Adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin
Download 29.5 Kb.
|
Kirish
Dissertatasiya mavzusining dolzarbliligi va zarurat JKitoblar yoshlarni yetuk va barkamol inson sifatida tarbiyalashda asosiy omillardan biri sanaladi. Har bir davlat, jamiyat o’z kelajagini qurishda bolalar tarbiyasida, ilm egallashida, qiziqqan sohasiga yo’naltirishda, uning kelajagini yaratishda alohida islohot va qonunlarida mustahkamlab qo’yadi. Bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui bolalar adabiyoti sanaladi. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi bolalar adabiyotiga tezaytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiqlari, rivoyat, afsona, ertak, matal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalari kiradi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik bolalar adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin. Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati — bolalar adabiyoti oʻzgaruvchan hodimiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiyhuquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dagi yosh avlodni hartomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash vazifasi, ayniqsa, ona tili vaadabiyot o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. MamlakatimizPrezidenti Sh. Mirziyoyev “Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamdabutun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarningeng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy vama'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchunzamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashinita'minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda”1deya ta’kidlashlari ham bejiz emas. Biz ko’p hollarda o‘quvchini daryo o‘rtasida turib, suv izlayotgan shaxsgao‘xshatamiz.Mamlakatimizda yoshlar ta’lim va tarbiyasiga nihoyatda kattaahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”giQonunida ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidaustuvor deb e’lon qilindi. Yurtimizda xalqimizning ko‘p asrlik ezgu orzulariro‘yobga chiqayotgan bugungi kunda madaniy va ma’rifiy sohada amalgaoshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biri —¬“Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e’tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga,qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lishiga, qanday oliymaqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz 1 Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – kerak” 2
. Binobarin, “Mustaqil fikr yuritadigan,to‘g‘ri va halol,jasur avlodni tarbiyalash davrimizning dolzarb muammolaridandir. Ha, bunday yoshlar kamolotida, albatta, badiiy adabiyot, xususan, bolalar adabiyoti katta rol o‘ynaydi. Chunki kichkintoylar alla, qo‘shiq, maqol, masal, topishmoq, tez aytish, ertak eshitib, o‘qib kamol topadilar. Bu janrlar vositasida ularning qalblari nurga to‘ladi, hayotga intilish, qiziqish hislari jo‘sh uradi. Ma’naviy tomondan ham yuksala boradilar. Xususan, kitobxonlikka mehr uyg‘otish, bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayondir. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtli matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg‘otish orqali o‘tkazish, ta’lim – tarbiya berishda alohida o‘rinni egallaydi. Adabiyot fanining asosiy vazifasi o‘quvchilarga faqat bilim berishgina emas, balki tarbiyalashdan ham iborat. Bolalar adabiyotini o‘qitishda didaktikaning roli xususida fikr yuritish mazkur ishimiz mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Ma’lumki, bolalarga bag‘ishlangan asarlar mazmun jihatidan ham bir necha turkumlarga ajratiladi va bunday toifalashda tasvir uslubi asosiy o‘rin tutadi. Zero, bolalarga mo‘ljallangan asarlarning bir qismida ijodkorlar katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan yoshi ulug‘ kishi sifatida o‘z qarashlarini yosh bolaning tasavvur va qarashlari bilan uyg‘unlashtirib ifodalasalar,yana bir qismida bevosita bolalar nomidan hikoyalash uslubi ustuvor. O‘tgan asrning 70-80- yillaridan boshlangan o‘zbek bolalar adabiyotidagi mutlaqo yangi evrilishlar ko‘plab olim va tadqiqotchilar e’tiborini tortgan.Bunday she’rlarning badiiy ko‘lami ham tadqiq etildi. Jumladan, R.Barakayev 3
, M.Jumaboyev 4
singari olimlarning tadqiqotlarida mazkur jihatlar atroflicha yoritilgan. 2
Karimov I. A.Barkamol avlod orzusi.– T.: Sharq NMIU, 1999. 3
Barakayev R. Jonajonim she’riyat. – Toshkent: Cho‘lpon.1997. 4
Jumaboyev M. O‘zbek va jahon bolalar adabiyoti. – T.: O‘qituvchi, 1993.Tadqiqotning maqsadi. O‘zbek bolalar adabiyotini o‘qitishning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish va bu orqali o‘zbek kichkintoylariga taqdim etilayotgan badiiyat namunalarining tarbiyaviy tizimini o‘rganish. Ramziy va majoziy obrazlarning bolalar adabiyotida tutgan rolini misollar yordamida tahlil qilish. Xudoyberdi To‘xtaboyev va Anvar Obidjon asarlari misolida ramziy va majoziy obrazlarning ahamiyati xususida aniq xulosalar chiqarish. Bolalar kitobxonligini rivojlantirishning usul va vositalari haqida tahlillar berish. Tadqiqotning vazifalari: – Mavzuga oid pedagogik, ilmiy, psixologik, tarixiy, metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish; – Bolalar kitobxonligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish; – Bolalar adabiyotining maqsad va vazifalarini aniq belgilash; – O‘zbek bolalar adabiyotida ramziy va majoziy obrazlarni tahlilga tortish;
– Jahon bolalar adabiyotining bir uzvi sifatida rivojlangan o‘zbek
bolalar adabiyotining tarbiyaviy ahamiyatini aniq misollar yordamida asoslash; – Metodik tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish. Tadqiqotning obyekti. O‘zbek va jahon bolalar adabiyotida yaratilgan asarlar.
Tadqiqotning predmeti: Bolalar adabiyotida ramziy va majoziy
obrazlarni o‘rganishning mazmuni, shakli, metodi va vositalari. Tadqiqotning metodologik asosi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning asarlari, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev7 tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistonni 2017-2021-yillarda rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi, farmonlari,O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Sharq allomalarining yosh avlod tarbiyasi va kamoloti to‘g‘risida qarashlari. Tadqiqotning metodlari: – pedagogik va badiiy adabiyotlarni o‘rganish; – kuzatish; – qiyoslash; – suhbat; – savol-javob, so‘rovnoma Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbek bolalar adabiyotida bir necha yillar davomida yaratilgan asarlarning didaktik qimmati, ramziy va majoziy obrazlarning badiiy asardagi o‘rni xususida alohida tadqiqot ishi amalga oshirilmagan. Qolaversa, bunday obrazlarning tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinmagan. Shularni inobatga olganda ushbu BMI mavzusi ilmiy jihatdan yangidir. Tadqiqotning tarkibiy qismi. Kirish, 3 bob, 6 fasl, umumiy xulosalar,foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va lug‘at materillaridan iborat bo‘lib, 67 betni tashkil qiladi. Download 29.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling