Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti markaziy osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasining
Download 58.5 Kb.
|
Xaydarov ochiq dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatnashdilar
- KUN TARTIBI
- 1. Eshitildi
- QAROR QILINDI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI SHARQ SIVILIZATSIYASI VA TARIX FAKULTETI MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI VA ETNOLOGIYASI KAFEDRASINING 2022 YIL 12 OKTABRDA O‘TKAZILGAN 4 SONLI MAJLIS BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA 2022 yil 4 oktabr Toshkent sh. Rais – R.R.Alimova, Kotib – A.S.Shosaidov Qatnashdilar: kafedra mudiri - t.f.n., dots. R.R.Alimova, t.f.d., prof. A.X.Doniyorov, t.f.n., dots. I.M.Xaydarov, PhD., dots. v.b. A.Madraimov, t.f.n., dots. SH.J.Saidov, t.f.n., dots. Fayziev, staj. o‘qt., A.S.Shosaidov, PhD o‘qt. Odilov B.A, PhD o‘qt. M.M.Asqarov, PhD o’qt. X.Nazirova, o‘qt. I.B.Xudoynazarov, staj. o‘qt. N.R. Karimov, staj. o‘qt. S.Salimov, staj. o‘qt. M.M.Turdixo‘jaeva, doktorantlar, V.Abirov, B.I.Zokirov, A.Eshmaxammatov, A.Abduxalilova, KUN TARTIBI: III. Turli masalalar. T.f.n., dotsent I.M.Xaydarovning “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo’yicha “Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati” mavzusidagi ochiq darsi muhokamasi. 1. Eshitildi: Kafedra mudiri R.R.Alimova so‘zga chiqib quyidagi ma’lumotlarni berdi. 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkaziladigan ochiq darslar rejasiga muvofiq, 2022 yil 4 oktabrda 3-juftlikda (soat 11:30) 1-kurs Sharq filologiyasi talabalariga T.f.n., dotsent I.M.Xaydarovning “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo’yicha “Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati” mavzusidagi ochiq bo‘lib o‘tganligi to‘g‘risida axborot berdi. Ochiq darsga kafedradan R.R.Alimova, B.A.Odilov, A.A.Madraimovlar ishtirok etdilar. T.f.n., dotsent R.R.Alimovaga T.f.n., dotsent I.M.Xaydarov ochiq darsi to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qildi. T.f.n., dotsent I.M.Xaydarovning darsi kirish, asosiy qism, mustahkamlash, xulosa qismlaridan iborat bo‘ldi, bundan tashqari dars oxirida uy vazifasi mavzusi va mustaqil ta’lim topshiriqlari berildi. Dars mavzusi “Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati” bo‘lganligi sababli, asosan, “Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati haqida uning sabablari va natijalari atroflicha tushuntirilib, darsda ushbu mavzu muhitini o’zida mujassamlashtirilgan va turli foto rasmlardan foydalanib, taqdimot asosida dars mashg‘ulotini olib bordi. Dars mavzusi fan dasturi va ishchi rejaga mos, darsning tashkiliy jihatlari talabga to‘liq javob beradi. Dars ko‘zlangan maqsadga erishildi, deb hisoblash mumkinligini alohida e’tirof qilindi. 2. PhD, v.b. dots. A.A.Madraimov R.R.Alimovaning so‘zini davom ettirib, haqiqatdan ham T.f.n., dotsent I.M.Xaydarovning darsi innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilinganligi, dars davomida turli interfaol usullardan foydalangan holda tushuntirib berishga harakat qildi. Talabalarning darsdagi ishtirokini ta’minlash uchun ularga turli savollar berdi, aqliy hujum texnologiyasini ishlatgan holda ularni egallagan bilimlarini tekshirdi va shu usulda talabalarni qiziqtira olganligini e’tirof qildi. 3. PhD B.A.Odilov ham yuqoridagi fikrlarga qo‘shilgan holda, dasrning sifati, o‘qituvchining darsga tayyorgarlik darajasi, darsga doir hujjatlar talab darajasida ekanligini ta’kidlab o‘tdi. QAROR QILINDI: T.f.n., dotsent I.M.Xaydarovning “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo’yicha “Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati” mavzusidagi ochiq darsi ma’lumot uchun qabul qilinsin. T.f.n., dotsent I.M.Xaydarovning “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo’yicha “Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati” mavzusidagi ochiq darsi ko‘zlangan maqsadga erishilganligi qayd etilsin. Kafedra mudiri: R.R.Alimova Kotib: A.Shosaidov Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling