Adgeziv tizimi


Download 24.45 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2023
Hajmi24.45 Kb.
#1262033
  1   2
Bog'liq
10- mavzu


Adgeziv tizimi.


Kimyoviy adgeziya molekulalararo bog‘lanadigan yuzalar sohasida bog‘lanishlarning shakllanishini nazarda tutadi. Bog‘lanadigan materiallar aksariyat xollarda turlicha tabiatga ega bo‘lgani bois, bog‘lanish extimoli darajasi cheklangan bo‘ladi va angeziyaning mustaxkamligiga xar bir materialning qo‘shgan xissasi odatda uncha katta bo‘lmaydi.
Mexanik adgeziya materiallarning bog‘lanishiga ko‘maklashadigan, bog‘lanadigan yuzalarda bo‘rtmalar va boshqa notekkisliklar mavjudligining natijasidir. Biroq bunday adgeziyaning mustaxkamligi kamligi uni kuchaytirishni talab qiladi.Tekkislangan dentin surkalgan qatlamga ega, u nam bo‘lib, doim xam mikromexanik g‘adir-budurlikka ega bo‘lmaydi. Bosib ezilganda surkalgan qatlamning ayrim qismi, yoki butun qatlami chiqarib yuboriladi, muayyan joyda yuzaning namligini nazorat qilishga yordam beradi va mikromexanik g‘adir-budurlikni yaratadi. Biroq dentin gidrofil material xisoblanadi. SHuning uchun dentimbog‘lovchi adgeziv xam xuddi shunday gidrofillik bo‘lishi kerak. Uning bu sifati kimyoviy yaqin va mikromexanik bog‘lagan yuzalarni yaratadi. Dentin bondingi uchun zamonaviy tizimlarning ko‘pchiligi o‘yish, praymerlar va adgeziyani qo‘llash yordamida bu maqsadga erishadi.
Emal bondingi uchun sistemalar. Emal bondingi uchun sistemalar ko‘pincha to‘ldirilmagan (yoki bir oz to‘ldirilgan) suyuq akrillik monomer qorishmasidan iborat bo‘lib, uni o‘yilgan emalga surkashadi. Monomer- emalning prizmalari oralig‘idagi bo‘shliqni va ularning ichini to‘ldiradi.

Bonding odatda uch bosqichda bajariladi (uch ta­komponentli sistemalar). 1990-chi yillarning oxirida bochqichlarning miqdori (o‘yish, praymer sutrish, bonding) ularni birlashrirish xisobiga kamaytirilgan. Ikkita komponentli sistemalar taklif qilingan,ularda praymer sutrish bilan bonding birgalikda, yoki o‘yish praymer surkash bilan bo‘lgan. Oxirgi xolda praymerni o‘yuvchi deb atashgan.Ko‘pincha bunga kislotali monometrlarni qo‘llash xisobiga erishiladi, ular surkalgan qatlamni eritadi yoki buzadi, gidroksiapatitlarni intertubulyar zonadi va kanalchalarda kristallarni eritadi, keyin gibridli zona paydo qilib polimerizatsiyalanadi. Bonding-sistemalar gibridli qatlamni samarali paydo qilishi uchun dentinni nam saqlash nihoyatta muximdir. Preparatlash yoki o‘yishdan keyin dentinni yuvish va quritish ko‘pincha uning yuzasidagi qatlamlarning quritib yuborilishiga olib keladi. O‘yilgan dentinda kollagenli tolalar orasida gidroksiapatit kristallari yo‘q. U faqat suvning kollagen qoldiqlaridan iborat. Dentinni, atayin yoki shunday quritib yuborish, kollagen to‘ri tushishini keltiradi, uning natijasida kollagen molekulalari zich qatlam yaratadi va gibrid qatlamning shakllanishi uchun monomerlarni chiqaradi. SHuning uchun quritib yuborilgan dentinni ortiqcha quritmaslik yoki maxsus namlash kerak. Buni namli paxta bo‘lakchalari yordamida, applikatorning kontakti yordamida taxminan 10 soniya davomida, yoki namlatgichlarni qo‘llash xisobiga bajarish mukin. Dentin bondingi uchun yangi sistemalar o‘z tarkibida bondingni xamma uch bosqichni biriktirgan (sistemaning bir komponentligi). Bunday yondashuv emal va dentin bodingini ancha engillashtiradi, ammo ularning yaxshi namlanishini va keramika, kompozitlar va amalgama kabi boshqa materiallarga adgeziyani ta’minlamaydi. Shuning uchun, materiallarning turli xususiyatlarini xisobga olish imkonini beradigan (maqsadli bonding-sistemalar) uchta komponentli sistemalarning stomatologiyada qo‘llanishi davom etmoqda. Barcha bo‘lishi mumkin vaziyatlarda yaxshi ishlaydigan xaqiqiy universal bir komponentli bonding sistemasini yaratish nixoyatda murakkabdir.



Adgeziyaning to‘rtta xar xil mexanizmi ta’rifi berilgan:

  1. Mexanik adgeziya —substrat yuzasining yoki adgerentning notekkisliklariga adgezivni kirishi.

  2. Adsorbsion adgeziya —adgeziv va adgerentni kiyoviy ulanishi birlamchi (ionli va kovalentli) va ikkilamchi (vodorodli va dipol bog‘lanish, vander- vaals kuchlar) valentli kuchlar yordamida ulanishi.

  3. Diffuzli adgeziya — molekulalar orasida bir biriga kirishish. Masalan, polimerli zanjirning polimerlar yuzasida qismlarining diffuziyasi natijasida ikki polimerlarning adgeziyasi.

  4. Elektrostatik adgeziya —metallning polimer bilan bog‘lanish yuzasidagi elektrlik ikki qavatli qatlam, ulanishni umumiy mexanizmining qismi bo‘ladi.

EMALGA ADGEZIYA
Kislotalik ishlov berish natijasija emalning yuzasi notekkis bo‘lib qoladi (rasm. 3.3), uning erkin energiyasi ko‘payadi. Ishlov berilgan emalning yuzasiga suyuq kompozitni applikatsiyasi paytida material uning notekkis joylariga kiradi. Applikatsiya natijasida 50% fosforkislotasi 60 soniyaga emal yuzasida pretsipitat monokalsiyfosfat monogidrat paydo bo‘ladi, uning yuvilishi oson. Konsentratsiyasi 27% kam bo‘lgan kislotani qo‘llashda pretsipitat dikalsiy fosfat monogidrat paydo bo‘ladi, u adgeziyaga to‘sqinlik ko‘rsatadi, chunki uni emal yuzasidan yo‘qotish juda murakkkabdir [66]. Silverstone ning aniqlashicha, emalga ishlov berish uchun mosi 30-40% fosforli kislotadir. Azaldan 30-40% fosforli kislota bilan emalga ishlov berishni 60 soniya davomida o‘tkazishgan. Biroq, ayrim tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ishlov berish vaqtini kamayishi adgeziyaning yomonlashishiga olib keladi[182], kanerlovchi elektron mikroskopiyani qo‘llash yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari, isbotladiki, emalning yuzasi ishlov berishdan keyin 15 soniya davomida daqiqalik ishlov berishdan farq qilmaydi [18,21,206]. In vitrotadqiqotlari xam ko‘rsatishicha, emalga 15 va 60 soniya davomida ishlov berishda ulanishning bir xil kuchi va mikropodtekanie ( mikro sizish) kuzatiladi

Download 24.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling