Adib sobir termiziy nomli surxondaryo viloyat axborot kutubxona markazi
Download 30.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SULTON SAODAT MAJMUASI
- KOKILDOR OTA HONAQOHI
- Foydalanilganadabiyotlarvasaytlar
- Ахборот-Ўлкашунослик сектори томондан тайёрланди. Тузувчи: Бўринорова Дилором
ADIB SOBIR TERMIZIY NOMLI SURXONDARYO VILOYAT AXBOROT KUTUBXONA MARKAZI AXBOROT-O’LKASHUNOSLIK SEKTORI SURXONDARYO-TARIX KO’ZGUSI (Surxondaryo viloyatining tabarruk ziyoratgohlari haqida uslubiy qo’llanma) Termiz AL HAKIM AT- TERMIZIY MAQBARASI Termiziy me'moriy majmui asrlar davomida birnecha bor qayta qurilgan .Masjid, maqbara xonaqoh, qo'rixona kabi binolardan iborat boʻlgan. Dastlab xomgʻishtdan xonaqoh (9-asr) bunyod etilib, Hakim Termiziy shuyerda yashab mudarrislik qilgan. Binodan keng hovlining bir qismi, qalindevor toʻsiqvashimoliy – sharqiy burchagida uncha katta boʻlmagan yertoʻla simonhujra saqlangan. Vaqtlar oʻtish ibilan qabr ustiga, xonaqohning janubiy gʻarbiy burchagida xomgʻishtdan janubiga qaratib maqbara bunyod etilgan (9-asr).Termiziy maqbarasi xalqorasida ulugʻlanib avliyo qabri, muqaddas ziyoratgoh sifatida eʼzozlangan. Keyinchalik maqbaraning sharqiy devoriga tutashtirib kichik qo'rixona va oʻgʻli al Hakim Abdulloh maqbarasi (10-asr), shimolda uncha katta boʻlmagan hovliga qaragan 3 gumbazli, ravoqli yoʻlak koʻrinishida ginamozgoh masjidi (11 —12-asrar) hamda birqator qoʻshimcha xonalar qoʻshilgan.
Sulton Saodat Majmuasi Sulton Saodat Tеrmiz sayyidlarining daxma makbarasi sifatida mashxurdir.Bu oilaviy majmua asrlarda vomida tashkil topgan butunboshli mukammal bir inshootdir. Majmuaning eng qadimgi qismi uning janubi-g'arbidagi XI asrda qurilgan baland gumbazli ayvon pеshtoqiostidagi go'rlar bilan to'la ikki maqbaradir. Tugallangan Sulton Saodat majmuasi kеlishganayvonli, yirik gumbazli bosh maqbara (Xasan al-Amir maqbarasi) atrofida guruxlangan imoratlardan iboratdir. Sulton Saodatqariyb 7 asr (X-XVII) davomida shakllandi, u yegirmaga yaqin maqbarani uz ichiga oladi. XIV-XV asrlarda Sulton Saodat majmuasida ham yangi maqbaralar qurilgan.
SULTON SAODAT MAJMUASI Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (10—17a.lar).Termizning sharqida joylashgan bu ziyoratgoh 7 a. davomida shakllangan.20 ga yaqin maqbarani oʻz ichiga olgan.Unda Sayyidlar sulolasining maqbaralari joylashgan. Dastlab shu atrofdagi yerlar egasi, paygʻambarimiz avlodlaridan boʻlmish Hasanal Amir
(9-a. 2- yarmida vafot etgan) maqbarasi bunyod etilgan. Xalqorasida S.Sm. nomi bilan mashhur boʻlgan maqbaralar 10-a.da, qolganlari, asosan, 15—17-a.larda yon mayon qurilib, uzun hovlining 2 tomonini egallagan. Makbaralar peshtoq va gumbazli chorsi xonalar (9×9,05 m va 10,15×10,25 m) dan iborat. Hovlining toʻridagi peshtoq va ikki qanotidagi gumbazli maqbaralar birxil tarxda, jan. dagi maqbara zinalar gʻisobiga kichikroq koʻrinadi. Shim. gʻarbidagi maqbaraning qurilma
va bezaklari oddiy gʻisht (27×27×5 sm) dan juft juft qilib terilib, mavjli bezak hosil qilingan. Ichki xona devorlariga gʻishtdan hoshiyali
boʻrtma ravoqlar ishlangan. Jan.gʻarbdagi maqbara shim.gʻarbdagidan biroz kichik, koʻrinishi oddiy, ganch suvokli.
Qirqqiz qalʼasi - Surxondaryo
viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (9—10a.lar); Termiz tumanida (vayrona holida saqlangan). Nima maqsadda qurilganligi (qalʼa, saroy , xonaqoh, karvonsaroy) haqida maʼlumot yoʻq. Oʻrta
asrlarda Termiz shahrining tashqarisida joylashganligi qalʼa shahar
tashqarisidagi qoʻrgʻon vazifasini oʻtaganligini koʻrsatadi. U dunyo tomonlariga moslab qatʼiy mujassamotda bunyod etilgan.Qala toʻrtburchak tarhli (53,3×54,8 m), 1 qavatli, faqat yoʻlaklar umumiy balandlikda 2 qavatli boʻlib, xom gʻisht (30×30×5 — 5,5 sm) lardan qurilgan, toq va ravoqlarida shu oʻlchamdagi pishiq gʻishtlar ham ishlatilgan.
Qalʼaning barcha xonalari va markazdagi sahn (11,5×11,5 m) oʻzaro yoʻlaklar bilan bogʻlangan; markaziy sahn hovli yoki gumbazli zal boʻlgan deb taxmin qilinadi. Ayvon va yoʻlaklar binoni 4 qismga boʻlgan. Bular: 2 ta birxil tuzilgan (5 xonava 3 tomonidan oʻralgan yoʻlak, eni 2,1 m) shim.-gʻarbiy va shim.-sharqiy hamla 2 ta jan.-gʻarbiy (2 ga yoʻlakcha bilan bogʻlangan 5 ta xona) vajan.-sharqiy (yoʻlakcha bilan bogʻlangan 2 ta xona va 3 ustunli katta mehmonxona) qismlardir. Yoʻlaklar va xonalar devordagi tuynuklar orqali yoritilgan. Qirqqiz qalʼasi yopmasida balxi hamda kesishgan gumbazsimon toqlar, boshqa turlardagi gumbazlar, toqlar va ravoqlar qoʻllanilgan.
KOKILDOR OTA HONAQOHI
Kokildor-otaxonaqohi o‘zining arxitekturasi va ajoyib qurilishi bilan farqqiladi. Ushbu gumbazli va ko‘pxonali yodgorlikning old
qismi g‘ishtdan ishlangan. UningqurilishidaSultonSaodatkompleksigao‘xshabuchpog‘onalik old qismi g‘oyasi qo‘llanilgan. Bino rejasi simmetrik ravishda bo‘lgan. Markaziy o‘qida asosiy kirish va gumbazli kattazaldan iborat ayvon joylashgan. Uning atroflarida, deyarli parallel ravishda oynali ko‘rinishda xonalar joylashgan. To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi kirish markaziy zalga, yon kirish qismlari unga tutash xona va koridorlarga olib borgan. Bino devorlari ganj bilan ishlov berilgan. Binoning ichki xonalarida qabrtoshlari bo‘lib, ularning orasida eng kattasi Kokildorotaga tegishli.
Fayoztepa — milodiy 1—3-asrlarga oid buddamonastir ibodatxona majmuasi (vixara).Termiz shahri
yaqinidagi Eski
Termiz shahar
xarobalarining shim.gʻarbida. Horatepalan 1 km
shim.sharqda
joylashgan. F.ning ochilishi 1968 yil bahorida choʻpon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohaktoshidan ishlangan buddasanamini Kuchmakumustidan topib, Termiz oʻlkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi.Yodgorlik 1968—76 yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan oʻrganildi. F. maydoni koʻchmaqumlar uyumidan tozalangach, uning meʼmoriy tarhi ochilib, u 3 qismdan iborat monumental inshoot, yaʼni markaziy qismida — ibodatxona, uning shim.gʻarbida monastir, jan.sharqida esa xoʻjalik qurilish inshootlaridan iboratligi aniklangan. Majmuaning umumiy maydoni 1,5mingkv. mgayaqin.
Foydalanilganadabiyotlarvasaytlar:
www.google.uzqidiruvtizimi www.meros.uz www.kamolot.uz www.advantour.com
Термиз тарихидан лавҳалар.// Санъат журнали нашриёти. Тошкент-2008 Абдулла
Холмирзаев: Сурхондарёнинг табаррук зиёратгохлари.// Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. Тошкент-2001. Ал-Ҳаким ат-Термизий // Янги аср авлоди нашриёти. Тошкент-2008.
Ахборот-Ўлкашунослик сектори томондан тайёрланди. Тузувчи: Бўринорова Дилором
Download 30.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling