Adabiyotshunoslik nazariyasi


Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham


Download 209.88 Kb.
bet14/15
Sana17.02.2023
Hajmi209.88 Kb.
#1209092
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
HAMIDZODA FARZONAI ABRATQUL

Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham
“Jahon ganjigʻa shoh erur ajdaho”
Ki, oʻtlar sochar qahri hangomida.
Aning komi birla tirilmak erur,
Maosh aylamak ajdaho komida.
Afsonalarga koʻra katta boylik va xazinalarni ajdaholar qoʻriqlar ekan. Xazina ilinjidagi odam, albatta, ajdahoga roʻpara keladi. Navoiy shu asosga tayanib, ajdahoni qahrga kirgan paytida ogʻzidan oʻt sochishini, yaʼni vahshatga aylanishini tasvirlaydi. Xulosa shuki, kimdakim ajdahoning yaqinida boʻlsa, uning tirikchiligi ajdaho sochgan oʻtlar, olovlar ichida yashashdan iborat boʻladi. Albatta, bu ramziy tasvirdir. Uning kaliti esa qitʼaga qoʻyilgan sarlavhada berilgan: “Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi (xavfi, vahimasi) ham”.
Navoiy sheʼri toʻqquz bayt-u, oʻn bir bayt, oʻn uch bayt
Ki, lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin.
Bukim, albatta, yetti baytdin oʻksuk emas, yaʼni
Tanazzul aylay olmas rutba ichra yetti gardundin.
Mazkur qitʼani shoirning faxriyalaridan biri deyish mumkin. Unda, birinchidan, shoirning barcha gʻazallariga ixcham baho berilgan. Haqiqatda ham, shoir devonlaridan oʻrin olgan gʻazallardagi baytlarning barchasi adib koʻrsatgan son bilan uygʻun keladi.
Shoir oʻz sheʼrlarini “durri maknun” deb baholaydi. Bu “yashirin dur”, “yaxshi saqlangan dur” demakdir.
Yozuv taxtasi ustida(gi qogʻozda) yurayotgan qalam shu yashirin sirlardan xabar beradi. Demak, shoirning koʻplab gʻazallari toʻqqiz, oʻn bir va oʻn uch baytdan iborat. Ammo ular yetti baytdan kam (“oʻksuk”) emas. Buni shoir boshqa bir hodisa bilan qiyoslaydi. Modomiki, osmon (gardun) yetti qavatdan iborat ekan, ularning har bir qavati uchun shoirning gʻazallari oʻsha martabaga mos va munosibdir. Zero, ularning hozirgacha ham butun insoniyatni maftun etib kelayotgani buning isbotidir.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, “Kishini mashg‘ul etgan, to‘lqinlatgan, shodlatgan, qayg‘uga solgan, zavqlantirgan, hayajonlantirgan nima bo‘lsa, qisqasi, subyektning ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo‘lsa, shularning barchasini lirika o‘zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi” (V.Belinskiy, 184-b). Demak, lirik asar shoirning sezgi mevasi, bir oniy ilhomining natijasi, bir zumda “pishib” yetilgan poetik fikr va tuyg‘usining ifodasidirki, ularning ko‘pi sarlavha (nom)siz bo‘ladi, birinchi misra yoki radif nomi bilan nomlanadi:
“Bu narsa - ta’riflash uchun mazmuni tutqich bermaydigan, muzika sezgisi kabi, lirik asarning xossasidir” (V.Belinskiy, 189-bet). “Uni na aytib berish va na izoh qilish mumkin; lekin uni shoir qalamidan qanday chiqqan bo‘lsa, xuddi shunday o‘qib berish bilan ikkinchi odamda ta’sir qoldirish mumkin; agarda uni so‘z bilan aytib berilsa yoki prozaga aylantirilsa, u qanotlari chiroyli rang-barang kapalak hozirgina ichidan uchib ketgan xunuk, o‘lik bir chag‘anoqqa aylanadi... bu narsa shuning uchun ham qiyinki, sof lirik asar go‘yo bir kartinaga o‘xshaydi, lekin unda muhim narsa kartinaning o‘zi emas, u bizda uyg‘otgan sezgidir” (V.Belinskiy, 141-142 betlar); bu sezgilarning turli-tumanligini o‘zida jamg‘argan va ularni voqye qiluvchi lirik tafakkurning janrlari ham xilma-xildir; R.Orzibekovning hisoblashicha, birgina mumtoz o‘zbek she’riyatida 30 ga yaqin lirik janr va shakllar (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari. SamDU nashri 1998, 10-bet)bor... Bular: Debocha, nazira, faxriya, marsiya, soqiynoma, qasida, ta’rix, bag‘ishlov, hasbi hol; madhiya, qo‘shiq, ashula, alla, lapar, yor-yor; mushoira, shiru-shakar, muvashshah, g‘azal, tuyuq, ruboiy, fard, masnaviy, mustazod, sonet, tarjeband, tarkiband; to‘rtlik, musallas, murabba, muxammas, musaddas, musabba, musamman, mutassa, muashshar va h.
Bularning hammasi ham o‘zining muayyan janriy xususiyatlariga ega; katta – kichikligidan qat’i nazar bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayotning barkamol va betimsol obrazini – san’atning buyuk asarlarini voqye qilgandirlar; ularning ba’zilarini o‘rganishning o‘ziyoq, mulohazalarimizni isbot etadi.

Download 209.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling