Adabiyotlar sharhi
Download 0.96 Mb.
|
dilshod ergashev yangi12345 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovuqlar ratsionini D3 vitamin va fosfat kislotaning kalsiyli tuzlari bilan boyitishning fiziologik koʻrsatkichlarga taʼsiri.
- Tovuqlar ratsionini D3 vitamin va fosfat kislotaning kalsiyli tuzlari bilan boyitishning biokimyoviy koʻrsatkichlarga taʼsiri.
- Tovuqlar ratsionini D3 vitamin va fosfat kislotaning kalsiyli tuzlari bilan boyitishning tana massasi ko’rsatkichlariga ta’siri.
- Tovuqlar ratsionini D3 vitamin va fosfat kislotaning kalsiyli tuzlari bilan boyitishning olinadigan maxsulotlar sifatiga taʼsiri.
- Tovuqlar ratsionini D3 vitamin va fosfat kislotaning kalsiyli tuzlari bilan boyitishning olinadigan maxsulotlar miqdoriga taʼsiri.
- OLINGAN MA’LUMOTLAR BO’YICHA UMUMIY MULOHAZALAR
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. Kirish
Kirish. Parrandachilik chorvachilikning serdaromad, serpusht turdagi va tez yetiluvchan tarmogʻi hisoblanadi. U xalqimizga koʻplab sifatli parhez taomlar tayorlash uchun sifatli tuxum va parranda goʻshti yetkazib berishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa tovuq, oʻrdak, gʻoz va kurkachilik bilan shugʻullanuvchi tarmoqlari qishloq xoʻjalig parrandachilikning asosiy va yetuk tarmogʻi hisoblanadi. Ulardan qisqa muddat ichida koʻp miqdorda mazali goʻsht va tuxum olinadi. Parrandachilik juda tez yetiladigan, tez koʻpayadigan va semirish uchun kam ozuqa sarflanadigan chorvachilik tarmogʻi hisoblanadi. Parranda goʻshti tez hazm boʻlish xususiyatiga koʻra barcha turdagi chorva mollari goʻshtidan ustun turadi. Tarkibida xar xil kimyoviy elementlarga boy, jumladan 2 oylik joʻjani goʻshtida 20%ga yaqin oqsil 10-12% yogʻ boʻladi. Tuxum tarkibida 13%oqsil, 11%lipid, 1%mineral moddalar va vitaminlar mavjud. Toʻyimliligi jihatidan 10 dona tuxum kaloriyasi 0,8 kg mol goʻshti kaloriyasiga teng keladi. Tuxum tarkibining 85% ga yaqin qismi suv boʻlib qolganini oqsil va vitaminlar fermentlardan tashkil topgan. Tuxum sarigʻi tarkibida 52% suv 32% yogʻ 16% ga yaqin oqsildan iborat. Parrandalarning birinchi tuxum qilgan kunigacha boʻlgan vaqtda fiziologik yetiluvchanlik deb ataladi. Bizlar bilamizki tuxum yoʻnalishidagi tovuqlar mavsumlarning oʻzgarishi bilan tuxumiga qoʻyishi ham oʻzgarib turadi. Buning sabablaridan biri oziqa tarkibidagi vitaminlarningbir biriga nisbatan o’zaro mutanosib holda muvozalatmaganliga bog’likligi hisoblanadi. Malumki kuz oylari kelavergandan soʻng kun uzunligi kamaya boradi, qish fasliga kelib esa yaqqol seziladi, oqibat natijada tuxum soni ham kamayadi. Bahorda esa, bu ko’rsatgich jadallashadi. Qish vaqtida olingan tuxumlar soni kamayadi, bu payitda ratsionni vitaminlar, ayniqsa D3 vitamini bilan muvozanatlash lozim bo’ladi. Shunday qilib, muayyan mavzu tovuqlarning odatdagi ratsioniga ushbu preparatni kiritilishini, ularning fiziologik holati va mahsuldorligiga ta’sirini o’rganish bugungi kunning echilishi kerak bo’lgan muammolaridan biri hisoblanadi. Chunki, hozirgi kunda chiqindilarsiz texnologiyalarga asoslangan tarzda qishloq xo’jalik hayvonlari uchun omixta-yem qo’shimchalari yaratish va ularga zaruriy biopreparatlarni qo’shib berish ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. Ilmiy manbalarga asoslangan holda aytish mumkunki, ratsionga vitaminlar bilan birgalikda kalsiyning fosfat tuzlarini qo’shib berishning parrandalar organizmidagi fiziologik- biokimyoviy jarayonlar va mahsuldorlik ko’rsatkichlariga ijobiiy ta’sir ko’rsatadi. Ca elementining ahamiyati tuxum poʻchogʻini qalinligi bilan cheklanib qolmay koʻp biokimyoviy fiziologik jarayonlarda asosiy oʻrini egallaydi. Kalsiyning organizm tomonidan oʻzgarishini taʼminlaydigan koʻp omillar mavjud ular orasida vitamin D3 va fosfor mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Tuxum yoʻnalishidagi tovuqlar uchun kalsiyning asosiy ahamiyati jihatidan biri ularning tuxum bilan birga chiqib ketishi hisoblanadi. Xattoki, tuxum tugʻish jarayoni unchalik katta boʻlmagan (200 dona) yiliga bolganda ham, tuxum bilan birgalikda organizmni 400-420 g kalsiy tark etadi. Bu miqdor organizmda uchraydigan umumiy kalsiy mikdoridan 20 marotaba koʻp. Jadal tuxum tugʻish jarayonida tovuq oʻzi bilan kirgan kalsiyning 60-70% ni oʻzlashtiradi. Tuxum yoʻnalishidagi tovuq tinch holatda boʻlganda qon zardobida 2.25 - 3.00 mmol/l bo’lsa, jadal tuxum tugʻish jarayonida esa, 4.25- 5.00 dan 6.25-10 mmol/l miqdorda boʻladi. Bizning tadqiqotimiz natijasida tovuqlar organizmining ozuqasiga kalsiy va vitamin D3 qoʻshib berilganda kalsiyning mikdoriy oshib borish tendensiyasiga ega ekanligi aniqlandi. Tuxum yoʻnalishidagi tovuqlar uchun ularning organizmni Ca bilan taʼminlanishi muhim ahamiyatga ega. Kalsiyning asosiy qismi suyak skeletida boʻladi. U qon oqimi boʻylab serkulatsiyalangan Ca+2 ionlarining asosiy qismi hisoblanadi. Kalsiy ionining qondagi miqdorining yarimi albuminlar tarkibida bo’ladi. Suyak tarkibida kalsiy trifosfat va kalsiy korbanat va biroz kam miqdorda kalsiy xlorid bilan birikkan boʻlib, u qon zardobi tarkibida kalsiy ionlangan (60%) holda va u oqsillar bilan birikish qobilyatiga ega bo’ladi. Uning yanada kamroq miqdori esa, eritrotsitlar tarkibida oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. Kalsiy elementi qatori tuxum yoʻnalishidagi tovuqlar uchun fosforning ahamiyati ham muhim hisoblanadi. Bu elementlarning funksiyasi suyak toʻqimasini oʻsishi va mustahkamligini taʼminlashi bilangina emas balki barcha hujayralarning mebranalarini shakillanishi, ularning oʻtqazuvchanligini boshqarish uchun zarur boʻlgan fosfalipidlar tarkibida kirishi hisoblanadi. Bundan tashqari fosfor yogʻlar, oqsillar va karbon suvlarning almashinishida ishtirok etadi. U kalsiyning oʻzlashtirishida va tuxum sarigʻini shakllanishi uchun ham ishtirok etadi. Oraganizmning fosforning 85% i suyaklar tarkibida anorganik kalsiy va magniy tuzlari sifatida kiradi. Qon zardobida anorganik fosfor fosfatlar holida uchraydi. Maʼlumki kalsiyning fosforli tuzlarining organizmda yigʻilishi vitamin D3 ning mavjudligi bilan bogʻliq. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling