Adabiyotshunoslik Terminlari Hosil Bo’lishining Linvistik Omillari
International Scientific Conference, December 18-19, 2021
Download 214.78 Kb. Pdf ko'rish
|
13221 1 43150549489AAE287053550A518AB09EA63E69D2
40
International Scientific Conference, December 18-19, 2021 4. Terminlar ilmiy uslubda keng qo'llaniladi, ya'ni ular ilmiylik uslubga xoslangan. Masalan, monolog-yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o'zgalar replikalari bilan bo'linmagan nutqi. 5. Terminlar iste'mol doirasi chegaralangan leksika sirasiga kiradi, chunki ular termin sifatida ma'lum sohadagina ishlatiladi. 6. Terminlar faqat nomlash vazifasini bajaradi. Ular emotsional-ekspressiv vazifada qo'llanish xususiyatiga ega emas. Ma’lumki, terminlar turli ilm-fan va tilning maxsus sohalarining yangi tushunchalarni kirib kelishiga bo’lgan ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Tildagi so’zlar, xususan, terminlar ham ikki xil yo’l bilan hosil qilinadi: tilning o’z ichki imkoniyatlari asosida va o’zga tillardan tayyor til birliklarini o’zlashtirish orqali. O’z navbatida ushbu ikki yo’l bir qancha usullarni o’zida jamlaydi. Ta’kidlash joizki, terminlar hosil bo’shida ta’sir etuvchi bir qancha faktorlar qatorida lingvistik va ekstralingvistik omillarning ham o’z ahamiyati bor. Rus olimi S.V. Grinev-Grinevich fikriga ko’ra atamalar termin-so’zlar (bir morfemali va ko’p morfemali) va termin- birikmalar (ikki va undan ortiq o’zakli leksemalarga) bo’linadi.[3] Ana shu tasnifdan kelib chiqib tadqiqot uchun tanlanlan M.H. Abramsning “ A Glossary of Literary Terms” lug’atidagi adabiyotshunoslik terminlari hosil bo’lishida ta’sir etuvchi lingvistik omillarni quyidagicha izohlash mumkin:terminlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft, so'z birikma tarzida bo'lishi mumkin: masalan, oddiy(tub) terminlar bir o’zakli so’zlarni o’z ichiga oladi, ularning asoslari o’zgarishsiz qoladi va so’zning asosiy ma’nosini saqlab qoladi. Biz tahlilga tortgan lug’atimizdagi sodda terminlar guruhiga quyidagi terminlarni kiritdik:the absurd, act, art,ballad, canon, carol, climax, codex, conceit, dactyl, dirge, drama, ego, emblem, envoior envoy, essay, fable, farce, figure, foil, foot, form, genre, ghazal or ghasel,gull, haiku, hero, hokku, hymn, iamb, icon, idyll or idyl, index, lai, lay, line, maxim, metaphor, meter, metre, mime,myth, novel, octave, ode, play, plot, prose, pun, rap, revue,rhyme, rhythm, satire, scan, scene, sign, simile, sonnet,stanza,story,tale, tenor, tone, trope,type, verse, verso, vice, voice, wit.[1] Sodda terminlar ko’pgina hollarda yasama va murakkab terminlarni yasashda xizmat qiladi. Bu esa o’z navbatida adabiyotshunoslik terminlari yasalish xususiyatiga ega qabilidagi lingvistik omilni ifodalab keladi. Yasama adabiyotshunoslik terminlarining asosini o’zak va yasovchi qo’shimchalar tashkil qiladi. Terminologiyani o’rganishning eng samarali usuli morfologik usul hisoblanadi. Yasama adabiyotshunoslik terminlarining kelib chiqish genezisini aniqlashdagi qiziqish avvalombor ularning affiksal tarkibini ko’rib chiqishdan iborat bo’lgan. Bunday terminlarning tub yoki o’zlashtirilganligi jihatidan ko’rib chiqadigan bo’lsak, ko’p hollarda ularning yunon, lotin, fransuz va boshqa tillardan o’zlashtirilganligining guvohi bo’lamiz. O’zlashtirilgan so’zlar bilan birga ularning affikslari ham ingliz tiliga kirib kelgan. Barcha o’zlashtirilgan affikslar ham ingliz tilida bir xil mavqega ega bo’lmagan bo’lsada, yetarli darajada produktiv affikslar qatoridan joy olgan.[5] Shuni ham ta’kidlash joizki, adabiyotshunoslik terminologiyasida xizmat qiluvchi affikslar tizimida ko’p bo’lmagan va so’z yasash produktivligi kam samarali tub affikslar ham uchraydi.Biz tadqiqot obyekti qilib belgilagan M.H. Abramsning “ A Glossary of Literary Terms ” lug’atidagi tub va o’zlashtirilgan, nisbatan samarali affikslardan bir nechtasini tahlil qilmoqchimiz: -logy: philology, phonology, semiology, trilogy, morphology, mythology, narratology -anti: antihero, antinovel, antimasque, antipathy, antistrophe, antithesis, antitype, antithetical -ism: Aestheticism, anachronism, aphorism, archaism, criticism, Dadaism, ecofeminism, essentialism, euphemism, humanism, pragmatism, solecism, surrealism -tion: alliteration, characterization, connotation, denotation, imagination, imitation, intonation, introspection, invention, invocation, personification, reflection[4] Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes http://www.conferenceseries.info Download 214.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling