Adham allayorov, jasur islomov
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
analizlar
1
ADHAM ALLAYOROV, JASUR ISLOMOV SIROJIDDIN ALLAYOROV, AZIMJON QO’CHQOROV
KLINIK ANALIZLAR TAHLILI
2
MUNDARIJA Klinik-labaratoriya tekshiruvlari uchun material
QONNING UMUMIY ANALIZI 1 Gemoglobin (HGB)
2 Eritrotsitlar (RBC) 3 Retikulotsitlar
4 Rang ko’rsatkichi 5 Eritrotsitlarning o’rtacha hajmi (MCV)
6 1 dona eritrotsitdagi gemoglobinning miqdori (MCH) 7 Eritrotsitdadagi gemoglobinning konsentratsiyasi (MCHC)
8 Eritrotsitlarning anizotsitozi (RDW) 9 Gematokrit (HCT)
10 Trombotsitlar (PLT) 11 Trombotsitlarning o’rtacha hajmi (MPV)
12 Trombotsitlar anizotsitozi (PDW) 13 Trombokrit (PCT)
14 Leykotsitlar (WBC) 15 Miyelotsitlar
16 Metamielotsitlar 17 Tayoqcha yadroli neytrofil
18 Segment yadroli neytrofil 19 Eozinofillar
20 Bazofillar 21 Monotsitlar
22 Limfotsitlar 23 Plazmatik hujayralar
24 Eritrotsitlarning cho’kish tezligi (ECHT)
3
4
Klinik-labaratoriya tekshiruvlari uchun material Klinik-labaratoriya tekshiruvlari uchun material sifatida quyidagilar xizmat qiladi: Biologik suyuqliklar: qon, qonning tarkibiy qismlari (plazma, eritrotsitlar,…) siydik, axlat, oshqozon shirasi, pankreatik suyuqlik, o’t suyuqligi, so’lak, likvor, sperma, ter, yiringli suyuqliklar (ekssudatlar, transsudatlar). Chiqarilgan nafas namligi kondensati va shuningdek biopsiya usuli bilan olingan parenximatoz organlar to’qimasi. Tekshiruv uchun olingan materialni labaratoriyaga imkon boricha qisqa muddatda ilova qilib qo’shib yuboriladigan blanka bilan yetkazish kerak. Ilova blankasida bemorning ismi, familiyasi, sharifi, material xarakteri, olingan sanasi, zaruriy labarator tekshiruvlari ro’yxati, taxminiy tashxis ko’rsatiladi. Bemordan qon olish och qoringa (ovqatlanishdan 12 soat keyin), odatda ertalab (soat 7 00 va 9 00 oralig’ida) diagnostik tekshiruvlar va jismoniy zo’riqishlardan oldin bajarilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Dislipoproteinemiyaning bir qancha turlarida ovqat istemol qilingandan so’ng olib tekshirilgan qondan lipemik zardob chiqishi mumkin. Bunday zardobda qator biokimyoviy ko’rsatkichlar (kreatinin, umumiy oqsil, triglidseridlar va boshq.)ni aniqlab bo’lmaydi. Qonni venapunksiya yo’li bilan olinayotganda tomirni jgut yordamida siqish minimal darajada bo’lishi kerak. Bemor barmoqlarini ishlatmay turishi kerak (qon olinayotganda) aks holda bunda mahalliy staz va gipoksiya chaqiriladi, shuningdek bir qancha moddalarning (xolesterin, kaliy, natriy, kalsiy va boshq.) qon shaklli elementlari va uning suyuq qismi orasidagi taqsimoti o’zgaradi. Bemor tanasining holati plazmaning qator komponentlari: ko’p hollarda umumiy oqsil, albumin, kreatinin, xolesterin, kalsiy ishqoriy fosfataza va boshqalar konsentratsiyasiga ta’sir etadi. Bemor vertikal holatni egallaganda sanab o’tilgan metabolitlar konsentratsiyasi sezilarli darajada oshadi, gorizontal holatda esa kamayadi. Bemor qon olingunga qadar kamida 30 daqiqa yotgan yoki o’tirgan holatda bo’lishi kerak. Gemolizni oldini olish uchun qonni quruq shpritsda, quruq igna (bir martalik) bilan quruq probirkaga olinadi. Eritrotsitlar gemolizi - venoz dimlanish bo’lganda, qonni shpritsda kuch bilan tortib olganda, kerakli qonni uzoq vaqt saqlaganda, suv va detergentlar ta’sirida, yuqori va past haroratda, katta tezlikdagi sentrofugalashda bo’lishi mumkin. Ko’pirishini oldini olish uchun olingan qon shpritsdan probirkaga asta sekinlik bilan quyiladi. Gemostaz tizimi o’rganilganda qon olish uchun qator qo’shimcha talablar qo’yilgan. Keng oqimli igna kerak bo’lib, shprits ishlatilmasa (shprits bolalardan, gipotoniyasi bor terminal xolatdagi bemorlardan qon olganda ishlatiladi) maqsadga muvofiq bo’ladi. Qon darajalarga bo’lingan, antikougulyant-stabilizator (3,8% li natriy sitrat eritmasi, 1,34% li natriy oksalat eritmasi) tutgan sentrofuga probirkalariga yig’iladi. To’g’ri natija olish uchun qon va antikougulyant stabilizator 9:1 nisbatda olinadi. Qon olinayogan sohaga (odatda tirsak bukilmasi) spirt bilan ishlov beriladi. Igna teri, teri osti kletchatkasi, qon tomir devori orqali o’tib, tomir ichiga 5
kiritayotganda to’qima suyuqligi va to’qima fragmentlari ko’chadi va bu holat kougulologik test natijalariga ta’sir qiladi. Dastlabki 0,5 – 1 ml chiqadigan qonni koagulogramma qilish uchun ishlatib bo’lmaydi. Ammo bu qon porsiyasidan qolgan barcha biokimyoviy tekshiruvlar uchun foydalanish mumkin. Koagulyatsiyaga venoz dimlanishning ta’sirini istisno qilish uchun jgutdan foydalanmagan ma’qul. Qon belgilangan nuqtagacha probirka devori bo’ylab oqib tushishi kerak. Probirka probka bilan yopiladi va qon antikougulyant bilan aralashishi uchun ohista harakat bilan bir necha marta ag’dariladi (SILKITILMASIN! KO’PIRTIRILMASIN!). Qonni olish va unga ishlov berish orasidagi vaqt 30-40 daqiqadan oshmasligi kerak. Agar plazma olish talab etilsa qonni ivib qolishdan saqlovchi tegishli antikoagulyant oldindan probirkaga solib qo’yiladi. Qon antikoagulyant bilan aralashtirilib (ko’pirtirmasdan) probirka polietelin bo’lakchasi bilan yopiladi va shtativda 20-25 daqiqa qoldiriladi. Probirkani intensiv chayqatish eritrotsitlar gemolizini chaqiradi bu esa koagulogrammaning ko’plab parametrlarini buzib ko’rsatadi. Shuning uchun gemoliz belgilari bo’lgan plazma koagulogramma uchun yaroqsiz hisoblanadi. Gemostaz sistemasini o’rganishda qon odatda limon kislotaning natriyli tuzi eritmasi bilan stabillashtiriladi ammo sitratli qonda (plazmada) qon ivishining labil faktorlari va trombotsitlar yaxshi saqlanadi. Quyida eng ko’p qo’llaniluvchi antikoagulyantlarning asosiy xususiyatlari keltirilgan.
Antikoagulyant Mos ravishdagi antikoagulyantni ishlatish quyidagi ko’rsatkichlarni aniqlashda halqit beradi. Geparin …………………………………………. --- Ammoniy geparinat ……..…………….. Ammiak, ishqoriy fosfataza Kaliy, natriy geparinat……………………. Elektrolitlar (Ka, Na) EDTA (etilendiammoniytetrasirka kislota) Elektrolitlar (Ka, Na, Ca), qoldiq azot. Natriy sitrat …………………………………… α-amilaza, lipoproteidlar Ammoniy oksalat …………………………… Ammiak, α-amilaza, ishqoriy fosfataza, qonda pH, Ca
Zardob olish uchun antikoagulyant qo’shilmaydi. Labaratoriyaga yetkazilgan probirka paxtali probka bilan yopiladi va 10-15 daqiqa termostatda 37 o C li haroratda qizdiriladi. So’ngra sentrofugalanadi. Zardob (fibrinsiz plazma) olingan kuniyoq ishlatilishi maqsadga muvofiq. Agar tekshiruv keyingi kunga qoldirilsa zardob solingan probirka probka bilan yopilib 4 o
C li haroratdagi muzlatgichda saqlanadi. Biokimyoviy tekshiruvlar uchun asosiy biologik material bu qon zardobidir.
6
Qon tizimi O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2017 yil 25 dekabrdagi № 777-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan 207- raqamli tibbiy hujjat shakli
7
8
QONNING UMUMIY KLINIK TAHLILI: Tekshiruv materiali: Venoz yoki kapillyar qon Qon topshirish uchun tayyorlov:
muddatdan so’ng): kechki ovqatning yengil va erta bo’lishi, kofe va o’tkir choydan holi bo’lishi shuningdek bir kun oldin yog’li ovqatlardan saqlanish;
(hammom, sauna) va jismoniy yuklamalardan saqlanish;
Boshqa tibbiy tadbirlardan (rentgen, inyeksiya, massaj) va dori qabul qilishdan oldin topshirish;
topshirish maqsadga muvofiq.
Gemoglobin (HGB) Erkaklarda: 130 – 160 g/l Ayollarda: 120 – 140 g/l Oshgan: ↑ birlamchi va ikkilamchi eritrositozlar ↑ degidratatsiyada nisbiy eritrotsitoz
Kamaygan: ↓ anemiyalarda (temir tanqis, gemolitik, gipoplastik, B 12 – tanqis) ↓ o’tkir qon yo’qotish (qon yo’qotishda birinchi sutkada qon quyuqlashishi sababli (ko’p suyuqlik yo’qolganligi uchun) gemoglobin konsentratsiyasi haqiqiy anemiyaga mos kelmaydi) ↓ yashirin qon ketishi ↓ yaqqol endogen intoksikatsiya bilan kechuvchi kasalliklar (yomon sifatli o’smalar va ularning metastazlari) ↓ suyak ko’migi, buyrak va boshqa organlar zararlanishida ↓ gemodilyutsiya (yolg’on anemiya)
Gemoglobin (haemoglobinum) eritrotsitlarning tarkibiy qismi bo’lib, gem va globin oqsilidan tuzilgan murakkab oqsil – qon pigmentidir. Asosiy vazifasi kislorodni o’pkadan to’qimalarga tashish shuningdek karbonat angidridni organizmdan chiqarish va kislota ishqor muvozanatini tartibga solishdir. Odam qonida gemoglobinning bir nechta turlari bor. Embrional davrda fetal gemoglobin – HbF (fetus – homila), [ yangi tug’ilgan chaqaloqlarda 80% fetal HbF 20% HbA ], katta odamda esa HbA 1 va HbA 2 (adultus – yetuk) kabi gemoglobinlar uchraydi. Bola bir yoshga to’lganda qonda asosan HbA 1 gemoglobin mavjud bo’ladi. 9
O’tkir qon ketishida ko’p suyuqlik yo’qotilganligi sababli anemiya darajasi yo’qotilgan qon hajmining ko’rsatkichi bo’la olmaydi.
Qon yo’qotish darajasi Qon yo’qotish darajasi Eritrotsitlar ×10 12
Gemoglobin g/l
Gematokrit % UAYuQH*
defitsiti %
Yengil 3.0
gacha
100 gacha
35 gacha
20 gacha
gacha O’rta 2.5
gacha
80 gacha
25 gacha
30 gacha
gacha Og’ir 2.0
gacha
50 gacha
20 gacha
40 gacha
gacha O’ta og’ir 2.0
dan kam
50 dan kam
20 dan kam
40 dan ko’p
* UAYuQH - Umumiy Aylanib Yuruvchi Qon Hajmi
Eritrotsitlar (RBC) Erkakrarda – (4.0 – 5.0) ×10 12 /l Ayollarda – (3.9 – 4.7) ×10 12 /l Oshgan: ↑ eritremiya – absolyut birlamchi eritrotsitoz ↑ gipoksiya natijasida yuzaga kelgan reaktiv eritrotsitozlar (Bronx-o’pka patologiyalaridagi ventilyatsion yetishmovchilikda, tug’ma va orttirilgan yurak nuqsonlarida, yuqoriga ko’tarilganda (toqqa chiqqanda). ↑ ikilamchi eritrotsitozlar – eritropoetinlar ishlab chiqarilishining oshishi natijasida (buyrak gidronefrozi va polikistozi, buyrak va jigardagi hosilalar, oilaviy yaxshi sifatli eritrotsitoz) ↑ organizmdagi ortiqcha steroidlar bilan bog’liq eritrotsitozlar (kushing sindromi va kasalligi, feoxromatsitoma, giperaldosteronizm, steroidlar bilan davolashda) ↑ degidrotatsiyadakuzatiladigan nisbiy eritrotsitozlar (gemotokrit bo’limiga qarang)
Kamaygan: ↓ anemiyalar (temir tanqis, gemolitik, gipoplastik, B 12 tanqis) ↓ o’tkir qon ketishida ↓ homiladorlikning kechki davrida ↓surunkali yallig’lanish jarayoni ↓gipergidratatsiya
Eritrotsit (Erytrocytus) – yadrosiz qon shaklli elementi bo’lib o’zida gemoglobin tutadi. Eritrotsitlarning asosiy vazifasi kislorod va karbonat angidrid tashishdir. Ular qon shaklli elementlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Eritrotsitlarning ikki tomonlama botiq shakli ularning maksimal yuzaga ega bo’lishini ta’minlaydi. Shuningdek eritrotsitlar to’qima nafasida qatnashadi, to’qima va hujayraga ozuqa moddalari yetkazib berish, himoya funksiyalarini bajaradi. Bundan tashqari eritrotsitlar (gemoglobin) kislota-ishqor muvozanatini ta’minlashda qatnashadi. 10
Eritrotsitlardagi fermentlar hayotiy muhim biokimyoviy reaksiyalarga katalizatorlik qiladi. Eritrotsitlar qon ivish jarayonida qatnashadi. Eritrotsitlarning o’rtacha umri 90 – 120 kun. Hayotini o’tab bo’lgan eritrotsitlar retikuloendotelial tizimda (asosan taloqda) parchalanadi. Retikulotsitlar 0.5 - 1.2 % (30-70) ×10 12 /l
Oshgan: ↑ eritropoez stimulyatsiyasida (qon yo’qotish, gemoliz, B 12 tanqis anemiyani muvaffaqqiyatli davolash paytida retikulotsitar kriz, o’tkir kislorod tanqisligi)
Kamaygan ↓ eritropoez susayishi (aplastik va gipoplastik anemiya, B 12 tanqis anemiya davolanmaganda, suyakka rak metastazlanishi)
Retikulotsitlar (reticulocytus) ribosomalarida RNK qoldiqlari bor bo’lgan yetilmagan eritrotsitlardir. Retikulotsitlar 2 kun davomida qon aylanish doirasida qoladi so’ngra RNK si kamayib yetuk eritrotsitga aylanadi.
Rang ko’rsatkichi 0.85 – 1.05 Oshgan: Giperxromiya ↑ B
12 tanqis, foliy tanqis hamda gipoplastik anemiyalarda ↑ Oshqozon polipozida ↑ gipotireozda ↑ Sitostatik, oral kontraseptiv, talvasaga qarshi preparatlar istemol qilganda
Kamaygan: Gipoxromiya ↓ temir tanqis anemiyada ↓ homiladorlikdagi anemiyada ↓ qo’rg’oshin bilan zaharlanishda
Rang ko’rsatkichi eritrotsitdagi gemoglobinning miqdorini (salmog’ini) anglatadi. Klinik jihatdan MCH bilan analog.
Eritrotsitlarning o’rtacha hajmi (MCV) 80 – 100 mkm 3
↑ Makrotsitar va megaloblastik anemiyalar (vitamin B 12 tanqis, foliy tanqis) 11
↑ mikrotsitoz bilan kechishi mumkin bo’lgan anemiyalar (gemolitik anemiyalar, jigar kasalliklari, miyelodisplastik sindromlar)
Norma: √ normotsitar anemiyalar (aplastik, gemolitik anemiyalar, gemoglobinopatiyalar, qon yo’qotishdan keying anemiyalar) √ normotsitoz bilan kechishi mumkin bo’lgan kasalliklar (temir tanqis anemiyaning regenerator fazasi) Kamaygan: ↓mikrotsitar anemiyalar (temir tanqis, talassemiya, sideroblastik anemiya)
Eritrotsitlarning o’rtacha hajmi (mean corpuscular volume) anemiya turini tavsiflash maqsadida tekshiriladi. Hisoblash formulasi quyidagicha: MCV = Ht×10/RBC Bu yerda: Ht – gematokrit %; RBC – eritrotsitlar miqdori ×1012/l.
1 dona eritrotsitdagi gemoglobinning miqdori (MCH)
30 -35 pg Oshgan: ↑ giperxrom anemiyalarda (megaloblastik, jigar sirrozi)
Kamaygan: ↓ gipoxrom temir tanqis anemiyalarda ↓ yomon sifatli o’smalar rivojlangandagi anemiyalarda
1 dona eritrotsitdagi gemoglobinning miqdori (mean corpuscular hemoglobin) – eritrotsitning gemoglobinga qanchalik to’yininganligini anglatadi. Hisoblash formulasi quyidagicha: MCH = Hb/RBC Bu yerda: Hb – gemoglobin g/l; RBC – eritrotsitlar miqdori ×1012/l.
Eritrotsitdagi gemoglobin konsentratsiyasi (MCHC)
320 -360 g/l Oshgan: ↑ giperxrom anemiyalarda (sferotsitoz, ovalotsitoz)
Kamaygan: 12
↓ gipoxrom anemiyalarda (temir tanqis, sideroblastik, talassemiya) Eritrotsitdagi gemoglobin konsentratsiyasi (mean corpuscular hemoglobin concentration) – eritrotsitning gemoglobinga qanchalik to’yininganligini anglatadi. Hisoblash formulasi quyidagicha: MCHC = Hb×100/Ht Bu yerda: Hb – gemoglobin g/l; Ht – gematokrit %.
Eritrotsitlar anizotsitozi (RDW) 11,5 -14,5 % Oshgan: ↑ makrotsitar anemiyalarda ↑ mielodisplastik sindromlar ↑ o’smalarning suyak ko’migiga metastazlari ↑ temir tanqis anemiyalar
Eritrotsitlar anizotsitozi (anisocytosis) – bu normal hajmdagi eritrotsitlar bilan bir paytda turli hajmdagi eritrotsitlarning topilishi. Sog’lom odam eritrotsitlarining diametri 7-8 mkm ga teng. 6,5 mkm dan kam diametrli eritrotsitlar mikrotsitlar, 9 mkm dan katta eritrotsitlar makrotsitlar deyiladi. Eritrotsitlarning hajm bo’yicha farq o’lchovini RDW (red cell distribution width) hisoblash formulasi quyidagicha: RDW = SD×100%/MCV Bu yerda: SD – eritrotsit hajmining o’rtacha qiymatdan standart og’ishi; MCV – eritrotsitlarning o’rtacha hajmi. Gematokrit (HCT)
Erkaklarda: 35 – 49 % Ayollarda 36 – 42 % Oshgan:
↑ birlamchi va ikkilamchi eritrotsitozlar ↑ degidratatsiyalarda (to’xtovsiz qusish, ich ketishi bilan kechuvchi MIT kasalliklarida, diabet, haddan ziyod terlash) ↑ aylanib yuruvchi plazma hajmining kamayishi (peritonit, kuyish)
Kamaygan: ↓ anemiyalarda ↓ aylanib yuruvchi plazma hajmining ortishi (yurak qon tomir va/yoki buyrak yetishmovchiligida, homiladorlikning oxirgi davrida, giperproteinemiyada) ↓ surunkali yallig’lanish jarayonlarida, travmalar, uzoq yotoq rejimi, ochlik, surunkali giperazotemiya, onkologik kasalliklar.
13
↓ gemodilyutsiya (asosan buyrak funksional xususiyatlari kamaygan paytda vena ichiga suyuqlik kiritishda)
Gematokrit (haematokritos) – bu butun qondagi eritrotsitlar va plazmaning nisbatidir.
Anemiyalarning differensial diagnostikasi Ko’rsatkichlar Anemiya
Temir tanqis
Gemolitik Gipoplastik B 12 tanqis Gemoglobin ↓ ↓↓ ↓↓ ↓↓↓
Eritrotsitlar ↓ ↓ ↓↓ ↓↓
Rang ko’rsatkichi ↓ Norma Norma
Eritrotsitlar diametri ↓ ↓ Norma ↑ Eritrotsitlarning o’rtacha hajmi MCV Norma, ↓ ↑ Norma
↑↑ 1 dona eritrotsitdagi gemoglo-- binning miqdori (MCH) ↓ ↑ Norma ↑↑↑
Eritrotsitdagi gemoglobin konsentratsiyasi (MCHC) ↓ Norma Norma ↑ Retikulotsitlar Norma
↓↓↓ ↓
Ilova: ↑ oshgan; ↑↑ ahamiyatli oshgan; ↑↑↑ yaqqol oshgan; ↓ kamaygan; ↓↓ ahamiyatli kamaygan; ↓↓↓ yaqqol kamaygan.
180 – 320 10 9 /l
Oshgan: ↑ mieloproliferativ jarayonlarda (eritremiya, miyelofibroz) ↑ surunkali yallig’lanishli kasalliklarda (bo’g’imlarnng revmatoid zararlanishi, yarali kolit, sil kasalligi, osteomielit, jigar sirrozi) ↑ yomon sifatli o’smalarda (rak, limfoma, limfagranulyamatoz) ↑ qon ketishi, gemolitik anemiyada ↑ megaloblastik anemiyaning sog’ayish davrida ↑ operatsiyadan so’ng ↑ Splenektomiyadan keying holatda ↑ kortikosteroidlar bilan davolashda
Kamaygan: 14
↓ trombotsitlar hosil bo’lishining kamayishiga bilan kechuvchi nasliy trombotsitopeni- yalar (tug’ma trombotsitopeniya, Uiskot-Oldrich sindromi, Bernar-Sule sindromi, Chediaka-Xigasi anomaliyasi, Fankoni sindromi, chaqaloqlar qizilchasi, gistiositoz) ↓ qon kasalliklari (aplastik anemiya, megaloblastik anemiyalar, leykoz) ↓ suyak ko’migining zararlanishi (o’smalar metastazi, suyak sili, ionlanuvchi nurlanish) ↓ boshqa kasalliklar (siklik trombotsitopeniya, paroksizmal tungi gemoglobinuriya, gemolitik-uremik sindrom, buyrak yetishmovchiligi, jigar kasalliklari, tomir hamda taloq o’smalari, eklampsiya, gipertireoz, gipotireoz) ↓ infeksiyalar (virusli, bakterial, rikketsioz, malyariya, toksoplazmoz, OIV-infeksiya) ↓ homiladorlik, hayz ko’rish ↓ dori vositalarining ta’siri natijasida (sitistatiklar, analgetiklar, antigistamin vositalar, antibiotiklar, psixotrop dorilar, diuretiklar, talvasaga qarshi vositalar, K-vitamin, rezerpin, digoksin, geparin, nitroglitserin, prednizolon, esterogenlar). ↓ alkogol, og’ir metallar ta’sirida ↓ yuqori trombotsitlar sarfi bilan kechuvchi trombotsitopeniyalar (trombotsitopenik purpura, gipersplenizm, DVS-sindrom, qon ketishi, gemodializ)
Trombotsitlar– haqiqiy hujayralar bo’lmay, suyak ko’migidagi gigant megakariotsit hujayralarining mayda parchalari hisoblanadi. Trombotsitlar angiotrofik, adgeziv- agregatsion funksiyalarni bajaradi, qon ivish va fibrinoliz jarayonlarida qatnashadi, qon lahtasi retraksiyasini ta’minlaydi.
Trombotsitlarning o’rtacha hajmi (MPV) 3,6 – 9,4 mkm 3
↑ idiopatik trombositopenik purpura ↑ Bernar-Sule sindromi ↑ May-Xegglin anomaliyasi ↑ postgemorragik anemiyalar
Kamaygan: ↓ Uiskott-Oldrich sindromi
Trombotsitlarning o’rtacha hajmi (Mean platelet volume) – trombotsitar indeks bo’lib trombotsitlarning yetilganlik darajasini anglatadi. Yosh, yetuk, qari trmbotsitlar hajm jihatdan tegishli ketma ketlikda kamayib boradi. MPV ning normadan og’ishi esa yuqoridagi patologiyalardan biriga shubha uyg’otadi.
15
Trombotsitlar anizotsitozi (PDW) 10 – 20 % Oshgan: ↑ yalig’lanishli jarayonlarda ↑ anemiyalar ↑ onkologik kasalliklar ↑ operatsiyadan keying davrda ↑ qon yo’qotishdan so’ng
Kamaygan: ↓ mielodisplastik sindrom ↓ leykemiya ↓ o’smalarning suyak ko’migiga metastazi ↓ nur kasalligi
Trombotsitlar anizotsitozi RDW (red cell distribution width) – trombotsitlarning hajm bo’yicha taqsimlanish kengligi hisoblanib % foizlarda o’lchanadi.
Trombokrit (PCT)
0,15 – 0,45 %
16
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling