Adabiyotshunoslikka oid nazariy asarlar


Download 0.81 Mb.
bet6/7
Sana22.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1041375
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Adabiyotshunoslikka oid nazariy asarlar1

Bizni ulamo va eshonlarimiz to‘n kiymakdan, avomlarimiz choyxonalarga chiqub choy ichmakdan va ziyolilarimiz esa Ovrupo kiyumliklaridan va qiymatlik papiro‘slaridan lazzat olurlarki, «adabiyot nima?» desang, javobida yuqorida aytilgancha «ya’ni, masalan»dan boshqa javoblari yo‘qdir. Mana shuning uchundirki, kundan-kunga ruhimiz tushub, keladirg‘on istiqbolimizga umidsiz qarab, boshqa millatlar kabi shod va umidli yashamaymiz va bizda shodlik va ruh bo‘lmagani uchun bir ishni qilamiz deb endi o‘ylaganimizda o‘y yo‘q — fikrlar chochilub, aqllarimiz parishon bo‘lub ketar.

  • Bizni ulamo va eshonlarimiz to‘n kiymakdan, avomlarimiz choyxonalarga chiqub choy ichmakdan va ziyolilarimiz esa Ovrupo kiyumliklaridan va qiymatlik papiro‘slaridan lazzat olurlarki, «adabiyot nima?» desang, javobida yuqorida aytilgancha «ya’ni, masalan»dan boshqa javoblari yo‘qdir. Mana shuning uchundirki, kundan-kunga ruhimiz tushub, keladirg‘on istiqbolimizga umidsiz qarab, boshqa millatlar kabi shod va umidli yashamaymiz va bizda shodlik va ruh bo‘lmagani uchun bir ishni qilamiz deb endi o‘ylaganimizda o‘y yo‘q — fikrlar chochilub, aqllarimiz parishon bo‘lub ketar.
  • Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan qaralgan, o‘chgan, yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg‘on, o‘tkur yurak kirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladirg‘on, chang va tuprog‘lar to‘lgan ko‘zlarimizni artub tozalaydirg‘on buloq suvi bo‘lg‘onlikdan bizga g‘oyat kerakdir.
  • Endi, ey, qardoshlar! Adabiyot o‘quylik. Adiblar yetishdirayluk, «adabiyot kechalari» yasayluk. Ruh, his,tuyg‘u, fikr, ong va o‘y olayluk, bilayluk. Agarda «bayoz» va bema’ni bir-ikki dona kitoblar ila qolsak, mahvu inqiroziy bo‘lurmiz. Yuragimiz kundan-kun toshdan ham qattig‘ bo‘lur. Yurakni eritayluk, ruh berayluk, inqiroz bo‘lmayluk. Menim bu ojizona fikrima qo‘shilaturg‘onlar bo‘lsa adabiyotning foydasi to‘g‘rusinda «Oina» va «Sado»larimizga tarixiy va adabiy maqola va she’rlar yozsunlar, kitoblar tartib bersunlar. Hozirda bizga birdan-bir lozim bo‘lg‘on narsa — adabiyot, adabiyot, adabiyot...

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling