Adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin


Download 29.5 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi29.5 Kb.
#1001338
Bog'liq
Kirish


Dissertatasiya mavzusining dolzarbliligi va zarurat JKitoblar yoshlarni yetuk va barkamol inson sifatida tarbiyalashda asosiy omillardan biri

sanaladi. Har bir davlat, jamiyat o’z kelajagini qurishda bolalar tarbiyasida, ilm egallashida,


qiziqqan sohasiga yo’naltirishda, uning kelajagini yaratishda alohida islohot va qonunlarida


mustahkamlab qo’yadi. Bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va


publitsistik asarlar majmui bolalar adabiyoti sanaladi. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar


tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi bolalar adabiyotiga tezaytish, topishmoq,


oʻyin qoʻshiqlari, rivoyat, afsona, ertak, matal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga


moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalari kiradi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga


moʻljallab yaratilgan va aslida bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik bolalar


adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish mumkin.


Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati — bolalar adabiyoti oʻzgaruvchan hodimiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy￾huquqiy va ma’naviy o‘zgarishlar ta’lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo‘ydi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dagi yosh avlodni hartomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash vazifasi, ayniqsa, ona tili vaadabiyot o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. MamlakatimizPrezidenti Sh. Mirziyoyev “Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamdabutun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarningeng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy vama'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchunzamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashinita'minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning
o‘zi taqozo etmoqda”1deya ta’kidlashlari ham bejiz emas. Biz ko’p hollarda o‘quvchini daryo o‘rtasida turib, suv izlayotgan shaxsgao‘xshatamiz.Mamlakatimizda yoshlar ta’lim va tarbiyasiga nihoyatda kattaahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”giQonunida ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidaustuvor deb e’lon qilindi. Yurtimizda xalqimizning ko‘p asrlik ezgu orzulariro‘yobga chiqayotgan bugungi kunda madaniy va ma’rifiy sohada amalgaoshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biri —¬“Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e’tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga,qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lishiga, qanday oliymaqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz

1 Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –


kerak”

2


. Binobarin, “Mustaqil fikr yuritadigan,to‘g‘ri va halol,jasur avlodni

tarbiyalash davrimizning dolzarb muammolaridandir. Ha, bunday yoshlar


kamolotida, albatta, badiiy adabiyot, xususan, bolalar adabiyoti katta rol


o‘ynaydi. Chunki kichkintoylar alla, qo‘shiq, maqol, masal, topishmoq, tez


aytish, ertak eshitib, o‘qib kamol topadilar. Bu janrlar vositasida ularning


qalblari nurga to‘ladi, hayotga intilish, qiziqish hislari jo‘sh uradi. Ma’naviy


tomondan ham yuksala boradilar. Xususan, kitobxonlikka mehr uyg‘otish,


bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan jarayondir. Shuning


uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda.


Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtli matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka


mehr uyg‘otish orqali o‘tkazish, ta’lim – tarbiya berishda alohida o‘rinni


egallaydi. Adabiyot fanining asosiy vazifasi o‘quvchilarga faqat bilim


berishgina emas, balki tarbiyalashdan ham iborat. Bolalar adabiyotini


o‘qitishda didaktikaning roli xususida fikr yuritish mazkur ishimiz


mavzusining dolzarbligini belgilaydi.


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Ma’lumki, bolalarga bag‘ishlangan


asarlar mazmun jihatidan ham bir necha turkumlarga ajratiladi va bunday


toifalashda tasvir uslubi asosiy o‘rin tutadi. Zero, bolalarga mo‘ljallangan


asarlarning bir qismida ijodkorlar katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan


yoshi ulug‘ kishi sifatida o‘z qarashlarini yosh bolaning tasavvur va


qarashlari bilan uyg‘unlashtirib ifodalasalar,yana bir qismida bevosita


bolalar nomidan hikoyalash uslubi ustuvor. O‘tgan asrning 70-80- yillaridan


boshlangan o‘zbek bolalar adabiyotidagi mutlaqo yangi evrilishlar ko‘plab


olim va tadqiqotchilar e’tiborini tortgan.Bunday she’rlarning badiiy ko‘lami


ham tadqiq etildi. Jumladan, R.Barakayev


3


, M.Jumaboyev

4


singari

olimlarning tadqiqotlarida mazkur jihatlar atroflicha yoritilgan.


2


Karimov I. A.Barkamol avlod orzusi.– T.: Sharq NMIU, 1999.

3


Barakayev R. Jonajonim she’riyat. – Toshkent: Cho‘lpon.1997.

4


Jumaboyev M. O‘zbek va jahon bolalar adabiyoti. – T.: O‘qituvchi, 1993.Tadqiqotning maqsadi. O‘zbek bolalar adabiyotini o‘qitishning

rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish va bu orqali o‘zbek kichkintoylariga


taqdim etilayotgan badiiyat namunalarining tarbiyaviy tizimini o‘rganish.


Ramziy va majoziy obrazlarning bolalar adabiyotida tutgan rolini misollar


yordamida tahlil qilish. Xudoyberdi To‘xtaboyev va Anvar Obidjon asarlari


misolida ramziy va majoziy obrazlarning ahamiyati xususida aniq xulosalar


chiqarish. Bolalar kitobxonligini rivojlantirishning usul va vositalari haqida


tahlillar berish.


Tadqiqotning vazifalari:


– Mavzuga oid pedagogik, ilmiy, psixologik, tarixiy, metodik


adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;


– Bolalar kitobxonligini rivojlantirish borasida amalga


oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish;


– Bolalar adabiyotining maqsad va vazifalarini aniq belgilash;


– O‘zbek bolalar adabiyotida ramziy va majoziy obrazlarni tahlilga


tortish;

– Jahon bolalar adabiyotining bir uzvi sifatida rivojlangan o‘zbek

bolalar adabiyotining tarbiyaviy ahamiyatini aniq misollar yordamida


asoslash;


– Metodik tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish.


Tadqiqotning obyekti. O‘zbek va jahon bolalar adabiyotida yaratilgan


asarlar.

Tadqiqotning predmeti: Bolalar adabiyotida ramziy va majoziy

obrazlarni o‘rganishning mazmuni, shakli, metodi va vositalari.


Tadqiqotning metodologik asosi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi


prezidenti I.A.Karimovning asarlari, mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyev7


tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistonni 2017-2021-yillarda rivojlantirish


bo‘yicha harakatlar strategiyasi, farmonlari,O‘zbekiston Respublikasi


Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy


dasturi”, Sharq allomalarining yosh avlod tarbiyasi va kamoloti to‘g‘risida


qarashlari.


Tadqiqotning metodlari:


– pedagogik va badiiy adabiyotlarni o‘rganish;


– kuzatish;


– qiyoslash;


– suhbat;


pedagogik tajriba;


– savol-javob, so‘rovnoma


Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbek bolalar adabiyotida bir necha yillar


davomida yaratilgan asarlarning didaktik qimmati, ramziy va majoziy


obrazlarning badiiy asardagi o‘rni xususida alohida tadqiqot ishi amalga


oshirilmagan. Qolaversa, bunday obrazlarning tarbiyaviy ahamiyati tahlil


qilinmagan. Shularni inobatga olganda ushbu BMI mavzusi ilmiy jihatdan


yangidir.


Tadqiqotning tarkibiy qismi. Kirish, 3 bob, 6 fasl, umumiy


xulosalar,foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va lug‘at materillaridan iborat




bo‘lib, 67 betni tashkil qiladi.
Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling