Yoshlаr sotsiologiyasi
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
Birinchidan, zamonaviy talablarni hisobga olib ustuvor yoʼnalishlarni
mustahkamlab quyilgan, bular qoʼyidagilar: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, boshqa huquq va qiziqishlarni taʼminlash, hammabop va sifatli taʼlim, jismoniy, aqliy va ahloqiy rivojlanishga koʼmaklashish, bandlik va ishga joylashishlari uchun sharoit yaratish, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadr-qimmatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ahloqiy negizga putur yetkazadigan harakatlardan himoya qilish, radikalizm (keskin chora-tadbirlarni qabul qilish), zoʼravonlikdan va zulmdan asrash, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar sportini rivojlantirish va boshqalar. Shuningdek yoshlarni qoʼllab-quvvatlashda davlat, hududiy va boshqa dasturlar hisobga olingan. Ikkinchidan, markazda va joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ijro organ va tashkilotlarning vazifalari, vakolatlari va javobgarliklari belgilab qoʼyildi. Bu ijro organlariga taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat, sport, mehnat va boshqa sohalarda yoshlarning huquq va qonuniy qiziqishlarini taʼminlashga, huquqiy savodxonlikni oshirish boʼyicha chora- tadbirlarga, yoshlar oʼrtasida huquqbuzarlik profilaktikasiga, sotsial institutlar bilan munosabatlariga va boshqalarga yoʼnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar talabini toʼla bajarish vazifasi yuklatilgan. 20 Uchinchidan, qonun nizomi shuningdek yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ijtimoiy, eng avvalo yoshlar institutlarining, oʼzini-oʼzi boshqarish organlarining, OАVning rolini va oʼrnini kuchaytirishga yoʼnaltirilgan. Davlat va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va bajarishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokining huquqiy mexanizmlari, sogʼlom va rivojlangan yosh avlodni tarbiyalash boʼyicha tadbirlarni tashkillashtirish va oʼtkazish, ijtimoiy hayotda yoshlarning roli va faolligini oshirish, shu sohada qonun chiqarish va davlat dasturilari talablari bajarilishi ustidan ijtimoy nazoratning bajarilishi taʼriflangan. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling