1. Oziq-ovqat xom ashyolariga birlamchi ishlov berishga qo‘yiladigan talablar


Download 83.93 Kb.
bet1/2
Sana26.09.2023
Hajmi83.93 Kb.
#1688113
  1   2
Bog'liq
1- amaliy sanitariya


1-amaliy mashg’ulot
Oziq-ovqat xom ashyolari va yarim tayyor mahsulotlarga ishlov berishga hamda tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilishga qo‘yiladigan sanitariya va gigienik talablari


1. Oziq-ovqat xom ashyolariga birlamchi ishlov berishga qo‘yiladigan talablar
Bugungi kunda respublika hududidagi ovqatlanish korxonalarining aksariyati xom ashyolarda ishlaydi. Bunday korxonalarda kulinar va xamirli konditer mahsulotlarini tayyorlash jarayonlari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi (chizma 1)

Taomlar tayyorlash bo’yicha texnologik jarayonlar turlari





Birlamchi ishlov berish jarayoni

Issiqlik ta’sirida ishlov berish




Chizma 1. Taomlar tayyorlash bo‘yicha texnologik jarayonlarning turlarga bo‘linishi.

Birlamchi ishlov berish jarayonlarining asosiy maqsadi xom ashyolardan yarim tayyor mahsulotlarini olish bo‘lsa, issiqlik tasirida ishlov berish jarayonlarining maqsadi esa bevosita istemol qilishga yaroqli tayyor taom va mahsulotlarni ishlab chiqarishdan iborat.


Ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiena talablari birlamchi ishlov berishda asosan, go‘sht va go‘sht mahsulotlariga, baliq va baliq mahsulotlariga, sabzavotlarga hamda tuxum va yormalarga birlamchi ishlov berish jarayonlariga qo‘yiladi, chunki ular iritib-chiritadigan va o‘z faoliyati natijasida toksinlar ajratib chiqaradigan mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun eng qulay muhit hisoblanadi. Sababi shundaki, ular tarkibida mikroorganizmlarning unib rivojlanishi uchun barcha oziqaviy moddalar mavjud. Bundan tashqari sabzavotlar va ko‘katlar tuproq tarkibidagi istemolchi organizmi uchun zararli moddalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Agar sanitariya va gigiena qoida va talablariga ishlov berishda rioya qilinmasa, ularning oziqaviy va biologik qiymatlari pasayib ketadi, bazan istemol qilish yaroqsiz bo‘lib qolishi, ular ommaviy yuqumli va yuqumsiz (toksin) kassaliklarni keltirib chiqaruvchi manbaga aylanib qolishlari mumkin.
Ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat xom ashyolariga birlamchi ishlov berishga qo‘yiladigan talablar umumiy (chizma 2) va xom ashyo turlariga (chizma 3) bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Oziq-ovqat xom ashyolariga birlamchi ishlov berishga qo’yiladigan umumiy talablar





Ishlov berishda texnologik jarayonlarni o’tkazishga qat’iy rioya qilish

Har bir xom ashyo turiga alohida joyda ishlov berish





Texnologik ishlov berishda xom ashyoning faqat ushbu turi mo’ljallangan inventor va instrumentlardan foydalanish



Download 83.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling