Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja
Download 0.63 Mb.
|
Adabiyotga e\'tibor – ma\'naviyatga, kelajakka e\'tibor
Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor. Reja Adabiyot yashasa – millat yashar (Cho’lpon). Adabiyotning millat hayotidagi o’rni. Adabiyot- hayot darsligi. Inson ma’naviyatiga badiiy adabiyotning ta’siri. «Лусаил» стадионида қарийб 90 минг мухлис қаршисида кечган ҳал қилувчи тўқнашув кутилган шиддатни тақдим эта олди. 23-дақиқада Усмон Дембеле Ди Марияни жарима майдонида йиқитгач, белгиланган пенальтини Месси голга айлантирди – 1:0. 36-дақиқада яна Ди Мария ва Месси иккинчи голга сабаб бўлишди. Лионелнинг узатмасидан кейин Ди Мария жамоасининг иккинчи голига муаллифлик қилди – 2:0. Танаффусгача майдонда умуман кўринмаган французлар юлдузи – Килиан Мбаппе иккинчи бўлимда катта саҳнага чиқди. 80-дақиқага келиб, Коло-Муанига нисбатан ишлатилган қўполликдан кейин Мбаппе 11 метрлик жарима зарбасини голга айлантирди – 2:1. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligidan so’ng barcha jabhalarda bo’lgani singari badiiy-estetik tafakkurda ham katta ijobiy o’zgarishlar bo’ldi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Mustaqillikka erishganimizdan so’ng biz soxta mafkuraning yakka hokimligidan qutuldik. Ma’naviyatni, mafkurani zug’umlaridan ozod qilib, erkin fikrga, milliy tafakkurga yo’l ochdik”. Darhaqiqat, har qanday ijod, ijodkor erkin bo’lolmas ekan badiiy kashfiyot darajasidagi asarlar yarata olmaydi. O’tgan yigirma yil ichida bugungi milliy adabiyotimiz qiyofasini belgilaydigan asarlar yaratildi. Avvalo, nohaq qatag’onga uchragan, milliy adabiyotimiz poydevoriga tamal toshini qo’ygan adiblarimiz – A.Qodiriy, A.Fitrat, Cho’lpon, U.Nosir singari ijodkorlarimiz muborak nomlari oqlanib, adabiy merosi nashrga tayyorlandi. Shu bilan birga Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, So’fi Olloyor, Husayn Boyqaro, Abulg’ozi Bahodirxon, Amiriy, Feruz kabi shoirlarning ijodi xalqqa qaytarildi. Istiqlol yillarida adabiyotimizga yuksak darajada e’tibor qaratilgani, bu soha ma’naviyatimizning eng muhim va ustuvor yo’nalishi sifatida e’tirof etilgani barchamizga birdek ma’lum. Vatan adabiyotining buguni va ertangi istiqboli, ijodkorlar zimmasidagi dolzarb vazifalar, ularning ijtimoiy burchi, adiblarni o’z safida birlashtirgan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim amaliy taklif va xulosalar ilgari surilgan “Adabiyotga e’tibor- ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” nomli risolasida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o’zbek adabiyoti rivojiga nafaqat ijod ahli, balki butun jamiyat mas’ul ekanini alohida ta’kidlagan edi. Mazkur risolada ilgari surilgan g’oyalar, fikr-mulohazalar ijodiy jarayonning dolzarb masalalarini chuqur anglashda, jamiyat hayotida adabiyotning o’rni va ahamiyatini tushunishda muhim qo’llanmadir. Risolada ijodkorlarning Vatan va millat taraqqiyotidagi o’rnini quyidagicha izohlaydi:”...yozuvchilik- bu oddiy kasb emas, Xudo bergan iste’doddir. Bu-qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hech qayerda o’qitib, o’rgatib bo’lmaydi. Yozuvchilikning maktabi ham, dorilfununi ham bitta. U ham bo’lsa, bir umr hayotning ichida bo’lish, o’z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo’lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir”. Shuningdek, ijod va ijodkor mas’uliyati, adabiyotning millat ma’naviyatini yuksaltirishdagi o’rni xususida ham risolada ibratli fikrlar bildirilgan.” Adabiyot masalasi-bu ma’naviyat masalasidir. Bu Fond yozuvchilarni qo’llab-quvvatlash bilan bir qatorda, yurtimizda ijod sohasining, milliy madaniyatimizning rivoj topishi uchun, kelajagimiz uchun xizmat qilishini yoddan chiqarmasligimiz lozim. Ijodiy jarayonning, adabiyotning asosiy bunyodkori- bu yozuvchi va shoirlardir. Lekin bu ishni faqat ularning yelkasiga tashlab qo’ymasdan, jamoatchilik, butun jamiyatimiz unga o’z hissasini qo’shishi kerak... Ijod – bu o’zini qiynash, mashaqqat chekish, huzur-halovatdan voz kechish, tom ma’noda fidoyilik demakdir. CHinakam yozuvchi odamlarning dardu g’ami bilan yashashi, xalq ichiga kirib borishi, o’zi uchun ilhomni, yangi mavzularni shu hayotdan, unda bo’layotgan o’zgarishlardan olishi kerakligini barchamiz yaxshi bilamiz... Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug’ adib Cho’lpon aytganidek, adabiyot yashasa- millat yashaydi”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o’rganish va targ’ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferentsiya ishtirokchilariga tabrik yo’lladi. Bugungi kunda O’zbekiston o’z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qo’ymoqda. Biz milliy tiklanishdan– milliy yuksalishga erishishni o’z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo’ydik. Bu ulug’ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo’lib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi anglaymiz. Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o’rganish va targ’ib qilish, ko’p qirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bog’liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o’ylaymanki, katta ahamiyatga ega. ... Shu bilan bir qatorda, asrlar davomida komil inson tarbiyasi, adolatli jamiyat, shaxs erkinligi, Vatan ozodligi, bunyodkorlik, bag’rikenglik va baynalmilalchilik, odamiylik kabi o’lmas fazilatlarni tarannum etib kelayotgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga o’girish va chet ellarda targ’ib etish bo’yicha ham mamlakatimizda kata ishlar amalga oshirilmoqda”. Mustaqillikdan so’nggi yillarda adabiy jarayondagi eng muhim hodisalardan biri ijodiy uslub va yo’nalishlarning rang-barangligi. Totalitar tuzum davrida adabiyotimizda faqat sots.realizm ijodiy metodi yakka hukmronlik qilgan bo’lsa, endilikda ijodkor o’zi hohlagan ijodiy metodda ijod qilishi mumkin. Hayotni realistik, romantik, modern usuli yo’lida tasvirlash imkoniyatlari paydo bo’ldi. Buning yorqin namunalarini M.M.Do’st, O.Muxtor, X.Do’stmuhammad, T.Rustam, E.A’zam, Sh.Bo’tayev, N.Eshonqul, A.Qutbiddin, B. Ro’zimuhammad, Faxriyor kabi ijodkorlar ijodida kuzatish mumkin. M.M.Do’stning “Lolazor”, X.Do’stmuhammadning “Bozor”, O.Muxtorning “Ko’zgu oldidagi odam”, T.Rustamning “Kapalaklar o’yini”, E.A’zamning “Shoirning to’yi”, Sh.Bo’tayevning “Sho’rodan qolgan odamlar”, N. Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” asarlarini o’qir ekanmiz, unda an’anaviy realizmdan ko’ra ko’proq noan’anaviy tamoyillarga asoslangan tasvirlarni uchratamiz. Ayniqsa,hozirgi adabiy jarayonda sof an’anaviy va modern yo’nalishida ijod qilayotgan adiblar o’rtasida ma’lum darajada bahs munozara davom etmoqda. Bu haqda munaqqid U.Normatov shunday yozadi. ”Hozirgi nasrimiz rivoji bilan bog’liq munozarali masalalar juda ko’p, ayniqsa, nasrdagi an’anaviylik va modernism muammosi qizg’in tortishuvlarga asos bo’lmoqda. So’nggi yillarda prozaga bag’ishlangan birorta muhokama, davra suhbatlarida bu mavzu chetlab o’tilganini bilmayman. Badiiy asar qimmati qaysi yo’nalish– an’anaviy yoki modernism shaklida yaratilganida emas, balki u chinakam san’at namunasi darajasiga ko’tarilgan yoki ko’tarilmaganligi bilan belgilanadi-ku". Hozirgi she’riyatimizda ham shunday yangilanish holatlarini kuzatamiz. Ko’ngil kechinmalarini izhor qilishda ramziy timsollarga, semiotic obrazlarga murojaat qilish A.Qutbiddinning “Nayson”, “Izohsiz lug’at”, B.Ro’zimuhammadning “Kunduz sarhadlari”, Faxriyorning “Ayolg’u” she’riy asarlarida ko’p bor uchraydi. 1997 yilda Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan “Jahon adabiyoti” jurnalining ta’sis etilishi va unga ustoz Ozod Sharafiddinovning bosh muharrir etib tayinlanishi adabiyot ahli uchun chinakam bayram bo’ldi. O.Sharafiddinov jurnalning 100 ta soniga rahbarlik qildi. Sharq va G’arb adabiyoti, falsafasining noyob durdona asarlarini tarjima qildirib o’zbek kitobxoniga tuhfa etdi. Hozirda ushbu asarlarning aksariyati “Jahon adabiyoti” kutubxona seriyasida alohida kitob holida nashr qilindi. Shuningdek, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik”, ”Tafakkur” jurnallari, “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” haftanomasi ham adabiy jarayon materiallarini yoritishda faol nashrlarga aylanib bormoqda. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling