Adabiyotlar sharhi


Download 0.96 Mb.
bet2/22
Sana20.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1630760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
dilshod ergashev yangi12345 (2)

Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy Vitaminologiya fanining yutuqlariga asoslangan holda tuxumdor tovuqlarning oziqasini mumkin qadar arzonlashtirish, ularning fiziologik holatini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish masalasi kun tartibiga qo’yilgan muammolar jumlasiga kiradi.
Ishning maqsadi tovuqlarning an’anaviy oziqalari tarkibiga vitamin D3 ni har xil miqdorlarda kiritish yo’li bilan ularning fiziologik holati va ulardan olinadigan mahsulotlarning sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarini optimallashtirish masalalarini o’rganish, olingan natijalarni muhokamasi asosida tegishli hulosalarga kelish va shu asosda tovuqchilik uchun tegishli tavsiyalar berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari tuxumdor tovuqlarning an’anaviy ratsioniga har xil miqdorlarda vitamin D3, kaltsiy uch fosfat va kaltsiy gidrofosfatni kiritish asosida eng optimal variantni tanlashga erishish. Shu nuqtai nazardan tovuqlarning fiziologik holati, ularning o’sishi, rivojlanishi, ulardan olinadigan tuxum mahsulotining sifat va miqdoriy ko’rsatkichlariga ta’sirini o’rganish vazifasi qo’yilgan. Bu vazifalar jumlasiga quiydalilar kiradi:
-tovuqlarning ratsioniga D3 vitamini bilan boyitganda ularning qonini morfologik va biokimyoviy ko’rsatkichlarini o’zgarishini aniqlash;
- tovuqlar ratsioniga har xil miqdorlardagi vitamin D3 bilan kalsiy monafosfat va kalsiy uch fosfat tuzlarining ta’sirini aniqlash;
-har xil varianlarda tovuqlarning tirik massasini o’zgarish ko’rsatkichlarini o’rganish;
- tovuqlar ratsioniga qo’shiladigan vitamin D3 va kalsiy monafosfat va kalsiy uch fosfat tuzlarining optimal miqdorini aniqlash.
Tadqiqot obyekti. Laman sendi tovuq zotiga mansub boʻlgan tuxum yoʻnalishidagi tovuqlar tanlab olindi. Buning uchun Laman sendi tovuqlarning endi tuxumga kira boshlagan oʻrtacha 100-120 kunlik lari olindi. Ishning eksperimental qismi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti vivariyga (biofiziologik va biokimyoviy ilmiy tadqiqot) laboratoriyasi bazasida va unda mavjud boʻlgan asbob uskunalar, jihozlar va reaktivlardan foydalangan xolda amalga oshirildi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling