Adabiyotshunoslik
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)
Fanning vazifasi qiyosiy-tarixiy metod va uning asoschilari,
asosiy tushunchalari; makro va mikrokomparativistika; Sharq va G‘arb adabiy aloqalari, tarjima tanqidi, badiiy matn ning qi yosiy tahlili mezonlari kabilar haqida nazariy bilim berish va tadqiqotchilarda adabiy hodisalarni qiyoslash va chog‘ishtirish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. 1 Дюришин Д. Теория сравнительного изучения литературы. – М.: Прогресс, 1979. – С.69. O‘quv qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy kengashining 2019-yil 28-avgustdagi 1-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 4 5 Mazkur fanni o‘zlashtirish davomida talaba, magistr va tad- qiqotchilar: – qiyosiy tadqiq metodologiyasi va uning asosiy tushuncha larini izohlay olishi; – qiyosiy adabiyotshunoslikka oid asosiy adabiyotlarni va ular ning qisqacha mazmunini bilishi; – tarjima, tarjima turlari, tarjima tanqidi haqida umumiy tasavvurga, original va tarjimani qiyoslashga oid muayyan bi- limga ega bo‘lishi; – qiyoslash orqali adabiy hodisalarning umumiy va xos to monlarini aniqlash, poetika, adabiy aloqalar va adabiy ta’sir ma salalarini tahlil qilish bo‘yicha malakalarni egallashi lozim. Qiyosiy adabiyotshunoslik, badiiy asarlarni qiyosan o‘rganish metodologiyasi va tamoyillari bo‘yicha Yevropa, Rossiyada juda ko‘p darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Ular adabiy kom parativistikaning turli xil masalalariga bag‘ishlangan. Ammo o‘zbek adabiyotshunosligida bu borada hanuz darslik yaratilma gan. Shuningdek, qiyoslash metodining yaxlit nazariyasi, meto- dologiyasi va metodikasi ishlab chiqilmagan. Qiyoslash usulining tahlil, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolarga munosabati va o‘zaro aloqasi borasida muayyan to‘xtamga kelinmagan. Nimani, qachon, nima bilan, nima uchun qiyoslasa bo‘ladi, kabi savollarga o‘zbek adabiyotshunosligining zamonaviy nazariyasi bizga to‘liq va aniq javoblar bermagan. D.Bahronovaning ispan tilidagi, A.Qosimov, A.Hamroqulov, S.Xo‘jayevlar birgalikda tayyorlagan o‘zbek tilidagi o‘quv qo‘llan malarini bu boradagi dastlabki qadam sifatida baholash mumkin 1 . Mazkur qo‘llanmalarda sohaning taraqqiyot bosqichlari, asosiy adabiy aloqa turlari hamda qiyosiy tahlil masalalari yoritilgan. 1 Bakhronova D. Literatura comparada. – Tashkent: Turon, 2019; Qosimov A., Hamroqulov A., Xo‘jayev S. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2019. O‘zbekistonda har yili «Qiyosiy adabiyotshunoslik, cho- g‘ish tirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (10.00.06) ixtisos ligi bo‘yicha o‘nlab ilmiy tadqiqotlar qilinayotganiga qaramay, o‘quv-metodik manba yaratish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoq da. Natijada qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasini yaxshi o‘zlashtirmasdan turib, ilmiy ishlar yuzaga kelmoqda. Bu esa komparativistika yo‘nalishidagi tadqiqotlarning umumiy savi yasiga ta’sir qilmoqda. Aynan shu ehtiyoj tufayli mazkur o‘quv qo‘llanma yaratildi va asosiy e’tibor qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga qa ratildi. Bundan tashqari, qiyosiy adabiyotshunoslik mohiyatini yorqin misollarda ko‘rsatish maqsadida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ulardan ayrim namunalar ham berildi. Shuningdek, jahon adabiyotshunosligida tanilgan kom parativist olimlar va ular yaratgan ilmiy asarlar haqida ham qis qacha axborot berildi. Albatta, o‘z fikrlarimizni yoritishda bizdan oldin bu borada bildirilgan Yevropa, Rossiya, o‘zbek olimlarining nazariy qarash lariga tayandik. Ayniqsa, N.Konrad, M.Jirmunskiy, A.Dyurishin, I.Neupokoyeva, A.A.Kokorin kabi olimlarning fikr mulohazalari biz uchun metatekst vazifasini bajardi. Shuning uchun bizga qadar qiyosiy adabiyotshunoslik nazariyasi va metodologiya- sini shakllantirgan barcha olimlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling