Adabiyotshunoslik nazariyasi


Download 23.4 Kb.
Sana01.07.2020
Hajmi23.4 Kb.
#122588
Bog'liq
GAPPAROVA UMIDA ABDUKARIMOVA ORALIQ NAZORAT


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI SIRTQI TA`LIM

1-BOSQICH 102-GURUH TALABASI

GAPPAROVA UMIDA ABDUKARIMOVANING

ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI” FANIDAN



ORALIQ NAZORAT

Adabiyot nazariyasi javoblar

  1. Adabiyot nazariyasi — so‘z san’atining mohiyati, ijtimoiy tabiati, taraq- qiyot qonunlarini, kishilik va tuzumlar rivojidagi o‘rni va ahamiyatini, o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi, badiiy asarlarning tahlil qilish me- zonlari va unga baho berish me’yorini belgilaydi. Eng asosiysi, badiiy mahoratning hamma qirralarini keng va chuqur o'rganadi va shu asosda umrboqiy mumtoz(klassik) asarlarning qalbini, uning qa’rida yotgan poe- tik nurni kashf qiladi. A.Fitratning «Adabiyot qoidalari»(1926), 0 ‘zFAning ikki tomlik «Adabiyot nazariyasi» akademnashri (1978-1979), l.Sultonning «Adabiyot nazariyasi»(1980), H.Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (2001) va sh.k. darslik, tadqiqot, qoMlanmalarning o‘ziyoq — adabiyot nazariyasi faniga qiziqishning kuchliligidan xabar beradi. Ayni paytda, ko'plab so‘z san’atkor (A.Navoiy, Z.Bobur, B.Mashrab, A.Qodiriy, H.Olimjon, Oybek, G‘.G‘ulom, P.Qodirov, A.Oripov, O'.Hoshimov, E.Vohidov kabi)larining ham adabiyot nazariyotchilari ekanligi — bu fanning ijodkorlar uchun ham zarur ekanligini va uni o‘zlashtirgan — badiiy ijod ustasi bo‘la olishini isbotlaydi. «Predmet tarixisiz predmetning nazariyasi bo'lishi mumkin emas; shu bilan birga predmet nazariyasisiz adabiyotning tarixi haqida hatto fikr bo'lishi ham mumkin emasligi» (N. G. Chemishevskiy) adabiyot tarixi fanining zarur- ligini ko'rsatadi. U so‘z san’atining vujudga kelishidan boshlab to bugun- gacha rivojlanish tarixini tadqiq etadi. Hayot va jamiyatlaming tarixiy taraq- qiyotida badiiy adabiyotning ahamiyatini, uning tamoyillarini, davrlar ada- biyotining o‘ziga xosliklarini, ular o'rtasidagi an’ana va yangilik (novatorlik)lami, ijodkorlaming hayoti va ijodiy faoliyatlarini, davrlashtirish prinsiplarini talqin qiladi.



  1. Bugunga qadar o‘zbek adabiyotini ikkita katta davrga bo‘lib o‘rganish rasm bo‘lgan. Birinchisi, eng qadimgi davrlardan boshlab XX asrgacha bo‘lgan adabiyot - mumtoz adabiyot tarixi deb yuritiladi. Bu haqda N.Mallayev («0 ‘zbek adabiyoti tarixi», 1-jild, 1962), V.Abdullayev («O'zbek adabiyoti tarixi», 2-jild, 1964), G ‘.Karimov («0‘zbek adabiyoti tarixi», 3-jild, 1966) darsliklar yaratishgan. Ikkinchisi, XX asr va XXI asr boshlari adabiyoti — hozirgi zamon adabiyoti tarixidir. Bu davr xaqida ocherklar, qoilanmalar ham yaratildi. I.Sulton, H.Yoqubov, S.M amajonov, M.Yunusov,O.Sharafiddinov, U.Normatov, S.Mirvaliyev, N.Shukurov, B.Qosimov, N.Karimov, S.Mirzayev kabi hozirgi zamon adabiyoti tadqiqotchilarining asarlarida XX asr adabiyoti muammolari jiddiy tahlil qilindi, yangi ilmiy- nazariy xulosalar chiqarildi.

A.Fitratning «Adabiyot qoidalari»(1926), 0 ‘zFAning ikki tomlik «Adabiyot nazariyasi» akademnashri (1978-1979), l.Sultonning «Adabiyot nazariyasi»(1980), H.Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (2001) va sh.k. darslik, tadqiqot, qoMlanmalarning o‘ziyoq — adabiyot nazariyasi faniga qiziqishning kuchliligidan xabar beradi. Ayni paytda, ko'plab so‘z san’atkor (A.Navoiy, Z.Bobur, B.Mashrab, A.Qodiriy, H.Olimjon, Oybek, G‘.G‘ulom, P.Qodirov, A.Oripov, O'.Hoshimov, E.Vohidov kabi)larining ham adabiyot nazariyotchilari ekanligi — bu fanning ijodkorlar uchun ham zarur ekanligini va uni o‘zlashtirgan — badiiy ijod ustasi bo‘la olishini isbotlaydi.

  1. Eramizdan oldingi IV asrda yashagan Aristotel (384—322) «Poetika» va «Ritorika» nomli asarlarida Gomer, Sofokl, Evripid, Aristofan kabi san’atkorlarning asarlarini tahlil etdi. Uning «Poetika» asari birinchi adabiyot nazariyasi kitobi sanaladi. Unda poeziya san’ati xususiyatlari-tasvirlash predmetining xilma-xilligi, aks ettirishning turli usullari, tragediya, komediya, dramaning mohiyati, ularning eposdan farqi, badiiy xarakter, til va fikr, turlar kabi nazariy muammolar izchil tekshiriladi. Ko'pgina masalalar haqqoniy tarzda tahlil qilinadi. Birgina isbotni ko'raylik, u yozadi: «Tarix- chi va shoir shu bilan tafovutlanadiki, ularning biri haqiqatan bo'lgan, ik- kinchisi esa bo‘lishi mumkin bo'lgan voqea haqida so‘zlaydi. Shuning uchun poeziya tarixga qaraganda falsafiyroq va jiddiyroqdir: poeziya ko'proq umumiy, tarix esa alohida voqealarni tasvirlaydi»1. Uning adabiyot haqida ishlab chiqilgan dastlabki qoidalari yetuk ta’limot sifatida XVIII asrning oxirigacha estetik tushunchalarga nazariy asos bo‘lib xizmat qildi.

4. Qadimgi Sharq mumtoz adabiyotshunosligida adabiy-tanqidiy fikrlar sinkretik tarzda (narsaning dastlabki, bir-biridan ajralmagan, qorishiq holati)da mavjud bo‘lgan. «Shu tufayli o'tmishda adabiy-tanqidiy qar- ashlar, she’r va shoirlik haqidagi mulohazalar tarixiy yodnomalarda, es- dalik tipidagi asarlarda, devonlarga yozilgan debochalarda, manoqib ho- latlarda, kichik lirik janrlardagi asarlarda, dostonlarning maxsus boblari- da, tazkiralarda, aruz, qofiya, badeye’ va sonoye’ga doir risolalarda, ba’zan esa umuman ilmi adab deb atalmish ilmlar turkumiga bag‘ishlangan kitob va lug‘atlarda bayon etilgan»1. Ularni quyidagicha shakllarga bo‘lish mumkin: 1. Adabiy-tanqidiy fikrlar, eng awalo, adabiy anjuman va yig‘ilishlarda, o‘zaro suhbatlarda og‘zaki shaklda, ko‘pincha fikr olushuvlar va munozaralar tarzida kechgan. Bu holatning tasviri tarixchi Xondamirning «Makorim ul- axloq» asarida ham akslangan: «Mavlono Lutfiy so‘z lutfida yagonai davron edi. Undan ilgari hech kim turkiy tilda she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan. Oliy hazrat yoshlari endigina to‘lib, yigitlik davri boshlangan paytda, bir kuni Lutfiy xizmatiga bordi. Lutfiy o‘z nozik fikrlaringizni natijalaridan yuzaga chiqqan bir g‘azalni o'qish bilan bizni bahramand qilsangiz, deb iltimos qildi. U1 hazrat bir g'azal o‘qidi. Uning matlai mana shu:

Orazin yopqach, ko'zimdin sochilur har lahza yosh,

Bo'ylakim, paydo bo'lur yulduz, nihon bo' lg' ach quyosh.

5.XX asrga kelib Sharqu G ‘arb adabiyotshunosligi birlashdi: ularning yutuqlari umumlashtirildi. Natijada, adabiyotshunoslikning biz yuqorida ta’kidlagan asosiy va qo‘shimcha sohalari alohida-alohida fan sifatida shakl- landi va rivojlandi. Birgina «Adabiyotshunoslikka kirish» fanini nazarda tutsak, bu fan qonuniyatlarini bevosita o‘rganuvchi ko‘pIab darslik va qo‘llanmalar yaratilganiga voqif bo‘lamiz. Bular: Abdurauf Fitratning «Adabiyot qoidalari» (1926), N.Shukurov, N.Hotamov, Sh.Xolmatov, I.Mahmudovlaming «Adabiyotshunoslikka kirish» (1979) darsligi, To‘xta Boboyevning «Adabiyotshunoslikka kirish» o‘quv-metodik qo‘llanmasi (1979), E.Xudoyberdiyevning madaniyat va san’at institutlari talabalari uchun «Adabiyotshunoslikka kirish» (1995) darsligi, Abdulla Ulug'ovning «Adabiyotshunoslikka kirish» (2000) o‘quv qoMlanmasi, Hotam Umurovning «Adabiyotshunoslikka kirish» das- turi, test va ko‘rgazmalilik» metodik qo‘llanmasi.

6. «obraz» atamasi faqatgina san’atda ishlatilmaydi. Jumladan, fal- safada hayotni inson ongidagi in’ikosini — obraz deb tushunish odat tusiga kirgan. «Fan — voqelik faktlaridan ularning mohiyatini, g‘oyasini ajratib oladi» ( V.G.Belinskiy), undagi obrazning maqsadi ana shu g‘oya (tushun- cha, muhokama, isbot, xulosa)ni ta’kidlash, ko‘rgazmali tarzda yetkazish- dir. Fandagi obraz voqea- hodisaning shunchaki tashqi ko‘rinishi emas, balki ana shu ko‘rinishlarning eng tipigi (o‘rnakli misolini, eng arzirli namunasi)ni ifodalashga xizmat qiladi, u korgazmali (illyustrativ) obrazdir. Albatta, uning mohiyatida tipiklik (umumlashtirish) xislati bo‘lsa-da, lekin voqelik faktlarini mubolag‘ali tarzda ko‘rsata olmaydi. Hayotda «obraz» atamasi yana boshqa bir ma’noda ishlatiladi, uni suratli (fotografik) obraz deb yuritish mumkin. U ham voqea-hodisani aks ettirishda eng xarakterli vaziyat va holatni tanlaydi. Lekin aniqlikka, aynanlikka bo‘ysunadi va uning asosiy maqsadi voqea-hodisaga xos boigan individuallikni ko‘rsatishdir. Uning asosida individuallashtirish (xususiylik) xislati yaqqol ko'zga tashlansa-da, u orqali suratkash o‘zining unga bo‘lgan hissiy muno- sabatlarini bera olmaydi. Shu sababdan ham ularning ta’sir doirasi tor bo‘ladi va barchaga zavq bera olmaydi, maftun etolmaydi. San’at va adabi.- yotdagi obraz ularga nisbatan adadsiz ta’sirchan bo‘ladi, chunki hayotiy voqea-hodisalar san’atkorning aql-tafakkuri, qalbi, ruhi, salohiyati bilan boyitiladi, ziynatlanadi, san’atkor «unga o‘z idealini singdiradi va shunga ko‘ra qayta yaratadi», «oqilona voqelikning bunyodkori» ( V. Belinskiy) bo‘ladi. Natijada bu obraz go‘zalligi va ta’sirchanligi bilan millionlar qal- bini zabt etadi. V.G.Belinskiy yozganidek, «bashar hayotining tepib turgan yuragi, uning qoni va joni, uning shu’lasi va quyoshi»ga aylanadi. Chunki obraz jonli harakati, jozibadorligi va yorqinligi bilan o‘zida voqea-hodisa- laming qonuniyatini asosli va chuqur mujassam etadi. Badiiy obraz xususiyatlarini o'rganishni atamaning mazmunidan bosh- lagan ma’qulroq. «Obraz» atamasi «raz» («chiziq») so‘zidan oiingan bo‘lib, «raz» so'zidan «razit» («chizmoq, yonmoq, o‘ymoq») va undan «obrazit» («chizib, o yib, yo'nib shakl yasamoq») so'zi yasalgan. «Obrazit»dan «obraz» («umuman oiingan tasvir») vujudga kelgan. «Aslida «obraz» slavyan tillariga xos so‘z bo‘lib, u voqea — hodisalarning xayolda namoyon bo‘ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar «obraz» deganda, awalo, odamzodni azob-uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan yuborilgan Iisus Xristos (Iso payg‘ambar)ning rassomlar, hay- kaltaroshlar tasvirlagan qiyofasini tushunishgan.

7. Adabiy tur va janrlar, uslub va tasviriy vositalarga ko‘ra obrazlar quy- idagicha boiadilar:


  1. Epik obrazlarda hayot voqea-hodisalari keng va atroflicha tasvirlanadi. Voqeabandlik, obyektiv tasvir ustunlik qiladi. Epik turlaming hamma janrlarida yaratilgan obrazlar — epiklik xislatlariga ega bo‘ladi. Mirzo Ulug'bek, Qalandar, Ali Qushchi («Ulug'bek xazinasi»), Alpomish, Barchin («Alpomish»), Qobil bobo («0‘g‘ri»), Sotiboldi («Bemor») kabilar shularjumlasidandir.

2. Lirik obrazda voqelik inson kechinmalari (tuyg‘ulari, hislari, o‘ylari) orqali ifodasini topadi. Lirik turning janrlari (she’r, g‘azal, qasida, ruboiy, qo‘shiq, ashula, yor-yor, alia va sh.k.)dagi lirik qahramon (oshiq, yor, raqib) obrazi tipik misoldir.

3. Dramatik obrazda voqelik harakat orqali sahnada mujassam bo‘ladi. Tragediya, komediya, drama, libretto, miniatyura kabi janrlarda yaratilgan obrazlar (Qo‘chqor, Alomat, Olimjon, Qumri, Sharofat, Saltanat, Suvon — «Temir xotin») — dramatik obrazlar deb yuritiladi.

4. Xayoliy-fantastik obrazlar - haddan tashqari bo'rttirilgan, ilohiy- lashtirilgan, mo‘jizaviy xarakterga ega bo‘lgan qiyofalardir. Xalq og‘zaki ijodi (doston, ertak) dagi uchar gilam, ur to‘qmoq, dev, ajina, jin obrazlari va fantastik janrdagi (Hojiakbar Islom Shayxning «Tutash olamlar» mistik- fantastik romanidagi) Nazira, Nargiza, Nafisa, G'avsul A’zam, hazrat Shay- xontohur, Iblis obrazlari — kishilaming tasawurlarini kengaytiradigan, ruhiyat dunyo sirlari bilan oshna etadigan timsollardir.

5. Afsonaviy obrazlarbutunlay xayolning mevasidir, ular bitmas- tuganmas qudratga, yuksak fazilatlarga, mo‘jizaga ega bo‘ladilar. Alpomish («Alpomish»), Go‘ro‘g‘li («Chambil qamali»), Avazxon («Malikai ayyor»), Ram («Ramayana»), Yudhishthir, Bhimsen, Aijun («Mahabharat») — ana shunday qahramonlardir.

6. Mifologik obrazlar — afsona asosidagi yaratilgan asotiriy qahramon- lar (Antey, Prometey, Qayumars, Jamshid kabilar)dir. Mifologiyaga ko‘ra, Gaya Martan (Kayumars) yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi odam bo‘lib, Ahura Mazda (Hurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho‘kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashad- diy dushmani bo‘lgan Axriman Kayumarsni o‘ldiradi. Kayumars jasadining ho‘kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o'simlik, sigir va ho‘kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo boMadi, odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi (Natan Mallayev. 0 ‘zbek adabiyoti tarixi, Т.: «O'qiluvchi», 1976, 45-bet).

7. Ma’joziy (simvolik) obrazlar — predmetlar, o‘simliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalami umumlashtirib ifodalash demakdir. Ma’joziy obrazlarda ifodalangan tasvirdan bevosita insonlarning munosabatini, ruhiy olamini anglaymiz

8. Kinoyaviy (allegorik) obrazlar — hayvonlar, hashoratlar — turli jonivor- lar insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. 0 ‘git va nasihatlar beriladi. «Zarbulmasal» (Gulxaniy)dagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, Bo'taloq kabilar allegorik obrazlarning yorqin misoli bo‘la oladi.

9. Satirik obrazlarda hayotdagi qusurlar ustidan zaharxanda kulgu, sarkazm masxaralash usuli yetakchilik qiladi. Qahramonlardagi tashqi jihatdan ko‘zg< ko'rinmaydigan, lekin ichki jihatdan bijg‘igan, yaramas, arzimas odatlai fosh etiladi. Kulgu qanchalik fosh etsa, uning mohiyati shunchalik ochilad — qusur va yaramasliklar o‘limga mahkum etiladi



10. Yumoristik obrazlarda hayotdagi ayrim nuqsonlar yengil, quvnoq kulgu ostiga olinadi va ularni tuzatishga chorlaydi. MulIado‘st («Maysara- ningishi», H.H.Niyoziy), Hamrobuvi, Xolnisa («Shohiso'zana», A.Qahhor), Toshbolta («Toshbolta oshiq», H.G'ulom) kabilar yumoristik obrazlarning jonli namunalaridir. Asqad Muxtoming «Afsona» she’ri (yuqorida keltirgan edik)ni qayta bir o'qisangiz, yumoristik obrazlarga xos yoqimli kulguni jonli shohidi bo‘lasiz.

8. Tema (gr. thema — asosiga qo‘yilgan narsa) yoki mavzu (arabcha, aynan tema ma’nosini beradi; biz ikkalasidan ham foydalanamiz) — ijodkor tomonidan tanlab oiingan va hayotning muayyan muammolarini umumiylash- tirgan voqealar tasviri, ana shu akslangan hayot (voqea) ko‘rinishlarining mag‘zini chaqish(fikriy tadqiqot va tahlil) va uni g‘oyaviy-emotsional tarzda baholashdir.

1. Adabiy mavzular. Insoniyatga xos bo‘lgan barcha fazilatu qusurlar(sevgi- muhabbat, mehr-oqibat, vafo-sadoqat, shodlik va quvonch, g‘am va qayg‘u qasos, rashk, o‘lim, saxiylik va baxillik, baxtu baxtiyorlik, matonat va shi- joat, mehrli tabassumu yolqin nigoh, ehtiros, sog‘inch, chanqoqlik v£ jo‘shqinlik va h.) adabiy mavzulardir. Shu sababdan Oskar Uayld «Dorior Greyning portreti»(«Jahon adabiyoti», 2000 y, yanvar)asarida topib aytadi «Fikr va so‘z san’atkor uchun san’at vositasidir. Illat va fazilat — uning ijod uchun materialdir». Bu xulosa hamma davr adabiyotlari uchun tegishlidir.

2. Tarixiy mavzular. Tarixdan, o'tmish (moziy)dan tasvir predmetigg material tanlash va shu asosda zamondoshlaming diqqatini qiziqtirgan eng zarur muammolarga javob izlash — bosh xususiyat kasb etadi. Jumladan «Navoiy» (Oybek), «Yulduzli tunlar. Bobur» (P.Qodirov), «Ulug‘bek xazina- si» (O.Yoqubov) — uzoq tariximizni yoritsa, « 0 ‘tkan kunlar» (A.Qodiriy). «Kecha va kunduz» (ChoUpon), «Qutlug* qon» (Oybek) — yaqin o‘tmishimizn: gavdalantiradi.

3. Zamonaviy mavzular. Bugungi zamondan, aniq bosqich — istiqlo davri kishilarining hayotini tasvirlash va shu orqali hayotdan dars berish - zamonaviy mavzularga xos bosh xususiyatdir. Bugun Istiqlol talabiga monanc komil kishilami — fikrlovchi, tadbirkor, el-yurt uchun kuyub, yonib yashovchi. adolat va haq uchun kurashuvchi qahramonlarni tasvirlash, ularning mu- rakkab obrazlarini yaratish — zamonaviy mavzularning kashfiyotlari bilar bog‘liq. Badiiy adabiyot — insonshunoslik ekan, demak, inson hayoti, uninj kechinmalari, ehtiroslari, munosabatlari — hamma faoliyati badiiy asarning «tepib turgan yuragi, uning qoni va jon i, uning shu’lasi v£ quyoshi»(V.G.Belinskiy)dir. «Butun olam, barcha ranglar, buyoqlar v£ ohanglar, tabiat va hayotning barcha shakllari poeziya (adabiyot — H.U.] hodisasi boMishi mumkin

9. parchadagi voqea(voqealar silsilasi va tafsilotlari)ni syujet (fr. sujet — predmet, tema) deb yuritish ijodiy jarayon- ning qonuniyatlaridan biridir. Demak, syujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to‘qnashuvlar, o‘sish-o‘zgarishlar...

www.ziyouz.com kutubxonasi



tushuniladi, chunki «Adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, ya’ni odam- larning o zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman kishilar ortasidagi munosabatlar — u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir» (M. Gorkiy). Badiiy asarda syujetning yaratilishini g‘oyaviy mazmun boshqaradi, g‘oyaviy mazmunning talabiga uyg‘un holda xarakterlar namoyon bo‘ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o‘z navbatida asar g‘oyasini badiiylashti- radi, uni tiriltiradi. Syujet obrazlarning o‘zaro aloqalari, ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi, umumlashtiradi, kashf etadi. Hayotiy ziddiyatlar asarga ifoda etilgan g‘oyalar, tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida ko‘chadi va u konflikt deb yuritiladi. Konflikt - syujetni harakatga soluvchi kuch. Uning ta’sirdorligini, qi- ziqarligini, ko‘lamini belgilovchi unsurdir. Uning turli xillari uchraydi: 1. Psixologik (ruhiy) konflikt qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushun- chalar (ojiz va kuchli jihatlar) kurashi.2. Ijtimoiy konflikt — asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o‘rtasidagi kurash. 3. Shaxsiy — intim konflikt — bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o‘rtasidagi kurash. Konfliktning ushbu uch xili hamma roman- larda ham uchraydi, lekin psixologik konflikt yetakchi bo‘lgan asarlar («Sarob» — A.Qahhor; «Ulugbek xazinasi» — O.Yoqubov) doimo adabiyotning sifat ko‘rsatkichi bo‘lib, yorqin iz qoldirganlar.

10. Syujetning uch xil tipi hamon amaliyotda qo'llaniladi, ularni yaratish, kashf etish imkoniyatlari cheksizdir. Faqatgina ularni tanlash — yozuvchining iqtidoriga, mahoratiga bog‘liq, yanada to‘g‘rirog‘i, yozuvchi ifoda qilmoqchi bo'lgan g‘oyaga, g‘oyaning sertarmoqligiga, chuqurligiga borib taqaladi. Badiiy (konsentrik tipdagi epik va dramatik) asarlarda voqealar silsilasi muayyan bosqichlar bilan o‘sib borishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularning har biri turli ilmiy tushunchalar bilan yuritiladi. 1. Prolog (gr. pro — old, awal; logos — so‘z) — muqaddima (arab. kirish, debocha, asarning dastlabki tushuntirish, boshlanish qismi ma’nolarini beradi)da yozuvchining niyati va maqsadi yoki tasvirlamoqchi bo‘lgan vo- qealarining qisqacha, siqiq tarzdagi izhori beriladi. Ba’zida asosiy voqeadan uzoq bo‘lgan, lekin keyinchalik shu voqeani oydinlashtiruvchi biron-bir ko‘rinish tasvirlanishi mumkin. 2. Ekspozitsiya (lot. yexpositio — tushuntirish) — dastlabki holatda asarda yuz beruvchi voqealaming o‘rni, joyi, asar qahramonlarining ha- rakatlariga turtki beruvchi dastlabki voqealar tasvirlanadi. 3. Tugun — badiiy asardagi harakatning boshlanishi, konfliktning «urug‘i». U ilk tarzda, «urug4» shaklida ko‘ringan qarama-qarshilikni kuchaytiradi. Konfliktning boshlanish jarayonidan xabar beradi. qtiradi. 4. Voqea rivoji. Tugundan boshlab to kulminatsion cho'qqigacha tasvirini topgan voqealar — voqea rivoji hisoblanadi. Voqea rivojida - obrazlarning o'zaro munosabatlari (kurashlari, simpatiya va antipatiyalari) keng va batafsil tasvirlanadi, xarakterlarning qirralari baralla ochiladi, asarda aks ettiriluvchi muammo o‘zligini bo‘yi-basti bilan yaqqol ko‘rsatadi. 5. Kulminatsiya (lat. sulmen — cho‘qqi) — syujet rivojining eng yuqori cho‘qqisi sanaladi. Bu «cho‘qqi»dan turib qarasak, asarda ishtirok etuvchi hamma obrazlarning qismati aniq ko‘rinadi: ular xarakteri to‘la-to‘kis ochiladi. 6. Yechimda asar syujetidagi voqea va qahramonlar taqdiri hal qilinadi.

Tugun yechiladi. Kurash xotima topadi. «Oqilona hayot» o‘zining adolatli hukmini chiqaradi. «0‘tkan kunlar»da Homid va uning hamtovoqlarining ayanchli o‘limi, Kumushning vafoti, Otabekning shahid bo‘lishi — yechim- ga dalolatdir. 7. Epilog (yunoncha. yepi — so‘ng, logos-co‘z) — xotima (ar. biror narsaning oxiri, so‘ngi, tugashi, tamom bo‘lishi) syujetning asosiy voqealari tarnom bo‘lsa-da, hamon taqdiri aniq boMmagan ba’zi qahramonlarning qismati xotima topadi.
Download 23.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling