Adabiyotshunoslik –adabiyot haqidagi fan. Badiiy adabiyot san’at turi sifatida. Adabiyotshunoslik maktablari
Download 0.52 Mb.
|
mavzu-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning asosiy maqsadi
- Adabiyotshunoslik
Adabiyotshunoslik –adabiyot haqidagi fan. Badiiy adabiyot san’at turi sifatida. Adabiyotshunoslik maktablari. O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti: I.Pardayeva Reja:
“Adabiyotshunoslik” fani adabiyot nazariyasi, jahon adabiyoti, o‘zbek adabiyoti tarixi, adabiy jarayon kabi fanlar bilan bevosita aloqador bo‘lib, ularni o‘zlashtirish uchun nazariy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Mazkur fan badiiy asarni nafaqat o‘qish, balki uqish sirlaridan voqif qiladi. Fanning asosiy maqsadi - adabiyotshunoslikning ilmiy-nazariy xususiyatlari va eng muhim qirralari bilan tanishtirish, badiiy ijodni, ijod psixologiyasini tushunishga o‘rgatish, badiiy asarni tahlil va talqin qila olish malakasini shakllantirishdan iborat. Adabiyot so‘zi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’noda umuman chop etilgan kitoblarni, tor ma’noda esa badiiy adabiyotni anglatadi. Adabiyotning estetik ahamiyati - go‘zallik qonunlari asosida borliqni o‘zlashtirishidir. Badiiy adabiyot adabiyotshunoslikning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini o‘rganadi. Badiiy adabiyotning og‘zaki va yozma shakllari mavjud. Adabiyotshunoslik – “filologiya”(gr.philo – sevaman va logos - so‘z), ya’ni “so‘zshunoslik” fanining katta bir sohasidir. Uning ikkinchi sohasi – tilshunoslik yoki lingvistika (lat. Lingma - til)dir. Ikkalasi ham o‘ziga xos tarzda so‘zshunoslikning tabiatini o‘rganadi. Adabiyotshunoslik – jahon adabiyoti durdonalarini o‘rganish asosida badiiy adabiyotning qonun-qoidalari, siru asrorlarini kashf etish bilan shug‘ullansa, Tilshunoslik – tilning grammatik qurilishi (morfologik va sintaksis)ni, ya’ni so‘z shakllarini, ularning hosil bo‘lish yo‘llarini, so‘zlarning morfema sostavini, so‘z turkumlarini; so‘zlarining birikish yo‘llarini, gapning tuzilishi va tiplarini, gap bo‘laklarini o‘rganadi. Birgina jumla bilan aytsak, adabiyotshunoslik - so‘zning san’atini, tilshunoslik – so‘zning mag‘zini chaqadi. Til va uning qonuniyatlari adabiyotning tug‘ilishi va rivoji uchun qanchalik xizmat qilsa, adabiyotning poetik tili – tilning rivoji va qonuniyatlari mohiyatini ochish uchun shunchalik asos beradi. “Adabiyot” so‘zi uch xil ma’noda qo‘llaniladi: Bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, filosofik va boshqa asarlari majmui: o‘zbek adabiyoti, antik adabiyot. Muayyan bir fan yoki sohaga, masalaga oid kitoblar: siyosiy adabiyot, adabiyotshunoslikka oid kitoblar, terrorizmga qarshi kurashga bag‘ishlangan asarlar. San’atning so‘z, til vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu sohada yaratilgan asarlar majmui: she’r, proza, drama. Ko‘rinadiki, “Adabiyot” atamasi keng ma’noda qo‘llanilganda yozilgan barcha asarlarni qamraydi va tor (professional, maxsus) ma’noda ishlatilganda faqatgina badiiy asar (romanlar, g‘azallar, dostonlar, balladalar, komediyalar kabi)larni ko‘zda tutadi. “Adabiyotshunoslik” atamasi “Adabiyot” so‘ziga fors – tojikcha “shinohtan” (“bilish”, “tayin etish”) fe’lining va o‘zbekcha “lik” affiksining qo‘shiluvidan yasalgan. “Shinohtan” singormonizmga uchrab, “shunos” shakliga kelib qolgan va u o‘zbek tilida “biluvchi”, “o‘rganuvchi” ma’nolarida ishlatiladi. Adabiyotshunoslikning ob’ekti, ya’ni predmeti tarixiy-ijtimoiy sharoit va ijodiy muhit bilan aloqada olingan adabiy asarlar va ularni yaratish jarayonidir. U tarixiy-adabiy jarayonni chuqur o‘rganish asosida, so‘z san’atining qonuniyatlarini ochadi. Hamma yozuvchi san’atkorlarning faoliyati va ular yaratgan poetik asarlarining badiiyligini tahlil etadi. adabiyot nazariyasi adabiy tanqid adabiyot tarixi Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari. Hozirgi zamon adabiyotshunoslik fani uchta asosiy tarkibiy qismdan, uchta asosiy sohadan tashkil topadi: O`zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixi sohasining dastlabki kurtaklari sifatida tazkiralarni ko`rsatish mumkin. Shuningdek, qator tarixiy asarlarda ayrim adabiy faktlar, muayyan ijodkor hayoti va faoliyatiga doir ma`lumotlar ham qayd etilganligi tayin. Biroq o`zbek adabiyotini tarixiy aspektda ko`lamli o`rganish, demakki, o`zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixining mustaqil tarmoq sifatida shakllanishi va rivoji XX asrga to`g`ri keladi. O`zbek adabiyot tarixchiligining shakllanishida A.Fitrat, A.Sa`diy, V.Zohidov, V.Abdullayev, H.Sulaymonov, g`.Karimov, N.Mallayev, A.Qayumov, A.Xayitmetov, A.Abdug`afurov singari olimlarning ulkan xizmatlarini alohida qayd etmoq lozim. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling