Adabiyotshunoslik maktablari
Download 23.14 Kb.
|
ADABIYOTSHUNOSLIK MAKTABLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotshunoslik maktablari faoliyati, ularning namoyandalari.
ADABIYOTSHUNOSLIK MAKTABLARI REJA: 1. Adabiyotshunoslik maktablari faoliyati, ularning namoyandalari. 2. Adabiyotshunoslik fanining tarixiy taraqqiyoti. 3. Klassitsizm, romantizm, realizm metodlarining xususiyatlari. 4. Sharq adabiyotshunosligida uslub masalasi. Adabiyotshunoslik maktablari faoliyati, ularning namoyandalari. Adabiyot va san’atning biror taraqqiyot bosqichida badiiy ijodga xos bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan bir qancha barqaror xususiyatlarning asosiy vosita va prinsiplari bo’ladi. Chunonchi, biz bir yozuvchiga mansub bilgan bir necha asarni o’rganib, ularni bir-biriga taqqoslab ko’rsak, ulgari surilgan g’oyalar va turmush voqyealari talqinida, xarakter va hodisalar tasvirida, yozuvchi nutqi va bayon etish vositasida o’xshashlik borligini ko’ramiz. Bu o’xshashlik yozuvchi uslubining, ya’ni uning ijodiga xos g’oyaviy-badiiy xususiyatlar (g’oyaviy pozitsiya, xarakter va syujetlar, o’ziga xos til) ning asosini tashkil etadi. Yozuvchining uslubi esa uning individualligi, iste’dodi, turmush tajribasi, dunyoqarashi, nutqining o’ziga xosligi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Ammo uslub tushunchasi asardagi takrorlanishning barcha tomonlarini qamrab olmaydi. Chunki yozuvchilar ijodida umumiy takrorlanish ham mavjuddir. Turli tarixiy davr va turli mamlakat yozuvchilari ijodini o’zaro yaqinlashtiruvchi badiiy xususiyatning o’xshashligi badiiy metod yordamida aniqlanadi. Badiiy metod ijodkorning voqyelikka munosabati, o’zi tanlagan hayotiy voqyelikni aks ettiruvchi badiiy vositalarni qo’llashdagi asosiy ijodiy prinsiplari (masalan, romantizm, realizm kabi) dan iboratdir. Demak, badiiy metod borliq hodisalarini tanlash, umumlashtirish va basholash prinsipidir. Ma’lumki, hayot muntazam ravishda o’zgarib, yangilanib turadi. Bu esa san’atdan ham o’z’xarakterini o’zgartirib borishni, obyektiv hayotni konkret obrazlarda aks ettirishni talab etadi. Bu estetik talabdir, ya’ni mavjud tarixiy sharoitda estetik normalar asosida turmushni aks ettirish demakdir. Hayotni qayta tiklash turmushning eski shakllari o’rniga yuzaga kelgan yangiliklarni aks ettirgandagina to’g’ri, haqqoniy bo’ladi. Realizm va romantizm tushunchalarida hayotni obrazli aks ettirishning ana shu xususiyati mujassamlashgan. Badiiy metodda subyektivlik bilan birga, obyektivlik xususiyati ham bor. San’atkorni o’rab olgan kishilar tipi, ular o’rtasidagi ijtimoiy konfliktlar, o’zaro munosabatlaridagi so’zlashuv formalari–bularning hammasi yozuvchiga emas, balki davrga bog’liq bo’lgan hodisalardir. Yozuvchi hayotiy faktlar, hodisalardan muhimlarini tanlab oladi, ularni g’oyaviy tomondan yoritadi. Lekin shunga qaramay, uning ijodi asosan u yashayotgan davrdagi hayotiy jarayon bilan bog’liq bo’ladi. Adabiy metod san’atda bir guruh yozuvchilarning ijodiy prinsipi bilan tarixiy asos birligida, davrdagi asosiy masalalarni talqin etishda, ya’ni ideal, qahramon, hayotiy jarayon masalalarini hal etishda yuzaga keladi. Shu ma’noda metod tushunchasi adabiy yunalish, adabiy maktab tushunchasi bilan birlashadi. Chunki adabiy yunalish ma’lum tarixiy davrda o’z ideologiyasi va tajribasi bilan bir-biriga yaqin turgan bir talay yozuvchilar ijodidagi g’oyaviy-badiiy xususiyatlar - tema, g’oya, badiiy tasvir prinsiplari kabilar birligidan iboratdir. Adabiy yunalishning muhim belgilaridan biri har bir yunalishning o’ziga xos g’oyaviy-estetik prinsiplari programma tusiga kirganligidadir. Programma tusiga kirgan g’oyaviy-estetik prinsip har bir adabiy yunalish vakili ijodida amalga oshirilishi shart. Shu ma’noda adabiy yunalishda yozuvchilarning o’zaro birligi o’z ifodasini topadi. Busiz adabiy yunalish yuzaga kelmaydi. Adabiy yunalish u yoki bu milliy adabiyotda ma’lum bir davrda yuzaga kelib, ma’lum bir davrda yo’qoluvchi tarixiy hodisa sanaladi. Biror asarning tarixiy jihatdan avtor dunyoqarashi, turmush tajribasi, u yashagan davrdagi tarixiy muhit sinfiy kurashlar bilan bevosita bog’liq bo’lishi shu tarixiy hodisa bilan izohlanadi. Ijtimoiy mavqyei, dunyoqarashi, ijtimoiy kurashdagi ishtiroki jihatidan bir-biriga yaqin bo’lgan yozuvchilar ichki birlik va tarixiy sharoitga ko’ra adabiy maktab sifatida adabiy yo’nalishni yuzaga keltiradilar. Bu tushunchalarning barchasi - asarlar, yozuvchi uslubi, adabiy oqim-tarixiy sharoitga bog’liqdir. Turmushni obrazli aks ettirishda ikki asosiy xususiyat, birinchidan, individuallashtirish, borliqni insoniy munosabatlar bilan bog’lagan holda qayta ishlab chiqish va umumlashtirish, ikkinchidan, turmushni ma’lum ijtimoiy ideallar asosida estetik anglash o’z ifodasini topadi. Turmushni estetik anglash borliqni qayta yaratish, ijtimoiy ideallarga zid bo’lgan hodisalarga qarshi kurashish, borliqni badiiy fantaziya asosida tasavvur etish, fantaziyaning ideallarga mos bo’lishi uchun kurashishdan iboratdir. Qayta ishlash bilan qaytadan tuzish o’rtasidagi birlik borliqni obrazli aks ettirishning muhim belgisidir. Bu birlikning asosi san’atda aks ettirilgan real borliqdir. Har bir san’at asari borliqni aks ettirish qonunlarini real tarixiy sharoitda amalga oshirish demakdir. Yozuvchining individualligi dunyoqarashining kengligi va ko’p qirraligida, hayotda yuz berayotgan yangiliklarni tezlik bilan payqab olishi va yoritishida ko’rinadi. Ijodning yunalishini, hayotiy materiallarni tanlash va yoritish prinsipini esa u yashagan tarixiy davr, muhit belgilab beradi. Tarixiy jarayon badiiy metodlarning ichki aloqasini ham aniqlab beradi. Shu sababli borliqni aks ettirishda yozuvchining u yoki bu metodga murojaat etishini sof subyektiv hol deb aytib bo’lmaydi. Shunday qilib, adabiy yunalish biror tarixiy davrdagi ijodiy prinsiplardan iborat bo’lib, u real adabiyot taraqqiyoti jarayonida asosiy hayotiy (estetik ideal, ijobiy qahramon, hayotiy jarayon, shu jarayonni harakatga keltiruvchi kuch) masalalarning umumiy tasviri, talqini va bahosida namoyon bo’ladi. Shu bilan adabiy yunalish yozuvchining dunyoqarashi u yashagan tarixiy muhit bilan bilanadi, o’zaro aloqada bo’lgan adabiy oqimlar, guruhlar va maktablar doirasida o’z badiiy imkoniyatlariga keng yo’l ochadi. Lekin adabiy yunalsh adabiy oqimga nisbatan kengroq tushuncha bo’lib, u ma’lum bir tarixiy-adabiy muhitda umumadabiy doirada harakat qiladi. Adabiy oqim esa adabiy yo’nalishga nisbatan torroq tushuncha bo’lib, u biror umumadabiy doirada harakat qila olmaydi. Masalan, klassitsizm yo’nalishi XVII-XVII asrlar Umumevropa adabiyotida harakat qilgan bo’lsa, adabiy oqim bunday keng masshtabda harakat qila olmaydi. Shuningdek, ma’lum bir davr adabiyotida adabiy yo’nalish bitta bo’lib, u shu davr adabiy jarayonini ma’lum bir tomonga yo’naltirib yuboradi (masalan, romantizm yo’nalishi, realistik yo’nalish va sh.k.), ma’lum bir davr adabiyotida bir nechta adabiy oqim bo’lishi mumkin, lekin ular umumadabiy jarayonni biror tomonga yo’naltira olmaydi. (Masalan, naturalizm, sentimentalizm, akmeizm, futurizm va sh. k.) Download 23.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling