Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari ikkiga bo`linadi


Download 40 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi40 Kb.
#155254
Bog'liq
Topshiriq 1


Adabiyot atamasi arabcha “adab” so`zining ko`plik shaklidir. U keng va tor ma`nolarda ishlatiladi. Keng ma`noda ishlatilganda kitoblar, risolalar, maqolalar, umuman, ko`pchilikning o`qishi uchun mo`ljallangan nashrlar tushuniladi. Bunday adabiyotlar turli sohalarga bo`linadi va turlicha nomlar bilan yuritiladi: “Qishloq xo`jaligi adabiyoti”, “Texnika adabiyoti”, “Meditsina adabiyoti”, “Badiiy adabiyot” singari. Adabiyot atamasi tor ma`noda qo`llanganda faqat badiiy adabiyotlar (romanlar, qissalar, hikoyalar, she`rlar, balladalar, dramalar, qasidalar) tushuniladi.

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari ikkiga bo`linadi:


  1. Adabiyotshunoslikning asosiy sohalari:

  1. Adabiyot nazariyasi – so`z san`atining mohiyati, sotsial tabiati, taraqqiyot qonuniyatlari, kishilik jamiyati rivojidagi o`rni va rolini, o`ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi.

  2. Adabiyot tarixi – so`z san`atining vujudga kelishi va rivojlanishini tadqiq etadi. Kishilik jamiyat rivojida badiiy adabiyotining roli va ahamiyatini belgilaydi. Adabiyot tarixi adabiyot nazariyasi qoidalariga suyanib ish ko`radi va, ayni chog`da, uni yangi ilmiy xulosalar bilan boyitadi.

  3. Adabiy tanqid – har bir davrning adabiy hodisalari, yozuvchilari ijodi haqida o`z vaqtida muhokama yurgizadi, ularni badiiy adabiyotning vazifalari va o`z zamonasining ijtimoiy talabalari nuqtai nazaridan tahlil etadi, baholaydi

  1. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari:

  1. Adabiyotshunoslikning istoriografiyasi – adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidning barcha davrlardagi tarixiy taraqqiyotiga oid materiallar majmui, ularning umumlashmasi. Istoriografiya adabiyotshunoslik fanlari erishgan yutuqlari umumlashtirish yo`li bilan uning taraqqiyotiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

  2. Matnshunoslik – tadqiq etish, sharhlash, ommabop yoki akademik nashrga tayyorlash maqsadida adabiyot va folklor asarlarini o`rganish, ularning yaratilishi tarixini aniqlash, aslga yaqinroq matnini tiklash iishlari bilan shug`ullanadi. Matnshunoslik badiiy asarning u yoki bu nusxasi yoxud nashri nechog`li mukammal, nomukammallgi bilan shug`ullanadi.

  3. Adabiyot bibliografiyasi – badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid asarlar ko`rsatkichi matnlar, maqolalar, materiallar va manbalarni aniqlaydi, tadqiq etilayotgan mavzuning ishlanish tarixini kuzatib borishga yordam beradi.

Bibliografiyaning ikki tipi mavjud:

  1. ilmiy tadqiqot ishlariga yordam beradigan bibliografiya;

  2. o`qish uchun tavsiya qilinadigan asarlar bibliografiyasi.



Adabiy tur va janrlar, uslub va tasviriy vositalarga ko’ra obrazlar quyidagicha bo’ladilar:

1. Epik obrazlarda hayot voqea - hodisalari keng va atroflicha tasvirlanadi. Voqeabandlik, ob’ektiv tasvir ustunlik qiladi. Epik turlarning hamma janrlarida yaratilgan obrazlar – epiklik xislatlariga ega bo’ladi. Mirzo Ulug’bek, Qalandar, Ali Qushchi (“Ulug’bek xazinasi”), Alpomish, Barchin (“Alpomish”), Qobil bobo (“O’g’ri”), Sotiboldi (“Bemor”) kabilar shular jumlasidandir.

2. Lirik obrazda voqyelik inson kechinmalari (tuyg’ulari, hislari, o’ylari) orqali ifodasini topadi. Lirik turning janrlari (she’r, g’azal, qasida, ruboiy, qo’shiq, ashula, yor-yor, alla va sh.k.)dagi lirik qahramon (oshiq, yor, raqib) obrazi – tipik misoldir.

3. Dramatik obrazda voqyelik xarakat orqali sahnada voqye bo’ladi. Tragediya, komediya, drama, libretto, miniatyura kabi janrlarda yaratilgan obrazlar (Qo’chqor, Alomat, Olimjon, Qumri, Sharofat, Saltanat, Suvon-“Temir xotin”) – dramatik obrazlar deb yuritiladi.

4. Hayoliy-fantastik obrazlar – haddan tashqari bo’rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo’jizaviy xarakterga ega bo’lgan qiyofalardir. Xalq og’zaki ijodi (doston, ertak) dagi uchar gilam, ur to’qmoq, dev, ajina, jin obrazlari va fantastik janrdagi (Hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik-fantastik romanidagi) Nazira, Nargiza, Nafisa, G’avsul A’zam, hazrat Shayhontohur, Iblis obrazlari – kishilarning tasavvurlarini kengaytiradigan, ruhiyat dunyo sirlari bilan oshna etadigan timsollardir.

5. Afsonaviy obrazlar – butunlay xayolning mevasidir, ular bitmas - tuganmas qudratga, yuksak fazilatlarga, mo’jizaga ega bo’ladilar. Alpomish (“Alpomish”), Go’ro’g’li (“Chambil qamali”), Avazxon (“Malikai ayyor”), Ram (“Ramayana”), Yudhishthira, Bhimasena, Arjuna (“Mohabhorat”) – ana shunday qahramonlardir.



6.Mifologik obrazlar – afsona asosida yaratilgan asotiriy qahramonlar (Antey, Prometey, Qayumars, Jamshid kabilar)dir.

Mifologiyaga ko’ra, Gaya Martan (Kayumrs) yer yuzida paydo bo’lgan birinchi odam bo’lib, Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: ho’kizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dushmani bo’lgan Axriman Kayumarsni o’ldiradi. Kayumars jasadining ho’kiz qismidan 55 xil don, 12 xil o’simlik, sigir va ho’kiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo bo’ladi; oda qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi (Natan Mallayev. Њzbek adabiyoti tarixi, T., “O’qituvchi”, 1976, 45 - bet).

7. Ma’joziy (simvolik) obrazlar – predmetlar, o’simliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtirib ifodalash demakdir. Ma’joziy obrazlarda ifodalangan tasvirdan bevosita insonlarning munosabatini, ruhiy olamini anglaymiz.

Sahroni yosh to’kib ko’l qilgan hutman,

Bir lahza bexudman, bir lahza xudman.

Ollohim, rahm et, uvol ketmayin –

Yigirma uch yilda g’arq pishgan tutman.

(Nodir Jonuzoq, “Chilla” )

Keltirilgan to’rtlikda lirik qahramon (shoir) o’zini majozan “hutga” va “G’arq pishgan tutga” o’xshatmoqda. “Hut” - shamsiya yil hisobidagi o’n ikkinchi (21 fevraldan – 21 martgacha), yomg’ir mo’l yog’adigan oyning obrazi bo’lsa, “g’arq pishgan tut” - yigirma uch yoshlik yetilgan yigitning ramzidir. Yigitlik davrida goh yaxshi, goh yomon (goh o’ziga kelib, goh behush) umrguzaronlik qilar ekan, u Allohdan rahmdillikni so’raydi, uvol ketmaslikni iltijo qiladi.

8. Kinoyaviy (allegorik) obrazlar – hayvonlar, hashoratlar – turli jonivorlar insoniylashtiriladi, ayrim odamlarning fe’l-atvoridagi kamchilik, illatlar achchiq kulgu, yengil hazil bilan fosh qilinadi. O’git va nasihatlar beriladi. “Zarbulmasal” (Gulxaniy)dagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, Bo’taloq kabilar allegorik obrazlarning yorqin misoli bo’la oladi.



Ushbu poetik asardagi sichqonlar (O’tkir Rashid – “Qo’ng’iroq”) ham – kinoyaviy obrazlarning barcha xususiyatlarini o’zida jamg’aradi:

Sichqonlar yig’ilishdi qoldirmayin iz,

Mushukvoydan yashirinib qildilar majlis.

Dedi rais: -Majlisda masala bitta,

Qolmadi hyech andisha mushuk surbetda.
Qutilish chorasin o’ylab ko’raylik,

Dunyoda u tursin, yo biz turaylik.

Qani, o’ylab topaylik bir chora,

Qachongacha yem bo’lar sichqon bechora...
Birisi unday dedi, birisi bunday,

Biror tadbir topolmay bosh qotdi xumday.

She’rday mag’rur kerilib turgan bir sichqon,

Mushukvoyga go’yo u qo’ygandek qopqon,
Dedi: - Mushuk chorasin men o’ylab topdim,

Aql farosat kerak bunday ishga, hmm..

Tadbir shu: kirib borib mushuk qo’yniga,

Ilmoq kerak qo’ng’iroq uning bo’yniga.
Qo’ng’iroq ovozidan bilib olamiz,

Mushukvoy kelguncha qochib qolamiz.

Bu tadbirni ma’qullab, chalishdi chapak,

Pastdan bir ovoz chiqdi.. – To’xtanglar andak.
Qani ayting! Bu ishni kim qila oladi?

Mushukka qo’ng’iroqni xo’sh, kim iladi?

Rais dedi: - bu to’g’ri, kim iladi, kim?

Biror ovoz chiqmadi suv sepganday jim.
Taklif qilgan “sher” dedi: - Tag’in bilmayman,

Bu taklif, shaxsan men o’zim ilmayman.


Shundaylar bor maslahat berishga usta,

Amaliy ish kelsa, “yuragi xasta”.
9. Satirik obrazlarda hayotdagi qusurlar ustidan zaharxanda kulgu, sarkazm, masxaralash usuli yetakchilik qiladi. Qahramonlardagi tashqi jihatdan ko’zga ko’rinmaydigan, lekin ichki jihatdan bijg’igan, yaramas, arzimas odatlar fosh etiladi. Kulgu qanchalik fosh etsa, uning mohiyati shunchalik ochiladi – qusur va yaramasliklar o’limga mahkum etiladi. Mulla Dilkash (“Hiylai sha’riy”-G’.G’ulom), Kalvak mahzum (“Kalvak mahzumning xotira daftaridan”-A.Qodiriy), Qori Ishkanba (“Sudxo’rning o’limi”-S.Ayniy) kabi obrazlar faoliyatini achchiq kulgu ila fosh etish yo’li bilan yozuvchilar inkor etadilar. “Malaydursan... ”da yaratilgan ig’vogarlarning satirik obraziga (O’zAS, 27 noyabr, 1998) diqqat qilaylik:
Alayhil-la’na iblisga sadoqatli malaydursan,

Qayon yaxshi odam borki, go’riga g’isht qalaydursan.
Ko’rinsa bir ayol xushro’y, yo’tal tutgay seni birdan,

Baroq qosh ostidan qiyg’ir ko’zing-la parmalaydursan.
Bale, fisqu-fasod “ilmi” aro senga taraf yo’qdir,

Jame’i rasvo hunarni sen bilursan, uddalaydursan!
Agar afting esa qiyshiq – nachora, oynada ne ayb,

Nechun ahli zamondan, ham zamondan o’pkalaydursan?
Necha boshga balo bo’lding, baloi tim qaro bo’lding,

Tuzalmas, bir yaro bo’lding, qishu yoz maddalaydursan.
Odamsan, zohiran, lek benasibsan odamiylikdan,

Ya’nikim, shunchaki maxluq erursan, o’rmalaydursan...

10. Yumoristik obrazlarda hayotdagi ayrim nuqsonlar yengil, quvnoq kulgu ostiga olinadi va ularni tuzatishga chorlaydi. Mullado’st (“Maysaraning ishi”-H.H.Niyoziy), Hamrobuvi, Xolnisa (“Shohi so’zana”- A.Qahhor), Toshbolta (“Toshbolta oshiq”-H.G’ulom) kabilar yumoristik obrazlarning jonli namunalaridir. Asqad Muxtorning “Afsona” she’ri (yuqorida keltirgan edik)ni qayta bir o’qisangiz, yumoristik obrazlarga xos yoqimli kulguni jonli shohidi bo’lasiz.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling