adenovirus; b) bakteriofag(dnk)


Download 28.84 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi28.84 Kb.
#1560381
  1   2
Bog'liq
biologiya toq guruh


1.Odamlarda parazitlik qiladigan tripanasomaning bezgak parazitidan farqi
A) doimiy shaklga egaligi
B) qonda parazitlik qilishi
C) harakatlanish organoidiga egaligi
D) qon hujayralariga kira olmasligi
2. Quyidagi tuzilmalarga xos muvofiqlikni aniqlnag.
a) adenovirus; b) bakteriofag(DNK)
1) riboza; 2) sitozin; 3) fosfat kislotasi qoldig‘i; 4) timin; 5) dezoksiriboza; 6) uratsil
A) a - 2, 3; b - 1, 3 B) a - 1, 6; b - 3, 4
C) a - 2, 5; b - 2, 6 D) a - 3, 5; b - 2, 4
3.Oqsil sintezida sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘ri ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang.
1) DNK asosida i-RNKning sintezlanishi;
2) oqsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga o‘tishi;
3) polipeptid zanjirning ribosomadan ajralishi;
4) i-RNK kodonlariga t-RNK antikodonlarining
komplementar tarzda bog‘lanishi.
A) 4, 1, 2, 3 В) 3, 1, 4, 2 C) 4, 1, 3, 2 D) 1, 2, 4, 3
4. Sog’lom odamning tirsak suyagi haqidagi to’g’ri fikrlarni aniqlang.
1) murtak varaqasining ektoderma qavatidan rivojlanadi; 2) tuzilishiga ko’ra to’sh suyagiga o’xshaydi;
3) murtak varaqasining mezoderma qavatidan rivojlanadi; 4) ustki pardasi epiteliy to’qimasidan tashkil topgan; 5) qo’lning erkin suyagi.
A) 3, 4 В) 1, 2 C) 2, 4 D) 3, 5
5.Embrional rivojlanishda ektodermadan (a) , mezoder-madan (b) va endodermadan (c) xosil bo’ladigan organlarni aniqlang.
1) buyrak; 2) oshqozon; 3) muskul; 4) sezgi organlari;
5) tish email; 6) ingichka ichak;
A) a— 4, 5; b— 1, 3; c— 2, 6 B) a— 1, 3; b— 2, 5; c— 4, 6
C) a— 3, 6; b— 2, 5; c— 1, 4 D) a— 3, 5; b— 4, 6; c— 1, 2
6. Tana bo’shlog’i g’ovak to’qima bilan to’lgan organism-larni aniqlang.
1) dreysena; 2) chuchuk suv shillig’i; 3) midiya; 4) perlovitsa; 5) gidra; 6) daryo qisqichbaqasi; 7) oq planariya;
A) 1, 6 B) 3, 7 C) 2, 4 D) 1, 2, 3, 4, 7;
7.Odamlarda jingalak soch silliq soch ustidan chala
dorninantlik qiladi, geterozigotalilarda soch to’lqinsimon
bo’ladi. Sepkillilik sepkilsizlik ustidan to’liq dorninantlik
qiladi. Gemofiliya esa X xromosomada joylashgan retsessiv belgi hisoblanadi. Barcha genlari bo’yicha geterozigotali ayol va silliq sochli, sepkilsiz, sog’lom erkak oilasida tug’ilgan gemofiliya bo’yicha sog’lom, silliq sochli o’g’il bolaning genotipini aniqlang.
A) AaBbXHY B) aaBBXHY C) AAbbXHY D) aabbXHY
8. Genotipik o’zgaruvchanlikni aniqlang.
1) assidiya lichinkasida xordaning yo’qolishi; 2) odam
barmoqlarining ortiqcha bo’lishi; 3) odamda albinizm holati; 4) odam umurtqa pog’onasida bo’yin lordozining hosil bo’lishi;
A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 2 ,4
9. Gidraning ektoderma va endoderma qavatlari nima bilan ajralgan?
A) yupqa parda B) teri-muskul hujayrasi
C) oraliq hujayralar D) mezoderma
10. Noto‘g‘ri javobni toping.
1) hujayralar tuzilishiga ko‘ra prokariot va eukariotlarga
bo'linadi; 2) prokariotlarga bir hujayrali organizmlardan:
bakteriya, suvo't va sodda hayvonlar kiradi; 3) prokariot-lar yadrosiz organizmlar; 4) prokariotlar eukariotlarga o'xshab ribosoma va mitoxondriyaga ega; 5) barcha eukariotlar ko‘p hujayrali organizmlar; 6) sianobakte-riyalar fotosintez-lovchi prokariotlardir
A) 2, 4, 5 B) 3, 4, 6 C) 1, 2, 6 D) 2, 3, 5

11. To‘garak chuvalchanglar uchun xos bo'lmagan xususiyat-larni ko‘rsating.


1) tanasi kutikula bilan qoplangan; 2) germafrodit orga-nizm; 3) tanasi nurli simmetriyaga ega; 4) ichki organlari tana bo‘shlig‘ida joylashgan; 5) tana bo'shlig'iga ega emas; 6) ayrim jinsli organizm
A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 6
12. ,,Hayot zaxmatkashlari” deb ataladigan kishilar qanday tipga kiradi?
A) Harakatchan, muvozanatlashgan
B) Kamharakat, muvozanatlashgan
C) Harakatchan, muvozanatlashmagan
D) Kamharakat, muvozanatlashmagan
13. Quyidagi atamalarni ularga mos keluvchi ta’riflar bilan 1) turgor; 2) plazmoliz; 3) deplazmoliz; 4) buferlik;
a) vakuolaga suv kirib, hujayraning tarangligini saqlashi;
b) hujayra tarangligining yo'qolishi; c) tarangligi yo'qolgan hujayraning toza suvda o'z holatiga qaytishi; d) hujayraning kuchsiz ishqoriy holatni saqlab turishi
A) 1-d; 2-c; 3-h; 4-a B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d
C) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a D) 1-е; 2-d; 3-a; 4-b

14. Bir yillik(a) va ko’p yillik(b) guli qiyshiq o’simliklarni aniqlang?


1) rayhon; 2) beda; 3) lola; 4) yeryong’oq; 5) shirinmiya 6) na’matak; 7) sebarga; 8) loviya; 9) kiyiko’t; 10) no’xot
A) a-6,7,9,3; b-2,10,4 B) a-8,10,4,1; b-6,3,9
C) a-2,1,10; b-3,9,6 D) a-8,1,4; b-9,7,5
15. Nuqtalar o'rniga mos javobni tanlang. Sog'lom odam yuragida qon o'ng bo'lmachaga keladi ………..(a), o'ng qorinchadan chiqadi……….(b)
1) o'pka arteriyasi; 2) katta qon aylanish doirasi;
3) karbonat angidrid bilan to'yingan qon; 4) venoz qon;
5) o'ng qorinchadan; 6) kovak vena qon tomirlardan.
A) a – 2, 5, 4; b – 2, 3, 1 B) a – 1, 3, 5; b – 2, 4, 6
C) a – 2, 1, 6; b – 5, 4, 3 D) a – 2, 4, 6; b – 5, 1, 3
16. . Odam to'qimalarining tuzilishi xususiyati va
funktsiyasi to'g'ri juftlangan javobni aniqlang.

Download 28.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling