Adabiyotlar sharhi
Vitaminlarning tasniflanishi va nomlanishi
Download 0.96 Mb.
|
dilshod ergashev yangi12345 (2)
1.2. Vitaminlarning tasniflanishi va nomlanishi.
Vitamin tavsifiga ega bo’lgan barcha faol moddalarni ikki guruhga: vitaminlar va vitaminsimon moddalarga ajratish mumkin. Vitaminlarning o’zi esa, erish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, yog‘da eruvchi va suvda eruvchi xillarga ajratiladi. Yog’da eruvchi vitaminlar (A, D, E, K) suvda eruvchi vitaminlarga (B1, B2, B3, B6, B8, B12, B15, C, PP,) Vitaminlarning nomlanishi an’anaviy yo’l bilan dastlab qabul qilingan lotin alifbosi harflari (A, D, E, K, B1, B2, B3, B6, B8, B12, B15, C, PP, va x.k.z vitaminlari) orqali, shuningdek ajratib olingan manbalari, kimyoviy tuzilishiga oid jihatlari (retinol, retinal, retinonkislota, kalsiferol, tokoferol, naftoxinon, tiamin, riboflavin, pirodoksin, piridoksal, piridoksamin, piridoksal fosfat, nikotin kislota, niatsin, fol kislota, pantoten kislota, askorbin kislota, bioflavinoid, xolin, lipoy kislota, pangam kislota, orot kislota, inozit, linol kislota, linolein kislota, araxidon kislota, karnitin),bajaradigan funksiyalari (antikseroftalmik vitamin, antiraxitik vitamin, antigemorragik vitamin, tokoferol, antisteril vitamin, antinevretik vitamin, o’sish vitamini, antidermatik vitamin, antianemik vitamin, antipellagrik vitamin, antiseberiy vitamin, biotin va boshqalarni inobatga olingan tavsifda kelib chiqqan trivial nomlar asosida nomlanadi. Shu bilan birgalikda vitaminlarni so’ngi paytda shakllanib kelayotgan ilmiy asosda hamma uchun umumiy sanalgan nomlash ilmiy adabiyotda o’z o’rnini olmoqda. Vitaminlarni bu xilda nomlaganda yuqorida keltirilgan nomlardan ham foydalangan xolda umumiy tarzda quyidagicha nomlanadi: retinol, degidroretinol, ergokalsiferol, xolekalsiferol, α-, β- va γ-tokoferollar, filloxinon, farnoxinon, vikasol, askorbin kislota, bioflavinoid, tiamin, lipoy kislota, nikotinamid, riboflavin, piridoksin, pantoten kislota, folkislota, siankobalamin, p-aminobenzoy kislota, biotin, mezoninozit, xolin-xlorid, orot kislota, pangam kislota, S-metil metionin sulfonil kislota.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling