Adabiyotshunoslik


Download 249.39 Kb.
bet10/13
Sana09.03.2023
Hajmi249.39 Kb.
#1255629
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
o\'g\'ilsaam

(Bobur)
Takrorning ham barcha ko‘rinishlari mazmunni kuchaytirish, fikrni ta’sirchan qilishga qaratilgan bodadi. Anafora, inversiya uning ana shunday ifoda usullaridir.
Inversiya lotincha “inversi”, “o‘rin almashtirish” degan ma’- noni bildiradi. Bunda gap bodaklari grammatika me’yorlari tartibidan farqliroq tarzda qodlanadi. Inversiya ta’kidlanmoqchi bodgan fikrga mantiqiy urg‘u berish, uni kuchaytirish, ta’sir- chanligini oshirish maqsadida qodlanadi.
Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh yer osti.
Lekin, do‘stlar, she’r ahli aro Jahongiri kam bo‘lar, rosti.
(Abdulla Oripov)
Grammatik me’yorga amal qibnadigan bodsa, bu misralar “Bu dunyo ko‘p jahongir ko‘rgan...” tarzida yozibshi kerak edi.
Antiteza ham fikr ta’sirchanbgini oshirish maqsadida qodlanadigan ifoda usullaridandir. U qarama-qarshi fikrlarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon ermish, Mening jonim olib, ag‘yorga oromijon ermish.
(Alisher Navoiy)
Menga nomehribon - о ‘zgalarga mehribon. Bu zid tushuncha- lardir.
Ritorik murojaat tantanavorlik, kodarinkilik yoki kesatish, kuchli g‘azab, nafratni ifodalash uchun qodlanadigan xitob shaklidagi ifoda usulidir.
Ritorik so‘roq esa fikrni so‘roq shaklida ifodalashdir. Biroq u odatdagi savol singari emas. Unga javob qaytarmaslik mumkin. Ritorik so‘roq his-hayajonni kuchaytirish uchun beriladi.
Vazn, qofiya, turoq singari unsurlarga ega she’riy nutqdan farq qiladigan nasriy asardagi nutq asar matniga turli tomondan
kirib keladigan, fed-atvori, maqsadi va intilishi har xil personaj- larning dialog, monologi, muallif tomonidan ularning ichki kechinmalari, harakat, holati bay on etilishi, makon vazamonning tasvirlanishi qo‘shilishidan paydo bodadi. Ana shunday turli ovozlar qo‘shilishi natijasida asar matni maydonida bahslar, keskin munozaralar, teran mushohadalar, turlicha talqinlar, muammoga har xil yondashuvlar, kutilmagan kinoya, kesatiqlar, odkir qochiriqlar yuzaga keladi. Oddiy xabar, ma’lumot, izohga ham birovning so‘zi suqilib kirsa, jumla, gapda boshqacha ruh, yangicha ma’no, ta’sirchan quwat hosil bodib, qalbda turli his-tuyg‘ular, kechinmalar uyg‘onadi. So‘z qalb hodisasiga aylanganida ko‘ngilda ayni xildagi holat kechadi.
Badiiy asar ta’sirchanligini ta’minlaydigan eng muhim omil- lardan yana biri badiiy psixologizmdir. Badiiy psixologizm barcha badiiy tasvir va ifoda vositalarining jumuljami sifatida namoyon bodib, u inson ichki dunyosini ochib ko‘rsatadi. Badiiy psixologizm adabiyotning insonshunoslik mohiyatini ifoda etadi. Badiiy psixologizm to‘g‘risida awal ko‘chirma olganimiz “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da shunday ma’lumot beriladi: “Badiiy psixologizm - badiiy asarda todaqonli inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan biri; personaj ruhiyatining ochib berilishi, xatti-harakatlari va gap-so‘zlarining psixologik jihatdan asoslanishi, shu maqsadlarga xizmat qiluvchi usul va vositalarning jami. Yozuvchi personaj ruhiyatini bevosita yoki bilvosita tasvirlab berishi mumkin. Personaj o‘y-kechinmalari, his-tuyg‘ularining “ichki monolog”, “ong oqimi” tarzida yoki muallif tilidan (o‘ziniki bodmagan muallif gapi) bayon qilinishi psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Asardagi personaj ruhiyatining uning xatti-harakatlari, gap-so‘zlari, yuz-ko‘z ifodalari (mimikasi), undagi fiziologik o‘zgarishlarni ko‘rsatish orqali ochib berilishi esa bilvosita psixologik tasvirdir. Ruhiy tasvirning bu ikki ko‘rinishi bir-birini toddiradi, shu bois ham muayyan personaj ruhiyatini tasvirlashdayozuvchi bularning ikkisidan ham o‘rni bilan foydalanadi. Shuningdek, personaj ruhiyatini ochishda yozuvchi tabiat tasviridan yoki boshqa biror narsa obrazidan foydalanishi mumkin bodadiki, bu ham bilvosita psixologizmning ko‘rinishidir. Masalan, “0‘tkan kunlar” romanida A.Qodiriy Kumushning turmushga berilish xabarini eshitgan Otabek ruhiyatini “Xo‘ja Ma’oz” qabristoni manzarasi orqali aks ettirsa, uning Kumush hijronidayashagan paytlardagi ruhiy holatini “Navo” kuyining sharhida umumlashtirib ifoda- laydi. Adabiy asarda xarakter ruhiyatini ochish, umuman, inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan yana biri personaj nutqidir. Zamonaviy nasrda dialog salmogdning ortishi barobarida personaj nutqining obraz yaratishdagi mav- qei ham kuchaydi. Personaj nutqini individuallashtirish orqali uning shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi ruhiyati haqida o‘quvchiga ko‘p narsalarni yetkazish mumkin. Dialoglarda personaj nutqi muallifning qisqa, lo‘nda sharhlari bilan ta’minlanadi. Personajning yuz-ko‘z ifodasi, mimikasi, undagi fiziologik o‘zgarishlar haqida ma’lumot beruvchi bu sharhlar juda katta ahamiyat kasb etadi. Ular o‘quvchiga personaj nutqini “eshitish”, xatti-harakatlarini “ko‘rib turish” va shu asosda uning ayni paytdagi ruhiyatini his qilish imko- nini yaratadi. Adabiyotshunoslikka oid manbalarda badiiy psi­xologizmning dinamik, tipologik va analitik prinsiplari farq- lab ko‘rsatiladi. Dinamik prinsipda personaj ruhiyati uning muayyan hayotiy situatsiyalarda o‘zini tutishi, xatti-harakatlari va gap-so‘zlari orqali ochiladi, mohiyatan bu dramatik asar personajlari ruhiyatini ochish usuliga o‘xshash, shu bois dina­mik prinsip ba’zan psixologik tahlilning dramaturgik usuli deb ham ta’riflanadi. Badiiy psixologizmning tipologik prinsipi personaj ruhiyatini u shakllangan va harakatlanayotgan muhit shart-sharoitlari bilan bogdagan, shulardan kelib chiqqan holda tasvirlashni nazarda tutadi. Analitik prinsip esa personaj dilidagi his-tuyg‘ular, ongidagi o‘y-fikrlarning ildizlari, tadrijini jarayon tarzida izchil va atroflicha tasvirlashni taqozo etadi. Bunda bir hisdan ikkinchi his, bir o‘ydan boshqa bir fikr о‘sib chiqadi, ular bir-birini toddiradi, sifat jihatidan o‘zgartiradi va hokazo. Bu esa personaj taqdiri, qarashlari va amallaridagi keskin burilishlarni tayyorlash va kodsatishga imkon beradiki, u ba’zan badiiy psixologizmning “qalb dialektikasi” shakli deb ham yuritiladi. Aytish kerakki, muayyan personaj ruhiyati tasvirida bu uchala prinsip ham qorishiq holda namoyon bodadi, ulardan biri yetakchilik qilgani holda, boshqalari uni toddirish, konkretlashtirishga xizmat qiladi”.
Badiiy asar tilida bu kabi tasviriy vositalar, ifoda shakllari ko‘p. Ularning barchasi mazmunning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Omonim, sinonim, antonim, ko‘chim, istiora, metonimiya, allegoriya, sinekdoxa, anafora, antiteza, inversiya kabilar badiiy asar matnida aralash holda, bir-biriga bogdiq tarzda yoki alohida-alohida shaklda namoyon bodadi. Ular mazmunni ta’sirchan qilishga, qahramonlar ruhiy olamini yorqin gavdalantirishgayordam beradi.

Download 249.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling