Adham Rahmat
U 1909 yilda Qoʻqon shahrida tugʻildi. 1921-23 yillarda bolalar uyida tarbiyalandi.
1926-28 yillar orasida Toshkent tibbiyot texnikumida oʻqidi va bir qancha maktablarda oʻqituvchilik qildi.
1930-35 yillarda shoir “Yangi Farg’ona” gazetasida, soʻng Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Qoʻqon boʻlimida ishladi. U Vatan urushigacha Oʻzbekiston Davlat nashriyotida, hozirgi “Turkiston” gazetasida hamda Oʻzbekiston radiosining bolalar adabiyoti boʻlimida ishladi.
Shoir Vatan urushi davrida front roʻznomalarida, “Qizil O’zbekiston” gazetasida adabiy xodim boʻlib ishladi,конников»).[1] soʻngra Oʻzbekiston Davlat badiiy adabiyot nashriyotida muharrirlik qildi.
A.Rahmatning ijodi 1930 yilda “Yangi Farg’ona” gazetasida bosilgan “Oq oltin haqida qo’shiq” nomli sheʼri bilan boshlandi. Shundan soʻng shoir bolalarga 1939-yilda “Baxtli yoshlik” nomli birinchi sheʼrlar toʻplamini taqdim etdi. Bu toʻplam oʻndan ortiq sheʼr va ertaklarni oʻz ichiga oladi.
Kitob “Yasha, Vatan!” sheʼri bilan boshlanadi. Shoir A.Rahmat birinchi navbatda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kuychisi sifatida eʼzozlanadi. Shoirning jajjilarga bagʻishlab yozgan quvnoq sheʼrlari, oʻynoqi qoʻshiqlari, ajoyib-gʻaroyib ertak dostonlari har bir xonadonga, bolalar bogʻchalariga kirib borgan.
“Baxtli yoshlik” toʻplamida kichik yoshdagi bolalar uchun
yozilgan “Keling qushlar”, “Bizning bog’chamiz”, “Hayvonot bog’ida”,“Pilla qurti boqamiz”, “Oilamiz” sheʼrlari, “Qurbaqa”, “Qaldirg’och, ilon va beshiktervatar”, “Tulkining hiylasi” singari ertak-masallari eng xarakterli ahamiyatga egadir.
Bu asarlari bilan shoir maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni qushlar, parrandalar, hayvonlar hayoti, ularning kindalik mashgʻuloti, oziq-ovqati bilan yaqindan tanishtiradi. Masallarni yaratishda shoir xalq ogʻizaki ijodidan oʻrinli foydalanib, ulrni bolalar dunyoqarashiga moslashtiradi.
1959-yilda "Mehnat a'lochisi" medali bilan taqdirlangan[2].
1975-yilda "Toshkentlik kazak" hujjatli hikoyasi uchun SSSR davlat mukofoti - «Aleksandr Fadeev» kumush medali bilan taqdirlangan.
1979-yilda "Sovet adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun" Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |