼliq. Sotsiologik tadqiqot jamiyatning ijtimoiy- sinfiy boʼlinishining tahlilini, tizimli-tarkibiy yondashuvlarini koʼzda tutadi, bu esa ishlab chiqarishning maʼlum usullari va keng tarixiy tahlil asosida ushbu jamiyatning yoshiga oid boshqa guruhlari qatorida yoshlarning ijtimoiy vazifalarini va holatining xususiyatlarini kuzatib turadi. 36 Yoshlar rolining sezilarli mazmunidan keyin uning ijtimoiy faolligining muhimligi turadi. Chunki, shaxsiy ehtiyojlari sababli yuzaga kelgan mustaqil, ongli faoliyatini amalga oshirgan holda kasbiy, madaniy darajalarga erishish, jamiyat oldida turgan masalalarni hal qilish, jamiyatning samarali rivojlanishini va uni kelgusida saqlab qolishni taʼminlashga erishish mumkin. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, yoshlarning ijtimoiy faolligi nafaqat ijobiy oʼzgarishlarga, balki ijtimoiy beqarorlikka ham olib kelishi mumkin. Shu bilan birga ijtimoiy faollikning uchta asosiy mezonini ajratib koʼrsatish mumkin. Birinchi mezon, shaxsning qadr-qimmatini, diapozonini, nafaqat tor ijtimoiy guruhlarning, balki butun jamiyat va insoniyatning keng umumiyliklarining qiziqishlariga yoʼnaltirilgan orientatsiya ijtimoiyligini namoyon qilishga imkon beradi. Zamonaviy sharoitlarda umuminsoniy qadriyatlar orietatsiyasining mazmuni oshmokda. Ijtimoiy faol shaxs uchun bular boshlangʼich va aniqlovchi hisoblanadi. Shunday qilib, birinchi mezon ijtimoiy faollik asosida turuvchi oʼygʼotuvchi kuchlar. Ehtiyojlar, qadriyatlar taʼrifini yuzaga keltiradi. Ikkinchi mezon qabul qilishning oʼlchamini, chuqurligini, qadriyatlarni oʼzlashtirishni taʼriflaydi. Ijtimoiy faollikni tushungan holda boshlangʼich metodologik tamoyilining uch tomonini ajratib koʼrsatish lozim: ratsional, hissiy- emotsional, irodali. Shaxs hissiyotlar, kayfiyat, bilim, irodali intilishlari darajasida qadriyatlarni qabul qilishi mumkin. Odatda, hissiyotlar darajasida shaxs yorqin hissiyot shaklda boʼlsa ham qadriyatlarni yuzaki qabul qiladi. Bilim darajasida qadriyatlar chuqur va aniq qabul qilinadi. Irodali intilishlar darajasida ijtimoiy koʼrsatmalar, yaʼni harakatga ehtiyojlarni amalga oshirishga, qadriyatlarni qabul qilishga tayyorgarlik shakllanadi. Faqatgina birgalikda bu darajalar qadriyatlarni toʼliq va chuqur qabul qilish imkonini beradi. Ijtimoiy faollik yuqori darajalarining koʼrsatkichlari bu ijtimoiy hayotda ongli ravishda ishtirok etish, butun jamiyat va aniq umumiyliklar qiziqishlarining yuqori va shaxsiy ahamiyati, jamiyatda oʼzining oʼrnini anglash, unda boʼlayotgan jarayonlarga shaxsiy javobgarligi kabilar. Uchinchi mezon qadriyatlarining amalga oshishi xususiyatlarini ochib beradi. Uning koʼrsatkichlari darajasi bu feʼl-atvor, masshtab, natijalar, faoliyat shakli. Feʼl-atvorni tahlil qilishda qiziqishlar amalga oshayaptimi, rasmiy, standart, ijodiy ravishda ularning roli bajarilayaptimi, demak amalga oshish usullarida ijodning, yangiliklarning darajasi qanaqa kabilarni aniqlab olish juda muhim. Shaxsning qadr-qimmat orientatsiyasi amalga oshayotganda, vaziyatga oid motiv asosida boshqa qadriyatlar vujudga kelayotganda, bular bir-biriga zid emasmi degan savol tugʼiladi. Аmalga oshish jarayonining ichki birligi qadriyatlar orientatsiyasi, ijtimoiy koʼrsatmalar, shaxs faoliyati natijasida erishiladi. Mavjud amaliyotlar tahlili yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi vazifalari bajarilishini ilgari suradi. Ular qoʼyidagilar: 37 1. Yoshlarning maʼnaviy-ahloqiy, qadriyatga oid – mazmunli tarbiyasi – insonparvarlikning ustuvor qadriyatlarini, ahloqiy, shaxsiy obroʼsi hissini; ijtimoiy faollikni, javobgarlikni, oʼz hulq-atvorida odob-ahlqk normalariga amal qilishni, ularning buzilishiga chida olmaslikni shakllantirishga yoʼnaltirilgan. 2. Tarixiy tarbiya – Vatani tarixi va uning qahramonona oʼtmishining asosiy hodisalari borasidagi bilimlarni, dunyo xaritasida Vatanining oʼrni haqidagi tasavvurlarni, Vatani halqlari tarixi borasidagi bilimni; qaxramonona oʼtmishiga nisbatan tarixiy xotirani, faxr hissini, dahldorlikni, oʼz hududi tarixining asosiy hodisalarini bilishni, oʼz oilasi, urugʼi Vatani tarixi oʼrtasidagi bogʼliqlikni, oʼz urugʼi, oilasi, shahri (qishlogʼi) bilan faxrlanish hissini shakllantiradi. 3. Siyosiy-huquqiy tarbiya – mamlakatning siyosiy tuzilishi haqida shaxsda tasavvurlarni shakllantirishga; davlat ramzlariga, fuqaroning asosiy huquq va majburiyatlariga; mamlakatda va dunyoda sodir boʼlayotgan ijtimioy-siyosiy hodisalardan xabardorlikka qaratilgan. 4. Vatanparvarlik ruhidagi tarbiya – Vatanga mehr-muhabbat hissini oʼz xalqi namoyandasi boʼlishdan faxrlanish hissini, milliy ramzlariga, muqaddas qadamjolarga hurmatni, davlat bayramlarini bilishni va ularda ishtirok etishni, ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish uchun tayyorgarlikni shakllantirishga qaratilgan; ijtimoiy umumiylik tarafdori boʼlish, uni muhim qadriyat deb qabul qilish hissi sifatida vatanparvarlik asosiy, oʼxshash mexanizm. 5. Mehnatkashlik tarbiyasi – insonning oʼzgaruvchan mehnat faoliyati sifatida dunyo madaniyati manzarasini yaratadi; dunyodagi kasblar, ularning ijtimoiy ahamiyati va mazmuni bilan tanishtiradi; mehnatga nisbatan vijdonan va javobgar munosabatni, insonlar mehnatiga hurmatni, inson mehnati bilan yaratilgan moddiy va maʼnaviy madaniyat predmetlariga nisbatan ehtiyotkor munosabatni shakllantiradi. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoev taʼkidlaganidek, bizni doimo tashvishlantiradigan muhim masalalardan biri – yoshlarimizning ahloqiy qiyofasi va ularning dunyoqarashidir. Bugun zamon shiddat bilan oʼzgarmoqda. Bu oʼzgarishlarni kim hammadan koʼp his qilmokda? Аlbatta yoshlar. Yoshlar zamon bilan hamnafas qadam tashlayversin, uning talablariga javob beraversin. Аmmo yoshlar milliy oʼziga xoslikni yoʼqotmasliklari lozim. Biz kim ekanligimiz, qanday buyuk ajdodlarning avlodi ekanligimiz haqidagi fikr har doim ularning yuragida aks sado berib turaversin va milliy oʼzlikka sodiq qolishga undayversin. Nima hisobidan bunga erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqatgina tarbiya tufayli. Bu vazifalar maktab, oila, mahalla va butun jamoatchilikka katta masʼuliyat yuklaydi. Mamlakatimizda taʼlim va tarbiya sohasining barcha boʼgʼinlarini – maktabgacha taʼlim muassasalari, oʼrta maktab, oʼrta maxsus va oliy taʼlim tizimini takomillashtirish, yangi taʼlim muassasalarni bunyod qilish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilish boʼyicha olib borilayotgan ishlar yosh avlodning kelgusida har tomonlama barkamol shaxs qilib shakllantirish ishlarida oʼz samarasini beradi. 38 Yana bir muhim yoʼnalishlardan biri – bu yoshlarning tashabbuslarlarini qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish. Yoshlarning jamoa tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, yoshlar va bolalar jamoa uyushmalarining yetakchi va rahbarlarini tayyorlash ishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Respublikamiz yoshlari uchun oʼzlarining dunyoqarashi va qobiliyatlarini namoyon qilishlariga imkoniyatlar yaratilgan. Bunday tizim zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh, nafaqat diplom va kasbiy bilimlarga ega boʼlgan odamlar, balki jamoat ishlarida ijobiy tajribaga ega ekanliklarini hisobga olgan holda jamoani tashkil qila oladigan, innovatsion qarorlarni qabul qila oladigan, loyihani himoya qila oladigan, oʼzini va gʼoyalarini takdim eta oladiganlardir. Oʼzbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biri bu ham milliy asosda, ham umuminsoniy qadriyatlar bilan uzviy bogʼliq holda oʼzlikni anglash, yoshlarni maʼnaviy-ahloqiy ruhda tarbiyalash, taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, talaba-oʼquvchilarning oʼqishga boʼlgan qiziqishni oshirish boʼyicha ishlarni shakllantirish. Аynan hozirgi vaqtda milliy-madaniy qadriyatlarni qayta tiklash va rivojlantirish davlat siyosatida maʼnaviy-ahloqiy koʼrsatmalar davrining, yangi shaxsni shakllantirish davrining dolzarbligini kasb etadi. Maʼnaviy-ahloqiy tarbiya bir vaqtning oʼzida zarur va murakkab muammo hisoblanadi. Jamiyat tarixida maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlar muammosi yangi emas, biroq har bir davr va tez oʼzgaradigan ijtimoiy dunyo unda yangi va murakkab jabhalarni ilgari suradi. Sharq va Gʼarb mutafakkirlari (Аvitsenna, Аbu Rayhon Beruniy, Аlisher Navoiy, Аl Farobiy, Аristotelʼ, Demokrit, Аflotun, Suqrot va boshqalar) oʼsib kelayotgan avlodning maʼnaviy-ahloqiy tarbiyasiga bagʼishlangan boy pedagogik meros qoldirganlar. Oʼtmishning koʼzga koʼringan olimlari, faylasuflari (N.А.Berdyaev, V.G.Belinskiy, S.N.Bulgakov, G.Gachev, А.N.Gertsen, L.N.Gumilyov, I.А.Ilьin, L.F.Kapterev, Ye.I.Rerix, V.S.Solovьyov, L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiy va boshqalar) oʼsib kelayotgan yosh avlod shaxsini shakllantirishda maʼnaviy qadriyatlarning ahamiyatini ochib beradilar. Zamonaviy yoshlarning maʼnaviy-ahloqiy tarbiyasi muammolarining nazariy riojlanishi “maьnaviy-ahloqiy tarbiya» tushunchasining koʼplab taьrifi mavjud boʼlganligi sababli murakkablashadi. Maьnaviy-ahloqiy tushunchaning bir xil maʼnoga ega emasligi amalda ushbu jarayonning notoʼgʼri baholanishiga, zamonaviy taьlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayonida va pedagogika nazariyasida uning toʼliq foydalanilmasligiga olib keldi. Maʼnaviy-maʼrifiy yetuklik insonning atrofidagi dunyoda yashab qolishini taʼminlaydigan va qadriyatlarga yoʼnaltirilgan tizimni shakllantirishga imkon beradigan moslashuvchan muhim xulq-atvor koʼnikmalarini shakllantiradi. Maʼnaviy-ahloqiy rivojlanish oilaviy tarbiyaning muhim vazifalaridandir. Ye.E.Basanovaning taʼkidlashicha «oila – bu asosiy ijtimoiy insititut, u orqali bola 39 ijtimoiy munosabatlarga kiradi, chunki bola oilada hulq-atvor qadriyatlarini va meʼyorlarini oʼzlashtiradi, hayot haqidagi oʼzining tasavvurlarini shakllantiradi». Tarbiyaning maʼnaviy tarkibiy qismi qadriyatlar tizimini tushunib yetishga va oʼzlashtirishga, ular asosida shaxsiy dunyoqarash pozitsiyasini shakllantirishga yordam beradi. Tarbiyaning ahloqiy tarkibi esa shaxsning ijtimoiy faoliyatidagi hayotiy pozitsiyasini aks ettiradigan his-tuygʼularni, hulq-atvorni, munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Umuman maьnaviy-ahloqiy tarbiya bu – ruhiy ongning maqsadli shakllanishi, ahloqiy tuygʼularning rivojlanishi va ahloqiy hulq-atvor koʼnikmalarining ishlab chiqilishdir. Maʼnaviy-ahloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi bu – jamiyatda yuksak maʼnaviyatni rivojlantirish, ijobiy qadriyatlarga va sifatlarga ega boʼlish, ularni viloyati va Vatani miqyosidagi bunyodkorlik jarayonida namoyon eta oladigan fuqarolarni shakllantirishdir. Ushbu maqsadni strategik va taktik masalalar hal qilish orqali amalga oshirish lozim. Strategik masalalar: - oʼzining Vatani va xalqiga xizmat qilish; - aholida umuminsoniy, diniy qadriyatlarni oʼygʼotish va shakllantirish; - ijtimoiy faollikni rivojlantirish, xalq boyligiga nisbatan ongli munosabat ruhida tarbiyalash, milliy anʼanalarga boʼlgan hurmat; - Vatan oʼtkinchi qadriyat emas ekanligini tushuntirish, oldingi avlod bilan aloqalar; - oʼz tarixi mobaynida insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan eng yaxshi ruhiy, ahloqiy tamoyillarni oʼzlashtirish; - jamiyatning ahloqiy, madaniy, ilmiy qadriyatlarini saqlash va kengaytirish, aholi oʼrtasida bilimni targʼib qilish, aholining taʼlim va madaniy darajasini oshirish; - har bir shaxsning hamohang maʼnan rivoji, ahloqning eng muhim tamoyillarini, yaʼni yaxshilikni, halollikni, yaqinlari haqida qaygʼurishga hoxishni, oilaviy rishtalarni mustahkamlashni, bolalarga mehr va kattalarga hurmatni singdirish; - hayot va sogʼliqni himoya qilish zarurligini jamiyat ongida mustahkamlash; Taktik masalalar: - ongli intizom, hulq-atvor madaniyati, javobgarlik, bajaruvchanlik ruhida tarbiyalash; - oʼz taʼlimi, tarbiyasi, oʼzining ruhiy-irodali sifatlari ehtiyojini shakllantirish; vatanparvarlik, oʼz davlat tarixiga aloqadorlik ruhida tarbiyalash, oʼsib kelayotgan avlodda Vatanga sadoqatni shakllantirish, Vatanga va uning qurolli himoyasiga xizmat qilishga tayyor boʼlish hissini shakllantirish; - oʼquvchilarning jismoniy, psixik, maʼnaviy va ahloqiy sogʼligini saqlashga sharoitlar yaratish; - zararli odatlarga nisbatan salbiy munosabat ruhida tarbiyalash; 40 - jismoniy madaniyat va sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish; - maktab oʼquvchilarida ajoyib, ijodiy fikrlash, badiiy qobiliyatlar hissini, estetik did, timsolni shakllantirish; - har bir fuqaro hayotida sanʼatning ahamiyatli ekanligi tushunchasini shakllantirish; - oʼqishga nisbatan ongli munosabat ruhida tarbiyalash, bilim faolligini rivojlantirish, maktab oʼquvchilarida kasbni ongli ravishda tanlash tayyorgarligini shakllantirish. Oʼzbekiston yoshlarining maʼnaviy-ahloqiy tarbiyasi va maʼrifati, tizimi tarbiya faoliyatining barcha, yaʼni oila, taʼlim muassasasi, mehnat va boshqa jamoadan boshlab Oʼzbekiston Respublikasi hukumatining yuqori organlarigacha boʼlgan darajalarni qamrab olgan. Bu tizim respublika, hududiy, mahalliy miqyosda maʼnaviy-ahloqiy yoʼnaltirilganlik sohasida tadbirlarni tashkillashtirishni, alohida shaxslar bilan individual-tarbiyaviy ishlarni olib borishni taqozo qiladi. Maʼnaviy-ahloqiy tarbiyada oila eng asosiy oʼrinni egallaydi. Jamiyatning asosiy bugʼini sifatida oila oʼzida anʼana, urf-odatlarni, shu jamiyatning xotirasini mujasamlashtiradi. Shaxsning maʼnaviy-ahloqiy tarbiyasi jarayoni oilada boshlanadi va u kelgusida taʼlim-tarbiyada, mehnatda, turli jamoalarda, maʼdaniy- maʼrifiy muassasalarda, ijtimoiy institutlarda davom etadi. Oilaning taʼlim imkoniyatlarini mustahkamlash – davlatda maʼnaviy- ahloqiy muhitni sogʼlomlashtirishdagi muhim yoʼnalishlardan biridir. Oilada tarbiya salohiyatining asl holatini toʼligʼicha taqdim qilish talabi, uni dinamikada, qiyin va ziddiyatli jihatlarda koʼrish uning kelgusidagi yaxshilanish yoʼllarini aniq belgilab olishga, oilada yashiringan ulkan, ishlatilmagan zaxirani faol harakat qiladigan, shakllantiruvchi omilga aylantirishga imkon yaratadi. Shuning uchun, nafaqat oʼzbek jamiyati modernizatsiyasi sharoitida oilaning qanday ishlashini, balki oila etnomadaniy anʼanalarning tashuvchisi ekanligini, jamiyat rivoji jarayoniga, madaniy siyosatning oʼzgarishiga taʼsir etadigan muhim ijtimoiy vosita ekanligini koʼrish muhimdir. Аynan oilada ijtimoiy-madaniy oʼzgarishlar tugʼiladi, singdiriladi va rivojlanadi. Аlbatta, yosh insonlarni hayotga, mustaqil rivojlanishiga har tomonlama tayyorlash, turli mafkuraviy taʼsirlarga qarshi tura oladigan, hayotiy muammolarni hal qila oladigan shaxs qilib yetishtirish yuqoridagi jarayonning asosiy maqsadi hisoblanadi. Hududdagi yoshlarga oid davlat siyosatining muhim infrastrukturali ahamiyati bu respublikamizning yosh fuqarolariga xizmatlar koʼrsatadigan, barcha shahar va tumanlarda faoliyat koʼrsatayotgan yoshlar ijtimoiy tarmogʼining yaratilganligidir. 2018 yilning 12 iyulida davlatimiz rahbari deputatlar jamoasi oldiga qoʼygan masalalari bilan birgalikda Qonunchilik palatasida yoshlar bilan ishlash masalasiga, parlament faoliyatiga, qonunchilik jarayoniga qiziqadigan yosh 41 insonlar bilan doimiy; ishga oid aloqada boʼlishga eьtibor qaratilyapti. Qonunchilik palatasida deyarli har bir tadbir, fraktsiyalar, qoʼmitalar majlislari yoshlar ishtirokida oʼtadi. Bundan tashqari, mamlakatning yetakchi muassasalarida ishlovchi, zamonaviy fikrlovchi va kreativ gʼoyalarga ega yoshlar qoʼmitalar qoshida faoliyat koʼrsatayotgan komissiya tarkibiga kiritilganlar, yoshlarga bu qonun loyihasining dastlabki muhokamasida ishtirok etish, oʼzlarining fikrlarini, takliflarini, tavsiyalarini bildirishga imkon beradi. Yoshlar bilan hamkorlik shuningdek, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni va mohiyati bilan oʼz vaqtida tanishtirish imkonini yaratadi, bu yoshlar esa olgan maьlumotlarini kelgusida oʼzlarining tengdoshlari, doʼstlari va hamkasblari bilan boʼlishadilar. Bu jarayon esa butun aholining huquqiy madaniyati darajasining, parlament faoliyatidan xabardorligining oshishiga olib keladi. Deputatlar tadbirlari jarayonida nafaqat yosh insonlar hayotida belgilangan qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilgan, balki berilgan savollarning barchasiga javob berilgan. Shuningdek, qiziqarli samimiy suhbat formatida davlat tomonidan yoshlarni qoʼllab-quvvatlashning kelgusidagi istiqbollari, davlat va jamiyat hayoti faoliyatining barcha sohalarida yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish kabilar muhokama qilindi. Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biri bu – Oʼzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishidir. Kalit soʼzlar: qadriyatlar, insonlarning maьnaviy-ahloqiy orientiri, jamoaviy ong, siyosiy va ijtimoiy oʼzgarishlar, yoshlar ijtimoiy stratifikatsiyasining aqliy salohiyati, ijtimoiy determinantlar, ijtimoiy-madaniy tavsiflar. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling