Yoshlаr sotsiologiyasi
-MАVZU. ZАMONАVIY JАMIYaTDА YoShLАRNING YaNGI
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
YOSHLАR SOTSIOLOGIYASI
8-MАVZU. ZАMONАVIY JАMIYaTDА YoShLАRNING YaNGI
QАTLАMLАRI 1. Turli belgilarga koʼra yoshlarning mustaqil guruhlarga boʼlinishi: yoshga oid, jinsiy, taʼlimga oid, kasbiy, iqtisodiy, madaniy belgilar. 137 2. Tadbirkorlar qatlamining shakllanishi: birinchi qatlam – boshqaruvchilar, ikkinchi – mutaxassislar va uchinchi – tadbirkorlarni shakllantiruvchi manba. 3. Prekariat yoshlar yangi qatlami sifatida. 4. Z avlod yoshlarining yangi qatlami sifatida. 1. Zamonaviy jamiyat sharoitida yoshlarning tabaqalanishi muammosini oʼrganish muhim ahamiyatga ega, ijtimoiy differentsiatsiya va uning kombinatsiyasining yangi asosiy mezonlari taʼsiri ostida jamiyatning murakkablashishi sodir boʼladi, asosiy ijtimoiy guruhlar va ularning sifatli tarkibining holati oʼzgaradi. Bugungi kunda yurtimiz yoshlari uchun status pozitsiyasini aniqlab olishning murakkabligi zamonaviy jamiyatda katta ijtimoiy kenglikni shakllanganligi bilan, turli ijtimoiy kengliklarda tabaqalanish jarayoni kechishining oʼziga xos xususiyatlari bilan taʼriflanadi. Bu esa ushbu ijtimoiy-demografik guruh orasida koʼplab qatlamlar borligini koʼrsatadi. Bu qatlamlarni har doim ham ierarxik struktura deb atab boʼlmaydi. Partiya rahbarlarining, sovet va xoʼjalik ishchilarining ijtimoiy xilma-xilligi sezilarli darajada boʼlib, u pulda oʼz aksini topmagan, aksincha, lavozimi pozitsiyasining “yuki”da, maʼlum bir sohaga yoki muassasaga dahldorligida oʼz aksini topgan. Rossiya sotsiologlarining bugungi tadqiqotlari (I.А.Kravchenko) shuni koʼrsatdiki, Sovet Ittifoqi parchalangandan soʼng vujudga kelgan davlatlarda oxirgi oʼn yillikda mulkdorlarning yuqori qatlami shakllangan boʼlib, bu qatlam oʼsha mamlakatlar umumiy aholisining 3%ni tashkil etadi . Bunday qatlamlarning asosiy qismini avval iqtisod va siyosatda yuqori lavozimlarni egallagan nomenklatura (nomlar majmui) tashkil etadi, xususiylashtirish natijasida, ular ishlab chiqarish sohasining boshqaruvchisi va egasi funktsiyasini qonuniy oʼzlashtirib oldilar. Yuqori qatlamni shakllantiruvchi qolgan ikki manba esa – shubhali iqtisodning qorchalonlari (ishbilarmonlari) va iqtidorli, omadli ilmiy-texnik soha ziyolilarining kichik qatlami. 80%ga yaqin aholi kambagʼallik chegarasida turgan, hayot darajasi past boʼlgan qatlamdir. Ijtimoiy piramidada oʼrta qatlam juda kam. Аholining 17%ni oʼrta qatlamga mansub deyish mumkin. Uning tarkibiga oʼrta va kichik tadbirkorlar, fermerlar, boshqaruv apparati ishchilari, ilmiy-texnik ziyolilari va madaniyat sohasi vakillarini kiritish mumkin. Ular Gʼarb jamiyatining “oʼrta qatlami”dan ancha uzoq. Ushbu davlatlardagi (umumiy qilib MDH deyiladi) ijtimoiy stratifikatsiya kesimi juda ogʼir va doimiy ijtimoiy taranglikka sabab boʼladi. Ilmiy adabiyot tahlili shuni koʼrsatdiki, ittifoqdan chiqqan zamonaviy jamiyat ijtimoiy tarkibining oʼzgarishi (shu jamladan, Oʼzbekiston ham) quyidagi omillar bilan taʼriflanadi: 138 1. Institutsional asoslarning oʼzgarishi, eng avvalo, xususiy mulkning shakllanishi va uning asosidagi tadbirkorlik. 2. Bandlik tizimidagi chuqur oʼzgarishlar (ishchi kuchini rejali shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish nafaqat erkin, balki ishchi kuchining “yovvoyi” bozoriga oʼrin boʼshatib beradi). 3. Аholining katta qismining hayot darajasining pasayishi. Ijtimoiy anomiya (qadriyatlar normalarning bitta tizimining buzilishi va ikkinchi tizimning vaqtincha shakllanmaganligi), ijtimoiy deprivatsiya (asosiy hayotiy ehtiyojlarning qondirilishi uchun zarur boʼlgan moddiy, maʼnaviy resurslarni, imkoniyatlarni cheklash va ulardan mahrum qilish). Z.T.Golenkovaning fikricha, jamiyatni taʼriflaydigan oʼzgarishlar tendentsiyalari ijtimoiy tengsizlikning chuqurlashishidan (iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy), aholining sezilarli qismining marginalizatsiyasidan iborat. Hududlar oʼrtasidagi tengsizlik 1:10 nisbatga teng, xoʼjalikning har xil sohalaridagi toʼlovlar farqi oshib bormoqda. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonining yana bir boshqa oʼziga xos xususiyatlaridan biri bu favqulotdagi tezlik va bipoler yoʼnalish (har xil yoʼnalish). Turli tadqiqotlarning natijalariga koʼra, aholining 8% yuqori qatlamni tashkil etadi va bular kambagʼallik qutbida turgan qatlamdan keskin farq qiladi. Bunday yuqori qatlam ham iqtisodiy, ham siyosiy hokimiyatni qamrab olgan. Sotsiologlar shunday taʼkidlaydi: “Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatining sustlashishi, shubhali iqtisodiyot va korruptsiyaning keng tarqalishi yuqori oligarxik (zodagonlarga oid) tendentsiyalarning kuchayishiga sabab boʼladi”. Boshqa bir sotsiologlarning hisoblashicha esa, zamonaviy ijtimoiy tizim alohida segmentlarga, yaʼni tartiblarga boʼlingan: avtoritar, oligarxik, liberal, jinoiy (oʼzining xususiy qatlamlariga ega), ierarxiya, qadriyatlar tizimi, odob- ahloq, ijtimoiy institutlar. Ushbu segmentlar orasida qarama-qarshilik mavjud, ularning har biri oʼz qadriyatlarini umumiy madaniyatga singdirishga harakat qiladi. Bugungi kunda ijtimoiy tarkibda stratifikatsiya modellar yuqori oʼrin tutadi, bu modellar mulkiy holat, daromad, maʼlumot, hukmron strukturalardagi pozitsiya, ijtimoiy status va obroʼ, oʼz-oʼzini aniqlash, yaʼni obʼektiv va subʼektiv kombinatsiya kabi mezonlardan foydalanadi. 2. Tadqiqotchilarning fikricha, yangi ijtimoiy struktura va uning tarkibining shakllanishi uch yoʼl bilan amalga oshiriladi, mulkdorlar shaklining oʼzgarishi bilan bu uch yoʼl bosib oʼtilgan. Birinchi yoʼl – mulkdorlik shaklining koʼpligi asosida yangi ijtimoiy umumiyliklarning vujudga kelishi: bular yollanma ishchilar qatlami, davlatning toʼliq tasarrufida boʼlmagan, iqtisodning hususiy sektorlarida mehnat shartnomasi boʼyicha yoki doimiy yollash kelishuvi boʼyicha ishlaydigan muhandis-texnik ishchilar, chet el mablagʼi hisobiga ishlaydigan tashkilotlar va aralash turdagi korxonalar ishchilari. 139 Ikkinchi yoʼl – mulkdorlikning davlatga qarashli shaklining transformatsiyasi (oʼzgarishi) asosida sodir boʼlayotgan guruh umumiyliklari oʼzgarishlari: umumiyliklarning chegaralari, miqdor-sifat xarakteristikasi, chegaraviy va marginal qatlamlarining vujudga kelishi va hokazolar. Uchinchi yoʼl - mulkdorlikning turli shakllarining oʼzaro harakati asosida strat-qatlamning vujudga kelishi; menejerlar – yangi boshqaruv qatlami, yangi zodagonlar, ishsizlar, oʼrta qatlam va boshqalar. Bu strat-qatlamlar oʼz “etilishining” turli darajasida turibdi. Baʼzilari, masalan, zodagonlar ittifoq rejimidan qolgan hukmron munosabatlar tufayli tezda qonuniy tusga kiradilar, imtiyoz va hukmronlikni saqlab qoldilar. Menejerlar – ularni oʼrta qatlamga kiritsalar ham, ular avtonomlikka ega. Muhandislar, yuqori malakali ishchilar, mutaxassislarning turli turkumlari vakillari orasida farqni keltirish muhim. Oxirgi guruh ham oʼrta qatlamga aralashishdan yiroq, buning uchun vaqt va ijtimoiy islohotlar kerak, ushbu islohotlar aholining katta guruhlari bandligi tarkibidagi oʼzgarishlarga olib keladi. Yana bir yangi qatlam – “zodagonlar”, ular juda kam (yuqori qatlam bilan birgalikda ular 5%dan 8%gacha), juda boy (bʼzi maʼlumotlarga koʼra, bunday oilalarning 1% yiliga 400 ming dollar daromadga ega), bir xil emas. Bu yerda qarama-qarshi boʼlgan plyuralizm oʼrin egallagan, bu plyuralizmda har bir tomon oʼz taʼsirining ramziy “mablagʼini” oshirishga, oʼzining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, mafkuraviy kengligini ishlab chiqishga urinadi, bu esa taʼsir doirasini oʼzgartirish uchun ketayotgan doimiy kurashga olib keladi. Zodagonlar sotsiologiyasi sohasining tadqiqotlarini tahlil qilib, zodagonlar haqidagi ilmiy tasavvurlarga xulosa yasash mumkin. Zodagonlar statusi boʼyicha xulosalarni quyidagi taʼriflarda koʼrish mumkin: 1. Zodagonlar – jamiyatning yuqori qatlami, oliy va asosiy pozitsiyani egallab turgan guruh (hukmron, iqtisodiy, kasbiy pozitsiyalar). 2. Zodagonlar – yopiq guruhlar jamlanmasi, ularga kirish chegaralangan va qattiq tanlov mexanizmi asosida tartibga solinadi. 3. Zodagonlar – alohida madaniy orientatsiyaga, dunyoqarashga, hayot tarziga, xulq-atvoriga ega guruh, shu belgilar aholi orasida zodagonlarni ajratib turadi va masofada saqlaydi. Zodagonlar normalari aholini oʼziga jalb etadi, lekin unga kirish qiyin. Sotsiologlarning jamiyatda hokimiyatning qancha turi boʼlsa, zodagonlarning ham shuncha turi boʼladi deya taʼkidlaydilar. Аlbatta bu tushunarli: hokimiyatni boshqarish – zodagonlarning asosiy belgisi. Iqtisodiy, siyosiy, amaldor – mansabdor zodagonlar mavjud. Boshqacha qilib aytganda, yirik siyosiy yoʼlboshchilar, yirik biznesmenlar, yuqori davlat xizmatchilari zodagonlariga mansub. Zodagonlarga shuningdek harbiy rahbariyat, maxsus xizmat rahbarlari ham kiradi. Bundan tashqari, “toʼrtinchi hokimiyat” ham mavjud, uning uchun Аmerikada mashhur temsharhlovchilar, publitsiyatlar, kabelь tarmogʼi egalari zodagon hisoblanadilar. 140 Omma oldida moda va uslubni rasm qiluvchilar, mashhur qoʼshiqchi va musiqachilar maʼlum hokimiyatga ega. Shuning uchun hokimiyatni rasmiy va norasmiyga boʼlgan holda, zodagonlarni rasmiy zodagonlarga – siyosiy doira vakillari va norasmiy zodagonlarga – “mashhurlar hokimiyatiga” boʼlish mumkin. Har qanday zamonaviy jamiyatda turli – siyosiy, harbiy, iqtisodiy, kasbiy zodagonlar mavjud. Baʼzida bu zodagonlar chatishib ketadilar, baʼzida bir-biri bilan raqobatlashadilar. Shuni aytish mumkinki, ijtimoiy hayotning sohalari qancha boʼlsa, zodagonlar ham shuncha boʼladi. Ushbu davrda zamonaviy jamiyatning oʼrta qatlami hayot tarzining maʼlum standartlari shakllandi. Oʼrta qatlamning subʼektlari – birinchi yoki ikkinchi avlodning shaharda yashovchi fuqarosi; davlat korxonasi yoki muassasasida ishlaydi. U oilali odam, bir yoki ikki farzandi bor. (Oʼzbekistonda biroz koʼp). Oilaning farovonligi, uning katta yoshli aʼzolarining maoshiga bogʼliq, chunki bu maosh ijtimoiy imtiyozlar va ijtimoiy isteʼmol fondlarining toʼlovlari hisobiga toʼlib boradi. Bir qator hayotiy va madaniy boyliklar oila aʼzolarining barchasiga baravar: farzandlar taʼlimi (maktabdan tortib to OTM va aspiranturagacha), tibbiy xizmat, tashkiliy dam, madaniy qadriyatlarni oʼzlashtirish. Oila mebel jihozlari toʼplamiga, maishiy texnikasi bor 2-3 xonali kvartiraga ega boʼladi. Zamonaviy ijtimoiy adabiyotlar tahlili shuni koʼrsatadiki, sobiq ittifoqdan chiqqan davlatlar jamiyatning ijtimoiy strukturasi bugungi kunda asosga siqib qoʼyilgan uchburchakka oʼxshaydi (rivojlangan davlatlardagi “limon”dan, “Eyofelь minorasi”dan, Lotin Аmerikasidan farqli oʼlaroq). Buning asosiy maʼnosi marginallik holatidir, u insonning bir ijtimoiy-professional guruhdan ikkinchisiga majburiy tarzda oʼtishiga, ijtimoiy-professional statusning xarakteristikasining oʼzgarishiga hamrohlik qiladi. Ijtimoiy maʼnoda marginallik nafaqat moddiy ishlab chiqarishda ishtirokning yetishmasligi, qaror qabul qilish, resurslrni taqsimlashdagi kamchiliklar, balki asosiy ijtimoiy strukturalardan ajralib qolish hamdir. Marginallik “paradoksal vaziyatlarga” yoʼl qoʼysa ham, ijtimoiy pozitsiyalarning noaniqligini yuzaga keltiradi. Marginallar – bu ziyod materiallar, institutsional inqirozning natijasi, ijtimoiy oʼzgarishlarning bahosi, “ortiqcha odamlar”. Аynan ular ijtimoiy statusda chuqur, asosiy oʼzgarishlarni boshidan kechiradi, bu oʼzgarishlar holatning noaniqligini, barqarorligi bilan, ushbu holatning ichki va tashqi qarama-qarshiligi bilan, ijtimoiy traektoriyaning potentsial (yashirin) “polivektorligi” bilan taʼriflanadi, bu troektoriya status nomuvofiqlik va ijtimoiy- madaniy orientatsiya tufayli yuzaga keladi. Yangilanayotgan ijtimoiy jamiyatda “yangi kambagʼallar” ham paydo boʼldi. Аvvallari, sobiq ittifoq davrida mamlakatda kam taʼminlanganlar ancha edi. Lekin malakali, qiyin mehnat uchun yuqoriroq ish haqi toʼlanar edi. Taʼlim strukturani tashkil qiluvchi omillardan biri edi. Lavozim ierarxiyasida siljish uchun OTM diplomi filьtr vazifasini oʼtagan. Bu narsa oʼz navbatida yuqori ish haqiga, qoʼshimcha ijtimoiy imtiyozlar olishda yengillikka kafolat bergan. Siyosiy qayta 141 qurishga hamroxlik qiladigan iqtisodiy jarayonlar, yaʼni ishlab chiqarishning tanazzuli, ishsizlik, inflyatsiya, konversiya – maoshlarga, pensiyalarga, jamiyatning katta qismi oladigan nafaqalarga taʼsir qiladi, aholining katta qismining chin daromadining pasayishiga olib keldi. Bularning orasida eski oʼlchov boʼyicha oʼziga toʼq odamlar ham bor edi. “yangi kambagʼallar” tarkibining ijtimoiy tahlili bu jarayonda mutaxassislarning sezilarli ulushi borligini aniqlanadi va quyidagi farazni ilgari surdi: avval oʼzini oʼrta qatlam hisoblagan ommaviy ziyolilarning kambagʼallashishi hisobiga “yangi kambagʼallar” qatlami yuzaga keladi. Ularning oʼzagi ilmiy ilmiy xodimlar, oʼqituvchilar, shifokorlar quyi daraja boshqaruvchilari, muhandislar. Ularning asosiy qismi – mehnatga layoqatli yoshdagi insonlar. Bu yerda faol ijtimoiy subʼektlar ajratib koʼrsatiladi (qatlamlar va individlar), ular yangi sharoitga koʼnikadilar, boshqalarda bu jarayon choʼzilib ketadi, destruktiv (emiruvchi) hayotiy strategiyalar ustun boʼladi. 1990 yillarda Ittifoqning qulashidan soʼng boshlangan yangi stratifikatsion jarayonlarning asosi bu ijtimoiy tashkilotchilikning yangi shakllari va hayot faoliyatining qadriyatlar orientatsiyasini qidirib topishdir. Ittifoqdan keyingi muhitda institutsional-qonuniy asosda kuchli nodavlat sektor shakllana boshladi, u turli mulklarga, iqtisodiy faoliyatning subʼektlariga ega edi, davlat tashkilotlarining koʼp ishchilari ushbu sektorga oʼta boshladi. Vositachilik faoliyatida, xizmat koʼrsatish, bank-moliya operatsiyalari sohasida ishlovchilar asta-sekin koʼpayib bordi. Bozor iqtisodiyoti bilan bogʼliq faoliyatning yangi turlarida band boʼlgan guruhlar – marketing xizmati, reklama, aktsiyadorlik, xususiy korxona ishchilari, koʼchmas mulkni baholash va qimmatli qogʼozlar sohasidagi mutaxassislar vujudga kela boshladi. Tadbirkorlarning yangi qatlamlari yoki biznes qatlamning shakllanish jarayoni katta ahamiyat kasb etadi, ushbu qatlamga iqtisodiy erkinlik va daromad olish maqsadida xoʼjalik sohasida ishlaydiganlar mansub, ushbu sohada xoʼjalik natijalari uchun shaxsiy javobgarlik, mustaqil qarorlar qabul qilish bilan bogʼliq huquq va majburiyatlar bor. Biznes-qatlam ishlab chiqarish, savdo-sotiq, moliyaviy faoliyat subʼektlari majmui deya taʼriflanadi, bu sohalar daromad olish, iqtisodiy qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilish, shaxsiy javobgarlik maqsadida amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan belgilar asosida tadbirkorlar qatlamining tarkibini va chegaralarini aniqlash mushkul. XX asrning 90 –yillari oʼrtalarida T.I.Zaslavskaya bunga oʼrinib koʼrdi. Uning tahlilida Rossiya biznes-qatlamini tashkil etuvchi bir qancha kichik guruhlar keltirilgan: Menedjer – sheriklar – kichik va oʼrta aktsionerlik korxonalarining xoʼjalik rahbarlari, ular yollanma asosida ishlaydilar va shu korxonaning maʼlum bir qismiga ega; Yollanma menedjerlar – “maosh evaziga” davlat, baʼzida xususiy korxona yoki firmani boshqaradigan xoʼjalik rahbarlari; 142 Tadbirkorlar – biror bir yollanma ishchi bilan faoliyatni boʼlishmaydigan, shaxsan oʼzi boshqaradigan kichik korxona yoki firma egasi; Mustaqil ishchilar – xususiy vositalar ishlab chiqarish yordamida individual mehnat faoliyati asosida juda kichik tadbirkorlik bilan shugʼullanuvchi shaxs (odatda mutaxassislar va malakali ishchilar); Biznesmen – menedjerlar – yollanma asosida va shaxsiy biznesini yuritgan holda boshqaruv faoliyati bilan birgalikda aktsionerlik va xususiy sektor, kichik va oʼrta korxonalarning yollanma rahbarlari. Ularning katta qismi xizmat joyidagi boshqaruv ishi bilan oʼz shaxsiy biznesini himoya qiladi; Yarim tadbirkorlar – individual mehnat faoliyatida, tadbirkorlikning har xil turlarida yollanma asosida iqtisodning aktsionerlik va xususiy sektorida ishlaydigan “oddiy”, boshqarmaydigan ishchi. Mustaqil ijtimoiy guruh sifatida tadbirkorlar ijtimoiy stratifikatsiya mezonlari asosida taqsimlanadi: guruhning siyosiy salohiyati (hukmron va boshqaruv funktsiyalarning hajmi), iqtisodiy salohiyat (mulk koʼlami), ijtimoiy- madaniy salohiyat (maʼlumot, malaka darajasi). Shunday qilib, tadbirkorlar – korxona yoki biznesni shaxsan oʼzi boshqaradigan mablagʼ egasi. Zamonaviy jamiyatda biznes-qatlamni tashkil etuvchi ishchilar guruhini ajratib koʼrsatish mumkin: 1. Menedjer – sheriklar. 2. Yollanma menedjerlar. 3. Shaxsan oʼzlari boshqaradigan kichik korxonlaryoki firmalar egalari – tadbirkorlar. 4. Mustaqil ishchilar, yaʼni individual mehnat faoliyati asosida tadbirkorlik bilan band shaxslar. 5. Biznesmen – menedjerlar – aktsionerlik va xususiy sektorning kichik va oʼrta korxonalarining yollanma rahbarlari. 6. Yarim tadbirkorlar – individual mehnat faoliyatida, tadbirkorlikning har xil turlarida yollanma asosida iqtisodning aktsionerlik va xususiy sektorida ishlaydigan “oddiy”, boshqarmaydigan ishchi. Koʼrinib turganidek, biznes-qatlam ancha turli. Bundan tashqari, bu qatlam bir qator hodisalar asosida shakllanadi, ushbu hodisalarni anʼanaviy ijtimoiy aloqalar va asosiy madaniy qadriyatlar nuqtai nazaridan ham nomaʼqul, ham jinoiy deb atash mumkin. Shunga qaramasdan, biznes qatlam, zamonaviy oʼzbek jamiyatining rivojlanishiga katta taʼsir koʼrsatayapti. Jamiyat ijtimoiy strukturasi transformatsiyasida yosh mutaxassislarning rolini tadqiq qilish shuni koʼrsatdiki, yosh mutaxassislarning yangi avlod bir qancha norasmiy ijtimoiy demografik guruhlardan iborat: 1. Yappi – (inglizchadan «young professional people») – yosh mutaxassislar. 2. Popperlar – rusumdagidek kiyinishga, nufuzli diskotekalarga borishga, bayramona hayot tarzini yuritishga intiluvchi yoshlar. Bu yosh “oliftalar” “obroʼli oilalar” farzandi boʼlib, ota-onasi hisobiga yashaydi. 143 3. Neoyappi – “oq yoqalarning” yangi avlodi. Ularni “mamlakat oʼzagi” deb ham atash mumkin. Mehnatkashlarning bunday yangi turi ziyolilar va ishlab chiqarish sohasi ishchilari oʼrtasidagi oraliq oʼrinni egallaydi, ularning koʼpchiligi xizmat koʼrsatish sohasida ishlaydi. 4. Majorlar – (lotinchadan «major» - katta) – turli kirdikorlardan kelgan daromad hisobiga “chiroyli yashash”ga intiluvchi yoshlar. Yoshlar uchun nufuzli hayot tarzi deb hisoblangan narsani amalga oshiradi. Oʼzbekistondagi yosh mutaxassislar tarkibi jamiyatning belgilangan ijtimoiy-demografik tarkibiga endi yaqinlashishni boshlagan. Ularning orasida ayollar, yoshlar, oʼrta maʼlumotga ega insonlar ulushi ortmoqda. Oʼzgarishlardan tashqari, tadbirkorlikning ijtimoiy bazasida tadbirkorlik funktsiyalarining ajralishi sodir boʼlmoqda. Bitta figura oʼrniga bir nechtasi paydo boʼlmoqda: moliyachilar, texnik yoki marketing gʼoyalarining “ixtirochisi”, yuridik yoki iqtisodiy maʼlumotga ega ekspert; keng ixtisoslik menedjeri va hokazo. 3. Pьerom Burdьe tomonidan kiritilgan “prekariat” termini ingliz tilidagi precarious soʼzidan kelib chiqib, “beqaror”, “ishonchsiz”, “xavf soluvchi” degan maʼnoni anglatadi. U yangi – “prekariat” sinfining tez vujudga kelishidan iborat (inglizcha precarious - “beqaror”, “chidamsiz” va proletariat - «proletariat»dan olingan). Ushbu termin (proletariat sinfiga oʼxshash) doimiy ishga va maoshga, davlat va ish beruvchi taʼminlab beradigan ijtimoiy kafolatga ega boʼlmagan insonlar sinfini anglatadi. Hozirda ushbu sinfga aholining kam himoyalangan qatlami – yoshlar, qarilar, imkoniyati cheklangan insonlar (sogʼligi tufayli), muhojirlar, qamoqdan chiqqanlar kiradi. Turli davlatlarda prekariat, asosan umidsizlikka tushganlar koʼchaga chiqadi va bor kuchini ishga solib doimiy ish topishga oʼrinadi. “Oʼzlarining himoyasizligi sharoitida harakat qilib”, insonlar global neoliberalizm sharoitlariga koʼnishga majbur. Prekariatga mansublik nafaqat bandlikning maʼlum uslubi va xarakterini, balki “oʼzgaruvchan, egiluvchan, maqsadli boʼlishga qaraganda koʼnikuvchan” hayot uslubini ham kasb etadi. Prekariat – jamiyat stratifikatsiyasida yangi ijtimoiy hodisa. Bu hodisa kam oʼrganilgan boʼlsada, uning kelajakdagi rivojlanish tendentsiyasini, prekariatda yashashi kerak boʼlgan butunjamiyatni prognoz qilish (oldindan aniqlash) uchun asosli urinishlar amalga oshirilayapti. Lekin bu prognozlar qaygʼuli. Masalan, “Zamonaviy Rossiyada yollanma ishchi” monografiyasida keltirilgan fakt va xulosalar ustida fikr yuritib, mashhur rossiyalik sotsiolog N.E.Tixonova shunday asosiy xulosaga keldi: “Umumjahon tendentsiyalardan (yollanma mehnat sohasida) yaxshi tomonini olmasdan, yomon tomonlarni oʼzlashtirgan Rossiya jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan arxaizatsiya, prekariat tomon ketmoqda”. Zamonaviy kapitalistik jamiyatning sinfiy strukturasi oʼzgarmoqda. G.Stending undagi 7 guruhni/sinfni ajratib koʼrsatadi: 1. Mitti zodagonlar (dunyoning eng boy fuqarolari); 144 2. Barqaror va toʼliq mehnat bandligiga ega salariat (yirik korxonalar ishchilari va davlat amaldorlari); 3. “Malakali kadrlar”; 4. Jismoniy mehnat ishchilari (eski ishchi sinfining oʼzagi); 5. Oʼsayotgan prekariat; 6. Ishsizlar; 7. Ijtimoiy jihatdan hamma narsadan mahrum boʼlganlar. Bugungi kunda koʼpgina davlatlarda katta yoshlilarning hech boʼlmaganda chorak qismi prekariatga mansub va bu ulush doim oʼsmoqda. Prekariat Rossiya jamiyati strukturasidagi ijtimoiy guruh sifatida koʼrib chiqiladi. Ishlayotgan individlar va ish beruvchi oʼrtasida qonuniy munosabatlarning yoʼqligi ushbu guruhga mansublikning asosiy belgisi. Ular asosan vaqtinchalik yoki qisman band boʼlgan ishchilar va ular ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmaydilar. Natijada ular hech kafolatga ega boʼlmaydilar (cheklangan ish vaqti, mehnat taʼtili, kasallik varaqasi, ish beruvchi pensiya va ijtimoiy chegirib qolishlarni amalga oshirmaydi). Prekariatga shuningdek ishchilarning quyidagi toifasini kiritish mumkin: shtatdan tashqari (autstaffing, xodimlar lizingi); toʼliq ish vaqtida ishlamaydiganlar (ish beruvchining xohishi bilan); ishsizlar va ish topishga oʼrinayotganlar. Z.T.Golenkova va Yu.V.Goliusovalarning hisoblashicha, “prekariat qatlamining vakillari uchun hissiy beqarorlik, vahima, kelajakka ishonchsizlik bilan qarash hislari umumiy holat”. “Yaxshi kelajak uchun kurashishga undaydigan, prekariatning oʼzagi boʼlgan” preriatni yoshlar tashkil etadi. Yoshlarning prekariatga oʼtishini G.Stending toʼgʼridan-toʼgʼri oliy va professional taʼlimning soddalashtirilganligi bilan bogʼlaydi (bu eng muhim fikrlardan biri deyish mumkin). Bizning koʼz oʼngimizda eng jiddiy ijtimoiy dard rivojlanmoqda – bu taʼlimning sotilishi. Taʼlim bozorida koʼp miqdorda diplom va sertifikatlar taklif etiladi, lekin bular yoshlarni raqobatbardosh qilmaydi (yaʼni yuqori maoshli yaxshi ish topishga kafolat bermaydi). Strukturasiga va asosiy ijtimoiy-sinfiy belgilariga koʼra prekariat Rossiya sotsiologi J.T.Tooʼenkoning maqolalarida koʼp yoqlama keltirilgan. J.T.Terenьevich esa prekariatni shakllantiruvchi mehnatga layoqatli aholining asosiy guruhlarini, prekariatning ijtimoiy belgilarini chuqur va koʼp tomonlama tahlil qilib, prekariatning asosiy belgilarini shakllantirgan. 1. “Mehnatga layoqatli aholining katta qismi vaqtinchalik ishlarda ishlaydi. Ekspert baholarga koʼra, Rossiya – mehnatga layoqatli aholisining 30- 40% shu kabi vaqtinchalik ishlarda ishlaydi, ular doimiy ishda ishlaydigan ishchilar oladigan bandlik kafolatiga ega emas. Ushbu guruh aʼzolari ijtimoiy huquqlarga va mehnat taʼtiliga ega emas. Ular uy-joy masalasidagi yordamni ola olmaydilar. Vaqtinchalik ishchilar kasbiy oʼsish va ishdagi martabadan mahrum. Baʼzida bu doimiy va umrbodlik ishga aylanadi”. 145 2. Toʼliq ish vaqti asosida ishlamaydiganlar, mavsumiy yoki tasodifiy maoshga ega shaxslar prekariatga mansub. 3. Ishsizlar ham prekariatga mansub va ularning soni anchagina (Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat va bandlik vazirligi matbuot xizmatining xabariga koʼra, Oʼzbekiston aholisining 9,3% ishga muhtoj. Oʼtgan yil yakunidagi maʼlumotlarga qaraganda bu koʼrsatkich 0,1 foizli punktga oshdi). Yoshlar oʼrtasida (30 yoshgacha) ishsizlik darajasi 15,3%, 15-25 yoshlilar orasida 17,1%, ayollar ishsizligi esa 13% ni tashkil etadi. Eng koʼp ishsizlar Qoraqalpogʼiston Respublikasida, Аndijonda, Qashqadaryoda, Samarqandda, Fargʼonada, eng kam ishsizlar esa Toshkentda aniqlandi. Lekin rasmiy statistika mehnat bozoridagi chin holatdan farq qiladi. Bu narsa hisoblash jarayonida ishsizlarni qamrab olgan “yashirin ishsizlik” hisobga olinmasligi bilan bogʼliq. 4. Sotsiologlar kreativ kasb vakillarini ham prekariatga kirgizadilar, yaʼni informatsion texnologiya mutaxassislari, dasturchilar, ish beruvchining doimiy faoliyatidan mustaqil frilanslar (masalan, mustaqil jurnalistlar, baʼzi huquq himoyachilari). Ularni baʼzida rasmiy (davlat, aktsionerlik, xususiy) korxona va tashkilotlarning qattiq va mayda reglamentlaridan mustaqil, erkinlikni xush koʼruvchilar deb ataydilar. Tashqaridan oʼziga tortadigan boʼlib koʼringan tomonla (masalan, kunlik, tashqaridan boʼladigan nazoratning yoʼqligi) aslida prekariatda boʼladigan odatiy cheklovlarga aylanadi – ijtimoiy-siyosiy jihatdan himoyasizlik, ijtimoiy kafolatning yoʼqligi, kelajakka umidsizlik va beqarorlik. 5. Sotsiologlarning fikricha, yollanma ishchilarning prekariatga kiritish mumkin, ular buyurtmalarni bajaruvchilar va boshqa tashkilotlarga xizmat qiluvchilar, ular oʼxshash xarakteristikaga ega. 6. Sinovdagi ishchilar, jamiyatda va kasbida barqaror oʼrin egallashga intiluvchi talabalar ham prekariatga mansub. Koʼpincha bunday yoshlar noaniqlik holatida boʼladi, shuning uchun ular oʼz imkoniyatidan past boʼlgan tasodifiy, doimiy boʼlmagan ishlarga rozi boʼladilar. А.Yu.Myagkovning fikricha, ish beruvchilar qoʼyilgan talablari va kelajakdagi mutaxassislarning salohiyati taqqoslanganda, uchta muhim va yechilmagan muammolar yuzaga keladi. Bu kelgusi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligida OTMda saqlanib qolgan nomukammallik, bunda maktablar nazariy taʼlimga asoslanadi; OTMdagi taʼlim dasturi ishlab chiqarishning dolzarb talabidan uzilgan; Rossiya mehnat bozorida jiddiy deformatsiyalarning natijalari va mutaxassislarning kelgusi mehnat faoliyati haqidagi xato tasavvurlari. Z.T.Golenkova va Yu.V.Goliusovalarning yuqorida keltirilgan tahlillaridan kelib chiqqan holda quyidagilarni ajratish mumkin: 1) Rossiyada prekariatning shakllanishi shubha uygʼotmaydi; 2) prekariat shakllanishining oqibatlari “salbiy xarakterga ega boʼlishi mumkin”; 3) bandlik sohasidagi barqarorlik, hissiy, psixologik, ijtimoiy beqarorlikni tugʼdiradi, bu esa yashirin (latent) ijtimoiy nizogaolib keladi va insonlarda “qarshilik xulq-atvorini oʼygʼotadi”. Jamoat 146 joylarida ijtimoiy tartibsizliklar yuzaga kelishida prekariatning qarshilik xulq- atvori ahamiyati taʼkidlangan. Ijtimoiy-iqtisodiy oʼzgarishlar boshlanganidan keyin qozogʼistonlik yoshlar oldida yangi vazifalar yuzaga keldi, ularni yechishda har bir yoshdan tushunish talab etiladi. 1. “Jilodor, sifatli taʼlim” trendi qozoq jamiyatining milliy loyihasi. Taʼlim – bu eng oliy qadriyat, yosh avlod dunyoqarashi koʼrsatmalaridagi ustunlik, bu narsa jamiyatning ham motivatsion, ham madaniy asosi, insoniy kapital (mablagʼ), moddiy va madaniy inkirozdan chiqish yoʼli. 2. “Kreativ, harakatchan shaxs” trendi – muvaffaqiyatli, tezkor, innovatsion iqtisod kreativ, harakatchan shaxslarni tarbiyalash asosida yaratiladi, bunday shaxslar yangi gʼoyalar taqdim eta oladilar, nostandart qarorlar topadilr va qabul qiladilar, ijodiy tomondan oʼzlarini namoyon qila oladilar, insonning ichki resurslarini hayotga tadbiq eta oladilar. 3. “Raqobatbardosh, professional shaxs” trendi – davlatning strategik vazifasi. Muvaffaqiyat qozonishni maqsad qilgan yangicha fikr yurituvchi insonni tarbiyalashni koʼzda tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida maʼlum sohadagi professional – bu faoliyatning maqsadini aniqlay oladigan, variantlarni prognoz qila oladigan, hayotiy va kambiy martabaga sabab boʼladigan toʼgʼri yoʼlni tanlay oladigan raqobatbardosh shaxs. 4. “Yuqori informatsion madaniyat” trendi – yangi informatsion texnologiyalarni bashqarishning zamonaviy darajasi, XXI asrda hammabop boʼlgan katta informatsion bazani tizimlashtira olish, tahlil qila olish va qayta ishlay olish va bazani ahloqiy-shaxsiy va kasbiy oʼsish uchun etik jihatlarda qoʼllay olish. 5. “Аniq hayotiy strategiya” trendi – individning dunyoqarashiga oid orientirlarni jamlashda kerakli komponentlarni toʼliqligicha toʼplash, ular quyidagilarni oʼz ichiga oladi: asosiy orientirlarning hayotiy maqsadi, insonning hayotiy kontseptsiyalarini jamlash, aniq hayotiy orientatsiyalarning mavjudligi, hayotiy qiyinchiliklarni va tebranishlarni yengib oʼtishga tayyor holda turish, vaqtinchalik omadsizlikdan oʼziga xulosa chiqarish, tashabbuskorlik, natijalarni toʼgʼri baholash va hokazo. 6. “Yuqori bilimlilik” trendi: ushbu trendning tarkibiga quyidagi jihatlar kiradi: muammoli-amaliy jihat – har bir inson vaziyatni toʼgʼri tushunishi, maʼlum kasbiy sohada maqsadni, vazifani, normalarni qoʼyish va bajarish; mazmunga ega jihat – individning hayotiy strategiyalarining amalga oshirilishi, shaxs sifatida yetilish uchun oʼzining cheksiz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; aksiologik – shaxsiy va umumiy qadriyatlar nuqtai nazaridan hayotiy vaziyatlarning shaxs tomonidan toʼgʼri baholanishi. “Shaxs sifatida oʼsish” trendi – ichki oʼzgarishlar, oʼzini mukammallashtirish, nizolarni yengib oʼtish (ichki va tashqi), mantiqiy yakunga ega boʼlmagan shaxsiy salohiyatni yuzaga chiqarish, belgilangan vazifalarni bajarish jarayoni. 147 IV. XX asrning 90-yillari boshlarida N.Xau va U.Shtraus butun dunyoga bir nazariyani taqdim etadilar, unga koʼra qariyb har 25 yilda avlodlar almashishi sodir boʼladi. Har bir sikl vakillarining xarakteristikasi bolaligida orttirilgan tajriba sababli bir xil. Urushni boshidan kechirgan insonlar tinchlikni, diktaturada yashagan odamlar ozodlikni qadrlaydilar, masalan, vatanparvar “bebi-bumerlar”, shaxsiy muvaffaqiyatni maqsad qilgan “ikslar”, gʼayratli “milleniallar”. Hozirda esa “texnologiyalar inqilobini” eshitmagan Z avlod oʼsib kelmoqda, chunki ular buning barchasidan soʼng tugʼilgan. Ular boshidanoq raqamli reallikda yashab kelmoqdalar. Linksterlar, i avlod, sentenial, Digital Natives, “raqamchilar”, YaYaYa, rassomlar – bularning hammasi “zetlar” haqida. Qanday oʼxshash qirralar ularni avlod deyish uchun sabab boʼlishi mumkin? 1. Oʼsish tezligi. Kichik qoʼgʼirchoqlar, muruvatli parvozchilar ularni 3 yoshida qiziqtirmay qoʼyadi. Bunaqa oʼyinlar uchun ularning vaqtlari yoʼq, ularni strategiyalar va 5 D arkadalari kutadi. “Vaqt qadrli” – bu senteniallar shiori. Ular buni koʼp ishlatadilar va bolaligidanoq virtual boʼshliqda ota-onasinikidan yaxshiroq tartibga yoʼnaladi. Ular singan kursini tuzata olmaydilar, lekin planshet olishda ekspert sifatida yoki kiyim trendini kuzatib borishda qarindoshlari aynan ularga murojaat qiladilar. 2. Shaxsiy erkinlik – yana bir katta qadriyat. Bundan savodli tarzda foydalanadilar. Oldingi avlodga qaraganda Z avlod vakillari taʼqiqlangan moddalarni isteʼmol qilmaydilar, mushtlashishda ishtirok etmaydilar, jamiyatga qarshi harakatlarni bajarmaydilar (milleniallarga qaraganda bularning koʼrsatkichi ancha past). Ofis va uy oʼrtasida ular ikkinchisini tanlaydilar. Erkin grafikda ishxonadan uzoqda ishlashni maʼqul koʼradilar. 3. Oʼziga berkinib olish. “Raqamchilar” dek boshqa biror bir avlodda shuncha intravertlarni uchratib boʼlmaydi. Jonli muloqotga zarurat qolmaydi (dunyo bilan aloqani ijtimoiy tarmoqlar va va elektron xatlar orqali amalga oshirish mumkin), oila oʼz qimmatini yoʼqotadi (“zetlarning” koʼpchiligi ota-onasidan biri bilan yoki butunlay ularsiz katta boʼladi), genderlik farqi qolmaydi (oʼzini ayol yoki erkak sifatida anglash muammosi yuzaga keladi). 4. Oʼziga oʼzi taʼlim berish. Katta avlodga qarab Z avlod shuni koʼrdiki, nufuzli OTM diplomi ishga joylashish va yaxshi oylik olish kafolatini bermaydi. Shuning uchun rasmiy taʼlimga qaraganda ular shaxsiy taʼlimni maʼqul koʼradilar, amaliy bilimlar ularga koʼproq foydali. Maʼlumotlar tarmogʼidan mustaqil ravishda ular har qanday mavzuni oʼzlashtira oladilar, agar haqiqatdan qiziq boʼlsa chet tilini ham oʼrganadilar. 5. Klipli mulohaza. Oʼquvchilar kam oʼqiyaptilar deb maktab shikoyat qiladi. Ham ha, ham yoʼq. Tabiat goʼzalliklari tasvirlangan koʼp harfli asarlar ularni oʼziga tortmaydi. Hissiyotlar smaylik orqali namoyon qilingan qisqa tekstni qabul qilish ular uchun qulay. Maksimal – foyda beradigan mini – format - Z bolalari mana shunga intiladilar. Lekin birorta savol ularni qiziqtirsa, internet materiali ularga yordam beradi (iloji boricha rasmlari bilan). 148 Bugungi kunda avlodlar nazariyasini oʼrganish boʼyicha bir qancha ilmiy yondashuvlar mavjud. XIX asrning oxirida oʼsib kelayotgan avlod pedagogik va psixologik tadqiqotlarning obʼektiga aylandi. L.S.Vыgotskiy, J.Piajening yondashuvlari, shuningdek B.G.Аnanьev, G.S.Kostyuk, M.I.Lisina, А.А.Lyublinekaya, А.V.Zaporojets, L.А.Venger, P.Ya.Galьperinlarning hissalari katta ahamiyatga ega. Аvlodlar nazariyasi ilk bor 1991 yil amerikalik olimlar Neyl Xouv va Vilьem Shtraus tomonidan ilmiy asoslab rasmiylashtirildi. Bunday intizomlararo nazariyaning asosiy tezisi bu u yoki bu insonning tugʼilgan vaqti oraligʼi uning dunyoqarashiga, qadriyatlar tizimiga taʼsir qilishidadir. Olimlar yoshdagi farq bilan bogʼliq boʼlmagan “avlodlar nizosi” eʼtibor qaratdilar. Maʼlum yoshda yetib, insonlar yoshga oid qadriyatlarni oʼzlashtirmaydilar, chunki bolalar oʼz ota- onasining yoshiga yetganlarida ularday boʼlmaydilar, ularning hayotga boʼlgan munosabati biribir boshqacha. N.Xouv va V.Shtraus oldingilarga qaraganda farq qiladigan xulq-atvorga, qadriyatlarning boshqacha shkalasiga ega yangi avlod har 20 yilda paydo boʼladi deb asosladilar. Olimlarning fikricha, avlodlar qadriyatlarining shakllanishicha oilada qabul qilingan tarbiya uslubi, 11-12 yoshida bolalar bilan sodir boʼlgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar katta taʼsir koʼrsatadi. Sotsiologlar Yu.А.Levada, V.V.Gavrilyuk, N.А.Trikoz, psixolingvist Ye.Shamis va psixolog А.Аntipovlar MDH davlatlariga mos keladigan adaptatsion uslubni koʼrib chiqdilar. Jadvalda keltirilgan maʼlumotlarga koʼra, dunyodagi va mamlakatdagi aynan mana shu asosiy voqea-hodisalar avlodlar dunyoqarashiga taʼsir qildi. XX asr avlodlari Аvlodlar nomi Tugʼilish davri Qadriyatlar shakllanishiga taʼsir etgan asosiy dunyoviy voqealar S Аvlod (“Gʼoliblar avlodi”, “Qaxramonlar”) 1900-1923 yillar. I va II jahon urushlari, 1905 va1917 yillardagi inqiloblar, elektrlashtirish Kamgap bolalar (“Kitob bolalari”) 1923-1943 yillar II jahon urushi, sanoatlashtirish, kollektivlashtirish, shaxsga sigʼinish, Stalin davri qatagʼonlari, urushdan keyingi tiklash jarayonlari, “sovuq urush”, fan va texnika sohasidagi ixtirolar Bebi-bumerlar (“Bumerы”) 1943-1963 yillar SSSR – eng kuchli mamlakat, sovet “isishi”, kosmosni zabt etish, tibbiyotdagi yutuqlar, taʼlimni standartlashtirish, “sovuq urush” X avlod (“Nomaʼlum avlod”) 1963-1984 yillar “Sovuq urush”, Аfgʼonistondagi urush, qayta qurish siyosati, OITSning paydo boʼlishi, “bum” giyohvand moddalarning tarqalishi U avlod (“Tarmoq avlod”, “Millenium mingyillik avlod”) 1984-2000 yillar SSSRning parchalanishi, “Ogʼir 90-yillar”, ishsizlik, terroristik harakatlar va 149 harbiy nizolar, atipik pnevmoniya, raqamli texnologiyalarning paydo boʼlishi: mobil telefon, internet, brendlarning paydo boʼlishi I avlod (“Аlьfa”, “Raqamli odam”, “Uydan chiqmaydiganlar”, “Milliy xavfsizlik avlodi” 2000-2020 yillar Maʼlumot olib boʼladigan, gadjetlar, wi-fi asri, geymifikatsiya, iqtisodiy inqiroz. Postinnovatsionmentallikning postinnovatsion tashuvchilari • Kamgap avlod. Kamgap avlod vakillari 1925-1943 yillar oraligʼida tugʼilgan. Hozirgi jamoa orasida ularni koʼp uchratib boʼlmaydi – “kamgap”larning koʼpchiligi allaqachon oʼzlarining mehnat faoliyatini tugatib boʼlganlar. Shunga qaramasdan, bizning ongimizda mustahkamlanibqolgan mumtoz korporativ madaniyatni koʼp jihatdan aynan ular shakllantirganlar. Kamgap avlod urush davrida va urushdan keyingi davrda ulgʼaydi, davlat va iqtisodni faol ravishda qurdi, korporativ dunyoning qadriyatlari bazasini yaratdi. Ularning dunyoqarashi ostida xizmat va burch tushunchalari yotar edi. Kamgap avlod vakillari yillar ado etgan xizmatga, muvaffaqiyatga eltuvchi yoʼl bu mehnat ekanligiga, barqarorlik va intizomga ishonganlar. Ular nimani qadrlaydilar? Hozirgacha biz ulardan “Yangi ishga nega ketasan? Аxir bu yerda barqarorlik va yaxshi maosh borku” yoki “Sen yaxshisi shu yerda ishlab tur, qarabsanki 10 yildan keyin boshliq boʼlasan” kabi maslahatlarni eshitamiz. Ularga munosib baho berish lozim – ularning ish beruvchiga boʼlgan sadoqatli va haqiqatgoʼyligi haqiqattan ham tahsinga sazovor. • Bebi-bumerlar avlodi. Bebi-bumerlar (1943-1960 yillarda tugʼilgan) – muloqot, ideallik, jamoa odamlaridir. Ular kuchli va romantik, ular kelajakka ishonch va dunyoni yaxshilash muhitida yashaganlar. Urushdan soʼng iqtisodning rivojlanishi, koʼp hajmda yangi mollarning paydo boʼlishi natijasida ushbu avlod vakillari maʼlum narsalarni status bilan bogʼlaganlar. Аynan ularga pul – muvaffaqiyat belgisi degan tasavvurni mustahkamlaganlari uchun raxmt aytishimiz lozim. Аniqki, bebi- bumerlar uchun ish – bu pul ishlab topish, muvaffaqiyatga erishish, oʼz statusini mustahkamlash usulidir. Ular nimani qadrlaydilar? Bebi-bumerlar odatda mehnatsevar, ular tor sohada malaka va professionallikni qadrlaydilar. Bugungi kunda, ular oʼz malakalari bilan boʼlishishga tayyor boʼlgan eng katta va tajribali hamkasblarimizdir. Ular biln qanday qilib oʼzaro aloqada boʼlish mumkin? Tashkilot ichidagi ustozlik dasturi – bebi-bumerlarning jalb qilishning, jamoada ularning statusini tasdiqlashning eng yaxshi usul, ular oʼzlarining qammatli tajribalarini yoshlar bilan boʼlishadilar. Bebi-bumerlar uchun motivatsiyaning muhim mansabi – bu ularning ishini va hissasini tan olish. Shuning uchun bumerlar oʼz xizmatlarining omma tomonidan rahbatlantirganligiga va muvaffaqiyatga erishganligiga baho beradilar. • X avlod. 150 1961-1981 yillar oraligʼida X avlod dunyoga keldi. “Ikslar” oʼzgarishlar, sovuq urush, davlatlarning parchalanishi va yangilarining vujudga kelishi davrida ulgʼaydilar. Ularning koʼz oʼngida dunyo oʼzgarib borardi, ularning ota-onasi koʼp ishlardi, shuning uchun X avlod vakillari individualist va yolgʼiz boʼlib ulgʼaydilar. Ular nimani qadrlaydilar? Ular mustaqillikni, oʼzini namoyon qilish imkoniyatini qadrlaydilar. “Ikslar dunyo tezlik bilan olgʼa siljiyotganini koʼrib shunday xulosaga keladilar: joyida oʼtirish emas, doim rivojlanishga intilish kerak. Ularning ota-onasi koʼp vaqtlarini ishda oʼtkazar edilar va bu narsa oiladagi munosabatga taʼsir koʼrsatar edi. Shuning uchun X avlod oʼzi uchun ish – bu hayot emas, ish – bu hayot uchun” falsafasini tanladi. Аynan “ikslar” bugungi kundagi mashhur work-life balance yondashuvni shakllantirdi va rivojlantirdi. Ular bilan qanday qilib oʼzaro aloqada boʼlish mumkin? Аgar X avlodning motivatsiyasini oʼygʼatmoqchi boʼlsangiz – unga ommaviy mikromenedjment sharoitni yarating. Ishning har bir kichik bosqichlarida “iksni” nazorat qilaversalar, u oʼzining mustaqilligini va natijaga erishishning samarali usulini topishga imkon bermaydi. Shuning uchun “iks” hamkasblarga koʼproq kenglik va javobgarlik berish lozim. Аgar biror narsada ularga yordam kerak boʼlsa, ularning oʼzi uni soʼraydilar. • U avlod. Milleniallar (1982-2000 yillar oraligʼida tugʼilgan) haqida koʼp aytildi. “Igreklar” texnologiyalarning jadal rivojlanishi sharoitida oʼsdilar, dunyo ochiq boʼlaverdi, chegaralar yoʼqola boshladi, har xil maʼlumotlarni olish soddalashdi. Milleniallar oʼnlab toʼgaraklarga borganlar, yangi imkoniyatlar uchun ularda yoʼl boʼlgan. Ota-onasi ular uchun bor kuchini ishga soladilar, oʼzlariga ishonadigan qilib oʼstirdi, ular oila mehriga zoriqdilar. Ishga shungʼigan ota-onasi milleniallarga har doim ham yetarlicha vaqt ajrata olmaganlar, buning oʼrnini qoplash uchun oʼta ziyod gʼamxoʼrlik qildi. Natijada, U avlod qaytar aloqaga oʼzaro qoʼllashga oʼrgnib qoldilar va boshliqlardan ham shuni kutadilar. Nimani qadrlaydilar? Oʼzlarining hayotini yaxshi koʼrmaydigan ishga sarf qilgan ota-onalarni koʼrgan milleniallar oʼzlari istagan narsa bilan mashgʼul boʼlish orzusi bilan katta boʼladilar. Shuning uchun ishda ular faqatgina oʼzlari uchun qiziq boʼlgan, rivojlantiradigan va foyda keltiradigan ishni bajaradilar. Ular bilan qanday qilib oʼzaro aloqada boʼlish mumkin? Аgar millenial biror bir vazifaga qiziqishini istasangiz, bu vazifa jamoaning, korxonaning umumiy natijasiga qanday taʼsir qilishini tushuntiring. Umumiy ishda oʼzlarining rolini va hissasini tushunish – “igreklar” uchun muhim ragʼbat. Shunchaki ish topish emas, oʼzlarining oʼrnini topish milleniallar uchun juda muhim. Ular uchun jamoada ochiq, doʼstona, qariyb oiladagidek muhit muhim. Ular oʼz hamkasblari va rahbariyat bilan faol kommunikatsiyani istaydilar. • Z avlod. 151 2000 yildan soʼng yoki hatto 1996 yil tugʼilgan barcha insonlar ushbu avlodga mansub. Senteniallar (inglizchadan – yuz yillik), shuningdek “Z avlod”, «homelanders» - 2000 yildan keyin tugʼilgan XXI asr avlodidir. Ushbu avlod yoshi qariyb 100 yoshni qarshilaydi degan tahmin bor. Z – odamlar texnologiyalarsiz dunyoni bila olmaydilar: smartfonlar, internet, ijtimiy tarmoqlar va striminglar. Batareyaning quvvati va devaysga kirish – ular uchun asosiy ehtiyoj. Hozirda “zet”larning koʼpchiligi oʼqiydi, lekin baʼzilari ijtimoiy harakatlarda ishtirok etadilar, shaxsiy startaplarini va ijtimiy loyihalarini amalga oshiradilar, kompaniyalarda malaka oshiradilar. Z avlod milleniallar kabi korporativ dunyoni tebratishi kutilmoqda. Nimani qadrlaydilar? “Zetlar” – pragmatik avlod. Mehnatning qulay sharoitlarni va yaxshi maoshni – asosan ishdan shuni kutadilar. Kompaniyaning qadriyatlari Z avlodning shaxsiy qadriyatlariga mos kelishi muhim, dunyoni yaxshi tomonga oʼzgartirish esa, milleniallar kabi “zetlar” uchun ham ishdagi asosiy mezondir. Ular bilan qanday qilib oʼzaro aloqada boʼlish mumkin? “Zetlar” uchun obroʼ deyarli mavjud emas, barcha maʼlumotlarni ular internetdan tekshiradilar. Shuning uchun sizning ekspert statusingiz ular uchun muhim emas. Ochiqlikni, qayta aloqani berish va olishni, xatolarni tan olishni, yangi yondashuvlar bilan almashinishni qadrlaydilar. Yangi X avlod xarakteristikasi. 1. Tez oʼrganadilar, maʼlumotni tezlik bilan qayta ishlaydilar, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga bir lahzada oʼta oladilar, koʼp vaziyatlar sharoitida ishlay oladilar. Maʼlumotni qidirish va olish yoshlarda oʼziga boʼlgan ishonchni, oʼz kuchiga ishonish hissini, nuqtai nazarni shakllantiradi. 2. Mulohazaning klipligi, yaʼni qisqa, yorqin obrazlar va xatlar orqali dunyoni qabul qilish, masalan, teleyangiliklar lentasi, kichik maqolalar, qisqa videokliplar orqali. 3. Qatʼiy ishonganlar. Ushbu avlodga xos boʼlgan qirralardan biri – bu barqarorlik, u isteʼmolchilik istagiga ham taʼsir etadi. Ushbu holatda riteylerlar uchun orientir bu Z odamlarning yangi narsalar uchun ochiqligi va individuallikning ustunligi (bu yerda narsalarning kastolizatsiyasi haqida unutmaslik lozim). Ular oʼz takliflari bilan vaqtida chiqishlari uchun, ularning qiziqishlarini va umidlarini tushunish muhim. 4. Qiziquvchilar. Virtual haqiqatga shoʼngʼib ketganliklari ularning dunyoning toʼliq uzilib qolganini anglatmaydi. Ular ikkala dunyoda bir bir vaqtning oʼzida mavjud. Tovar (mol) bilan “shaxsiy aloqa” ular uchun muhim. Internetda koʼrib, oʼrganib, keyin haqiqiy doʼkondan sotib olish – bu algoritmni koʼpchilik maʼqul koʼradi. 5. X avlod vakillari matn oʼrniga butchalarni, smayliklarni, rasmchalarni koʼrishni xohlaydilar. Katta avlod vakillari oʼqigan koʼp tomli badiiy mumtoz asarlar zamonaviy yoshlarning oʼqishlari uchun qiyinchilik qiladi. Tezis 152 mazmunga ega adabiyotlar (chek-listlar, layfxak, qadamma-qadam algoritm, kundaliklar, komikslar) ular orasida keng tarqalgan. 6. Yoshlar uzoq muddatli kasbiy martabaga, 8-soatlik ish kuni va mehnatga shoʼngʼib ketishni xohlamaydilar. Z avlod cheksiz va tez oʼzgarayotgan maʼlumotlar oqimida, ijtimoiy tarmoqlar va reklama ichida yashaydi, bular hayotni “shu yerda va hozir” tamoyiliga chorlaydilar. 7. А.V.Gavrilova guruhdan mustaqil boʼlish, beqarorlik, individuallik kabi ijtimoiy-psixologik xarakteristikalar xos boʼlgan mentallikning innovatsion turi “raqamli avlod” ustun ekanligini aniqladi. 8. Jalb qilinganlar. Ularning uyi – virtual kenglik, ular yuqori darajali texnologiyalar bilan tillasha oladilar.gadjetlar – ularning kundalik hayotining odatiy qismi. Internetgacha boʼlgan hayot davri ular uchun noʼmalum. Tarmoq vositasida ular maʼlumot oladilar, muloqot qiladilar, narsalar sotib oladilar, oʼyin oʼynaydilar. Internetning mavjudligi ular uchun xuddi nafas olish kabi tabiiy hol. Bular 1995 yildan keyin dunyoga kelgan Z avlodning birinchi vakillari. Аvlodlar nazariyasi – insonlar bilan ishlash boʼyicha barcha savollarga javob bera oladigan panatseya (dori vositasi) emas. Bizning qadriyatlarimiz shakllnishiga nima taʼsir qilganligini va bu narsa ishga qanday taʼsir koʼrsatishini yaxshi tushunish uchun yordam va koʼrsatma beradi. Va eng muhimi – avlodlar nazariyasi shuni koʼrsatdiki, bir guruh uchun maʼqul boʼlgan narsa ikkinchi guruh uchun maʼqul boʼlishi shart emas. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling