Adabiyotlar sharhi


Download 0.96 Mb.
bet16/22
Sana20.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1630760
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
dilshod ergashev yangi12345 (2)

3. TADQIQOT NATIJALARI.
Tadqiqot natijalari yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, quyida tajriba davomida qonning morfologik va biokimyoviy tahlillari asosida tajriba sinab ko’riladigan preparatlarning har xil variantlarida hayvonlarining o’sishi, rivojlanishi, tirik vazn ko’rsatkichlarining o’zgarishlari, go’sht va tuxum mahsulotlari mahsuldorligini o’zgarishiga ta’sirini o’rganishga oid ma’lumotlar haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

3.1. Tovuqlar ratsionini D3 vitamin va fosfat kislotaning kalsiyli tuzlari bilan boyitishning fiziologik va biokimyoviy koʻrsatkichlarga taʼsiri.
Tadqiqot natijalarini bayoni qonning shakli elementlarini, undagi gemoglobining miqdorini, qon zardobi tarkibidagi ummumiy oqsil albuminlar va globulinlarning miqdori, shuningdek kalsiy va fosforlarning miqdori tahlil natijalarini hisobga olgan holda amalga noshirildi. Bundan tashkari tovuqlarning parvarishlash jaroyonida og’irlik massalarini o’zgarish ko’rsatkichlariga oid ma’lumotlar tahlil qilinib, uning natijalari mulohoza yurutishga jalb qilindi.


3.1.1 Tovuqlar ratsionini D3 vitamin va fosfat kislotaning kalsiyli tuzlari bilan boyitishning biokimyoviy koʻrsatkichlarga taʼsiri.
Tuxum yoʻnalishidagi tovuqlar uchun ularning organizmmni Ca va P bilan taʼminlanishi muhim ahamiyatga ega. Tajriba bosqichlari jarayonida organizmda kalsiy elementining almashinuvi to’g’risida quydagi o’zgarishlar yuz berishi haqida mulohaza yurutishimiz mumkin. Ma’lumki, kalsiyning asosiy qismi suyak skeletida boʻladi. U qon oqimi boʻylab serkulatsiyalangan Ca +2 ionlarining asosiy qismi hisoblanadi. Ca +2 ning qondagi miqdorini deyarli yarimi albuminlar tarkibida bo’ladi. Suyak tarkibidagi kalsiy trifosfat, kalsiy karbonat va biroz kam miqdorda kalsiy xlorid xolatida boʻladi va qon zardobi tarkibida u ionlangan (60% gacha) holda uchraydi. Kalsiyning kamroq miqdori esa oqsillar bilan birikkan holda eritrotsitlar tarkibida uchraydi. Kalsiy tuzlarining ahamiyati ularning suyak skeletining va tuxum poʻstlog’ini shakilanishidagi ishtiroki bilan cheklanib qolmay, balki koʻp biokimyoviy fiziologik jarayonlarni kechishida ham muhim oʻrini egallaydi. Tuxumdor tovuqlarning organizmda kalsiy almashinuvi o’ziga hos tavsifga ega. Xattoki, tuxum tugʻish jarayoni unchalik katta boʻlmagan taqdirda (200 dona) bolganda ham tuxum bilan har yili 400-420 g kalsiy organizmni tark etadi. Bu esa organizmda uchraydigan umumiy miqdordan 20 marotaba koʻp miqdorni tashkil qiladi. Jadal tuxum tugʻish jarayonida tovuq oʻzi bilan kirgan kalsiyning 60-70% ni to’liq oʻzlashtiradi. Tuxum yoʻnalishidagi tovuqni tinch holatda boʻlganda qon zardobidagi kalsiy 2.25 - 3.00 mmol/l ni tashkil qilsa, jadal tuxum tugʻish jarayonida esa 4.25- 5.00 dan 6.25-10 mmol/l miqdorda boʻladi. Bizning tadqiqotimiz natijasida tovuqlar organizmining ozuqasiga fosfat kislotaning kalsiyli tuzlari va D3 vitamini qoʻshib berilganda kalsiyning mikdori oshib borish tendensiyasiga ega ekanligi aniqlandi. (jadval 3.1. rasm3.1).


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling