Reja : Bolalar adabiyotiga qo`yiladigan talablar


Download 110.92 Kb.
bet1/9
Sana09.01.2022
Hajmi110.92 Kb.
#265738
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-maruza


2-MA’RUZA:

Mavzu: Bolalar adabiyoti va bolalar folklorining mumtoz adabiyot namunalari bilan bog‘liqligi


Reja :

1.Bolalar adabiyotiga qo`yiladigan talablar.


2. Bolalar adabiyotining folklori bilan aloqasi.

3. Bolalar adabiyotida folklor syujetlaridan foydalanish.


Ma`ruza matni

Bolalar kitobxonligi ifodasi o`z ma`nosida umuman kitob o`qish hodisasini anglatsa-da, keng ma`noda necha ming yilliklar davomida aslida kattalar didi, hayotiy tajribasi, dunyoqarashiga mos holda yaratilib kelingan bo`lib, bolalarning ham o`qishi doirasida amal qilgan va yaxlit tizim tarzidagi ma`naviy-axloqiy hodisa darajasiga ko`tarilgan hammabop diniy, diniy-axloqiy, diniy-tarixiy, didaktik, badiiy, ilmiy, shuningdek, XX asr boshlaridan esa, professionallik kasb eta boshlagan o`zbek bolalar adabiyotiga doir asarlar silsilasini o`qish va o`qitishni anglatadi.

Bolalar kitobxonligida bolalar yoshi, saviyasini hisobga olish nisbiy mohiyatga ega. Maktab darsliklari, o`quv-didaktik xarakterdagi asarlar va bolalar adabiyoti namunalarigina bundan istisno bo`lib, ularda bolalar yosh xususiyatlari va saviyasining inobatga olinishi qat`iydir. Qolaversa, bolalar adabiyotida obrazli badiiy tafakkur amal qilsa, bolalar kitobxonligida mantiqiy tafakkur ustivorligi sezilarlidir. Zero, bolalar adabiyoti adabiy-estetik hodisa bo`lsa, kitobxonlik, jumladan, bolalar kitobxonligi undan farqli o`laroq ijtimoiy-estetik hodisa sanaladi. Bolalar kitobxonligi jamiyatning o`z bolalari haq-huquqlarini anglashi va ularni o`ziga voris sifatida tushuna borishi negizida yuzaga kelgan bo`lib, jamiyat uning vositasida yosh avlodni o`z hayotiy tajribalaridan chiqargan ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-estetik va axloqiy saboqlari asosida tarbiyalashni ko`zlaydi. Yozma adabiyot paydo bo`lguniga qadar bu xalq didaktikasi– etnopedagogika shaklida1 harakatda bo`lgan.

Pandnomaxonlik nisbatan demokratik yo`nalishda namoyon bo`ldi- ham bolalar o`qib o`rganadigan hikmat kitobi, ham kattalar o`qiydigan saboq tarzida silsilaviylik kasb eta bordi, lekin qissaxonlik, asosan, kattalar davrasidagina amaliyotga aylandi. Ta'kidlash zarurki, Qur'oni karim oyatlari va hadislar mazmunini axloqiy va tasavvufiy asosda chaqish va sharhlash, kengroq yo`sinda tabdil qilish va mohiyatini teranroq ifodalash asosida shakllangan pandnomachilik islomiy tafakkur ta'siridagi adabiyotlarda chuqurroq ildiz ota boshladi.

Buyuk qomusiy mutafakkir Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning arab tilida yozilgan "Solomon va Ibsol", "Hayy ibn Yaqzon"("Uyg`oq o`g`li Tirik", hijriy 414-milodiy 1023) qissalari va "Risolat at-tayr" ("Tayr risolasi") kabi falsafiy-didaktik asari ham mohiyatan betakror o`gitnomalar edi.

"Solomon va Ibsol" mavzuida Abu Ali ibn Sinogacha Hunayn ibn Ishoq (809-873) va ibn A`robiylar ham asar yozishgan bo`lsa, undan keyin esa, ibn Tufayl (vafoti 1186) va Abdurahmon Jomiy (1414-1492) singari ijodkorlar asar yaratgani ma`lum. Binobarin, "Solomon va Ibsol" syujeti ham sayyor xarakterga ega bo`lib, Sharq xalqlari adabiyotlarida bir muncha ishlangan. Abu Ali ibn Sino bu mavzuga Aql va Kuchning mohiyati, o`zaro munosabatini akaning uka va aksincha, ukaning aka oldidagi burch va mas`uliyati fonida axloqiy-falsafiy yo`nalishda tahlil qiladi. "Sen agar irfon ahlidan bo`lsang, Salomon sening o`zing uchun to`qilgan masal, Ibsol ma`rifatdagi darajang uchun to`qilgan masal". Chindan ham bu masal mohiyatini tug`ishgan aka-ukalar Salomon va Ibsol hamda Salomonning xotini o`rtasidagi munosabat tashkil etadi.

Abu Ali ibn Sino boshqa qissalarida ham o`z zamonasining dolzarb ijtimoiy-axloqiy muammolarini ko`tarib, ulardan didaktik saboqlar chiqara oldi. Shu sababli bu asarlar asrlar osha avlodlarni ezgulik ruhida tarbiyalashda xizmat qilib kelayotir. Biroq eski maktablarda ham, ibtidoiy madrasalarda ham fors-tojik tilida bitilgan Kaykovusning "Qobusnoma" va Sa`diy sheroziyning "Guliston" kabi pandnomalaridan keng foydalanilgan, shunisi e`tiborliki, keyingisi xalq orasida an`anaga aylangan sa`diyxonlik asosini tashkil etgan.


Download 110.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling