Adabiyotshunoslik nazariyasi


Download 209.88 Kb.
bet2/15
Sana17.02.2023
Hajmi209.88 Kb.
#1209092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
HAMIDZODA FARZONAI ABRATQUL

Kurs ishining maqsadi: Har bir lirik janr voqelikni, inson fikr va his-tuyg‘ularini o‘z badiiy ifoda usulari hamda xarakteriga mos tarzda tasvirlaydi. Lirik tur va uning janrlarini o‘quvchilarga tushuntirishda ta’limning samarali metodlarini qo‘llash bo‘yicha ma’lumot berish malaka ishining bosh maqsadidir.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • lirika haqida;

  • lirikaning kichik janrlari

  • g‘azal va qit’a munosabati

  • Qit’a va fard haqida umumiy ma’lumot berish.

Kurs ishining ob'ekti: Qit’a va fard mavzusiga oid ma'lumotlar va ularning amaldagi tahlili.
Kurs ishining predmeti: Qit’a va fard, ularga oid misollar va ularning mumtoz adabiyotda tutgan o’rni va ahamiyati.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikkita bob (3ta paragraf), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.




I BOB. QIT’A VA FARD HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1.Lirika haqida umumiy ma’lumot.Qit’a va fard haqida tushuncha
Lirika (yun., cholg‘u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo‘lib, o‘zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg‘u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya’ni, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yanayam aniqrog‘i, lirikada kechinmani tasvirlash uchun yetarli miqdordagi voqelik "parchalari", detallargina olinadi.
Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (ba’zan u lirik subyekt deb ham yuritiladi). Ko‘pincha lirik qahramon deganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Zero, shoir o‘zining kechinmalarini tasvirlashi ham, o‘zganing ruhiyatiga kirgan holda o‘sha "o‘zga shaxs" kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin bo‘ladi. Bu o‘rinda yana bir muhim masala shuki, she’rda xatto shoir o‘z kechinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real shoir orasiga tenglik alomati qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, birinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko‘ra va ikkinchidan, shoir o‘zganing holatiga qirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kechinmasini his qilishi ham mumkin. Masalan, Cho‘lponning "Men va boshqalar" she’ri garchi lirik "men" tilidan berilgan bo‘lsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki o‘zbek qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan farqli o‘laroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o‘quvchi tasavvurida tashqi ko‘rinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrog‘i, o‘quvchi o‘zini uning o‘rnida ko‘radi, uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, ko‘nglidan kechgan kechinmalarni o‘z ko‘nglida ham kechiradi. Masalan, tubandagi she’rni shu jihatdan ko‘zdan kechirishimiz mumkin:

Download 209.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling