Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati


Download 20.77 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi20.77 Kb.
#1726590
Bog'liq
Bayonnoma 11


  1. MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TT 12-22 GURUH TALABALARI BILAN “ KITOBXONLIK – BUYUK KELAJAK KAFOLATI”

MAVZUSI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN DAVRA SUXBATI
BAYONNOMASI № __


TATU Qarshi filiali “__”. “_______” .202_ yil

QATNASHDILAR: Tyutor X.B.Sherboboyev, TT 12-22 guruh talaba-yoshlari ishtirok etishdi.


KUN TARTIBI:

  1. Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati”

  2. Turli masalalar :

TATU Qarshi filiali “Telekommunikatsiya texnalogiyalari va Kasbiy ta’lim” fakulteti tyutori X.Sherboboyev bilan birgalikda tyutorlik soatida “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” deb nomlangan mavzusi ostida dars bo’lib o’tildi.
Darsni guruh tyutori X.Sherboboyev kirish so`zini quydagilar bilan boshladi: Kitob umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai va unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘stdir. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilm-u odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan.
Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir. “Kitob tafakkur qanotidir”, degan edi alloma adibimiz Oybek.
Darhaqiqat, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi.
Bugungi axborot asrining ilg‘or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo‘lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko‘cha-ko‘yda, transportlarda qo‘llarida kitob tutgan insonlarni ko‘rib quvonamiz. Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko‘p kompyuter va qo‘l telefoni o‘yinlarini o‘ynash, mazmunsiz filmlarni ko‘rishga sarflashlari to‘g‘ri emas. Buning o‘rniga, o‘qishdan tashqari o‘tadigan vaqtini samarali ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqsh” yanglig‘ o‘qilgan kitob yillar o‘tsa-da inson hayotida, albatta, asqotadi.
Hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bog‘liq masalalarga ham yetarlicha e’tibor qaratilgan. Yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitob o‘qish masalasi yoshlar orasida keng targ‘ib qilinmoqda.
Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat tomonidan alohida e'tibor berilib, ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi, 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi va 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari asosida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi jamiyatda kitobga bo‘lgan munosabatning ijobiy tomonga o‘zgarishiga zamin yaratdi.
Davlatimiz rahbarining kitob ishlab chiqarish va kitobxonlik madaniyatini yanada yaxshilash masalasiga kuyunchaklik bilan yondashayotganida ham teran ma’no, ezgu maqsad mujassam. Chunki kitob nafaqat bilim manbai, balki tafakkur qayrog‘i, aql chirog‘i, ko‘ngil tabibi, ruhiyat ozig‘idir.
Bugun shiddat ila rivojlanayotgan zamon bilan hamnafas bo‘laman, degan har bir davlat xizmatchisi, jumladan, ta’lim tizimi xodimlari ham doimo o‘z ustida ishlashi, bilim va ko‘nikmalarini tinimsiz oshirishi zarur. Buning uchun esa kun tartibida kitob mutolaasiga ham vaqt ajratishi, kundalik davriy nashrlarni, internet tarmog‘idagi yangiliklarni kuzatib borishi lozim.
Darsni guruh sardori G.Murodova darsni quydagilar bilan davom ettirdi: Kitobdan shunchaki ermak yoki bo‘lmasa zerikishda qo‘l keladigan bir vosita sifatida foydalanish xatodir. Kitob tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi, uning shaxsi shakllanishida asosiy turtki beradi. Kitob mutolaa qilish jarayonida undagi ma’lumotlarni kishi nafaqat ongi va ko‘zi, shuningdek ko‘nglini ham birdek uyg‘oq holda tutishi bilan xotirasida saqlab qolishi mumkin. Kitob o‘qishdan maqsad bu – uning mazmunini anglab yetish, unga singdirilgan ma’no-mazmunni qalban tuyish va bu orqali ma’nan ozuqaga ega bo‘lishdir. Kitob mutoalasi insonda ma’naviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga zinhor va zinhor yo‘l qo‘ymaydi, shunday ekan kitobni mutolaa qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib yetishishi mumkin.


Qaror qilindi:

  1. Telekommunikatsya texnologiylari va kasbiy ta’lim fakulteti tyutori X.Sherboboyevninig axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati”mavzusi haqida fakultetdagi barcha talabalarga yetkazilsin.

  3. Turli masalalardagi talabalarning dars mashg’ulotiga qatnashishi, kiyinish odobi va xulq atvori qattiq nazoratga olinsin.

  4. Qaror ijrosini nazoratini o’z zimmamga qoldiraman.



Guruh tyutori: X.B.Sherboboyev


Guruh sardori: G.Murodova
Download 20.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling